Buxoro raqsi san’ati
Download 0.78 Mb.
|
Buxoro raqsi san
Xoreografiya (yun. choreia — raqs va ... grafiya) — 1) shartli belgilar asosida yoki soʻzlar bilan bayon etish orqali raqsni yozish. 15-asr oxiridan raqsni yozish boʻyicha urinishlar boʻlgan boʻlsada, asosan, 17-asr oxiri — 18-asr boshlaridagina bal va sahna raqsi nazariyasini ishlab chiqilgani tufayli bir guruh fransuz baletmeysterlari va raqs oʻqituvchilari (P. Boshan, R. Fyoye, Favye, P. Romo) raqsni yozib olish tizimini ishlab chiqsilar. "X." atamasi dastlab R. Fyoye tomonidan "Xoreografiya, yoxud rake yozuvi sanʼati" kitobi (1700)da qoʻllanilgan. 20-asr davomida dunening turli mamlakatlarida raqs yozishning 70 dan ortiq tizimlari joriy qilingan boʻlib, shu asosda xalq raqslari, balet spektakllarini yozib olish yoʻlga qoʻyilgan. Ularni, asosan, 3 toifaga boʻlish mumkin: rake harakatlarini shartli belgilar bilan ifoda qilish, soʻz bilan bayon etish va nota yozuvida shartli belgilar qoʻshib yozish. Oxirgi bandi Xitoy va Jan. Koreyada keng tarqalgan. Oʻzbekistonda garchi raqs asrlar davomida yashab, rivojlanib kelgan boʻlsada, oʻtmishda raqs yozilmagan. Natijada qanchadanqancha mumtoz va xalq raqslari izsiz yoʻqolib ketgan. 1936—41 yillardagina etnograf Iraida Vaxta "Katta oʻyin" nomli Fargʻona raqs turkumini soʻz bilan yozib olgan. Unga Gʻulom Zafariy va musiqashunos Ye. Romanovskaya yaqindan yordam bergan. Shu davrda Us t a Olim Komilov bilan Tamaraxonim "Doyra darsi" mashgulotlarini yaratib, shu asosda yosh ijrochilarni tarbiya qila boshlagan. Ammo rake yozuvini yaratish uchun muayyan bir tizim ishlab chiqish lozim edi. Bu ishni Roziya Karimova raqs harakatlari asosida ishlab chiqdi. "Fargʻona raqsi", "Xorazm raqsi", "Buxoro raqsi", qoʻllanmalari, "Oʻzbek raqslari" dareligi va boshqa; 2) xalq raksi yoʻnalishidagi va balet spektakllarini ijod qilish sanʼati. Shu maʼnoda "X." atamasi 19-asr oʻrtalaridan qoʻllana boshlagan. Shu sababli "baletmeyster" atamasi oʻrniga baʼzan "xoreograf" atamasi ishlatiladi; 3) sanʼatshunoslikda 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan "X." atamasi umuman raqs sanʼatini, balet teatrini ifodalovchi keng maʼnoda ishlatila boshlandi.
Mustaqillik yillarida o`zbek milliy raqs san`atiini rivojlantirish borasida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Sohani rivojlanitirishga qaratilgan me`yoriy hujjatlar qabul qilinib, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi faoliyati yo`lga qo`yildi. Bu kabi amaliy ishlar ayni paytda ham davom ettirilmoqda. Buxoro, Gurganj, Kesh va boshqa shaharlarda ham raqsga eʼtibor baland boʻlgan. Xorazmda Abul Abbos Maʼmun hukmronligi davrida (1003—1017) raqs sanʼati yaxshi rivojlangan. Raqs sanʼati, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar saltanatida ravnaq topgan. Unda xotinqizlarning oʻrni katta boʻlgan. Rang-baranglik, tarixiy qatlamlar raqsda yaqqol koʻzga tashlangan. Olov atrofidagi oʻyinlar, Anaxita va Rustam timsollariga bagʻishlangan oʻyinlar, maqom raqslari, "Argʻushtak" kabi raqslar shu jumladandir. "Munojot", "Tanavor", "Lazgi" raqslari ham aynan shu davrda malakali ijrochilar dasturidan mustahkam oʻrin olgan. 15-asrning 2-yarmi va 16-asr boshida Sayyid badr, Tohir chakka, Mohchuchuk, Maqsudali, Katta Moh, Kichik Moh laqabli raqs ustalari shuhrat qozondi. Bu davrda raqs sanʼati xalq raqsi va malakali raqs yoʻnalishida rivojlandi. Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklari vujudga kelgach, raqs sanʼatida ham oʻziga xos uslublar maydonga keldi. Bu davrda jaholat, mutaassiblik kuchaygani sababli raqs sanʼatida oʻsmir bolalar va yigitlar yetakchilik qilgan. Ayollar raqsi esa sozanda (Buxoro amirligi), xalfa (Xiva xonligi) va yallachi (Fargʻona vodiysida) deb yuritilgan ayol sanʼatkorlardan iborat ixcham toʻdalarning teatrlashgan dasturlarida rivojlanib, ichkarilarda uyushtiriladigan ziyofat va bazmlarda koʻrsatib kelingan. Erkaklarning yigʻinlarida raqqosalar xufiyona qatnashganlar. 20-asrda raqs sanʼati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Fargʻona raqsi yoʻnalishida; zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida: milliy raqs unsurlaridan foydalangan balet spektakllari tarzida rivojlanib keldi. Mazkur yoʻnalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib oʻtib, oʻz shaklishamoyili, mazmuniga ega boʻldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turgʻunboyeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Moʻminov, Maʼmura Ergasheva, Yulduz Ismashova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova, Dilafroʻz Jabborova, Qizlarxon Doʻstmuhamedova, Malika Ahmedova kabi raqs ustalarining xizmati katta. Mustaqillik davrida raqs sanʼati yanada tez surʼatlar bilan rivojlanmoqda. 1997-yil 8-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Oʻzbekistonda milliy raqs va xoreografiya sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni va mazkur farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining oʻsha yili 25-fevralda 101-qarori chikdi. Shu asosda M. Turgʻunboyeva nomidagi "Oʻzbekraqs" ijodiy birlashmasi tashkil topdi, birlashma qoshida maxsus jamgʻarma tuzildi. Xoreografiya bilim yurti negizida esa Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi barpo etildi. "Oʻzbekraqs", "Oʻzbeknavo" ijodiy birlashmalari tarkibidagi ansambllar, xalq raqs merosini oʻrganish va tiklash asosida yangi raqslar yaratish, anʼanaviy raqslarni asrabavaylash va munosib darajada namoyish etish, yosh raqqos va raqqosalarni tarbiyalab yetishtirish boʻyicha olib borayotgan harakatlari ijobiy natijalar bermoqda. Milliy raqs ijrochiligi boʻyicha M. Turgʻunboyeva nomidagi mukofot taʼsis etilgan. Bir qator davlat va xalq raqs ansambllari (masalan, "Bahor", "Tanavor" va boshqa), raqs ustalari jahonning turli mamlakatlarida boʻlib, oʻzbek raqs sanʼatini namoyish etmoqdalar. Markaziy Osiyo xalqlari raqs san'ati qadim zamonlardan rivojlanib kеlgan. Bu haqida qoyalarga bitilgan raqs tushayotgan kishilar tasviri, qadimgi va O`rta asrlarga oid rasmlar darak bеradi. Qadimgi tasvirlar va ayrim bilvosita manbalarga ko`ra. Markaziy Osiyo davlatlarida eramizdan avvalgi birinchi asrdayoq turli bayramlarda kohinlar, artistlar va oddiy xalqning raqsga tushganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Birinchi ming yillikda yashab o`tgan rassomlar asarlarida diniyfsonaviy mavzularda tasvirlangan raqs tushayotgan jussa katta ahamiyatga ega. IV-VIII asrlarda Buxoro, Toshkеnt va Samarqandlik raqs ustalari san'ati ko`plab Sharq mamlakatlarida shuhrat qozongan. Bizning kunlargacha saqlanib qolgan o`zbеk xorеografiyasi an'analari turli raqs maktablari va turlariga, jumladan, mumtoz milliy raqs maktabiga ega. Raqs mazmunini imo ishoralar, yordamida ifodalanuvchi hikoyalash usuli ustun bo`lgan. Sharq xalqlarining mumtoz raqslaridan farqli ravishda o`zbеk xorеografiyasida muayyan obrazlilik bo`lmagan va harakatlar faqat ta'sirlanuvchi mazmunga ega bo`lgan. O`zbеk raqsi bеshta asosiy guruh – Farg`ona, Xorazm, Buxoro, tog` va dashtmaktablariga taqsimlanadi. Farg`ona maktabi raqslari harakatlarning nafis va yumshoqligi, еngil sirg`aluvchan qadam bosish, shox va charx urish kabilar bilan ajralib turadi. Xorazm maktabiga esa tana va qo`llarning kеskin harakatlanishi xos – asosiy harakatlar tеzlik bilan, tеz-tеz sakrab turgan holda bajariladi. Buxoro maktabi raqslariga tananing kеskin o`girilishi, birdan to`xtab qolish, doira bo`ylab aylanish va hokazolar xos. Buxoro va Xorazmda qayroqlar bilan raqsga tushiladi. Shahar va qishloqlarda kеng tarqalgan xalq raqslari lirik va komik shakllarda bo`lib, ko`proq qo`shiq (mazmuni raqs harakatlari va imo-ishoralari bilan ifodalanuvchi maishiy qo`shiq) va laparlar (ikki kishi ijro etuvchi, xursandchilik ruhdagi parcha, raqs imo-ishoralari va harakatlari bilan bajariladi) tarqalgan. Dasht hududlarida istiqomat qiluvchi aholining o`ziga xos raqslari kishiningruhiy holatini aks ettirgan. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling