Buxoro tarixi va arxeologiya kafedrasi


Download 499.2 Kb.
bet2/7
Sana09.04.2023
Hajmi499.2 Kb.
#1343010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ahmadaliyev Kamron- Ilk o\'rta asrlarda22









Kirish


Mavzusining dolzarbligi: XX asr oxirida xalqimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqdi, O‘zbekiston mustaqillikka erishdi.Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o‘zgarish va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda barpo etilayotgan siyosiy tuzum demokratik, huquqiy davlat bo‘lsa, ijtimoiy tuzumni-qonun ustivor bo‘lgan fuqarolik jamiyatidir. O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davr ichida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga o‘tish, xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi.
Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixiy,ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma'naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma'naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek: “Tarix xotirasi, milliy o‘zlikni anglashni, ta'bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi”. Shuningdek, Birinchi Prezidenti I. A. Karimov o‘zining bir qator risola va nutqlarida “Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba - bu haqqoniy yoritilgan tarixdir” deb ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixchilari oldida haqqoniy tarixning yoritilishi lozim bo‘lgan masalalari ko‘lami ham aniqlandi.1
Mustabid sovetlar hukmronligi davrida, kommunistik mafkura ta'sirida o‘zbek xalqi tarixida kechgan jarayonlar sinfiylik, partiyaviylik prinsiplari asosida ma'muriy-buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo‘ysundirilgan holda soxtalashtirildi, noto‘g‘ri talqin etildi. Bu davrga oid tadqiqotlarda o‘zbek xalqi tarixining ayrim muammolari umuman chetlab o‘tildi.Bugungi zamon mustabid sovet tuzumi mafkurasi asoratlariga, eskicha fikrlashga barham berish, tarixiy voqealar va jarayonlarni baholashda milliy manfaatlardan kelib chiqish zarurligini talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 49-moddasida shunday deyilgan: “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir’’
O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini umumjahon taraqqiyoti nuqtai nazaridan, aniq tarixiy faktlarga tayanib, xolis va ilmiy asosda tadqiq etib, xalqqa yetkazish zaruriyati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 1998-yil 26-iyunda bir guruh tarixchi va jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvida Respublika tarixchilari oldiga aynan shunday vazifa qo‘yildi. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyunida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qabul qilingan Qarorida ham o‘z ifodasini topgan. Unda xususan, o‘zbek xalqi va uning davlatchiligining haqqoniy tarixini o‘rganish, “eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayoti masalalarini o‘rganish» lozimlig qayd etilgan. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish, yirik arxeologik yodgorliklarda keng ko‘lamli tadqiqotlarni olib borish, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni xalqimizga va jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilish zarurligini inobatga olib, O‘zbakiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida 21.09.2019 yildagi 792-sonli qarori bu sohadagi katta qadam bo’ldi.



Download 499.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling