Buxoro tarixi va arxeologiya kafedrasi
Samarqand shaharlari yodgorliklarini: xronologiyasi va tipologiyasi
Download 499.2 Kb.
|
Ahmadaliyev Kamron- Ilk o\'rta asrlarda22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Samarqand shaharlari yodgorliklarini: xronologiyasi va tipologiyasiSamarqand tarixini o’rganar ekanmiz dastlab uning nomidan o’rganish maqsadga muofiq. «Samarqand to‘g‘risidagi ma'lumotlarning eng dastlabkisi «Avesto»da berilgan bo‘lib, unda Zarafshon vohasi ikki atama bilan – «Sug‘uda» va «Sug‘uda Gova» deb ta'riflanadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, «Sug‘uda Gova» tushunchasi Zarafshon vohasining aynan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi yashaydigan hududlariga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, «Sug‘di» atamasi shaharlarga, poytaxtga nisbatan ishlatilgan. «Avesto» zamonida Sug‘dning eng katta shahri, poytaxti, so‘zsiz, Samarqand edi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Afrosiyob Turon mamlakatining podshosi sifatida tasvirlanadi1. Afrosiyob «Avesto»-da Frangrasyan, turkiy manbalarda Alp Er To‘nga nomida berilgan.Afrosiyob xarobalari bilan «tur»lar yetakchisi Afrosiyob o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lmaganida, uning nomi «Afrosiyob» deb yuritilmas edi. «Avesto»ning guvohlik berishicha, Afrosiyob rahnamoligida «tur»lar bilan midiyaliklar o‘rtasidagi jang Chaychista(Orol) ko‘li yonida miloddan avvalgi VIII asrda ro‘y bergan. Shaharning shakllanish davri Afrosiyob tarix sahnasiga chiqqan vaqtbilan bir vaqtda yuz berganligi tarixiy haqiqatdir». Eramizgacha bo‘lgan 1 ming yillik boshlarida Sug‘d va uning poytaxti Samarqand ma'muriy hudud sifatida mavjud bo‘lgan. «Qadimgi sanskrit tilida «smrg‘» atamasi «chorraha», «savdo yo‘llari kesishgan», «savdogarlar uchrashadigan joy» ma'nosini anglatgan. Bizningcha, «Samarqand» atamasi savdo yo‘llarining kesishgan joyi, chorraha, obod shahar deb izohlanishi haqiqatga ancha yaqin2. Hozirgi kunda shaharning eski mahallalaridan birining nomi «Chorraha» deb nomlanishi ham bejiz emas» deb yozadi professor T. Shirinov. Xuddi shunga o‘xshash fikr taniqli tarixchi olimlar – A. Sa'dullaev va M. Isoqovda ham bor. Samarqand Ahamoniylar davrida ham hududdagi markaziy shahar maqomida 1 Sultanov D. U. Mag diss. Samarqand shahri tarixiy ko’chalarning ilmiy-loyihaviy yechimlari. Samarqand., 2013. –b.24 2 Abu Toxirxoja “Samariya” «Kamalak»T. 1991. –b.52 bo‘lgan. «Yunon tarixchilari asarlarida Samarqand birinchi marotaba Arrian tomonidan «Maroqanda» nomi bilan tilga olingan. Arrian yozadi: «Aleksandr o‘zining armiyasi va barcha aravalar karvoni bilan shimolga juda sekinlik bilan siljir edi. Uning qo‘shinlariga ot yetkazib berish to‘g‘risidagi mahalliy aholi tomonidan olingan majburiyat amalga oshirilgandan keyin u Maroqandaga jo‘nadi».«Aleksandr safarnomasi» asarida (340 – 345). Maroqanda shahrining nomi «Marakunda» deb berilgan». Professor T. Shirinovning yozishicha, « arab yoki fors tillaridagi Samarqand nomi tahlil qilinib, uning qadimgi sug‘d tilida «Samarakana» talaffuziga e'tibor qaratilmagan». Agar T. Shirinov: «Nima bo‘lganda ham, «Samarqand» atamasining shaxs nomiga bog‘lab izohlanishi tarixiy haqiqatdan ancha yiroq. Arab tilidan izoh qidirish ham noto‘g‘ri, chunki arablar kelishidan ming yil avval shahar Samarqand nomi bilan mashhur edi», – deb yozgan bo‘lsa, professor T. Nafasov o‘zining «Samarqand polisonimi» maqolasida Samarqand nomining samar uzvi bilan bog‘liq yetti talqinini lingvistik tahlil qiladi. Tadqiqotchi T. Ernazarov ham «samar» so‘zining «kishi nomi», «sarkarda nomi», «quduq», «meva-hosil» kabi ma'nolari borligini qayd etgan. Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Mas'udiy» kitobida «Samarqand – turk tilida Samizkent, ma'rifat shaharlaridan biri» deb izohlanadi. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘atit turk» (XI asr) asarida: «O‘g‘uzlar va ular bilan yaqin turuvchilar... Samarqandni kattaligi uchun samizkent – semiz shahar deydilar. Buni forslar Samarqand tarzida qo‘llaydilar», – deb yozadi. Akademik V. Bartol'd ham «Tyurki» asarida «Mahmud Koshg‘ariy semizkent – «boy-to‘q shahar» turkiy etmologiyasini qayd etganini yozgan. «Ba'zi bir yevropalik olimlar shahar nomi sanskritcha samariya – «yig‘in», «anjuman» so‘zidan olingan» degan talqin ham bor deb yozadi S. Qoraev. Abu Tohirxoja Samarqandiyning (vafoti 1874 yil) «Samariya» kitobi XIX asrning 50 – 60- yillarida yozilgan bo‘lib, muqaddima, o‘n bir bob va xotimadan iborat. Asarning birinchi bobi «Bu shaharning Samarqand atalishi to‘g‘risida» deb nomlanib,bu o‘rinda «Samarqand» toponimining to‘rt variantdagi talqini beriladi: «Samarqand shahrining «Samarqand» atalishi to‘g‘risida bir necha sabab aytganlar: Birinchi sabab: «Burhoni qote'» kitobida naql qilingankim, Samar ismlik bir kishi bu yerda joylashgan va o‘z tevaragiga xalqni to‘plagan edi. Shuning uchun bu yer boshda «Samarkent»ataldi. Arab qo‘shini bu yerni olgach, o‘z tillariga o‘zgartirib «Samarqand» dedilar (XVI asr). Ikkinchi sabab: «Masolik ul-mamolik» nomli kitobda naql qilingandurkim, Samar boqir ismlik bir xon Farg‘ona va Qoshg‘ar tomonlaridan kelib, bu viloyat xalqiga dushmanlik yuzasidan shaharning devorlarini qazib buzgan edi. Shuning uchun bu shahar «Samar qazdi» ma'nosida bo‘lgan1. Forscha «Samarqand» otaldi2. Arab qo‘shini bu shaharni olgandan keyin «Samarqand» otadilar (XI asr). Uchinchi [sabab]: «Tarixi Tabariy» kitobida keltirilgandirkim, Samar otliq bir xon ushbu shaharni soldirdi [bino qildir-di], eng avval «qand» degan turk aymog‘i bunda o‘rnashib o‘ltirdi. Shuning uchun bu shahar boshlab «Samar+qand» otaldi. Arab qo‘shini bu shaharni olgandan keyin «Samarqand» dedilar (XI asr). To‘rtinchi [sabab]: ushbu shaharnipg bir yerida «Samar» degan birov tomonidan qazilgan bir buloq bor edi. Ulus o‘shal buloq tevaragiga yig‘ilib o‘rnashgan edilar. Shu sababdan u o‘rinning oti «Samarqand» deb shuhrat chiqardi. Arablar kelgach, «Samarqand» dedilar. «Haft iqlim» kitobida aytilganki, Yaman Tubba'i maliklaridan Samar ismlik bir kishi ushbu shaharning devorini buzdi. Arablar kelgandan keyin «Samarqand» dedilar va yana Tangri Taolo yaxshi biladi». Samarqand shahriga tarixda «Er yuzining sayqali», «Sharq gavhari», «ko‘hna va navqiron shahar», «dilbar shahar», «himoyadagi shahar», «etti iqlim mo‘jizasi», «Movarounnahrning savdo bandargohi», «afsonaviy shahar», «firdavsmonand»,«non shahri», «boqiy shahar» kabi sharafli nomlar berilgan. Samargand Markaziy Osiyoning eng gadimiy shaharlaridan Osiyoning biridir. Samarqand (Afrosiyob) hududi 218ga yirni tashkil etib halqali mudofa devoriga ega bo‘lgan. Hozirgi Hazrati Xizir masjidi o‘rnida to‘g‘on joylashgani aniqlangan. Unga Darg‘om kanalidan suv keltirilib, damba yaqinidagi osma 1 Nafasov T. Samarqand polisonimi // SamDU Axborotnomasi. 2011. №4. –b.57 – 58. 2 Asqarov. A – Eng qadimiy shahar. T:. 2004. -b.91. suvo‘tkazgich (akveduk) orqali suv shaharning uch kanaliga tarqalgan. Shahar ko‘chalari tog‘ toshi bilan ishlangan bo‘lib, shahar o‘z vodaprovat sistemasiga ega bo‘lgan”. XIII asr boshlarida O`rta Osiyoning tinch hayotiga Chingizxon boshliq mo‘g‘ul bosqinchilari tajovuz solishi, buning natijasida ko`plab shaharlarni, san`at, arxitektura yodgorliklari, moddiy va madaniy boyliklarning vayron etilishiga olib keldi, bu holat Afrosiyobni ham chetlab utmadi, ma‘lum vaqtgacha bu yirda hayot tuxtaydi. Necha asrlab suv berib turgan suv quvurlari vayron etiladi, gullab-yashnab turgan bog`lar kultepalarga aylantirildi. Biroq shahar butkul yo‘q bo‘lmadi. Endilikda shahar Afrosiyobdan janubroqqa kuchadi, buning sababi XIV-XV asrlarga kelib endilikda shahar buyuk sarkarda Amir Temurning Samarqand shahrini o`z saltanatining markaziga aylantirishga qaror qilgan davrlarga to`g`ri keldi. Amir Temur bu joyda o‘z arkini bunyod ettiradi va butun hayoti davomida Samarqandni dunyoning eng guzal va betakror shahriga aylantirishga harakat qildi. Amir Temurning ushbu qurilish hamda qayta ta‘mirlash ishlariga shaxsan o‘zi rahbarlik, tashabbuskorlik, qolaversa homiylik qilgani, to‘g‘risida uning mashhur “Tuzukoti Temuriy” asaridan bilib olish mumkin. qo‘yidagilarni o‘qiymiz: “Xarob bo‘lgan yerlar egasiz bo‘lsa, xolisa (davlat yerlarini boshqaruvchi mahkama) tarfidan obod qilinsin. Agar egasi bo‘lsayu obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar bersinlar, toki o‘z yerini obod qilib olsin. Yana amr qildimki, xarob bo‘lib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan ko‘priklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga ko‘priklar solsinlar, yo‘l ustida, har bir manzilgohga rabotlar qursinlar”. Biroq bu davirda qurilgan binolarning kupchiligi bizning davrimizgacha yitib kelmagan. Bugungi kungacha yitib kelganlari Shohi Zinda tarixiy yodgorligi ichidagi qator maqbaralar, Ruhobod (Shayh Burhoniddin maqbarasi), Guri Amir ansambilining asosiy qismi, Temurning Jomiy masjiti va undan so‘ng Mirzo Ulug‘bek tomonidan ham bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. hususan Registon maydonida madrasa, honaqoh, Kavonsaroy, abservatoriya va Shohi Zinda tarixiy yodgorligiga kirish peshtoqini bunyod ettiradi. Temuriylar davri O‘rta Osiyo me‘morchiligining eng yuqori chuqqisi, oltin davri hisoblanadi. Bu davirda bunyod etilgan me‘moriy obidalar, saroylar o‘zining mahobatliligi, maftunkorligi kurkamligi bilan ajralib turadi. Amir Temur davrida uning saroyida bo‘lgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo o`z bitiklarida Samarqand haqida quyidagilarni yozadi: Temur bu shaharning gullab-yashnashini xohlardi, u qaysi yurtni egallamasin, u yerdan odamlarni bu yerga yashashi uchun olib kelar, ayniqsa turli yo‘nalishlardagi ustalarni yig`ishga harakat qilardi”. Bundan kurinib turibdiki Amir Temur Samarqandni obod qilish uchun keng kulamli ishlarni amalga oshirgan. Buyuk shoir va davlat arbobi Zahridin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida Samarqand haqida quyidagilarni yozadi: “Rub‘i maskunda Samarqandcha latif shahar kamroqdur”. Temurbekning va Ulug‘bek mirzoning imorati va bog‘oti Samarqand mahallotida ko‘ptur. Samarqand arkida Temurbek bir ulug‘ ko‘shk solibtur, to‘rt oshyonliq, Kuksaroyg‘a mavsum va mashhur va bisyor oily imorattur1. Yana Ohanin darvozasig‘a yovuq qal‘aning ichida bir masjid jum‘a solibtur, sangin askar Hindistondin eltgan sangtaroshlar anda ish qilibturlar. Temurbekning nabirasi, Jahongir mirzoning o‘g‘li Muhammad Sulton mirzo Samarqandning toshqo‘rg‘onida – Chaqarda bir qo‘rg‘on solibtur.Temurbekning qabri va avlodidin har kimki Samarqandta podshohliq qilibtur, alarming qabri ul madrasadadur. Ulug‘bek mirzoning imoratlaridin Samarqand qal‘asining ichida madrasa va xonaqhdur. Yana bir oily imorati pushtayi Ko‘hak dononasida rasaddurkim, zij bitmakning olotidur. Uch oshyonliqdur. Ulug‘bek mirzo bu rasad birla. “Ziji Ko‘rag‘oniy‖ni bitibturkim, olamda bu zij musta‘maldur” deb o‘z asarida qimmatli ma‘lumotlarni bayon etadi. Ulug`bek zamonida Samarqand O`rta Osiyoning bilim o`chog`iga aylandi. O`sha davrlarda bu yerga dunyoning eng taniqli matematiklari, astronomlari, tarixchi olimlari yig`ilishgan. Ulug`bek zamonasida tanlab jalb qilingan olimu-fuzalolar, uning observatoriyasida xizmat qilgan, olimlar fanning 1 Asqarov. A – Eng qadimiy shahar. T:. 2004. –b.93. ajoyib siru-asrorlaridan voqif bo`ldilar. Samarqand jahondagi shaharlar ichida o‘zining qariyb 3000 yillik tarixiy rivojlanishi bilan yuksak ahamiyatga ega1. Muxtaram Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlanganlaridek "Samarqand utmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahardir". Qadim zamonlardan turli davr taqozosi bilan uning xududi gox kengayib, goxida kichrayib rivojlangan. Uning eng qadimiy qismi Afrosiyob ekanligi ma‘lum. Shaharni 712 yilda arab qushinlari istilo qiladi, XI - asrda Samarqand qoraxoniylar davlatining poytaxtiga aylanadi. 1220 yilda Chingizxon qushini tomonidan Afrosiyob butkul vayronaga aylantirilgandan so‘ng, uning aholisi shaharni tark etib, rabodga ko‘chib chikishga majbur bo‘ladi va shahar rabodda rivojlanadi. Amir Temur hukmronligi davrida Samarqand ulkan imperiyaning poytaxtiga aylanadi. Amir Temur egallagan davlatlardan hunarmandlar, ustalar va me‘morlarni Samarqandga yig‘ib, bu erda ulkan qurilishlarni amalga oshiradi. Natijada qisqa vaqt ichida Samarqand shahrida ko‘plab ma‘muriy, maishiy, savdo va diniy bino va inshootlar, ulardan tashkil topgan me‘moriy majmualar va savdo ko‘chalari shakllanadi. Shaharning Tepaqurgon qismida ma‘muriy va xizmat kursatish binolari majmuasi shakllanadi. Atrofi mustahkam devor bilan o‘ralgan Samarqand arki tashkil etilgan. Amir Temur nafaqat bino va inshootlarni yakka tarzda qurishni balki ulardan majmualar tashkil etishni buyuradi. Natijada shaharda Shohi - Zinda, Bibi-Xonim, Guri Amir kabi me‘moriy majmualar shakllanadi. Ular o‘zaro keng va ravon kuchalar bilan bog‘lanadi. Amir Temur vafotidan keyin uning bunyodkorlik ishlarini nabirasi Mirzo Ulug‘bek davom ettirib, Registon maydonida Madrasa va uning ruparasida "qush" tarzda xonako qurdiradi. Mirzo Bobur o‘z asarida bu xonaqoxning katta gumbazga ega ekanligini yozadi. M. E. Masson xonaqo gumbazining kattaligi uning buzilishiga olib kelganligini ta‘kidlaydi. XVII asrda ashtarxoniylar hukmronligi davrida Samarqandda qurilish ishlari avj oladi va temuriylar davridagi qurilishlarga mos yangi binolar qad kutaradi. 1 Sultanov D. U. Mag diss. Samarqand shahri tarixiy ko’chalarning ilmiy-loyihaviy yechimlari. Samarqand., 2013. –b.31 Samarqand qal’asi qo’rg’oni Sarkarda Baxodir Yalangtush Qobul va Mashxadni ishg‘ol etib, kup boyliklarni tuplaydi. Shu mablaglar hisobiga Registon maydonida Sherdor va Tillokori madrasalarini qurdiradi. Sherdor madrasasining qurilishi tugatilgandan 10 yildan so‘ng Baxodir Yalangtush Tillokori madrasasining qurilishini boshlaydi. Bu 1646-1647 yillarga tug‘ri keladi. Shundan so‘ng Registon "maydon" turidagi me‘moriy ansambl shakliga keladi. 1868 yilda Samarqand Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng uning eski shahar qismi qarovsiz holga kelib qoladi. Kuplab me‘moriy obidalar xarobaga aylanib, ba‘zilari kamokxona, omborxona va boshka texnik xamda xarbiy extiyojlarga ishlatiladi. Samarkand arki buzilib, bu erdan radial xalkali planirovkaga ega bo‘lgan yevropa tipidagi "yangi shahar"ning qurilishi boshlanadi. Eski va yangi shaxarni ajratib turuvchi yashil xiyobon – bulvar tashkil etiladi. M.Ahmedov ―Me‘moriy meros‖ kitobida Samarqand haqida qimmatli ma‘lumotlarni bayon qiladi: Samarqand 1868 yil 2- may kuni Chor Rossiyasi qushinlari tomonidan bosib olinadi. General-gubernator Kaufman, harbiy rassom V.V Vereshagin kundaliklari va boshda manbalarda yozilishicha, rus harbiylari Samarqandga kirib kelgach, Amir Temurning sobiq arkiga joylashishadi. Arkning uzunligi 3 vyorst (chaqirim), maydoni esa 40000 sajen (dulol) yoki 100 tanob, taxminan 20 gektar (o‘rta asrlarda 1 tanob 900 m , XIX asrda 1600 m2 ) dan iborat bo‘lgan. Rus qo’shinlari va ma‘murlarini joylashtirish uchun arkdagi barcha mavjud imoratlardan foydalanishgan. Soxibqironning Ko’k saroyi, keyingi yillarda beklik idorasi sifatida ishlatilib kelinayotgan imoratga xarbiy kasalxona- lazaretni, masjidga boshlid devonxonasi va qarorgoxini, Ali madrasasiga qamoqxonani joylashtirishadi. Keyinchalik rus harbiylari o‘rta asrlardagi ark imoratlarini bo‘zib, uning o‘rniga o‘z qurg‘onlarini quradilar1. Mana shu rus xarbiy qurgoniga qaratib Evropa shahrsozligiga xos bo‘lgan, dastlab Marselda, so‘ng Sank- Peterburg va Vashington shaharlarining planirovkasida qo‘llanilgan uch nurli kompozitsiya asosida, eski shaharga teskari qidlib, rossiyaliklar yashashiga muljallangan yangi shaharni bunyod etishadi. Ruslar davrida tuzilgan Samarqandning birinchi bosh plani Turkiston general- gubernatori Kaufman tomonidan 1870 yilda tasdiqlangan edi. Uni usha paytlarda Zargaron kuchasi va ruslar istehkomining atrofini tekislash bilan shug‘ullangan polkovnik L.Serov tuzgan edi. 1872 yilda topograf I.G.Sexanovich shahar hududining toponusxasini tuzib, kuchalarning joylashuv rejalarini tortib chikdi. 1875 yilning 1-yanvariga qadar kichik topograf, podporuchik I.K .Petrov tomonidan harbiy inshootlar tushirilgan Samarqand harbiy qurg‘oni va yangi shaharning bosh plani tuzilib, taqdim etildi. Mana shu loyihaga kura harbiylar kal‘asi 31,2 ga, yangi shahar esa 121 ga yerni egallagan. 1883 yilda Amir Temur arki hududidagi Kutbi Chahordaxum nomi bilan ma‘lum bo‘lgan Shayx Nuriddin Basir maqbarasi harbiylar tomonidan portlatib yuborildi2. 1888 yilda Samarqandga Kaspiyorti temir yuliningkirib kelishi munosabati bilan kurilishlar rivojlanib, jadallashib ketdi. 1 Sultanov D. U. Mag diss. Samarqand shahri tarixiy ko’chalarning ilmiy-loyihaviy yechimlari. Samarqand., 2013. –b.27. 2 Eshov B. O’rta Osiyo qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. ‘’Fan va tehnologiya’’., 2008. –b.61. Samarqand shahrining rus harbiylari tomonidan bu xilda qurilishi katta strategik ahamiyatga ega edi. Ruslar o‘zlari uchun qurgan yangi shahar shimol tomondan jarliklar bilan, janubdan esa Abramov bunyod etgan bulvar bilan chegaralangan edi. Uning sharqida sobix Amir Temur arki urnida, uning 19 mudofaa devorlari ichida yangi harbsy qal‘a shakllandi. Mana shu harbiy qal‘adan - markazda Toshkent (hozirgi Amir Temur) nomli, uning shimolrog‘ida Kattaqurgon (hozirgi Mirzo Ulugbek) nomli, janubrog‘ida esa Urgut (hozirgi O‘zbekiston) nomli uchta ko‘cha boshlanib, janubiy g‘arbga qarab yunalgan edi. Bu uch ko‘chani kundalang yunalishda turtta ko‘cha kesib utgan. Ularning birinchisi Aleksandr nomli bo‘lib, ruslar qabristoni hamda uning yaqinidagi cherkovga borib taqalgan. Ikkinchi va uchinchi ko‘chalar Kaufman hamda Nikolay (hozirgi Mustaqillik va Jomiy) nomlari bilan atalib markaziy hisoblangan. Ayniqsa, Kaufman ko‘chasi markaziy hisoblanib istirohat bog‘i, savdo inshootlari va jamoa binolarini shahar markazi bilan bog‘lagan. Janubiyg‘arbda shaharni chegaralab turgan ko‘cha general Chernyaev nomi bilan atalgan va u yerda kuproq harbiy qumondonlar o‘z bog‘-hovlilarini qurishgan. Shu tufayli shaharning janubi-g‘arbiy qismida 1883 yilda harbiy gospital va uning mutahassislari uchun turar-joylar qurilib, yangi shahar xududi 270,5 gektarga yetkaziladi. Yangi shahar kengaya borgach, harbiylar soni ham kupaya boradi va bir necha harbiy qismlar shaharning chekkalarida urnashtiriladi. Harbiy qal‘a oldi keng ochiq maydon qilinib, mabodo quzg‘olon kutariladigan bo‘lsa, kaftdek kurinadigan qilib ishlanadi. Harbiy qal‘a burjlari mustaxkamlanib, maydonga qarata yangi burjlar quriladi. Temiryo‘l qurilgach, shaharga evropaliklarning kirib kelishi yanada tezlashadi. Yangi sanoat binolari - un zavodi, vino zavodi, pivo zavodi va boshqa zavod-fabrikalar qurila boshlanadi. Butun Turkiston ulkasidagi 14 ta un zavoddarining 8 tasi Samarqanda edi. Mahalliy xom-ashyo asosida mahalliy resurslar ekspansiyasi avj oladi. Samarqand statistika boshqarmasining 1893 yildagi ma‘lumotiga qaraganda, eski shahar axolisi 30 ming kishidan sal ortik bo‘lgan bir paytda yangi shahar aholisi 10128 kishini tashkil etadi. Ularning 4828 nafari harbiylar bo‘lgan. Shaharning yangi qismida bog‘lar, keng bulvar va kuchalar ravon ariklar bunyod etiladi. Eski shahar esa yana XIV asr xududida qolib ketadi. Eski shaharga kiradigan barcha kanal va 20 ariqlarning boshlanish yunalishi yangi shahar tomonda edi. Bu puxta uylab qilingan ish ham strategii, ham gigienik maqsadni kuzda tutgan. Ruslar Samarqandni bosib olganidan keyin 30 yillar utgach, bu yerda topilgan boyliklar o‘z samarasini bera boshlaydi. Agar mana shu davrgacha baholi-qudrat imoratlar qurilgan bo‘lsa, endi qulga kiritilgan daromadlar hidsobidan mahobatli imoratlar qurilishi boshlanadi. Buni birinchi navbatda general gubernator uyi, vinzavod direktori D.L. Filatovning uyi, harbiy injener M.A. Tumanov, savdogar A.Kalantarov uylari misolida kurish mumkin. Kapitalning kirib kelishi 1899 yilda Rus-xitoy banki (xozirgi Sam DU rektorata), 1908 yilda Rus davlat banki(xozirgi Tashki iqtisodiy faoliyat Milliy banki Samarkand viloyat bo‘limi) kabi imoratlarning qurilishini taqozo etdi. Bu binolar rejaviy tuzilishi vatashqi kurinishi bilan milliy me‘morchiligimizdan mo‘tlaqo farq qilar edi. Abramov bulvarida 1902-1904 yillarda qizlar gimnaziyasi (SamDU biologiya fakulteta), 1911 yilda shahar kutubxonasi (xozirgi bolalar va usmirlar kutubxonasi), 1912 yilda Alekseev cherkovi, 1916 yilda Katoliklar kosteli va boshqa binolar quriladi. General gubernator Abramov mahalliy axoli bilan ruslar orasida vositachilik sifatida Buxoro yaxudiylaridan foydalanadi. Ularga homiylik qilib, eski shadarning shardiy qismidan katta xududni ajratib beradi. Bu endi Rossiya kapitalining Samarqandda barqaror urnashganidan dalolat berardi. Biroq Rossiyada yuz berayotgan siyosiy ahvol bir necha muddatdan so‘ng bu yerda ham o‘z aks-sadosini topadi. Shulardan biri 1917 yilda bo‘lib utgan Oktyabr davlat tuntarishi bo‘ldi. Samarqand 1918 yildan boshlab Turkiston Sovet Avtonom Respublikasi va 1924 yildan boshlab O‘zbekistan sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirdi. 1928 yildan - 1930 yilgacha uning poytaxti bo‘ldi. Mana shu davrdan boshlab mahalliy aholi yashab kelgan eski shahar va evropaliklar yashab kelayotgan yangi shahardan qanday qilib yagona, organik aholi yashash punkti yoki yaxlit shaharga aylantirish muammosi shaharsozlar oldida kundalang bo‘lib turibdi. Samargandda 290 dan ortiq arxitekturaviy va 2 mingga yaqin arxeologik yodgorliklar mavjud1. Tarixchi va adiblar bu shaharni Sharq musulmon dunyosining qimmatli durdonasi. «Sharq Rimi»deb ham ataydilar. Zarafshon vodiysining ko'rkam va bahavo so’lim yerida. Movarounnahr markazida geografik qulay joylashganlik Markaziy Osiyo shaharlari ichida Samargandni birinchi o'ringa ko'targanligi tabiiydir. Arxeologik qazishmalar natijalari bo'yicha qadim zamonlarda Zarafshon daryosi bo'yida joylashgan Samarqandda paleolit neolit davrlarida ovchi qabilalari, bronza davrida chorvachilik va dehqonchilik qabilalari yashaganliklari isbotlab berilgan. Odamlar tashqi muhit ta'sirlari va har xil hayvonlar hujumidan o'zlarini muhofaza qilish maqsadida yertola va chaylalar qurganlar va u joylarda yashaganlar. Strategik qulay yerda joylashganligi uchun rivojlanishning dastlabki bosqichlarida Samarqand (yozma ma’lumotlarda So'g'd davrida Marokand deb nomlangan) mustahkam devor bilan o’ralgan. Dastlab u yerda aholi tarqoq joylashgan. Samargand arxitekturasi miloddan avvalgi davrdanog’ rivojlana brogan. Sultanov D. U. Mag diss. Samarqand shahri tarixiy ko’chalarning ilmiy-loyihaviy yechimlari. Samarqand., 2013. –b.33. 2.2 Buxoro vohasi shahar yodgorliklarining arxeologiyasi va tarixi Buxoro viloyati toponimiyasi ya’ni geografik nomlar O’zbekiston toponomiyasining, qolavyersa O’rta Osiyo toponimiyasining bir qismi sanaladi. Bu geografik nomlarning asosiy qismini tashkil etadi. Hozirgi o’zbek, tojik, turkman, qozoq tillari yordamida osongina tushunish mumkin. Toponimlar hozirgi ma’muriy yoki etnografik chegaralarni tan olmaydi ya’ni tojikcha nomlar o’zbeklar yashaydigan manzilgohlarda yoki umumiy olganda O’zbekistonda, o’zbekcha nomlar esa Tojikistonda uchrashi mumkin. Buxoro viloyati toponimlarini o’rganish chog`ida albatta o’zbek va tojik tilini bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir hududda joy nomlarining vujudga kelishi shu joy hamda uning aholisini o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqadi. Buxoro viloyati respublikamizning ana shunday o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan hududlaridan biridir. Viloyat hududi qadimdan aholi manzilgohi sifatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan1. Hududdagi joy nomlarning vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatgan omillarni geografik nuqtai- nazardan quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1. Tabiiy geografik omillar 2. Ijtimoiy iqtisodiy geografik omillar 3. Siyosiy geografik omillar Tabiiy geografik omillar bu viloyatning tabiiy geografik o’rni, tabiiy sharoiti, geologik tuzilishi, relefi, gidrografik xususiyatlari, yer osti va yer usti boyliklari o’simlik va hayvonot dunyosi kabilardir. Ma’lumki Buxoro viloyati hududi qurg`oqchil iqlimli (arid) cho’llardan iborat bo’lib Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan. Zarafshon va uning tarmoqlari oqib o’tgan tor palasada Buxoro vohasi shakllangan. Viloyat tabiatning ana shu xususiyatlari uning joy nomlarida ham o’z aksini topgan. Ikkinchi komponenti cho’l, ko’l, ariq, ro’d, (ro’dak) bo’lgan joy nomlari ko’plab uchraydi. Shuningdek hudud relefi (tepa, tal, chuqur, qir, komponentli) o’simlik va hayvonot dunyosi (yantoq, tol, jiyda, yulg`un, patta, komponentli) joy nomlari ko’plab uchraydi. Xullas viloyat tabiati va tabiiy sharoiti uning joy nomlarida yaqqol aks etgan. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar bu aholi, uning 1 Barkayev. J, Haydarov. Y. – Buxoro tarixi., T.: “O’qituvchi”. 1991. –b.6 turmush tarzi, urf-odatlari hamda kasb-kori kabilarni o’zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari aholining tili, milliy tarkibi, dini kabilar ham shunday omillar sirasiga kiradi 1 . Viloyatda qishloq aholisi aholining katta qismini tashkil etadi. Qishloq turmush tarzi va urf-odatlari joy nomlarida o’z aksini topgan. Aholining tabaqalanishini aks ettiruvchi joy nomlari xususan xo’ja, boy, so’fi tyerminlari asosida vujudga kelgan joy nomlari ko’pchilikni tashkil etadi. Ma’lumki butun o’zbek xalqi uchun xos bo’lgan kasb-korlar, hunarmandchilik tarmoqlari Buxoro xalqi uchun ham xosdir. Masalan: zargarlik, zardo’zlik, pichoqchilik, temirchilik, kulolchilik va shunga o’xshash bir qancha kasb-korlar bilan shug`ullangan aholi yashagan joylar ularning kasb-kori nomi bilan Temirchi, Kulolon, Qassobon, Zargaron, Halvopazon, Zarangari, Pichoqchi deb atalgan. Aholining milliy tarkibi, tili va dini bilan bog`liq holda vujudga kelgan joy nomlari ham muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki Buxoro viloyati hududi aholi manzilgohlarining ko’pchiligi tojik tilidagi nomlar hisoblanadi. Bu avvaldan tojik va o’zbek xalqlari bu hududda birga yashab kelganligidan dalolat byeradi. Bundan tashqari o’zbekning 92 bovli urug`lari nomlari bilan ataladigan joy nomlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ichida Do’rman, Chandir, Orlot, Ming, Nayman kabi urug`lar nomlari bilan ataladigan joy nomlari ko’pchilikni tashkil etadi. Siyosiy-geografik omillarga davlatlarning vujudga kelishi, urushlar, bosqinlar, migrastiyalar kabi omillarni kiritish mumkin. Ma’lumki Buxoro O’rta Osiyoda vujudga kelgan ko’plab davlat birlashmalarining poytaxti hamda madaniy ma’rifiy markazi vazifasini o’tab kelgan. Jumladan buxorxudotlar, somoniylar, qoraxoniylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, mang`itlarning Buxoro amirligi kabi davlatlarning poytaxti vazifasini o’tagan. Har bir sulola joy nomlarida ham o’z izlarini qoldirgan. Bundan tashqari urushlar, bosqinlar hamda migrastiyalar ham joy nomlari vujudga kelishida siyosiy geografik omil sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. Masalan: arab bosqinidan keyingi davrda Arab, Arabxona, Arablar, Arabcha, Arabmahalla, Arabqishloq kabi toponimlar mug`ul bosqinidan keyin Mo’g`ulon, Mo’g`ulcha, Mo’g`ul va mo’g`ullarning 1 Muxammadjonov A. “Qadimgi Buxoro” Toshkent, “Fan”, 1991. –b.29. urug`lari nomi bilan ataladigan bir qancha joy nomlari vujudga kelganki bu joy nomlarining vujudga kelishida siyosiy geografik omillar etakchi rol o’ynagan. O’rta Osiyoga turkiy xalqlar kelishidan oldin hozirgi hududimizdagi vohalardagi yashagan mahalliy xalqlar sharqiy eron tillarida so’zlashganlar. Bu esa hududdagi forscha- tojikcha nomlar tub nomlar ekanligini anglatadi. Arablarning uzoq vaqt davomida yurtimizda hukmronlik qilishi yunonmakedon istilochilaridan farqli o’laroq joy nomlarida o’z aksini topgan. Albatta bunda o’sha davrda arab tilining adabiy til bo’lib xizmat qilishi ham katta rol o’ynagan. Arabcha nomlar orasida diniy e’tiqod bilan bog`liq nomlar alohida o’rin tutadi. Ayniqsa valilar, payg`ambarlar nomlari joy nomlari tarkibida ko’plab uchraydi. Bundan tashqari rabot (arabcha ribot) nomi ko’p uchraydi. Arablarning o’zlari bosib olgan hududlarda qurgan harbiy tayanch nuqtalari rabotlar deb atalgan. Jumladan, Poykand yaqinida 1000 dan ortiq rabot bo’lgan. Bu rabotlarda mahalliy va turkiy xalqlarning hujumlariga qarshilik ko’rsatadigan qo’shinlar turgan. Hozir ham Raboti Qalmoq, Rabot, Ta’lirabot, Rabotizohid, Rabotcha kabi nomlar uchraydi. Viloyat tarixiy toponimiyasi uchun o’ta qimmatli asarlardan biri Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asaridir. Kitob 934-944 yillarda arab tilida yozilgan.1128-1129 yillarda forschaga qisqartirilib tarjima qilingan, noma’lum muallif kitobga mo’g`illar bosqinchiligigacha bo’lgan voqealarni qo’shgan. Kitob 1966 yilda o’zbek tiliga tarjima qilingan. Bu asarda O’rta Osiyoning VIII-XII asrlardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti yoritilgan. Shu bilan birga eski Buxoro va uning yaqinidagibir qancha geografik nom tilga olingan. Shunisi qiziqki, XI-XII asrlardagi ko’pgina geografik nomlar hozirgacha saqlanib qolgan. Shulardan Nur (hozirgi Nurota), G`ijduvon, Romitan, Shopurkom, Karmana qadimiy nomlardir. Varaxsha (Faraxsha), Poykand Buxorodan ham keksa shaharlardir, deb yozadi Narshaxiy. Buxoroning Numijkat, Bumiskat, Madinat- ussufriya (“Mis shahri”), Madinat-tujjor (“Savdogarlar shahri”), Foxira degan nomlari bo’lgan. Atamasi qadimdan Buxoro atrofida iste’molda bo’lgan va hozir ham anchagina geografik nomlar tarkibida uchraydi: Kom Zar, Komi Akka ( Zarafshoning bir nomi), Haramkom va hokazo. Shopurkom arig`i Yeron shahzodasi Shopurning nomi bilan atalgan ekan. Shopur Buxorxudotdan ( o’sha paytda Buxoro hokimlari shunday atalgan) yer olib, qasr qurgan va Vardona qishlog`ini barpo qilib, ariq qazib keltirgan. Shopurkom “Shopur arig`i” deganidir. Shopur so’zi o’z navbatida ikki so’zdan iborat: shoh va pur ya’ni o’g`il. Kom Narshaxiy o’zining “Buxoro tarixi” asarida nur degan joy nomini tilga olgan. Uni boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro deb ataydilar, deb yozadi Narshaxiy. Nuri Buxoro, ya’ni Buxoro Nuridan boshqa Nurlar ham bo’lgan. Viloyatda uchraydigan ayrim joy nomlari juda qadimda paydo bo’lgan. Masalan, Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida tilga olingan bir qancha nomlar Buxoro atroflarida hozirgi kunda ham uchraydi. Romitan, Shofirkon, G`ijduvon kabi nomlar ana shular jumlasidandir1. Buxoro xonligi va amirligi hujjatlarida, vaqfnomalarida, vasiqalarda ko’plab joy nomlari, shuningdek toponimlarning kaliti bo’lib xizmat qiladigan talay geografik, ijtimoiy-siyosiy va boshqa matyerialar uchraydiki, bundy boy manbalarni o’rganmasdan turib, viloyat toponimikasi haqida fikr yuritish ko’ngildagidek samara byermaydi. XIV asrda yashagan Buxoro shayxi Sayfiddin Boxarziyga mansub vaqf hujjatlarini o’rgangan O.D.Chexovich ushbu hujjatdagi ko’pgina nomlar hozirgi vqtda ham Buxoro atrofida uchrashini ta’kidlagan. Mo’g`ullarning kirib kelishi O’rta Osiyo toponimiyasini yanada murakkablashtirib yubordi. Mo’g`ulcha atamalar O’rta Osiyo turkiy xalqlari leksikasidan va toponimiyasidan mustahkam o’rin olgan. Masalan to’qay atamasi mo’g`ulcha atama hisoblanadi2. Ruscha nomlar temir yo’l stanstiyalarining qurilishi, rus dehqonlarining ko’chirib kelinishi bilan vujudga kelgan ya’ni ruslar o’zlari yashab kelgan yoki o’zlariga tanish bo’lgan joy nomlari o’zlari bilan ko’chirib olib kelingan. Sho’rolar davrida paydo bo’lgan geografik nomlarning aksari dohiylar, sho’ro davlati va kommunistik partiya rahbarlari, partiya shiorlaridan iborat mafkuraviy nomlar edi. Aynan mustaqillik yillarida bu “qizil” 1 Sultonov. F., Bozorov., F – O’rta asrlar tarixi., T:. 2007. –b.74. 2 Muxammadjonov A. “Qadimgi Buxoro” Toshkent, “Fan”, 1991. –b.35. toponimlar bekor qilinib, joylarning tarixiy nomlari tiklandi va sof xalqona toponimlar paydo bo’ldi. Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinadiki, viloyat toponomiyasi bir necha davrlar mahsuli bo’lib, har bir davrning o’ziga xos toponimlari mavjud. Ma’lumki, ko’pgina toponimlar zaminida oddiy atamalar, turdosh so’zlar yotadi. Shu bilan birga bir qancha joy nomlari ayrim shevalargagina xos so’zlardan tarkib topgan. Professor E.D.Polivanov turkiy tillarda hech birida shevalar o’zbek tilidagichalik ko’p emas, deb yozgan edi. O’zbek shevalarida shunday so’zlar uchraydiki, deb davom etgan edi olim, ularning bir qismi adabiy tilda yoki boshqa shevalarda muqobil yo’q bo’lib, bir qismining esa boshqa so’z bilan ifodalanadigan variantlari mavjud. Viloyat toponimiyasining xaraktyerli xususiyatlaridan yana biri unda etnotoponimlarning, ya’ni turli millat, xalq, elat, qabila va urug`-aymoq nomlari bilan atalgan toprnimlarning nihoyatda keng tarqalganligidir. Viloyat joy nomlari tizimida etnotoponimlar katta o’rin egallaydi. Urug`, qabila, millat, xalq nomlari ya’ni etnoninimlar asosida yaratilgan manzilgohlarning atoqli otlari etnotoponimlar deb yuritiladi. Etnotoponimlar tildagi eng qadimgi qatlamlardan hisoblanib, uzoq tarixiy davrlarda shakllangan holda ma’lum xalqning tarixini, etnik tarkibini o’rganishda va aniqlashda muhim manbadir. Etnotoponimlar xalqlarning tarqalish chegarasini o’rganishda g`oyat qimmatlidir. Buxoro viloyatida Chandir degan bir necha qishloq bor. Xalq buni “chandir go’sht” deb izohlaydi. Aslida Chandir turkmanlarning bir urug`idir. Zarafshon vodiysining etagida anchagina turkmanlar yashaydi. Joy nomlari xususan mikrotoponimlar (Mikrotoponimlar-(yunoncha-"mikro"- kichik) o’zida jar, tepalik, qir, buloq, quduq, hovuz, jilg`a, soy, ariq, dala, dasht o’tloq, mahalla, guzar, ko’cha, singari mayda ob’ekt nomlarining atoqli otlarini o’zida mujassamlashtiradi.) ichida antrotoponimlar, ya’ni kishilarning ismlari, familiyalari hamda laqablari bilan ataladigan toponimlar son jihatdan etnotoponimlardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Ba’zi bir kishi ismlarini bilib olish oson emas. Kishi ismlari orasida o’simlik va hayvon nomlari uchraydi. Viloyat hududidagi joy nomlarini paydo bo’lishiga ko’ra turlarga ajratib o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, hududiy tarqalishiga ko’ra eng ko’p tarqalgan joy nomlari etnotoponimlar, kasb-korga oid nomlar, joy xususiyatini bildiruvchi nomlar, fitotoponimlar, ijtimoiy-siyosiy tyerminlar bilan ataluvchi joy nomlari hamda gidronimlardir. Viloyat hududini toponimik areal sifatida ajratib joy nomlarini ilmiy asosda o’rganish sobiq sho’rolar hatto chor Rossiyasi Buxoro amirligini o’z protektoratiga aylantirgan davrlardan boshlangan. Rus olimlaridan N.Xanikov, B.Y.Vladimirstev, S.Y.Malov, V.A.Livshis, I.M.Dyakonov, K.V.Kaufman kabilarning asarlarida viloyatdagi joy-nomlari tarixi, etimologiyasi haqidagi ma’lumotlarni uchratish mumkin. Mahalliy olimlardan H. Hasanov, S. Qoraev, A.Muhammadjonov kabi olimlarning asarlarida Buxoro viloyati va uning ayrim joy nomlari haqidagi fikrlar mavjud. 1984 yilda Buxoro viloyati toponimiyasi bo’yicha S.N.Nayimov «Oynokomы Buxarskoy oblasti» mavzuida nomzodlik dissyertastiyasini himoya qilgan. 1998 yilda BuxDU olimlari A.Sh.Jumaev, I.T.Muhammedov, A. Hamroevlar asosan Buxoro viloyatidagi joy nomlarini o’zida mujassamlashtirgan «O’lkamizdagi joy nomlari» izohli lug`atini nashr ettirdilar. Viloyat toponimiyasining o’rganilmagan qirralari hali juda ko’p, ular o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Quyida biz viloyatdagi ayrim joy nomlarining qisqacha izohiga to’xtalib o’tamiz1. Buxoro - qadimiy, tarixiy yodgorliklarga boy bo’lgan shahar. Narshaxiy Buxoroni Numijkat, Bumiskat, Madinat us-Sufriya, ya’ni "Mis shahar", Madinat o’ttujjor, ya’ni "Savdogarlar shahri" degan nomlarning borligini aytadi: "Buxoro" degan nom u nomlarning hammasidan ma’qulroqdir, Xuroson shaharlaridan birontasi ham bunchalik ko’p nomga ega emas. Bir hadisda Buxoro nomi Foxira bo’lib olgan. Chunki "qiyomat" kuni Buxoro shahri o’zida shahidlarning ko’pligi bilan faxr qiladi. Xalqda Buxoro-Buhora degan rivoyat ham bor. Buxoro so’zining etimologiyasi aniq emas. Buxoro - sanskritcha "Vixara" so’zidan olingan bo’lib, "ibodatxona" ma’nosini bildiradi degan fikr bor. V.A.Lishisning fikricha, Vixara so’zi So’d tilida "parxar" shaklida kirgan. Hofiz Tanish yozishicha, "Buxoro" so’zi 1 Muxammadjonov A. “Qadimgi Buxoro” Toshkent, “Fan”, 1991. –b.38. buxor so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’tparastlar tilida "ilm makoni" demakdir. Bu talaffuz uyg`ur va xitoy butparastlarining tiliga yaqindir, chunki ular sig`inish joylari bo’lgan ma’budalarni "buxor" deb ataydilar. Buxoro shahrining nomi aslida "Lumijkat bo’lgan (Hofiz Tanish Buxoriy" Abdullanoma, 1 jild T. 1966, 273 bet) Buxoro toponimi yolg`iz emas. XI-XII asrlarda Balx shahri atrofida Navbehor darvozalari bo’lgan. Navbehor "Yerta bahor" emas, balki "yangi ibodatxona" demakdir. Buxoro shahri etimologiyasi bilan Hindistondagi Bihar shtatining etimologiyasi birdir. (V.A.Nikonov). V.V.Shostakovich Sibirdagi Buxoro nomli daryoni tilga oladi. Buxoro yaqinida Dul Buxoro (Jul Buxoro) nomli qishloq bo’lgan. Buxoro viloyatlaridan biri Buxorxitvar (Najar-xatvar) deb atalgan (Buxoro okimlari "buxorxudot" deyilar edi.) Bekobod yaqinida Buxorolik, Janubiy Uralda Buxorcha degan soy, Qashqadaryo viloyatida (Kitob, G`uzorda) Buxorto’por, Buxori, Xo’jabuxori nomli mahalla, joylar bor. Shunday qilib, Buxoro komponentli toponimlar bir anchadir. Qadimgi turkiy runik yozuv (Kulteginga bag`ishlangan yodgorlikda) Vuharak degan joy nomi uchraydi. Buqaraq, ulis -Buxoro edi. Bu joy nomiga S.Y.Malov bemalol Buxoro deb izoh byergan. Akademik B.Ya.Vladimirstev o’sha yodgorlikda So’g`d nomi ham uchrashini aytadi va Buhara haqiqatan Buxoro degan so’z bo’lib, "o’yrat" (oltoy) aramonlik eposlaridan birida buxarin chyerik, ya’ni "Buxoro qo’shinlari" degan so’zlar uchraydi, deb yozadi (B.Ya.Vladimirstev, "Geograficheskie imena orxonskix nadpisey, soxranivshiesya v mongolskom".) Ba’zi bir tadqiqotchilar Buxoro so’zi sanskritcha emas, balki eftalitcha bo’lsa kyerak, deb hisoblaydilar. Bunda ular so’g`diy yozma hujjatida Buxoro so’zining bosh harfi "P" bilan yozilganini dalil qilib keltiradilar. (V.A.Livshist, K.V.Kaufman, I.M.D’yakonov "O drevney sogdiyskoy pismennosti Buxarы". Vestnik drevney istorii, №-1, 1954, 150-163 betlar). Buxoro o’zining ko’p asrlik tarixi mobaynida bir necha bor ko’tarilish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi, istilolarining qurboni bo’ldi. Buxoro. Namozgoh XII asr Moddiy madaniyat va san’atning shunchalik xilma-xil va turli davrga oid yodgorliklari to’plangan bunday shaharlar juda oz. Shahar sharq me’morlari yaratgan nodir arxitektura yodgorliklari bilan butun dunyoga ma’lumdir. Buxoroning birinchi tarixchilari yozib oldirgan afsonalardan birida Buxoro qal’asi Siyovush tomonidan qurilgan deb aytiladi. Siyovush qadim zamonlarda ilohiy shaxs sifatida hurmatlangan. Keyinga davrlarda yaratilgan she’riy afsonaga ko’ra, Yeron shohi va turk ayolining farzandi bo’lgan Siyovush Turon shohi Afrosiyob tomonidan o’ldirilgan. VII asrda shahar yuqorida ta’kidlanganidek; so’g`dcha nom bilan Numijkat deb atalgan bo’lsa, VII-VIII asrlarda esa Puxo, Buxo, Buge deb ham nomlangan. Afshona-Buxoro viloyati Peshko’ tumanidagi qishloq. Abu Ali ibn Sino tug`ilgan joy. Narshaxiy asarida Afshina shaklida keltirib, «Katta shahriston va mustahkam hisorga egadir. Bir qancha qishloqlar unga mansubdir. Bu yer duo qabul bo’ladigan joy» deb ta’riflagan. qishloq nomi cho’lda o’sadigan "afshon" degan giyoh nomidan kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bodiyai Xurdak-Karmana shahrining qadimgi nomlaridan biri. Narshaxiyning yozishicha, «qadim vaqtlarda Karmanani «Bodiyai Xurdak» («Ko’zacha») deb ataganlar» (26 a, 95 b.). Haqiqatdan ham bodiya so’zining bir ma’nosi «ko’za», «umon» demakdir. Shuningdek, uni: «cho’l, dasht, biyobon» ma’nolari ham bor. Demak, Bodiyan xurdak «Kichik cho’l», «Kichik dasht» degan ma’noga ega1. Joy nomlari uy-ro’zg`or buyumlaridan ko’ra ko’proq tabiiy geografik atamalar bilan nomlanganligini e’tiborga olsak, keyingi ma’no haqiqatga yaqinroq bo’ladi. Vardonze - Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi qishloq. Narshaxiy «Bu katta bir qishloq bo’lib, kuxandizga, katta va mustahkam hisorga ega. U qadim vaqtlardan podshohlarning turar joylari bo’lgan, lekin hozirda unda podshoh o’tiradigan qarorgoh yo’q. Vardona Buxoro shahridan qadimroq barpo bo’lgan, uni Shoxpur Malik (Shopur-Xusrav-II (531-578) yoki Xusrav II (590-628)ning o’g`lini ko’zda tutilsa kyerak) bino qilgan» deb yozadi . Qadimgi qo’rg`on yaqinidagi qishloq hozir Ko’hna Vardonze deb ataladi. Toponim so’g`dcha «var» so’zi asosida tuzilgan bo’lib, aholi yashaydigan, to’rt tomoni devor bilan o’ralgan istehkomni bildiradi. «qo’rg`on, podshohlarning maxsus qarorgohi» ma’nosiga ega. VobkentBuxoro viloyatidagi shahar, shu nomli tuman markazi. O’g`uz shevalarida vob yoki vaob so’zi «bo’z yer, quruq yer» degan ma’noga ega2. Vobkent-«bo’z yerdagi qishloq, aholi manzili» demakdir. Galaosiyo-Buxoro viloyatidagi shahar. Buxoro tumanining markazi. Galaosiyo ikki so’zdan olingan bo’lib, Gala-qishloq, «Osiyo-tegirmon» yoki «tegirmonli qishloq» ma’nosini anglatadi. Xalq etimologiyasiga ko’ra, tojikcha «alla, osiyo-alla tegirmoni» so’zidan olingan deyiladi. Jilvon-Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi qishloq, kanal va cho’l nomi. Buxoro amirligidagi mansab va martabalardan biri xalqni o’g`ri, qaroqchi va yo’lto’sarlardan himoya qiluvchi jilbon mansabi bo’lib, joy nomi ham shundan kelib chiqqan bo’lsa kyerak. Jondor-Buxoro viloyati Jondor tumani markazi. Qo’rg`on ma’nosida: a) Tirik mavjudot, jonivor; b) O’rta Osiyoda Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davrida yasovulboshi, Shurot (gvardiya)ning mashhur kishilari; v) Qurol-aslaha egasi «do’st va madadkor» deyilgan fikrlar bor. 1 Eshov B. O’rta Osiyo qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. ‘’Fan va tehnologiya’’,2008., -b.70. Nazarov I.K., Allayorov I. Buxoro geografiyasi. Buxoro, 1994. –b.54. Jo’ybor-Buxoro shahrining g`arbidagi mavze. XII asrda Ahmadxon hukmronligi zamonida obod qilingan. Jo’ybor-«ariq bo’yi» ma’nosini bildiradi. Jo’ybor xo’jalari katta mavqega ega bo’lgan. Jo’yi Mo’liyon- Buxoro shahrining shimol tomonidagi ariq va uning atrofidagi ekin yerlari nomi. Narshaxiyning yozishicha, Jo’yi Mo’liyon yerlari qadim vaqtlarda Tug`shodaning mulki bo’lib, u o’z farzand va kuyovlarining har biriga taqsim qilib byergan edi. Marhum Amir Ismoil Somoniy bu yerlarni xalifa al-Musta’in ibn al- Mo’’tasimning lashkarboshisi bo’lgan Hasan ibn Muhammad ibn Tolutdan sotib oldi. Amir Ismoil Jo’yi Mo’liyonda saroylar va bog`lar barpo qilib, uning ko’proq qismini Mavoliylarga vaqf qildi. Shunday qilib bu yerlar Jo’yi Mavoliyon deb atalib keyinroq Jo’yi Mo’liyon bo’lib ketgan. Mavoliy-aslida «Mavlo» (Xoja, janob, valiy va okazo)ning jami . Kogon-Buxoro viloyatidagi shahar. 1888 yildan boshlab Zakaspiy temir yo’li (Krasnovodskdan Samarqandgacha) bo’yida, Kogon qishlog`i o’rnida yuzaga kelgan. Nom qoraqipchoqlarning kovon urug`i bilan bog`liq bo’lsa kyerak. Chunki Kogon tumanida qipchoqlarning turli urug`i yashaganlar. Bundan tashqari "ko’k ekuvchilar" degan talqini ham bor. Losha-Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. O’tmishda Buxoro sharidan O’rtacho’l massiviga boriladigan yo’l yoqasida xarob, tashlandiq ko’l bo’lib, vaqt o’tishi bilan uning qurigan o’rnida qishloq barpo bo’lgan. Losha-xarob, aftoda ma’nosiga ega. Olot-Buxoro viloyatidagi shahar va shu nomli tuman markazi. Buxoro tumanida Olotxona qishlog`i ham bor. Olot-Arlot qabilasining dialektal talaffuzidir. Ayrim manbalarda Olat-asboblar, yaroqlar ma’nosida ham keltiriladi. Peshko’-Buxoro viloyatida shu nomli tumandagi aholi markazi. Peshko’ nomi aslida «Peshi Ko’y» bo’lib, «katta yo’l ustidagi joy» ma’nosini anglatgan. Peshko’ tarixi bevosita Buxorodan Xorazm va Yeronga yo’nalgan buyuk ipak yo’li bilan uzviy bog`liqdir. "Peshi Ko’h" – tog` oldi bo’lishi ham mumkin. Romitan-Buxoro viloyatidagi shu nomli tuman markazi, shahar. Navoiy viloyati Navoiy tumanida ham shu nomli qishloq bor. Tojikiston Respublikasida ham Romitan degan joy nomi mavjud. Romitan atamasini Narshaxiy "Romtin", Muhammad Solih esa "Razmitin" shaklida keltiradi. Asrimizning 20-yillarigacha bu aholi manzili Laqlaqa deb yuritilib, Rometan (Xayrobod) tumanining markazi bo’lgan. Aslida Rometan deganda qo’rg`oni Rometan tushunilgan. Muhammad Narshaxiy qo’rg`oni Rometan haqida «Bu bir katta ko’handizga ega va mustahkam bir qishloq bo’lib, Buxorodan qadimiyroqdir» deb yozgan edi. Romitan nomini Rometi degan urug` nomi bog`liq degan fikrni ham ayrim mualliflar keltiradilar. Ba’zi tarixiy manbalarda esa Romi so’zi harakatdagi otliq askar, nayzador ma’nosiga egaligi keltiriladi. Shunga asosan «askarlar turadigan joy», «harbiy manzil yoki qo’rg`on» ma’nosi ham bo’lishi mumkin. Yana "Roh"-yo’l, "miton"-qal’a, qo’rg`on, «yo’l bo’yidagi qo’rg`on» ma’nosida bo’lishini ehtimoli ham yo’q emas. Chunki bu qishloq buyuk ipak yo’li bo’yidagi manzillardan biri bo’lgan1. Ayrim mualliflar Romitan va Romish nomlarini «Rom»-shodlik va xursandlik bilan bog`laydilar. Soktari-Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi qishloq. Xalq etimologiyasiga ko’ra, qishloq xalqi o’tmishda o’qimishli va dono o’tgan bo’lib, yuzta pirlari bo’lgan ekan. Shuning uchun ham qishloqni «Sadpiri»-«yuzta piri bor joy» deyilgan. Sadpiri vaqt o’tishi bilan Soktariga aylangan deyiladi. "Qiyos-ul lug`otda" «suta» so’zi tayrilmo va yiilmo ma’nosida keltiriladi. Qishloqni Zarafshon bo’yida joylashganligini hisobga olib, uning asl ma’nosi "So’tari"-sirpanchi joy, daryo bo’yidagi suvlik joy bo’lishi mumkin. Atamaning ikkinchi ismi-tari, tar-o’l, suvlik demakdir. Torob- Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qadimiy qishloqlardan biri. Narshaxiy bu qishloqni Tarovcha deb atab, Nur, arorund, Vardona, Safna va Isvona qishloqlariga o’xshash hali Buxoro vujudga kelmasdan oldin paydo bo’lganligini qayd qiladi. Qishloq xalqi 1238 yilda Mahmud Torobiy boshchiligida mo’g`ul bosqinchilariga qarshi ko’targan ozodlik kurashi bilan mashhur. Xalq etimologiyasiga ko’ra, Torob- «arining kichraygan, toraygan joyi» ma’nosiga ega. 1 Muxammadjonov A. “Qadimgi Buxoro” Toshkent, “Fan”, 1991. –b.35. "Qiyos-ul lug`ot"da "Tarova"- motam paytlarida kiyiladigan rangli chopon deb keltirilgan. Shofirkon-Buxoro viloyatidagi tuman markazi, shahar. Joyning asl nomi Xoja Orifi Mohitobon bo’lib, Naqshbandiya tariqatiningXIII asrda yashab o’tgan mashhur namoyandasi Abduxoliq G`ijduvoniyning to’rtinchi xalifasi nomi bilan atalgan. Xoja Orif tug`ilgan paytda joyning nomi Revgar qishlog`i bo’lganligi uchun u kishini ham Xoja Orif Revgariy deb ataganlar. Shofirkonni to’g`ri atamasi Shopurkom bo’lib, Narshaxiyning yozishicha, Sosoniylar sulolasidan bo’lgan Kisroning (Xisrav I (531- 5780 yoki Xisrav II (590-628) o’g`li otasiga achchiq qilib bu viloyatga kelgan; Uning nomi Shopur edi. «Pur» Yeron tilida «o’g`il» demakdir. Buxorxudotdan bu mavzeni so’rab olib, ariq chiqarib uni «Shopurkom» deb atadi. Shopurkom-«shopur arig`i» demakdir. G`ijduvon-Buxoro viloyatidagi tuman markazi, shahar. tarixiy manbalardan Narshaxiyning "Buxoro tarixi"da Muqanna qo’zg`oloni voqealari (775-776 yil) munosabati bilan tilga olinadi. Xalq etimologiyasiga ko’ra "g`uji-devon"-«Devlar to’planadigan joy», «g`uji-dehon», «bir to’p qishloq» singari ma’nolari bor deyiladi. Yana bir varianti Kishtuvon shaklidagi atamasi bo’lib, kishti-ekin eekuvchi, dehqonchilik qiluvchi, ekin ekiladigan paykal singari qator ma’nolari bor. G`ishtuvon dehqonlar manzili ma’nosida bo’lsa kyerak. G`ishti-Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi qishloq. Xalq etimologiyasiga ko’ra, quyidagi ma’nolari bor: Tabiiy jihatdan qulay joyda joylashganligi, xo’jalik tarmoqlarini rivojlanib, joyni jannatmakonga aylanganligi uchun behishti-«jannatdek joy» deb atalgan. Behishti so’zi vaqt o’tishi bilan o’zgarib bishti, hishti, g`ishti bo’lgan; 2. Qishloqda g`isht xumdonlari bo’lib, obi g`ishtlar pishirilgan. shuning uchun qishloq shunday atalgan. XulosaQadimgi Buxoroda ilk shaharlarning vujudga kelishida avvalo, tabiiy muhitning barqarorligi, yer, suv, iqlim va boshqa jo‘g‘rofiy omillarning mavjudligi, eng muhimi, irrigatsiyaga asoslangan sug‘orma dehqonchilikning samaradorligi, shuningdek, texnologik taraqqiyot singari omillarning mavjudligi natijasida dehqon va dehqon bo‘lmagan jamoalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishga sharoit yaratildi. Bu iqtisodiy omillar aholining barqaror, qo‘nim yashashiga qaratilgan edi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida rivojlangan bronza davriga kelib, g‘ildirakli aravalar kashf qilindi, sopol idishlarni pishirish, metallni eritish va qoliplarga quyish texnologiyalari kashf qilinib, mehnat qurollarining takomillashuviga, ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishiga va oqibatda mehnat unumdorligining oshishiga olib keldi. Endilikda yerga ishlov berish, xususan haydash yo‘li bilan yumshatish uchun omoch va aravalarga qo‘shiladigan hayvon kuchidan foydalanish singari xo‘jalik yangiliklari vujudga keldi. Uy-joylarni dahalarga bo‘lish, me'moriy komplekslarni reja asosida qurish kabi texnologik yangiliklar joriy qilindi. Shaharlashishning vujudga kelishida ijtimoiy omillar, ya'ni jamiyatning tabaqalanishi, shu asosda ma'muriy boshqaruvning shakllana borishi, diniy yetakchilikning tashkil topishi singari omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu omillarning yagona dialektik aloqasi tufayli shaharlashish jarayoni sodir bo‘ldi. Sug‘orma dehqonchilikning tashkil topishi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda muhim omil bo‘ldi. Bu hodisa keyinchalik kishilarning muayyan muzofotda muqim yashashga olib keldi. V. M. Massonning xulosasiga qaraganda, O‘rta Osiyoda tashkil topgan qishloqlarning ayrimlari kishilarning bir necha ming yilliklar davomida qo‘nim yashaganligidan guvohlik beradi. Masalan, eneolit davriga kelib, ya'ni miloddan avvalgi IV–III ming yillikda uylarning hajmi kengayib, soni ham ko‘payadi, shu asosda yashash massivlari kvartallar, ularni gir aylantirib olgan devorlar va ko‘chalar tashkil topib, bu manzarani olimlar shaharning embrion belgilari edi, deb talqin qiladilar. Bronza davriga kelib, ya'niqishloqlar son jihatidan ko‘payadi, ularning sifati ham o‘sib boradi. Endilikda yangi vohalar o‘zlashtirila boriladi, irrigatsion kanallar quriladi, sug‘orma maydonlar kengayadi va hokazo. Xullas, bu taraqqiyot oqibatda sifat o‘zgarishlariga olib keldi. Ayrim yirik qishloq-qo‘rg‘onlarning, jumladan, Oltintepa, Gonur-1, Jarqo‘- ton, Dashli-3 singarilarning ichki qurilishi boshqalardan jiddiy farq qilib, endi ularda hovli, ibodatxona, hunarmandchilik kvartallari, mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan qal'a kabi monumental binolar paydo bo‘ldi. Bu davr ijtimoiy hayotidagi muhim o‘zgarishlardan biri mulkchilikning paydo bo‘lishini ifodalaydigan muhrning paydo bo‘lishi edi. Bu hodisa dehqonchilikda ishlab chiqarishning rivojlanishini, shu asosda boshqaruv apparatining tashkil topishi, ayrim kishilarning ixtiyorida ziyod mahsulotning vujudga kelganligidan guvohlik beradi. Demak, ilk shaharlar, avvalo, irrigatsiya dehqonchiligi mukammal rivojlangan hududlarda tashkil topib, O‘rta Osiyo janubida ilk shaharlarining vujudga kelishida agrar xo‘jalik faktori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shunday qilib, A. Asqarov, T. Shirinovlarning tahlillariga ko‘ra, O‘rta Osiyo sharoitida miloddan avvalgi VI–I ming yilliklarda tashkil topgan qishloqlardan ilk shaharlarning yuzaga kelish dinamikasi uch bosqichdan, ya'ni birinchi bosqich – kichik jamoalardan tashkil topgan yashash makonlari, ikkinchi bosqich – protogorod-shaharmonand makonlar (mil. avv. III–I ming yilliklar), uchinchi bosqich III–I ming yilliklarda rivojlangan bronza va ilk temir asrlarida vujudga kelgan ilk shaharlardan iborat. O‘rta Osiyo ilk shaharlar madaniyati bevosita ilk dehqonchilik qishloqlari negizida uzoq evolyusion yo‘lni bosib o‘tish tufayli tashkil topgan. Agrar dehqonchilik xo‘jaligidan tashqari shaharlashish omillaridan yana biri – bu tabaqalashgan jamiyatning ijtimoiy muhitidan dalolat beruvchi ma'muriy, xususan, saroy kompleksi va sig‘inish (ibodatxona) markazlaridir. Bular ilk shaharlarning birlashuvi uchun xizmat qilgan. Demak, ilk shaharlar siyosiy va sig‘inish markazlari vujudga kelgan joylarda vujudga kelgan bo‘lishi ham mumkin. Download 499.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling