17 - Radiatsiyali quritkich.
- 1-konveyer; 2-gazoduvka; 3-gaz gorelkasi; 4-nur tarqatgich;
- 5-chiqish trubasi.
- Termoradiatsiyali quritkich tuzilishi ixcham bo‘lib yupqa qatlamli materiallarni quritishda yuqori samara beradi.
- Lekin, uning energiya sarfi nisbatan ko‘p, ya’ni 1 kg namlikni bug‘latish uchun 1,5...2,5 kVt soat energiya zarur.
- Yuqori chastotali (dielektrik) kuritkichlar qalin qatlamli materiallarni quritish uchun mo‘ljallangan. Bu quritish usulida materialning yuzasi va qalinligi bo‘ylab temperatura va namlikni rostlash mumkin.
- Ushbu quritkichda plastmassa va dielektrik xossalarga ega bo‘lgan materiallarni, hamda oziq-ovqat mahsulotlarini kuritish mumkin.
- Dielektrik quritkichlar lampali yuqori chastotali generator, quritkich va lentali konveyerdan tarkib topgan.
- Chastotasi 50 Gts li o‘zgaruvchan tok to‘g‘rilagich orqali generatorga uzatiladi. Generatorda tok yuqori chastotali tokka aylantiriladi. So‘ng, bu tok lentali konveyerning ikki tomonida joylashgan kondensator plastinkalariga yuboriladi.
- Kondensator plastipalari zaryad ishoralari o‘zgarishi bilan yuqori chastotali maydon ta’sirida material ion va elektronlari sinxron ravishda harakat yunalishi o‘zgaradi. Dipol molekulalar aylanma harakatlansa, elektr zaryadlar siljishi tufayli kutbsiz molekulalar kutblanadi.
- Yuqorida qayd etilgan hodisalar oqibatida materialda issiqlik ajrab chiqadi va u qiziydi. Elektr maydon kuchlanishini o‘zgartirib kuritish tezligini rostlash mumkin.
- Bu usulda namlik va temperatura gradientlarning yunalishi bir xil bo‘ladi. Natijada, namlikning diffuziyasi tezlashadi. Shuning uchun bu kuritish usuli tezligi, konvektiv kuritish tezligidan ancha katga. Dielektrik kuritish jarayoni uchun ko‘p mikdorda energiya zarur. 1 kg namlikni bug‘latish uchun 2,5...5 kVt soat energiya sarflanadi.
- Yuqori chastotali quritkich.
- 1-kondensator plastinkasi; 2-quritish kamerasi; 3-lentali konveyer; 4-lampali, yuqori chastotali generator; 5-to‘g‘rilagich.
- Quritish jarayonining fizik mexanizmini ya’ni koveksiya va infraqizil (IQ) yoki mikroto‘lqinli usullarini qo‘llash bilan aralash holda olib borish orqali suvsizlantirish jarayonining sezilarli energiya tejamkorligiga erishish mumkin.
- Bu borada ko‘pgina xorijiy va Respublikamiz olimlari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
- Masalan: Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish jarayoni va qayta ishlash texnologiyasi bilan ta’minlanishi masalalarini yechish bo‘yicha xorijlik olimlardan M.Akkurf, D.Bahrus, B. Bala, А.С.Гинзбург, А.В.Лыков, А.К.Атыханов, Б.Дж.Бабаев, В.В.Кафаров, В.В.Красников, С.Г.Ильясов, Б.С.Сажин, К.М.Хазимов va boshqalar, mamlakatimiz faxrli olimlaridan N.R.Yusupbekov, O.F.Safarov, J.M.Qurbonov, A.A.Artikov, X.S.Nurmuxamedov, Dj.N.Muxitdinov, Dj.P.Muxiddinov, X.F.Djuraev, Q.O.Dodaev va boshqalar o‘zlarining hissalarini qo‘shishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |