Buxoro tarixi va arxeologiya kafedrasi


I. Bob - Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana29.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1138188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmadaliyev Kamron- Ilk o\'rta asrlarda

I. Bob - Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi 
1.1 Arxeologik ma’lumotlarning shaxarlar tarixini o’rganishdagi axamiyati  
Markaziy Osiyoning qadimgi tarixini tadqiq etishdagi murakkab 
muammolardan biri - Markaziy Osiyoning sivilizatsiyasi va davlatchilikigining 
paydo bo’lishi xamda rivojlanish bosqichlari xisoblanib, bu jarayonda shaxarlar 
shakllanishini o’rganish muhim axamiyat kasb etadi. Bu holat sivilizasiya va 
davlatchilik - urbanistik xususiyatlarni o’zida aks ettiruvchi qonuniyatga ega ekaligi 
bilan izohlanadi. Chunki, har bir tarixiy davrda aynan shaxarlar davlat saloxiyatining 
ma'muriy, xarbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlari sifatida mavjud 
bo’lgan. Shaharlarda hunarmandchilik ishlab chikarish va savdo-sotiq, boshqaruv 
tartibi va xarbiy garnizonlar, o’z davrida yetakchi bo’lgan dinlarga xos ibolatxonalar 
markazlashgan va faoliyat ko’rsatgan. Shuning uchun ham o’lkamiz tarixi va 
madaniyatini yorituvchi turli davrlarga oid tarixiy va tarixiy-geografik minbalarda 
solnomachilar Markaziy Osiyo shaxarlariga katta qaratganlari tasodifiy xol emas. 
Ayni vaqtda shaxarlarning shakllanishi murakkab va uzoq davom etadigan 
jarayonligini xam ta'kidlash joizdir. Shaxarlar davlatchilikning dastlabki 
bosqichlaridayoq paydo bo’lib, uning rivojlanishi, gullab-yashashi va inqiroziy 
xolatlarini o’zida aks ettiradi. Ammo davlatlar taraqqiyotining ilk bosqichlari yozma 
manbalarda juda kam aks etgan bo’lsa, ilk shaxarlar haqida deyarli ma’lumotlar 
uchramaydi. Yozma manbalar urbanizatsiya masalalarining bu jarayon 
gullabyashnagan davri xaqida ma’lumot beradi, xolos
1
. Arxeologik materiallar bu 
jarayonni ilk bosqichlarini o’rganish, tushunish va anglab yetish uchun muhim 
bo’lgan hamda shaxar tizimining asosiy jixatlari - boshqaruv xokimiyatining belgisi 
bo’lgan harbiy-mudofaa va ma’muriy, rivojlanayotan davlatchilik belgisi bo’lgan 
ijtimoiy-ierarxik xususiyatlar, turli hunarmandchilik-ishlab chiqarish belgilari, 
savdo-sotiq va madaniyat almashuvining markazlari, diniy e’tiqodlar markazlarining 
belgilari kabi ko’plab shaxarlar tarixi va aks ettiruvchi tomonlar asosan, arxeologik 
1
Eshov B. O’rta Osiyo qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. ‘’Fan va tehnologiya’’,2008., -B.67.
2
Asqarov. A – Eng qadimiy shahar. T:. 2004. -B.79. 


8
topilmalarda o’z ifodasini topadi. Shuning uchun xam qadimgi shaxar xarobalarida 
bu jarayonni o’rganishimiz uchun muhim bo’lgan haqiqiy tarixning izlari va 
qoldiqlari saqlanib qolganligi shubxasizdir
2
.
Ayni vaqtda arxeologik materiallar o’ziga xos va murakkabdir. Yozma 
manbalardan farq qilgan holda, ular saqlab qo’yish yoki avlodlarga malumot 
yetkazish maqsadida maxsus bunyod etilmay, qadimgi tarixiy jarayonlarning 
mahsuli xisoblanadi. Tarixiy informatsiya arxeologik materiallarda ashyoviy 
buyumlar, narsalar yoki makonlar shaklida muxrlangan bo’lib, ular ijtimoiy va
siyosiy tarix uchun to’g’ridan-to’g’ri to’liq fakt bo’la olmaydi. Aynan shuning uchun 
xam ularni tarixiy, ijtimoiy va madaniy umumlashtirish darajasiga ko’tarishni faqat 
arxeologik materiallarni taxliliy uslub orqali tarixga yo’naltirish yoki tarixga 
aylantirish yo’li bilangina amalga oshirish, izoxlash va talqin etish mumkin. 
Ob'ektlar tipologiyasi tartibini ishlab chiqish, materiallar xususiyatlarini taxlil etish 
va ular asosida haqiqiy mavjudlik orasidagi uzviylikni ochib berish arxeologik 
materialni qayta ishlab tarixiy manbaga aylantirishga imkoniyat yaratadi. Bu 
jarayonni ob'ektiv yoritish uchun tartibli yondashuv yoki tadqiq etilayotgan mavzu 
bo’yicha tadqiqotchilar tomonidan to’plangan arxeologik manbalarni mumkin qadar 
ko’proq egallash va ularni chuqur taxlil qilish lozim bo’ladi. Buning uchun 
tadqiqotchida materiallarni sifatiy arxeologik sharxlash yoki izoxlashini amalga 
oshirishda tarix fanining muxim ilmiy-tadqiqot yo’nalishi sifatida ma’lum 
arxeologik tayyorgarlik va bilimlar zarur bo’ladi. Bu bilimlar mashxur majmualar 
bilan birgalikda turli yillarda ochilgan ob'ektlarni aniqlash, ularning tuzilish jixatlari, 
ob'ektlarning ma'lum hududiy va tuzilish guruxlari tipologiyasini o’rganishni talab 
etadi
1
.
Bunday taxlil esa keyingi bosqichda arxeologik manbalarni sotsiologik va 
madaniyatshunoslik tadqiqotlar darajasida yoki tarixiy manbalar darajasida 
tushunish uchun keng imkoniyat yaratadi. Qadimgi ishlab chiqarish jarayonlarini 
tarixan qayta tiklash tadqiqotning muxim qismi xisoblanib, ularni umumlashtirish 
1
Eshov B. O’rta Osiyo qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. ‘’Fan va tehnologiya’’,2008., -B.69. 


9
shaxar va davlat iqtisodiy tarixini tarixiylik nuqtai nazaridan ochib berish 
imkoniyatini yaratadi. Ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo’lgan o’zgarishlar 
shahar xayoti tuzilishining o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun xam turli 
davrlarga oid shaxarlar o’ziga xos tuzilish shakliga ega bo’ladi. Shu bilan birgalikda 
shaxarlar sifatiy jixatdan boshqa aholi joylashuv punktlaridan shaxarga xos. Bo’lgan 
xususiyatlar bilan ham farqlanadiki, bu jixatlarni aniqlash tadqiqotchir 
banologlarning xozirgi paytdagi muhim vazifalaridan xisoblanadi
1
.
Turli bosqichlarda shaxarlarning uzoq vaqt mobaynida shakllanishi tarkibiy 
qismlarining rivojlanishi, shaxar tuzilmasining shakllanib bo’lgan jixatlarining 
turlicha rivojlanishi va turli geografik zonalardagi axoli punktlari shaxarga xos 
bo’lgan jixatlarni aniqlash juda murakkabdir. Chunki, ayrim gurux shaxarlar 
ma'muriy markazlar sifatida rivojlansa, ayrim gurux shaxarlarda xarbiy-mudofaa, 
madaniy yoki ishlab chiqarish vazifalari ustunlik qiladi. Shuning uchun xam 
dastlabki shaxarlarning tarkibiy qismlarini tadqiq etish - arxeologik materiallarning 
juda ko’pligi nuqtai nazaridan ko’p qirralidir. Arxeologiyadagi tarkibiylik faqatgina 
moddiy madaniyat ob'ektlarini o’rganish bo’libgina qolmay, balki umuman
jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi tarixi, fan, madaniyat, etiqodlar va san'at, 
etnogenez va demografik jarayonlar, davlatchilikning shakllanishi va shaxar 
madaniyatining rivojlanishi tarixi xamdir.
Arxeologik manbalarning ushbu jixatlarini o’rganish uchun maxsus ilmiy 
konferensiyalar va nazariy tadqiqotlar o’tkazilgan. Boshqa muammolar qatori 
ularda jamiyat faoliyatining muhim yo’nalishlari markazlashgan va jamiyat 
rivojlanish darajasining o’ziga xos ko’rsatgichi bo’lgan shaxar masalasi aloxida 
o’rin egallaydi. Arxeologlar arxeologik manbalar orqali shaxarni ko’p vazifali 
ijtimoiy aloqalarning murakkab tartibi sifatida tadqiq etadilar. Takidlash joizki, 
shaxarlarning rivojlanishi jarayonida ular bajarayotgan ko’pgina vazifalarning roli 
o’zgaradi, ayrimlari yo’qolib boradi, ayrimlari esa mukammalasha borib nisbatan 
yuqori boskich darajasiga ko’tariladi. Ammo asosiy vazifalar - aholining bir yerga 
1
Shirinov T. Tariximiz etyudlari. Toshkent., “Sharq’., 2014. -B.13.  


10
zich 
joylashuvi, 
savdo-sotiq 
va qishloq xo’jaligi bo’lmagan faoliyat 
(hunarmandchilik, xarbiy, ma'muriy va madaniy markaz) barcha davrlarda saqlanib 
qoladi. Bularning barchasiga aniqlik kiritish arxeologik manbalarni taxlil etish, 
qayta ishlash va tarixiylikka yo’naltirishni talab etadi. Ma’lumotlar taxliliga nazariy 
yondashuv va arxeologik materiallarni qayta ishlab madaniyatshunoslik va 
sotsiologik darajada tarixiy manbaga aylantirish asosiy tayanch bilim bo’lib, V. M.
Masson tomonidan shaxarlar tarixini o’rganishda ko’llanilgan. Tadqiqotchi 
arxeologik manbalarni talqin qilishning ikkita: madaniyatshunoslik va sotsiologik 
darajasini ajratadi.
Ma'lumki, arxeologik materiallar mavjud bo’lgan buyum-maxsulot shaklidagi 
madaniyatni aniq tanlashni o’zida aks ettiradi. Ma'lum mintaqadagi turli manbalarni 
madaniyatshunoslik jixatidan talqin etish biz uchun muhim bo’lib, ular madaniy 
majmualardagi ajralib turadigan sara jixatlari, xokimiyat ramzi va ilk 
sivilizasiyalarni aniqlash imkonini beradi. Bu xolat urbanizasiyalashgan madaniyat 
belgilaridan biridir. Yana ko’pgina urbanistik belgilarni sotsiologik talqinni o’zida 
aks ettirib, u rivojlanish bosqichidagi ishlab chiqarish jarayonini, me'morchilik 
turlarini, manzilgohga oid tuzilmalarni ochib beruvchi arxeologik materiallarda o’z 
ifodasini topadi. Bu yerda materiallar ma’lum tarixiy xususiyatga ega bo’lgan 
shaxarmonand - ilk shaxar-rivojlangan shaxar makonga oid tizimi shakllanadigan 
urbanistik tizimni, uning shakllari va jixatlarini ochib beradi.
Materiallarning tartibi va taxlili murakkablashgan ijtimoiy tuzumdagi tarixiy 
jarayonlarni, jumladan, ilk shaxar belgilari, shaxarmonand manzilgoxlar, ilk 
shaxarlar, rivojlangan shaxar markazlari tizimi tarixini ishlab chiqishi uchun keng 
imkoniyatlar yaratadi. Arxeolog olimlarimiz tomonidan shaxarlar xakida jamlama 
xususiyatga ega bo’lgan ma'lumotlar berilgan bo’lsa-da, ularda butun mintaqa 
miqyosida arxeologik materiallarni tarixiy yo’nalishi jarayoniga maxsus joriy 
etishga xarakat qilinmagan. Bu xolat O’zbekistonning qadimgi tarixini tadqiq 
etishidagi dissertasiyaviy tadqiqotlarda yaqqol ko’zga tashlanadi va dissertant ushbu 
bo’shlikni imkon qadar to’ldirishga xarakat qiladi. Undan tashqari, bugungi kunda 


11
respublikamiz tarix fani oldidagi muxim vazifalardan biri - jamiyat tarixini ob'ektiv 
o’rganish va xalqimiz tarixiy xotirasini qayta tiklash, davlatchilik va shaxarlar paydo 
bo’lishining asoslari, bosqichlari va shakllarini o’rganish, bu jarayonlar 
rivojlanishining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy tomonlarini tadqiq etish xam o’ta 
muxim xisoblanadi
1
. Demak, arxeologiya fani o’rganadigan moddiy manbalar turli 
mexnat qurollari, xarbiy yarog’lar, zargarlik buyumlari, turli xom ashyolardan 
ishlangan idishlar, shuningdek, me'morchilik yodgorliklari – ko’hna shaxar va 
kishlok xarobalari, turar-joy binolari, ustaxonalar, saroylar, ibodatxonalar, 
istexkomlar, mudofaa inshootlari va shu kabilardan iboratdir. Bu manbalarga qarab 
o’tmish ajdodlarimizning ishlab chikarish kuchlari, ishlab chikarish jarayoni, 
turmush tarzi va moddiy madiniyati haqida ma'lum tasavvur xosil qilish mumkin va 
eng muximi, mintaqamiz xududlaridagi qadimgi axolining bunyodkorlik faoliyati 
hamda shaxarlar va davlatchilik tarixining eng qadimgi davrlari bo’yicha muhim 
ma'lumotlar olish mumkin.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling