Mavzu: Motivatsiya tuzilmalar turlari. Reja. 1 Motivatsiya haqida umumiy ma'lumot
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti S3-21AP guruh talabasi Tolibova Mehrinozning umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan referati. Mavzu: Motivatsiya tuzilmalar turlari. Reja. 1 Motivatsiya haqida umumiy ma'lumot. 2 Motivatsiya turlari. Inson hulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi. Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda bandliklarini ta’minlashga urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin nega har qanday ishchi yuqori standart yoki qiyin maqsadga erishishi mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz. O’sish imkoni bo’lgan har qanday ishda muvaffaqiyatga intiluvchi siz bilgan odamni eslang. Endi undan kamroq harakat qilayotganni eslang. Psixolog Genri Myurrey(1938) birinchi odamning erishuv motivatsiyasini malaka va g’oyalarni egallash uchun, boshqaruv uchun, shuningdek tezda yuqori standartga erishish uchun ahamiyatli yutuqlarga intilishi sifatida ko’rsatgan. Ularning qat’iyligi va real vazifalarni amalga oshirishini kutishingiz mumkin, yuqori darajadagi motivatsiyali odamlar ko’p narsaga erishadi. Hulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |