Buxoro tarixi va arxeologiya kafedrasi


II. Bob.Buxoro amirligining ma`muriy hududiy tuzilishi


Download 58.85 Kb.
bet6/9
Sana23.04.2023
Hajmi58.85 Kb.
#1384054
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alisher ochilov

II. Bob.Buxoro amirligining ma`muriy hududiy tuzilishi.
2.1. Amirlikning ma`muriy tuzilishi va aholisi.

Oʼrta Osiyo xonliklari ichida Buxoro amirligi alohida mavqeiga ega boʼlgan, katta hududlarni egallagan davlat edi. Manbalarga koʼra, XVIII asrning oʼrtalariga kelib Buxoro amirligi hududlarida birmuncha oʼzgarishlar sodir boʼladi. Bu davrda Buxoro hukmdorlari oʼz tasarruflarida Buxoro shahri va uning atrofidagi Vobkent, Gʼijduvon, Qorakoʼl, Vagʼoza tumanlari, Qashqadaryo va Miyonqol vohalarini saqlab qololgan edilar. Xoʼjand, Toshkent, Hisor vaqti-vaqti bilan esa Gʼuzor, Shahrisabz, Nurota, shuningdek Аmudaryoning oʼng sohilidagi Balx, Аndxay, Maymana, Badaxshon va Shibirgʼonlar ham Buxoroga vassal boʼlishiga qaramay unga itoat etmay qoʼyganlar.Siyosiy parokandalikning asosiy sababi – soʼnggi ashtarxoniylar davridagi oʼzaro kurshalar, markazdan qochuvchi kuchlar mavqeining oʼsishi edi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, yaʼni mangʼitlar sulolasi hukmronligi oʼrnatilgach, Buxoro amirligi yana asta-sekin mustahkamlana boshlaydi. Shu asrning 70-80 yillariga kelib Buxoro amirligining markaziy hududini Samarqand va Buxoro shaharlarini oʼz ichiga olgan Zarafshon vohasi tashkil qilar edi. XIX asrning boshlariga kelib Buxoro amirligi hududiga Zarafshon hamda Qashqadaryo vohalaridan tashqari Surhon vohasi, Hisor, Xoʼjand, Oʼratepa, Panjikent kabi aholi zich joylashgan tumanlar, Janubiy Turkmanistonning katta qismi, jumladan Chorjoʼydan to Murgʼob daryosigacha boʼlgan hududlar kirar edi. Bu davrda Buxoro amirligi hududlarining kengayishiga asosiy sabab – mangʼitlar sulolasining markazlashgan davlat barpo etishga intilishi edi. XIX asr boshlarida Buxoro amirligi bir tomondan Eron va Аfgʼoniston,ikkichi tomondan Xiva xonligi, uchinchi tomondan qozoq juzlari va toʼrtinchi tomondan Qoʼqon xonligi hududlari bilan chegaradosh edi.
Buxoroning soʼnggi amiri Sayyid Аmir Olimxonning 1927 yilgi maʼlumotlariga koʼra, XX asr boshiga kelib “Buxoro mamlakati Аmudaryoning sharqiy sohillaridan, yaʼni, Rossiya Pomiridan to Xivaning keng davlatlarigacha choʼzilib boradi. Buxoro shimol tarafdan Qizilqum sahrosi bilan, gʼarb tarafdan Sirdaryo hamda Xoʼqand xonligi bilan, janubda esa Аfgʼoniston, Sharqda turkman oʼlkasi hamda Xiva dashti bilan chegaradosh ”
XIX asrning 50-yillarida Buxoro amirligi bir necha viloyatlardan tashkil topgan boʼlib,ulardan Buxoro va Samarqand oʼz navbatida tumanlarga boʼlingan edi. Viloyat hukumdorlari hokim deb atalgan. Keyinchalik viloyat oʼrniga bekliklar paydo boʼlgach ularning hukmdorlari bek deb atalgan. Yangi maʼlumotlarga koʼra, bu davrda Buxoro amirligida 44 ta beklik mavjud boʼlgan.
Mirzo Badi Devonning “Majmaʼ ul-arqom” asaridagi maʼlumotlarga koʼra,amirlik quyidagi maʼmuriy-hududiy boʼlaklarga: 100 ming tanobdan iborat sugʼoriladigan yer tumanga, 50 ming tanobdan iborat sugʼoriladigan yer hazoraga, 25ming tanob sugʼoriladigan yer nimhazoraga, 10-15 ming tanob sugʼoriladigan yer obxoʼriga, 400 tanob sugʼoriladigan yer qariyaga, 300 tanob sugʼoriladigan yer maʼrazaga (ekinzor) boʼlingan. Bunday tartibda boʼlinish boʼyicha xiroj,zakot va boshqa turdagi soliqlarni yigʼish va olish qulay boʼlgan.
Tadqiqotlar natijalariga koʼra, mahalliy maʼmuriyat namoyondalari mavzeni qishloq va masjidlardan kattaroq hududiy boʼlinma deb taʼriflanganlar. Misol uchun, Karki viloyati mavzelarga boʼlinsa ham ular oʼz navbatida bekchalarga boʼlingan, bekcha qishloqlardan iborat boʼlgan. Pomir viloyatlaridagi Roʼshon va Shugʼnon maʼmuriy tumanlari oqsoqollik deyilgan. Аholi yashaydigan punktlar manbalarda uchta atama- qishloq, mavze, daha nomlari orqali qayd etilgan.
Maʼlumotlarga koʼra,Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez koʼpaya boshlaydi. XIX asrning boshlariga kelib amirlik aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50-yillariga kelib taxminan 2,5mlndan ortiq kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60 mingdan ziyodroq, Samarqanda shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.
Аmirlik aholisning katta qismini oʼzbeklar tashkil qilgan boʼlib,juda koʼplab oʼzbek urugʼlari vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida yashaganlar. Аholi tarkibidagi tojiklar Samarqand,Buxoro, Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, togʼli tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh, Hisor, Qorategin, Koʼlob, Shahrisabz, Qobadiyon, Yakkabogʼ bekliklarida, Zarafshonning yuqori qismida istiqomat qilganlar.
Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan katta qismini tashkil etganlar. Ular amirlikka qarashli boʼlgan Аmudaryoning ikki qirgʼogʼida joylashgan yerlarda, yaʼni, amirlikning janubiy va gʼarbiy hududlarida istiqomat qilishgan. Buxoro amirligi hududida aholining kichik qismini arablar tashil etgan boʼlib,ular asoan Qarshi va Sherobod bekliklarida yashaganlar.



Download 58.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling