Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti talabasi toshboyeva shahloning oila psixologiyasi


Download 8.15 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi8.15 Kb.
#1572215
Bog'liq
TOSHBOYEVA SHAHLO


BUXORO PSIXOLOGIYA VA XORIJIY TILLAR INSTITUTI TALABASI TOSHBOYEVA SHAHLONING OILA PSIXOLOGIYASI FANIDAN MUSTAQIL ISHI
MAVZU:OILA ICHIDAGI MUNOSABATLARNING AVLODDAN AVLODGA O’TISHDA PSIXOGENETIK TUZILMALARNING AVLODDAN AVLODGA O’TUVCHI AHAMIYATI
REJA:
1.PSIXOLOGIYADA OILA MAVZUSI
2.PSIXOGENETIK TUZILMALAR
3.BOLALARDA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNI O’RGANISH
Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa oila jamiyat yoʻnalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan.
Oʼzbekistondagi oila qurishning asosida, eng avvalo, avlod qoldirish (37,1 foiz), sevimli kishisi bilan birga yashash (25,8 foiz) singari maqsadlar yotishi qayd etildi. Shuningdek, har toʼrtinchi respondent (25,6 foiz) oila qurishda diniy qadriyatlardan kelib chiqqan holda asosiy maqsadini belgilaydi.
Oila – ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga oʼz taʼsirini koʼrsatadigan ijtimoiy makon.
Oila erkak va ayol oʼrtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va farzandlar oʼrtasidagi munosabatlardan tashkil topgan, jamiyatning axloqiy meʼyorlari va qoidalari qoʼllab-quvvatlanadigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan va uni rivojlantiradigan birlamchi ijtimoiy guruhdir.
Patriarxal oila – bir erkak kishining bir yoki bir nechta ayol o`rtasidagi
nikohiga asoslangan bo`lib, bunda erkakning huquqlari xotinnikidan ko`proq
bo`lgan, nikohning bu shakli ayni xususiy mulkchilik rivojlangan davrlarda keng
tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak huquqlari ustivor bo`lib, uning har qanday
oila masalalarini yechish va qarorlar qabul qilishdagi mavqei yuqori hisoblangan.
SHu sababli avlodlarning kelib chiqishi, urug’ning tarqalishi kabi masalalar
erkakning avlodlari shajarasidan boshlangan, mulkka egalik va unga vorislik ham
erkaklar tabaqasi orqali yuritilgan
Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o`sib
borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddanavlodga yetkazilib turilishidan manfaatdor bo`lgan. Buyuk rus psixologi
A.N.Leontьev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini
o`rganib, ilk asarlaridan birida agar shunday muloqot bo`lmaganida, taraqqiyotning
o`zi ham mutloq bo`lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning
muhim bo`lagi bo`lmish oilaning roli kattadir
Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funktsiyasi ham o`ta
muhim bo`lib, aynan oila har bir a’zosining muammolarini yechish, uni tashqi turli
ta’sirotlardan himoyalash, kerak bo`lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga
yordam beradi. O`zbeklarda “O`z uyim – o`lan to`shagim” degan ibora bor, har
kim o`z uyida chinakam xotirjam bo`lishi mumkin. Uzoq safarlarda, yuksak servis
mavjud mehmonxonalarda dam olib kelgach, o`z uyida, oyog’ini uzatib, “shukur”
deyishi uning eng katta baxtidir.
Oilaga yordamni har xil soha egalari beradilar. Bularga seksologlarni,
xuquqshunoslarni, psixologlarni, psixiatrlarni, narkologlarni, pedagoglarni va
sh.k. kiritamiz. Hozirgi vaqtda oila va oilaviy munosabatlar haqida bilim berish
muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Bunday vazifani oilaga psixologik xizmat
ko‘rsatish markazlari va boshqa shu sohaga kiruvchi yo‘nalishlar bajarishi
lozim. Bu jarayonda psixologik maslaxat berish o‘z oldidagi masalalarni hal
qilishda katta qiyinchiliklarga to‘g‘ri kelayapti. Psixologik xizmatni bir xil
24
tushunib bo‘lmaydi. Uning ikkita umumiy bo‘lgan ta’rifi mavjud. Ularda
psixologik xizmatni vazifalari va muammolarni yechish yo‘llari ko‘rsatilgan
Oilada bolani izza qilmang!
Oilada bolani hech vaqt uyaltirmaslik va izza qilmaslik lozim. Har qanday inson boshqalar oldida uyalishni, uyalganlikni og‘ir esdan chiqaradi. Ko‘pchilik orasida izza bo‘lganligini bir umr esdan chiqarmasligi mumkin.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan
Shunday ekan, oilangizda ruhiy muhit sog‘lom bo‘lsin desangiz bolangizning hozirgina qilgan noo‘rin, xato, adashilgan, anglashilmovchilik yuzasidan, uning tajribasizligidan kelib chiqqan hatti-harakatini qoralab uni jazolab o‘tirmang, ayniqsa voqeani yuziga solib izza qilmang. Shu borada agar bu voqeadan uning biror tanishi voqif bo‘lishi xavfi bo‘lsa, kechinma yanada kuchliroq tus olishi mumkin.
Bolani xato bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlardan ogohlantirib tarbiyalab borsangiz uning oiladagi o‘rnini kamsitmagan bo‘lasiz.
Download 8.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling