Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Qattiq yoqilg'ining afzalliklari / kamchiliklari
Download 0.65 Mb.
|
MAJMUA YMM
- Bu sahifa navigatsiya:
- MARUZA-8 MAVZU: Ishqalanish, yeylanishi va moylash materiallari to’g’risida ma’lumotlar REJA: Ishqalanish, yeylanishi haqida tushuncha
Qattiq yoqilg'ining afzalliklari / kamchiliklariKo'mir sanoatining atrof-muhitga ta'siri Bilan solishtirganda qattiq yoqilg'i suyuq yoqilg'i yoki gazsimon yoqilg'i, ko'pincha arzonroq, qazib olish osonroq, transportda barqaror va ko'p joylarda osonroq mavjud.[8][9] Ko'mir, xususan, dunyodagi 38,1% avlodda foydalaniladi elektr energiyasi chunki u suyuq va gaz analoglaridan arzonroq. Shu bilan birga, qattiq yoqilg'ini tashish og'irroq, qazib olish / yoqish uchun ko'proq zararli usullarni talab qiladi va ko'pincha uglerod, nitrat va sulfat chiqindilari yuqori bo'ladi. Barqaror o'tin / biomassadan tashqari qattiq yoqilg'i odatda qayta tiklanmaydigan hisoblanadi, chunki uni shakllantirish uchun ming yillar kerak bo'ladi.[3] MARUZA-8 MAVZU: Ishqalanish, yeylanishi va moylash materiallari to’g’risida ma’lumotlar REJA: Ishqalanish, yeylanishi haqida tushuncha Moylash materiallari to’g’risida ma’lumotlar Ishqalanish ashyolarini tadqiq qilish sohasida to ‘plangan tajriba va m ashina detallarining ishqalanishi, yeyilishi ham da moylanishiga oid nazariy ishlanm alar maxsus texnik fan — tribologiya fanini yaratish im konini berdi. Ishqalanish turlari. Jism larning nisbiy harakati kinematik belgilariga ko‘ra ishqalanishning quyidagi turlari ko‘proq uchraydi. Tinch holatdagi ishqalanish — ikki jism ning nisbiy harakatga o‘tguniga qadar m ikroharakatlaridagi ishqalanish. Harakatdagi ishqalanish — nisbiy harakatda boMgan ikki jismning ishqalanishi. Surkov ashyosisiz ishqalanish — ishqalanuvchi sirtga hech qanday surkov ashyosi surtilm agandagi ikki jism ning ishqalanishi. Surkov ashyosi bo‘lganidagi ishqalanish — ikki jismning ishqalanuvchi sirtiga har qanday surkov ashyosi surtilgandagi ishqalanishi. Sirpanishdagi ishqalanish — ikki qattiq jism ning harakatidagi shunday ishqalanishki, bunda urinish nuqtalarida jism larning tezliklari qiymati va yo‘nalishi b o ‘yicha har xil bo‘ladi. Dumalashdagi ishqalanish — ikki qattiq jism ning harakatidagi shunday ishqalanishki, bunda urinish nuqtalarida ularning tezliklari qiymati va yo‘nalishiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ishqalanish kuchi — bir jism tashqi kuch ta’sirida boshqa jismning sirti bo‘ylab harakatlanganida yuzaga keladigan qarshilik; mazkur tashqi kuch — ana shu jism lar orasidagi umumiy chegaraga urinma bo‘yicha yo‘nalgan bo'ladi. Sirpanish tezligi — sirpanishda urinish nuqtalaridagi jismlar tezliklari orasidagi farq. Ishqalanish sirti — jismning ishqalanishda qatnashuvchi sirti. Ishqalanish koeflitsienti — ikki jism ishqalanish kuchining ana shu jismlami bir- biriga siqib turuvchi m e’yoridagi kuchga nisbati. Hashish koeffitsienti — ikki jism ning tinch holatidagi eng katta ishqalanish kuchining jismlarni bir-biriga siqib turadigan, ishqalanish sirtlariga nisbatan me’yorida boMgan kuchga nisbati. Tribotexnika — qattiq jism lar bir-biriga nisbatan harakatlanganida ularning o‘zaro ta ’sir ko‘rsatuvi haqidagi fan bo‘lib, mashinalardagi ishqalanish, yeyilish va moylashga oid butun m asalalar m ajm uyini o‘z ichiga oladi. Keyingi yillarda tribotexnikada yangi bo 'limlar — tribokimyo, tribofizika va tribomexanika bo‘limlari rivojlanm oqda. Tribokimyo — o’zarourinuvchi sirtlarning kimyoviy m uhit bilan o’zarota’sirlashuvini o ‘rganadi. U ishqalanishdagi yemirilish m uam m olarini, tanlama ko‘chirishning kimyoviy asoslarini va ishqalanishda polim erlarning yoki moylash ashyosining parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan kimyoviy faol m oddalarning detallar sirtiga ta ’sirini tekshiradi. Tribofizika — o'zaro urinuvchi sirtlarning harakatlangan vaqtidagi o‘zaro ta’sirlashuvi jihatlarini o ‘rganadi. Tribomexanika — o’zarourinuvchi sirtlarning ishqalanishdagi o‘zaro ta’sirlashish mexanikasini o ‘rganadi. U energiyaning, impulsning tarqalishini, ishqalanishdagi mexanik o ‘xshashlikni, relaksatsion tebranishlarni, reversiv ishqalanishni, gidrodinamika tenglamalari va boshqalarni ishqalanish, yeyilish hamda moylash masalalariga bog‘lab o ‘rganadi. Tribotexnikaga oid ko‘pgina atamalar standartlashtirilgan. GOST23.0027878 da 97 ta atam a bo’lib, ular ishqalanish, yeyilish, moy, moylash usullari va moylash ashyolari bo‘yicha tasniflangan. Tribotexnikaning umumiy tushunchalari qatoriga quyidagi atamalar kiradi. Tashqi ishqalanish — nisbiy harakatlanishga nisbatan bo‘ladigan qarshilik hodisasi bo’lib, ikki jismning orasida, ularning sirtlari o’zarourinadigan joylarda urinm alar bo‘yicha yuzaga keladi. Yeyilish — ishqalanish natijasida jism oMchamlarining asta-sekin o ‘zgarib borishi jarayoni. Bu jarayon ishqalanuvchi sirtdan ashyo ajralib chiqishida va (yoki) uning qoldiq deformatsiyasida namoyon bo'ladi. Ishqalanish natijasida ham yemirilish yuz berishi mumkin (G O ST 1629-70). Yeyilish vaqt birligi ichida detai o‘lcham larining o ‘zgarish tezligi, masalan, mm/soat bilan baholanadi; uni boshqa o‘lchov birliklari bilan ham baholash mumkin, chunonchi: mm/km ; mm/kg (yonilg‘i sarfi); mm/moto-soat va hokazo. Ko‘pgina detallarning yeyilish o’lchov birligi mkm yoki mm da baholanadi. Detallar notekis yeyiladi. Ko‘pgina detai va tutashmalar uchun bu jarayon yeyilishning o‘sib borish egri chizig‘i yoki «a» burchagining kattalashishi bilan ifodalanishi mumkin. Ishqalanish tabiatini o'rganishni birinchi bor qadim zamonlarda Aristotel boshlagan edi. U ningcha har bir real jism (bir tekisda) siljiganda tashqi qarshilikka duch keladi va bu qarshilikning miqdori uning vazniga (og‘irligiga) bog'liq bo ‘ladi (Aristotel vazn bilan massaning farqiga bormagan). Lekin Aristotel inersiya hodisasini hali bilmas edi. Chunki u jism ning o ‘ziga (og‘irligiga) bog‘liq bo‘lgan qarshilik bilan jism harakatidan hosil bo‘ladigan tashqi m uhit qarshiligining farqiga tushunib yetolm agan edi [ 11]. Keyinroq Leonardo da Vinchi ishqalanish sabablarini chuqurroq o‘rganib, bu sohaga o‘zining ulkan hissasini qo'shdi. Bu davrda olim va ixtirochilar o ‘rtasida beto‘xtov (vechniy) dvigatel yasash to‘g‘risidagi tortishuvlar avjiga chiqqan edi. Shunda Leonardo da Vinchi beto'xtov dvigatelni yasash mumkin emasligini, bunga ishqalanish (jarayoni) yo‘l qo'ymasligini va ishqalanish kuchi quyidagi omillarga to‘g‘ri proporsional ekanligini isbotlab berdi: • ishqalanish yuzalarining materialiga; • ishqalanish yuzalariga ishlov berishning sifatiga; • ishqalanish koeffitsienti yuk (nagruzka)ning qiymatiga. U ishqalanish kuchi miqdorini kamaytirish uchun ishqalanish yuzalari oralig‘iga rolik yoki sharik qo‘yish kerakligini aniqlab berdi. Shunday qilib, Leonardo da Vinchi rolikli va sharikli podshipniklarni ham ixtiro qildi. XVI asr oxirlarida Galiley inersiya qonuni va massa tushunchasini ixtiro qildi. Bu esa mexanika fanida qo'yügan ulkan qadamlardan biri bo‘ldi. Galiley erkin jism (bo'shliqda, ya’ni tashqi qarshiliksiz) o‘zgarmas kuch ta’sirida bir tekis harakat qilishini isbotladi. Bu holda harakatlantiruvchi kuch massaga to‘g‘ri proporsional ekanligini ko‘rsatadi. Ishqalanishni Leonardo da Vinchi, M. V. Lomonosov, G.Amonton, Sh. Kulon, N. P. Petrov, L. Eyler, D. I. Mendeleyev, O. Reynolds va boshqa olimlar ham o ‘rganishgan. Keyinchalikbu sohadaakademiklandan N.Y.Jukovskiy, Y. A. Chudakov, V. D. Kuznetsov, P. A. Rebinderlar va professorlar A. A. Axmatov, I. V. Kragelskiy, B. I. Kosteskiylar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Rus olimi .M. V. Lomonosov jismlar zarralari orasidagi ilashishni «uzoq vaqt shilish» yo‘li bilan tadqiq etish uchun maxsus asbob yaratdi. M. Lomonosov mustahkamlik haqidagi tushunchani zarralar o‘rtasidagi bog‘lanish kuchlari to‘g‘risidagi tasavvurlar bilan bog‘lab tushuntirdi. M. Lomonosov soat mexanizmlarining tayanchlari uchun shisha maqsadga muvofiq ashyo ekanligini aytgan edi. Ingliz olimi Benjamin Tompson (1798-y) ishqalanish uchun sarf bo‘lgan mexanikaviy energiya yo‘qolib ketmay, issiqlik energiyasiga o‘tishi haqidagi tavsifni berdi. Ishqalanish nazariyasidagi bu issiqlik effekti bo‘yicha Mayer (1842-y.), Joul (1843-y.), Gelmsgols (1847-y.) ham ko‘p tajribalar o‘tkazib, unga o ‘z ulushlarini qo'shgan edilar. Keyinchalik olim lar e ’tiborini ishqalanishning adgezion tabiati jalb etdi (adgeziya — ilashish, bir-biriga qisib qo‘yilgan yuzalarning yopishib qolishi). Bu nazariya, ya’ni ishqalanishning adgezion tabiati, asrimizning 30—40-yillarida rus olimlari V. D. Kuznetsov, B. V. Deryagin, ingliz olimi D.A. Tomplinson tomonlaridan yaratilgan ishqalanishning fizikaviy nazariyalarida yanada rivoj topdi. Tribonikaning keyingi ravnaqi XX asrning 40—60-yillariga to‘g‘ri keldi. Bu davrda rus olimi I. V. Kragelskiy tom onidan ishqalanishning molekulyar-mexanikaviy nazariyasi ishlab chiqildi. Bu nazariya bo‘yicha materiallarning o’zaroharakati jarayonida materialdagi g‘adir-budurliklarning deformatsiyasi va materialning molekulalararo haqiqiy tutashuvining izi (dog‘i) hosil bo‘ladi. Bu nazariyaga oid um um iy ishqalanish koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi: Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling