Buxoro muxandislik texnologiya instituti


Processing>>Signal Generation)


Download 2.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana30.08.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1671634
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
dasturlash tillari bazasida texnik ilovalar

Processing>>Signal Generation) funktsiyadan foydalaning. Faylni yaratish
ochish va yopish uchun Advanced palitradan fayllarni kiritish/chiqarish 
funktsiyalaridan foydalaning. DBL massiv (ikkilamchi aniqlikdagi suzuvchi 
nuqtali son) binar faylga yozilayotganligiga e`tibor bering. Har bir DBL nuqta 
diskda 8 baytni egallaydi, bu axborot bizga faylni o`qish vaqtida kerak bo`ladi. 
(Ma`lumotlarning har bir turi LabVIEW da qancha joy egallashini 
Fundamentals>>HowLabVIEW Stores Data in Memory/ - ma`lumotlar olish 
sektsiyasi orqali bilish mumkin). 
Write Binary File Advanced.vi ni ishga tushiring va uning to`g’ri 
ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Binar faylni oson topiladigan biror joyda 
saqlang. Agar Write to binary file funktsiyasi fayllarni ochish va yopishni 
avtomatik tarzda bajarsa, unda faylni ochuvchi va yopuvchi alohida fayllar nima 
uchun kerak? Bunday yondoshuvdan quyidagi 2 holda foydalaniladi: 

Fayl oxiriga qo`shimcha biror ma’lumot yozish kerak; yozuvning alohida 
funktsiyasi mavjud: fayl mazmunini almashtiradi; 

Yozuv markeri holatini boshqarish: ixtiyoriy joydan yozish; 

Tez oqimli yozish: fayl bir marta ochildi va ma`lumotlar, tezkor xotirada 
to`planmasdan, to`g’ridan-to`g’ri tez-tez diskka yoziladi. Keyin bir marta 
fayl yopildi. 
Mustaqil topshiriq: VU atrofida generatsiya va ma`lumotlarni yozish sharti 
bilan tsikl yarating. Fayl juda katta bo`lishi mumkin. 
3. Endi o`qish uchun VU yaratamiz. Faraz qilamiz, siz butun faylni emas
balki uning bir nuqtasidan boshqasigacha bo`lgan bir qismini o`quvchi VU 
yaratmoqchisiz. Masalan, sizda 1000 nuqtali (baytli emas) fayl bor va siz 100- 
200-gacha bo`lgan nuqtalarni o`qimoqchisiz. 8.5-rasmda ko`rsatilganidek yuza 
panel’ yarating va VU ni Read Binary File Arbitrary Point.vi deb saqlang. 


40 
8.5-rasm. Read Binary File Arbitrary Point.vi – yuza panel. 
4. Binar faylning ixtiyoriy joyidan o`qish kaliti - Set File Position 
funktsiyasidir. Bu funktsiyadan metkani kerakli holatda o`rnatish uchun 
foydalanish mumkin. Metka holati nuqtalar bilan emas, baytlar bilan berilishini 
esda tuting. Bizning holda, binar faylda DBL-sonlar massivi bo`lgani uchun, har 
bir nuqtaga 8 bayt to`g’ri keladi. Agar metka 100-nuqtaga o`rnatilsa, uni 800-
baytga o`rnatish kerak. 
5. Qolgan nuqtalar sonini hisoblash uchun, Read From File funktsiyasida 
qancha nuqtani hisoblash kerakligini ko’rsatish kerak. Bu funktsiyada, o`zini har 
xil tutuvchi count kirish bor: 
 
Agar siz “Data type” kirishni ulasangiz (bu hol tavsiya etiladi), unda 
count kirishda hisoblashni baytlarda olib borish kerak, deb tushunadi. Bu holda 
avtomatik tarzda hisoblashlar baytlarda olib boriladi, chunki ma`lumotlar turi 
noma`lum; 
 Agar siz “Data type” kirishni ulamasangiz, unda count kirish siz unga 
baytni emas, nuqtalarni hisoblashni buyurgansiz, deb tushunadi, chunki unga 
ma`lumotlar turi baribir noma`lum. 
6. Endi bu mashqni 8.6-rasmga qaramasdan bajarishga harakat qiling, e`tibor 
bering, Variantlar tasnifining TRUE varianti namunaviy ko`rgazma maqsadida 
keltirilgan. 


41 
8.6-rasm. Read Binary File Arbitrary Point.vi ning blok-diagrammasi 
Keyinchalik Tupe Cast funktsiyasi to`g’risida ma`lumot olganingizdan 
keyin, konstanta turini ko`p joyda ishlatish o`rniga ma`lumot elementlarining 
o`lchami (bizning holda DBL) dasturiy hisoblanishi uchun bu mashq blok-
sxemasini o`zgartirishga to`g’ri keladi. Bu holda, baytlar sonini aniqlash uchun 
(Tupe Cast funktsiyasining chiqishi) 8.7-rasmda ko`rsatilganidek, String Length 
funktsiyasidan foydalanish mumkin: 
8.7-rasm. Tupe Cast funktsiyasidan ma`lumot elementlari o`lchamini tekshirish 
uchun foydalanish 

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling