Buxoro muhandislik-texnologiya instituti M6-21 Yesma guruhi magistri Baxriddinov Muxriddin Sodiq o’g’liga bildirilgan fikrnoma


Download 8.85 Kb.
Sana29.06.2023
Hajmi8.85 Kb.
#1657457
Bog'liq
ФИКРНОМА


Buxoro muhandislik-texnologiya instituti M6-21 YeSMA guruhi magistri
Baxriddinov Muxriddin Sodiq o’g’liga bildirilgan


FIKRNOMA

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Magistratura” bo‘limi 70720713-“Yengil sanoat mashinalari va apparatlari” mutaxassisligi bo‘yicha M6-21 YeSMA magistranti Baxriddinov Muxriddin Sodiq o’g’li magistraturada o‘qish davomida o‘zining tashkilotchiligi, tirishqoqligi, intizomliligi va mas’uliyatliligini namoyon etdi.


Jumladan “Shaxsiy ish rejasi”da belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarib, viloyat, respublika va Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar va ilmiy jurnallarda o‘zining maqola va tezislari bilan tadqiqot ishlari natijalarini yoritib bordi.
Ilmiy-pedagogik ishlarni muvafaqqiyatli amalga oshirish maqsadida kafedra tomonidan biriktirilgan “Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari” fani bo‘yicha innovatsion (pedagogik va axborot) texnologiyalaridan foydalanib ochiq dars mashg‘ulotini o‘tdi.
Ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan esa “Maishiy texsoz” MChJda tajriba-sinov ishlarini olib borib, natijalari to‘g‘risida ekspert mutaxassislarining ijobiy xulosasini oldi. Dissertatsiya ishini shakllantirish davomida tadqiqotchilik, adabiyotlar bilan ishlash, mustaqil izlanuvchanlik qoboliyatlarini namoyon etdi.
Magistrant Baxriddinov Muxriddin Sodiq o’g’lining magistraturada o‘qish davomidagi faoliyatini ijobiy baholab, ishini himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: t.f.d., prof. Raxmonov X.Q.
Download 8.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling