Buxoro muxandislik texnologiya instituti
Processing>>Signal Generation)
Download 2.45 Mb. Pdf ko'rish
|
dasturlash tillari bazasida texnik ilovalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fundamentals>>HowLabVIEW Stores Data in Memory/
- Read Binary File Arbitrary Point.vi
Processing>>Signal Generation) funktsiyadan foydalaning. Faylni yaratish,
ochish va yopish uchun Advanced palitradan fayllarni kiritish/chiqarish funktsiyalaridan foydalaning. DBL massiv (ikkilamchi aniqlikdagi suzuvchi nuqtali son) binar faylga yozilayotganligiga e`tibor bering. Har bir DBL nuqta diskda 8 baytni egallaydi, bu axborot bizga faylni o`qish vaqtida kerak bo`ladi. (Ma`lumotlarning har bir turi LabVIEW da qancha joy egallashini Fundamentals>>HowLabVIEW Stores Data in Memory/ - ma`lumotlar olish sektsiyasi orqali bilish mumkin). Write Binary File Advanced.vi ni ishga tushiring va uning to`g’ri ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Binar faylni oson topiladigan biror joyda saqlang. Agar Write to binary file funktsiyasi fayllarni ochish va yopishni avtomatik tarzda bajarsa, unda faylni ochuvchi va yopuvchi alohida fayllar nima uchun kerak? Bunday yondoshuvdan quyidagi 2 holda foydalaniladi: Fayl oxiriga qo`shimcha biror ma’lumot yozish kerak; yozuvning alohida funktsiyasi mavjud: fayl mazmunini almashtiradi; Yozuv markeri holatini boshqarish: ixtiyoriy joydan yozish; Tez oqimli yozish: fayl bir marta ochildi va ma`lumotlar, tezkor xotirada to`planmasdan, to`g’ridan-to`g’ri tez-tez diskka yoziladi. Keyin bir marta fayl yopildi. Mustaqil topshiriq: VU atrofida generatsiya va ma`lumotlarni yozish sharti bilan tsikl yarating. Fayl juda katta bo`lishi mumkin. 3. Endi o`qish uchun VU yaratamiz. Faraz qilamiz, siz butun faylni emas, balki uning bir nuqtasidan boshqasigacha bo`lgan bir qismini o`quvchi VU yaratmoqchisiz. Masalan, sizda 1000 nuqtali (baytli emas) fayl bor va siz 100- 200-gacha bo`lgan nuqtalarni o`qimoqchisiz. 8.5-rasmda ko`rsatilganidek yuza panel’ yarating va VU ni Read Binary File Arbitrary Point.vi deb saqlang. 40 8.5-rasm. Read Binary File Arbitrary Point.vi – yuza panel. 4. Binar faylning ixtiyoriy joyidan o`qish kaliti - Set File Position funktsiyasidir. Bu funktsiyadan metkani kerakli holatda o`rnatish uchun foydalanish mumkin. Metka holati nuqtalar bilan emas, baytlar bilan berilishini esda tuting. Bizning holda, binar faylda DBL-sonlar massivi bo`lgani uchun, har bir nuqtaga 8 bayt to`g’ri keladi. Agar metka 100-nuqtaga o`rnatilsa, uni 800- baytga o`rnatish kerak. 5. Qolgan nuqtalar sonini hisoblash uchun, Read From File funktsiyasida qancha nuqtani hisoblash kerakligini ko’rsatish kerak. Bu funktsiyada, o`zini har xil tutuvchi count kirish bor: Agar siz “Data type” kirishni ulasangiz (bu hol tavsiya etiladi), unda count kirishda hisoblashni baytlarda olib borish kerak, deb tushunadi. Bu holda avtomatik tarzda hisoblashlar baytlarda olib boriladi, chunki ma`lumotlar turi noma`lum; Agar siz “Data type” kirishni ulamasangiz, unda count kirish siz unga baytni emas, nuqtalarni hisoblashni buyurgansiz, deb tushunadi, chunki unga ma`lumotlar turi baribir noma`lum. 6. Endi bu mashqni 8.6-rasmga qaramasdan bajarishga harakat qiling, e`tibor bering, Variantlar tasnifining TRUE varianti namunaviy ko`rgazma maqsadida keltirilgan. 41 8.6-rasm. Read Binary File Arbitrary Point.vi ning blok-diagrammasi Keyinchalik Tupe Cast funktsiyasi to`g’risida ma`lumot olganingizdan keyin, konstanta turini ko`p joyda ishlatish o`rniga ma`lumot elementlarining o`lchami (bizning holda DBL) dasturiy hisoblanishi uchun bu mashq blok- sxemasini o`zgartirishga to`g’ri keladi. Bu holda, baytlar sonini aniqlash uchun (Tupe Cast funktsiyasining chiqishi) 8.7-rasmda ko`rsatilganidek, String Length funktsiyasidan foydalanish mumkin: 8.7-rasm. Tupe Cast funktsiyasidan ma`lumot elementlari o`lchamini tekshirish uchun foydalanish Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling