Neft tarkibidagi oltingugurt, parafin va mum moddalari miqdoriga qarab quyidagicha tasniflanadi:
a) oltingugurt moddasi bo’yicha kam oltingugurtli, bunda oltingugurt miqdori (hajm hisobida) 0,5 % gacha; oltingugurtli, bunda oltingugurt miqdori 0,5 dan 2,0 % gacha; yuqori oltingugurtli, bunda oltingugurt miqdori 2,04 dan yuqori bo’ladi;
b) parafin moddasi bыyicha kam parafinli, bunda parafin miqdori (hajm hisobida) 1,5 ( gacha; parafinli, bunda parafin miqdori 1,5 dan 6,0( gacha yuqori parafinli, bunda parafin miqdori 6,0 % dan yuqori bo’lishi mumkin;
v) mum moddasi bo’yicha kam mumli, bunda mum miqdori (hajmi hisobida) 5( gacha; mumli, bunda mum miqdori 5 dan 15( gacha; yuqori mumli, bunda mum miqdori 15 ( dan yuqori bo’ladi.
Neftning sifat ko’rsatkichlari va undan ajratib olinishi mumkin bo’lgan eng yengil uglevodorodlar o’zlarining qaynash nuqtalari bilan tavsiflanadi. Ma’lum bir haroratda ajralib chiqqan uglevodorodlar neftning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Odatda eng yengil uglevodorodlar 180-200 0 C gacha bo’lgan haroratda ajralib chiqsa, og’ir uglevodorodlarning qaynash nuqtasi 350 0 C gacha boradi