Buxoro shahar 54-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti


Download 9.75 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi9.75 Kb.
#1420265
Bog'liq
баённома


BUXORO ShAHAR 54-SONLI MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTI
Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilarning master- klass, trenning mashg‘ulotlar yig‘ilishi muhokamasi
19.02.2021 Buxoro shahri
Qatnashdilar:
Buxoro shahar 54-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori O.A.Rafieva, direktoriyat va o‘qituvchilar jamoasi, BuxDU professor-o‘qituvchilari (Niyazova S.D, Ergasheva G.B, Mirzaeva D.Sh, Sharipova M.B, Rahmonova G.Sh)
Kun tartibi:

  1. Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining “Maktabgacha ta’limda kompetensiyaviy yondashuv: istiqbollarb muammolar, yechimlar” mavzusidagi master- klass, trenning mashg‘ulotlari muhokamasi

Eshitildi:
Rafieva O.A (yig‘ilish raisi) so‘zga chiqib, Globallashuv jarayonida olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani , jumladan ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, xorijiy tajribalarini o‘zimizda qo‘llash yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko‘zda tutilganidek, pedagogik va axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnalogiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylangani sababli BuxDU professor-o‘qituvchilari hamkorligida bu trenning mashg‘uloti tashkil etildiki, ta’lim tashkiloti tarbiyachilari o‘zining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Niyazova S.D (Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi kafedra mudiri) so‘zga chiqib, bu master klass yuksak umumiy va kasb-hunar faoliyatiga ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topishlarida ite’dod va iqtidorni ishga solishlari, zamonaviy ta’lim orqali zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni kamol toptirish maqsadida tashkil etilgani yaqqol namoyon bo‘layotgani, tarbiyachilar ta’limning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan bu mavzu orqali savol –javoblar bo‘lib, mushohadalarga erishilgani, pedagogik texnologiyalar tarbiyalanuvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini oson va qiziqib o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchi tomondan, tarbiyachining professional o‘sishiga , ma’naviy rivojlanishiga yordam berishi xususida gapirdi.
Ergasheva G.B (Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti) so‘zga chiqib, 6-7 yoshli bolalarda kitobga muhabbat hisiini tarbiyalash, yangi inavatsion usullar, metodlar o‘rganishlari uchun, o‘quvchilar dunyoqarashini boyitishda qo‘llaniladigan “Sinektika”, “Intellekt xarita”, “Jigsav” metodlari o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishda xizmat qilishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida hukm surayotgani inqirozdan qutilishning yagona va bosh mezoni ekanligi, bugungi dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotgani va boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayonida ham ilgarilab borayotgani haqida gapirdi.
Sharipova M.B (Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi)so‘zga chiqib, bugungi zamonaviy globallashuv davrida zamonaviy tarbiyachi xorijiy tajribalarga ega bo‘lishi, innovator va yaxshi novatorlik fazilatlariga ega bo‘lishi xususida “O‘qitishning zamonaviy tendensiyalari”, M.B.Sharipovaning “6-7 yoshli bolalarda kitobga muhabbat hissini tarbiyalash”, G.Sh.Rahmonovaning “Maktabgacha ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirishda yangicha yondashuv” mavzusida trenning olib bordi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
YIG‘ILISH QAROR QILADI:

  1. Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamkorligida master- klass, trenning mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil topilgan deb topilsin va viloyatda ommalashtirilsin.


Buxoro shahar 54-sonli maktabgacha
ta’lim tashkiloti direktori: O.A.Rafieva
Download 9.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling