Buxoro muhandislik texnologiya instituti tayanch doktoranti Jumaeva Zulfiya Qayumovnaning


Download 17.85 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi17.85 Kb.
#1120626
TuriReferat
Bog'liq
Тақриз Зули


Buxoro muhandislik texnologiya instituti tayanch doktoranti Jumaeva Zulfiya Qayumovnaning 08.00.12 – «Mintaqaviy iqtisodiyot» ixtisosligi bo’yicha «Investitsion faollikni jadallashtirish asosida mintaqani kompleks rivojlantirish (Buxoro viloyati misolida)» mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi avtoreferatiga

TAQRIZ


Yangi O’zbekistonni taraqqiyot strategiyasida mamlakatni jahonda rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ko‘zda tutilgan. Bu esa samarali investitsiya siyosatini olib borishini taqozo etmoqda. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda, milliy iqtisodiyotning mintaqaviy tarkibini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini beshta ustuvor yo‘nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish” ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan edi. Ammo hududlar iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tabaqalashuvi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Hozir aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi farq 9 martani tashkil qilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich tuman va shaharlar bo‘yicha Andijon viloyatida 23,2 marta, Buxoro viloyatida 34,9 marta, Toshkent viloyatida - 44,7 martani tashkil etadi. Mazkur vazifalarni hal etishda investitsion faollikni jadallashtirish asosida mintaqani kompleks rivojlantirishga yangicha uslub va vositalarni qo‘llash yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish dolzarb hisoblanadi.


Jumaeva Zulfiya Qayumovnaning 08.00.12 – «Mintaqaviy iqtisodiyot» ixtisosligi bo’yicha «Investitsion faollikni jadallashtirish asosida mintaqani kompleks rivojlantirish (Buxoro viloyati misolida)» mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi aynan keltirib o‘tilgan muammolar yechimiga bag‘ishlanganligi tadqiqot ishi mavzusining o‘ta dolzarbligini va muhimligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi aniq va ravshan belgilangan, unda mintaqani investitsion faollikni jadallashtirish asosida kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqish nazarda tutilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qo‘yilgan maqsad va vazifalar tadqiqot mavzusiga to‘liq mos keladi va tahlil ob’ektining mohiyatini yoritish imkonini beradi.
Shuningdek, tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, unda ishlab chiqilgan uslubiy takliflar, ilmiy asoslangan tavsiya va xulosalar mintaqada investitsion faollikni jadallashtirish asosida mintaqani kompleks rivojlantirish yo‘nalishlarini asoslash, shu asosda rivojlanish davlat, tarmoq va mahalliy rivojlanish dasturlari, strategiya va konsepsiyalarni ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati sifatida ishlab chiqilgan takliflar va amaliy tavsiyalardan O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar, hududlardagi investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, oliy o‘quv yurtlari o‘quv jarayonida keng foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Erishilgan yutuqlar bilan birga kamchilik sifatida Beta yaqinlashuv modelining mazmuni kengroq yoritib berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Mazkur kamchilik dissertatsiya ishining ilmiy mazmuniga aslo ta’sir qilmaydi, aksincha, uning sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Avtoreferatda jumlalar mantiqan to‘g‘ri, uzviy o‘zaro bog‘langan, muammolar aniq qo‘yilgan va ularning yechimlarini topishga erishilgan. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda doktorant tomonidan bajarilgan ish tugallangan, hamda ravon, ilmiy tilda bayon etilgan va qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi.
Xulosa qilib aytganda, tadqiqotchi Jumaeva Zulfiya Qayumovnaning “Investitsion faollikni jadallashtirish asosida mintaqani kompleks rivojlantirish (Buxoro viloyati misolida)” mavzusida 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati mohiyati va mazmuniga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan ixtisoslikka mos keladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari” talablariga to‘liq javob beradi va uning muallifi mazkur ixtisoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
Download 17.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling