Buxoro shahar 3-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi barakayeva


Download 56.68 Kb.
bet2/2
Sana14.10.2023
Hajmi56.68 Kb.
#1702383
1   2
Bog'liq
sizni sharaflaymiz aziz ustozlar

Avtor: Suv,Olov va – Axloq uchovi do’st tutinishibdi.Bir ku-ni ular sayrga chiqishibdi.Bir-biridan xavotir olib, Suvdan so’rashibdi:
Olov,Axloq:-Agar yo’qolib qolsang,seni qayerdan topamiz?
-Qayerda sharillash ovozini eshitsangiz,men o’sha yerda bo’laman,- debdi Suv.
-So’ngra Olovdan so’rashibdi:
-Seni yo’qotib qo’ysak,qayerdan topamiz?
-Qayerda tutun ko’rsangiz,men o’sha joyda bo’laman,- debdi Olov.
-Navbat Axloqqa kelganda u shunday javob beribdi:
-Meni yo’qotsangiz, izlab yurmang.Meni hech qayerdan topa olmaysiz.

Qissadan hissa:
Avtor:-Odob-axloq bozorda sotilmaydi.Odam hayotda o’z odobi va go’zal xulqi orqali obro’y topadi.Yomon xulqi or-qali obro’ysiz,hech kim hurmat qilmaydigan insonga ayla-nadi.Shuning uchun inson har qanday vaziyatda o’z odo-bini saqlashi kerak.
- Barakallo bolajonlar. Raxmat.
III.Yangi mavzu bayoni:
-45 daqiqa sirin kim bilar,
Sochingiz oqi-yu,ajinlar ular.
Bolalar sho’xligin mudom ko’tarar,
Qani bolajonlar,ayting,kim ular?
Xor: USTOZLAR.
SLAYD.
-Barakallo,demak biz bugun 1-oktabr-O’qituvchilar va mu-rabbiylar kuni munosabati bilan“Sizni sharaflaymiz,aziz ustozlar ” mavzusida suhbat olib boramiz.
Mavzu doskaga va daftarga yoziladi.
-Mamlakatimizda qanday muhim sanani o’tkazmaylik ,har safar bu ulug’ kunlarni Mustaqillikka erishganimizdan so’ng yurtimizning 1-Prezidenti I.A.Karimov rahbarligida qabul qilingan.
-O’qituvchilik kasbi Istiqlol yillarida yanada qadr topdi.Shu bois har yili bayram arafasida o’qituvchilarga alohida e’ti-bor ko’rsatiladi.
-U kishi yashab o’tgan katta hayot yo’lini ulkan ibrat mak-tabi sifatida qabul qildik.U insonni o’zimizga “Ustoz” deb bildik.
Slayd.

“Islom bobojon” she’ri.
-Tinchlik uchun kurashgan bobom,
Hurlik uchun kurashgan bobom.
Biz bolalar baxtini o’ylab,jahon bilan bo’ylashgan bobom.
-Uzoq yillar biz uchun,qancha zahmat chekdingiz.
Elim,yurtim deb yashab,uni tashlab ketdingiz.
Biz sizni unutmaymiz, aziz , Islom bobojon!
“Ustoz” she’ri.
-Menga mehr baxsh etdingiz,dilga ilm naqsh etdingiz.
Rahmat deymiz biz o’g’il-qiz,mehridaryo,ustozim!
-Izim bosib izingizdan,o’rnak olib so’zingizdan.
Talpinaman o’zingizga,mehridaryo,ustozim!
-Ustoz-murabbiylar shunday buyuk insonki,ulardan bir umr qarzdormiz.Ustoz va shogird oy va quyoshga o’xshaydi.
-Oy quyoshdan nur olib borliqni yoritgani kabi,shogird us-tozdan ziyo olib, hayot mash’alini yotitadi.
SLAYD.
-O’qituvchi hayot charog’boni.U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o’rgatadi.
-Mustaqillik bizga juda ko’p erkinliklarni berdi.Zamona-mizning har tomonlama barkamol kishiniyetkazadi.
“Oftobim-siz ”she’ri.
-Obod yurt farzandiman,eng ulug’ dargoh-maktab,
O’rgatdingiz o’qishni,sabr bilan bittalab.

-Ey ustoz,mehribonim,siz bilan go’zal dunyo,
Tanitdingiz olamni,oftobdek ziyo.
-Prezidentimiz “Ustoz va murabbiylar bayrami” deb 1-ok-tabr kunini belgiladi.Har yili shu kun juda katta bayram qilib o’tkaziladi.

“ Ustozlar”she’ri.
-Ustozlik asliga ulug’ martaba,
Iltifot kerarmas ustoz zotiga,
Ustozlik-erishsang buyuk daraja,
Ziyo urug’in separ bor bisotiga.
-Ustozdir beminnat nur sochgan quyosh,
Ustoz-tiniq samoning yulduzi,oyi.
Mashaqqat,zahmatga beruvchi bardosh,
U suyuk,u buyuk -qalblarda joyi.
-Ustozlar-ildizi mustahkam chinor,
Kelajak me’mori,u so’nmas bahor.
Ustoz do’st,unga yot hasadlar,kinlar,
Har og’riq ko’ngilga bo’lar taskinlar.
-O’ylabmi,o’ylamay qilgan har ishning,
Zahmatkash ustozga beruvchi baho.
Bil-ki tubanlig-u isnoddan qo’ling,
Tortishga undagi u buyuk daho.
-Yomonlikdan uzoq,jonkash,jafokash,
Uning-la sozlanar har shogird tori.
Ortidan ergashar bo’libcho’g’,otash,
Dovrug’in ko’tarar toliblar bori.
-Tabarruk kishisi,ulug’,fidoyi,
U bo’lsin najatkor,jonkuyar mayli.
Olim-u,san’atkor,hunarmand bari,
O’zligin anglagan ustoz tufayli.
XOR:“Ustozlar” qo’shig’i.
-Ustoz,murabbiy,muallim,o’qituvchi so’zlari mag’rur jarang-laydi.
S HAHODAT HIKMATOVNAga
Kejagina murg’ak edik,to’q edik,
Ilm-fandan hech xabari yo’q edik.
Hatto qalam tutishni ham bilmasdik,
O’yinqaroq edik,rosa sho’x edik.
G ULBAHOR RAXIMOVNAga
Sochingizga oralagan oq tolalarda,
Biz qilgan sho’xliklar izi ko’rinar.
Yuzingizga o’rmalagan ajinlarda,
Mashaqqatli mehnatingiz yuzi ko’rinar.
MUBIN RAJABOVICHga
Bugun esa yoshimiz ham ulg’ayib,
Bajarurmiz har bir ishni mustaqil.
Biz bilurmiz nima yaxshi-yu yomonni,
Ulg’aygach,bo’lurmiz ilmli,oqil.

A NVAR NE’MATULLAYEVICHga


Yomonlik ko’rmaydi ustoz ko’zlari,
Chunki yaxshilikka yetaklar bizni.
Bilimga chorlaydi munis so’zlari,
Anglatar dunyoni,anglatar o’zni.
M OXIRA AXMEDOVNAga
Ustoz sizni toliqtirdik,goh sho’xlik qilib,
Goh darsga kech qolib,kirmayin ketgan.
Ba’zi kunlar bo’lgan dars qilmay kelib,
O’shanda ko’nglingizga ozorlar yetgan.
G ULNOZ BEGMURADOVNAga
Xuddi onamizday boshimiz silab,
Biz qilgan xatolarni kechirolgansiz.
Chindan ham bemisl,kuchsiz,qudratli,
M ehrimiz qalbingizga ko’chirolgansiz.
SHOHIDA OCHILOVNAga
Ustoz tutay sizga guldasta,
Guldastaki chamanzordan topilmas.
To’fonlarda so’lib qolmas bir pasda,
Bir g’unchaki ,xazon uni yopolmas.
D ILAFRO’Z SAMIYEVNAga
Ustoz shamchiroqdir,tilagi nurli,
Yog’duga belangan u kirgay xona.
Yonib,o’zgalarning yo’lin yoritgay,
Mehnat,mashaqqatni yengar mardona.
M UNIRA SAYFIDDINOVNAga
O’rgatdingiz barcha harfni sabot-la,
Hisob-kitob,yozishni ham tinmayin.
Sabog’ingiz tingladik biz qunt bilan,
Darsingizda zerikishni bilmadik.
U MIDA RAMAZONOVNAga
Yuqori sinfga o’tsak ham ustoz,
A’loga o’qiymiz,odob saqlaymiz.
Hatto boshqalarga o’rnak ham bo’lib,
Sizning ishonchingiz yana oqlaymiz.
XOR:Har bir bergan o’gitingiz yodda tutamiz,
Doim sizga bosh egib,ta’zim etamiz.
-Muallim o’quvchisini o’z farzandidek asrab-avaylab,kamol- ga yetkazadi.
“Azizim ustoz” she’ri.
-Qalbingizda gullar ochilgan qiyg’os,
Qancha ta’zim qilsak,bo’lar shuncha oz.
Hayot yo’llarini yoritgan oftob,
Suyugim,buyugim,azizim ustoz!
-Otam,onam kabi etarman e’zoz,
Mehnat,fidoyillik kasbingizga xos.
Ilm dunyosining eshigin ochgan,
Suyugim,buyugim,azizim ustoz!
-Xalqimizda “Ustoz- otangdek ulug’ ” degan gap bor.Siz ham ta’lim-tarbiya bergan ustozlaringizni hech qachon unutmang.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: -Qani bolajonlar,”Tarmoqlash” usulidan foydalanib “USTOZ” so’ziga ta’rif beramiz.
- Daftarda mustaqil bajaradilar.(2 daqiqa)
KLASSTER ”.

jonkuyar aziz muallim,o’qituychi,murabbiy

USTOZ

fidoiy mehribon

xushmuomala dono,aqlli
ko’p qirrali bag’ri keng inson
ikkinchi ona do’st,dugona
shirinso’z ziyoli qadrli zahmatkash
-Bo’lganlar daftarini orqaga yuborib,navbat bilan chiqib doskada yozadilar.
V.-Rag’batlantirish.Uyga vazifa.”Ustoz” mavzusida ijodiy ish yozib kelish.

VI.Mashg’ulotni yakunlash.
Download 56.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling