Buxoro tarixi va arxeologiya kafedrasi
Download 50.37 Kb.
|
Bo\'ronov Sh. O\'zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Yer egaligi. Dehqonchilik chorvachilik va hunarmandchilik. Shaharlar.
- 4. Me’morchilik, adabiyot va tasviriy san’at.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Soliq siyosati. Xiva xonligida qo‘shni davlatlarda bo‘lgani kabi xiroj, zakot, boj, jiz’ya kabi soliqlar mavjud bo‘lgan. Muhammad Rahimxon I amalga oshirgan iqtisodiy islohot tufayli xonlikdagi soliq siyosatiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Xususan, 13“ilgari mahsulot ko‘rinishida yig‘ib olinadigan xiroj o‘miga pul solig‘i solg‘it (solg‘ut) joriy etildi. Bunga ko‘ra, 10 tanobdan ortiq yeri bo‘lsa yiliga 3 tillo (54 tanga), 5-10 ta- riob yeri bo‘lsa 2 tillo (36 tanga), 5 tanobgacha yeri bo‘lgan dehqonlar 1 tillo (18 tanga) miqdorda soliq to‘lashgan. 15 tanobgacha yemi ijaraga olgan ijarakorlar yiliga davlat xazinasiga 34 tanga, 10 tanobgacha yemi ijaraga olganlar 22,6 tanga, 5 tanobgacha yemi ijaraga olganlar 11,3 tanga miqdorda soliq to‘lashgan. Ijarakor dehqonlar davlat xazinasiga soliq to‘lashdan tashqari, ijaraga yer bergan xo‘jayinga pul yoki mahsulot bilan haq to‘lashi yoxud ishlab berishi lozim bo‘lgan”. Xonlikdagi yarim o‘troq va chorvador aholi ham davlat xazinasiga belgilangan miqdorda xiroj va zakot to‘lashgan. XIX asr boshlaridan boshlab ulardagi xiroj solig‘i soliq kesma deb atala boshlagan. Bunga ko‘ra, qoraqalpoqlar va qo‘ng‘irotlar ekin maydoni va hosil miqdoridan qat’i nazar, davlat xazinasiga har yili 24,5 ming kichik tillo miqdori- da soliq toiab turishgan. Qoraqalpoqlar va qozoqlardagi yersiz va ot- ulovsiz dehqonlar, xon, uning qarindoshlari va saroy amaldorlarining shaxsiy yerlarida ijarakor boisalar, hosilning har 4 yoki 5 botmoni hi- sobidan ikki botmon miqdorida davlat xazinasiga soliq to‘laganlar. Chorvador aholi xon xazinasiga zakot solig‘i to‘lagan. 14“XIX asr boshlariga qadar bu soliq natura ko‘rinishida, 40 bosh chorva hisobi- dan bir bosh undirilgan boisa, keyingi davrlarda zakotni undirishga o‘tilgan. Endilikda chorvadorlar yirik chorva uchun 40 bosh chorva- dan 5 tillo, mayda chorvaning har 40 boshiga 10 abbos (10 abbos - 25 kumush tanga) miqdorida soliq to‘lashgan. Yuqoridagilardan tashqari, xonlikning barcha o‘troq, yarim o‘troq va ko‘chmanchi aholisi qazuv, begor, qochuv, otlanuv, boj puli, miltiq solig‘i, ulov tutuv, qo‘nalg‘a, chopar puli, tarozi haqi, mirobona, darvozabon, mir tuman haqi, afanak puli kabi qo‘shimcha to‘lov hamda majburiyatlami ham bajarishgan”. Ular orasida eng og‘iri qazuv, qochuv va begor boiib, bu davlat qurilishi, ariqlami va daryodagi dambalar- ni ta’mirlash, qal’a, saroy, shahar devorlari, yoi va ko‘priklar qurilishi hamda ta’mirlanishi uchun har yili 12 kun bepul ishlab berish majburi- yati bo’lgan.
3.Yer egaligi. Dehqonchilik chorvachilik va hunarmandchilik. Shaharlar. Butun 0‘rta Osiyo hududida bo‘lgani kabi Xiva xonligida ham yer egaligining quyidagi shakllari hukmronlik qilgan: davlatga qarashli yerlar yoki podsholik yerlari; xususiy shaxslarga qarashli yerlar; diniy muassasalarga qarashli yerlar yoki vaqf yerlari. Podsholik yerlari bevosita davlatga, xonga tegishli boMib, avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tgan. 15“Davlat yerlariga doimiy sug‘oriladigan ekinbop yerlardan tashqari tashlandiq yerlar, qumlik, adirlar va yaylovlar, ko‘l va to‘qayzorlar ham kirgan. Davlat yerlari bosib olingan hududlar, isyonkor mulkdorlaming musodara qilingan yerlari, yangi yerlaming o‘zlashtirilishi hisobiga ham kengayib borgan. Davlat yerlari xon tomonidan mulkdorlarga va ijarachi dehqonlarga, bevatan (yersizlar)larga foydalanish uchun bo‘lib berilgan”. Bunday yerlardan davlatga olingan hosilning 40-50 foizigacha mahsulot yoki pul ko‘rinishida soliq undirilgan. Davlat yerlari xonlik xazinasining asosiy manbai hisoblangan. Xon o‘ziga xolis xizmat qilgan amaldorlarga, yaqin qarindoshlariga, sodiq xizmat qilgan navkar- larga va dindorlarga davlat yerlaridan in’om qilib bergan. Bunday yerlar soliqlardan ozod etilgan. Xususiy (mulk) yerlar xonning shaxsan o‘ziga, uning yaqin qarindoshlariga, yirik boylarga, saroy amaldorlariga, harbiylarga va boshqa zodagonlarga tegishli yerlar bo‘lgan. Xonlikning suvga yaqin boigan o‘troq markaziy tumanlaridagi unumdor va serhosil yerlaming asosiy qismi mulkdorlar qoiida edi. XIX asming birinchi yarmiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, mulk egalariga tegishli yerlar xonlikdagi barcha sug‘oriladigan yerlaming yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etgan. Manba- laming ma’lumot berishicha, ayrim mulkdorlar ixtiyorida ikki-uch ming tanobdan o‘nlab ming tanobgacha yer boigan. Misol uchun, Pitnak, Hazorasp va Sho‘roxon shaharlari hamda ularga tutash boigan qishloqlar amir ul-umaroga tegishli edi. Muhammadaminxon o‘g‘li Abdulla to‘raga 20 ming tanobdan ortiq yemi in’om qilgan va hokazo. Vaqf yerlariga diniy muassasalar, masjid, madrasa, qabriston, xonaqolarga qarashli yer-mulklar kirgan. Bu mulklar diniy muassasalarga xon, amaldorlar va ayrim shaxslar tomonidan vaqf qilib berilgan. Bunday yerlardan kelgan daromad diniy muassasalar ehtiyoji uchun sarf etilgan. Malumotlarga ko‘ra, 16“XIX asr o‘rtalarida xonlikdagi vaqf mulkining umumiy hajmi 170-175 ming tanobni tashkil etgan. Xiva xonligidagi kam yerli va umuman yersiz, ot-ulovsiz dehqonlar ko‘pchilikni tashkil etgan boiib, ular davlat, mulk hamda vaqf yerla- rida ijaraga ishlashgan. Ijaradorlar ijaraga olgan yer miqdoriga qarab davlatga soliq to‘lashgan.Ular kimning yerida xizmat qilishlariga qarab bevatan, koranda va vaqfkor degan qatlamlarga boiingan. Davlat yerlarmi ijaraga olgan yersiz va kamquvvat dehqonlar bevatanlar, mulk yerlaridagi ijarakorlar koranda, vaqf yerlari ijarakorlari esa vaqfkor deb atalgan. Dehqonchilik va chorvachilik Xiva xonligi iqtisodiy hayotining asoslaridan hisoblangan. Dehqonchilikda Amudaryo quyi oqimidan olingan ko‘plab kanallar va ariqlar muhim o‘rin egallagan”. Ta’kidlash lozimki, Xiva xonligida suv manbalarining yetarli boiishiga qaramas- dan, dehqonchilik taraqqiyoti qo‘shni Buxoro xonligidagidek yuksak darajada rivoj topmagan edi. Xonlikda donli ekinlardan bug‘doy yetishtirish nisbatan keng rivojlangan bo‘lib, bug‘doy Pitnakdan Shohabbozgacha bo‘lgan hududlarda, ayniqsa ko‘p ekilgan. Sug‘oriladigan yerlarga bug‘doyning saranchi navi ko‘p yetishtirilgan. Bug‘doy yig‘ib olingan dalalarga qovim, tar- vuz, mosh, jo‘xori kabi ekinlar ekilgan. Xonlikda ko‘plab sholi ekin- zorlari mavjud edi. Paxta yetishtirish asosan Gurlan, Yangi Urganch, Xiva, Xonqa, Shohabbozda rivojlangan. Paxta chigitidan yog1 olinib, tolasi mahalliy hunarmandlar ehtiyoji va tashqi bozorga chiqarilgan. Suv ko‘p talab qil- maydigan (Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, llonli, G‘azovat, Mang‘it va Gurlan) kunjut, no‘xat, mosh, arpa va boshqa ekinlar ekilgan. Sab- zavot, poliz ekinlari ko‘plab yetishtirilgan. Xorazm qovunlari qo‘shni hududlarda ham mashhur bo‘lgan. Bog‘dorchilik ham ancha taraqqiy etgan. Ammo ipakchilik kam miqdorda rivojlangan. Xonlikning o‘troq dehqonchilik tumanlarida chorvachilik yaxshi rivoj topmagan. Vohalarida yirik hayvonlar dehqonchilikda (yer haydash, hosilni yanchish, suv chiqarish va hokazo) foydalanish, go‘sht va sut mahsuloti uchungina boqilgan. Xonlik aholising go‘shtga bo'lgan talabini ko‘chmanchi turkman va qozoq qabilalari qondirishgan. Ko‘chmanchilar qo‘y, yilqi, tuya yetishtirib, aholining go‘sht, sut, teri, jun bilan to‘la ta’minlab turgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Shaharlar Xorazm hunarmandchiligi ixtisoslashgan boiishiga qaramay, yarim ko‘chmanchi xo‘jaliklarda uy hunarmandchiligi ustunlik qilgan. Hunar- mandchilikning asosiy sohalaridan biri to‘qimachilik edi. Ko‘chmanchi aholining turli matolarga boigan talabi va qisman tashqi bozor uchun mahsulot yetkazib beruvchi to‘qimachilik sanoati rivojini taqozo etgan. Xonlikda ipak, yarim ipak va paxta matolar ishlab chiqarilgan. Matolar asosan qoida tayyorlangan. Undan tashqari, xonlikda kulolchilik, misgarlik, degrezlik, temirchilik, duradgorlik kabi an’anaviy hunarmandchilik turlari ham rivojlangan. Manbalar 17“shahar va qishloqlarda yer haydaydigan moslama tay- yorlovchilar (pazachi), ot abzali tayyorlovchilar (kuchanchi), misgarlar, zargarlar, pichoqchilar, qinchilar, bo‘yoqchilar, telpakdo’zlar, qulfgarlar, juvozchilar, shamchilar, sovunchilar, novvoylar, oshpazlar kabilar maxsus kasb-hunarga ixtisoslashganliklari haqida ma’lumotlar beradi”. Xivada gilam to‘qish o‘zining qadimiy ahamiyatini xonlik davrida ham saqlab qoldi. Ilgarigidek, gilam to‘qish bilan turkmanlar ham shug‘ullanganlar. Xiva gilamlari ichki va tashqi bozorda mashhur bo‘lgan. Umuman olganda, mahalliy hunarmandlaming mahsulotlari ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan. XVI asrning oxiriga kelib Amudaryo asosiy o‘zanining o‘zgarishi Xorazmning tashqi savdo aloqalariga ham ta’sir etdi. Xorazmning ilgarigi savdo markazlari o‘z ahamiyatini yo‘qota borib, Rossiya bilan savdo aloqalarida Volganing quyi oqimlari orqali o‘tgan yo‘llar katta ahamiyat kasb eta boshladi. Astraxanda xivalik savdogarlarga imtiyoz- lar berilgan bo‘lib, ular rus savdo yarmarkalarida ishtirok etib turishgan. XVIII asrning o‘rtalaridan boshlab, ya’ni Orenburg shahriga asos solingach, Xiva savdogarlari Uralbo‘yi orqali savdo-sotiqni yanada jonlantirdilar. Xivadan Rossiyaga paxta matolar, mevalar, qimmatbaho toshlar, qog‘oz mahsulotlari, parcha va buyum shaklidagi ipak va yarim ipak matolar, gilamlar, tuya junidan matolar, qisman qorako‘l, guruch, sayg‘oq (kiyik) shoxi, kashmir matosi kabi mahsulotlar olib borilgan. Rossiyadan esa Xivaga oltin va kumush tangalar, mis, cho‘yan, temir va boshqa metallar, paxta, ipak va yung matolar, bo‘yoqlar, shakar, choy, billur idishlar, oshlangan teri kabi mahsulotlar keltirilgan. 18“Xiva xonligi savdogarlari qo‘shni Buxoro va Qo‘qon xonliklari shuningdek, Xitoy, Eron, Afg‘oniston, Hindiston bilan ham savdo aloqalari olib borishgan. Bu davlatlarga Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar bilan birga mahalliy mahsulotlar (zargarlik buyumlari, gilamlar, otlar) ham olib borilgan. Chet davlatlardan asosan turli matolar, metall, ziravorlar, bo‘yoqlar, fil suyagi, shakar (qand) kabi mahsulotlar keltirilgan”. Xiva xonligining Yangi Urganch, Kichik Vazir, Qiyot, Xonqa, Tirsak, Gurlan, Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Shohabboz kabi shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari edi. Manbalaming ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asrning birinchi yarmida Yangi Urganch himoya devorlari bilan o‘rab olingan savdo markazi bo‘lib, unda bir yarim mingta xonadon bo‘lgan. Urganchlik savdogarlarni nafaqat Buxoro, Qo‘qon va Turkiston bozorlarida, balki Astraxan, Orenburg, Nijniy Novgorod, Moskva, Qashg‘ar, Mashhad, Kobul bozorlarida ham ko‘plab uchratish mumkin edi. Urganch bozorlari asosan ichki savdo mahsulotlariga moijallangan boisa-da, tashqi savdo uchun mahsulotlar yirik savdogarlarning uylaridagi ustaxonalarda tayyorlangan. Shaharda 300 ga yaqin savdo do‘konlari boigan. XVII-XVIII asrlarda Qiyot shahri saroylari, masjid va madrasalari bilan shuhrat qozongan boiib, XIX asming birinchi yarmidan o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va 50-60 xonadondan iborat qal’aga aylanadi. Bu yerda 30 ga yaqin do‘konlar boiib, seshanba va shanba kunlari bozor bo’lgan. Juvarxas kanalining Amudaryodan suv oladigan joyida joylashgan Hazorasp shahri barcha qulayliklarga ega edi. Shaharda sakkizta masjid va shuncha madrasa boiib, 450-500 ta xonadon istiqomat qilgan hamda 400 ga yaqin savdo do‘konlari mavjud boigan. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan do‘konlarda va qisman uylarda tayyorlangan. Hazoraspda katta bozor dushanba va juma kunlari ishlagan. Xonlikdagi yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri Gurlan edi. Manbalarga ko‘ra, 19“XIX asming o‘rtalarida shaharda, atrof hududlar bilan qo‘shib hisoblaganda uch mingtagacha xonadon istiqomat qilgan. Shaharda ko‘plab masjid va madrasalar, tutzorlar bo’lib, dalalardagi sholi, paxta va bug‘doydan yaxshi hosil olingan”. Malumki, XVII asming boshlariga kelib Xiva butun xonlikning poytaxtiga aylangan edi. Arabmuhammadxon davrida Xivada yirik madrasa bunyod etilgan boisa, Abulg‘ozixon davridan boshlab shaharning siyosiy-ma’muriy va iqtisodiy mavqeyi yanada ko‘tarildi. Poytaxt shahar sifatida shahaming mavqeyini mustahkamlash maqsadida XIX asming oxirlariga qadar Xivada ko‘plab masjid va madrasalar, bozor- lar va karvonsaroylar, saroy va minoralar, hammomlar bunyod etildi. Manbalarga ko‘ra, Xiva bozorlari haftaning deyarli barcha kunlari ish- Sab, raislar tomonidan boshqarilgan. Rus sayyohlari Xiva bozorlarini gavjumligi va mahsulotlarga boyligi, ajnabiy savdogarlaming ko‘pligi bilan Buxoro va Qo‘qon bozorlaridan qolishmasligi haqida malumotlar qoldirishgan. 4. Me’morchilik, adabiyot va tasviriy san’at. Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotida bo‘lib o‘tgan voqealar madaniy hayotga ta’sir etmasdan qolmadi. Shunga qaramasdan xonlikdagi madaniyat o‘ziga xos yo‘nalishlarda davom etdi. Madaniy, hayot ravnaqi ta’lim-tarbiya, adabiyot, tarixnavislik, me’morchilik va amaliy san’at kabilarda kuzatiladi. Butun 0‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o‘chogiari boshlang‘ich maktablar va madrasalar bo‘lgan. Boshlang‘ich maktab, ya’ni, quyi ta’limda o‘qish-yozishni o‘rganib, xat-savod chiqar- gan o‘smirlar poytaxt Xivadagi hamda Buxorodagi madrasalarda o‘qib ta’lim olishgan. Manbalarga ko‘ra, XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa bo‘lgan. Faqat Xivaning o‘zida 22 ta madrasa bo‘lib, ular ichida Muhammad Rahimxon, Sherg‘ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako‘z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida nufuzga ega edi. Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809- 1874) alohida o‘ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo‘lgan Ogahiy- ning 1832-yilda tuzilgan «Ta’vizul oshiqon» («Oshiqlar tumori») devo- nidagi g‘azallari ayniqsa mashhurdir. Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini o‘rganishda yozma ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Xonlik tarixi bilan bog‘liq ma'lumotlar asosan 20“Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (“Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome' ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohid ul-iqbol”) va Muhammad Yusuf Bayoniy (“Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”), Sayyid Homid To‘ra Kamyob (“Tavorix ul-xavonin”) singari xivalik tarixchilar asarlarida qayd qilingan bo‘lib, ular XVII asrda Abulg‘oziy Bahodirxon boshlab bergan tarixnavislik ilmini davom ettirganlar, hamda rivojlantirganlar. Ushbu mualliflar o‘zlaridan oldin o‘tgan va zamondoshlari asarlaridan ham foydalangan xolda,voqea-hodisalarga o‘zlarining fikr-mulohazalari, tanqidiy yondashuvlarini bildirganlar. Ogahiy, Bayoniy va Kamyobning tarixiy asarlari faktik ma'lumotlarning ko‘pligi va aniqligi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi”. Rus olimi akademik V.V. Bartold Munis va Ogahiy asarlarini adabiytarixiy asarlar deya ta'kidlagan. Olimning ushbu fikriga qo‘shilgan xolda shuni aytish mumkinki, Ogahiy, Bayoniy va Kamyob asarlarida tarixiy voqealar bayon etilib, faktik ma'lumotlar keng o‘rin olgan bo‘lsada, bayon etish usuli adabiy ekanligi ko‘rinadi. Ma'lumki, 21“Xiva xoni Eltuzarxon tashabbusi bilan Munisga Xorazm tarixini yozish ishi topshirilgan. Ogahiy tomonidan yakunlangan ushbu “Firdavs ul-iqbol” asarining ahamiyati shundaki, asardan Xiva xonligining qariyib 300 yillik (1511 – 1825) tarixi, shu davr mobaynida istiqomat qilgan turli etnik guruhlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni, yer egaligi, soliq va majburiyatlar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalariga oid ma'lumotlar o‘rin olgan. Ayniqsa, Qo‘ng‘irot urug‘larining Xorazm hududiga kelib joylashishi, bu urug‘ vakillarining Xorazmdagi siyosiy voqealarda muhim ro‘l o‘ynay boshlaganlari tarixi hamda xonlik taxtiga erishish yo‘lida qilgan tadbirlari bayon qilingan”.Ogahiy yashagan davrda Xivada yetti marta xon almashgan, muallif ularning faoliyati davrida bo‘lgan tarixiy voqealarni bayon etuvchi beshta tarixiy asarlarini yozishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, Olloqulixon hukmronligi davrini (1825 – 1843) yorituvchi “Riyoz ud-davla” (“Saltanat bog‘lari”) asari shular jumlasidandir. Ushbu manbaning qimmati shundaki,unda Olloqulixon davrida yuz bergan voqealar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalar, xalqning turmush tarzi, madaniyati, mamlakatda hukm surgan diniy ahvol keng yoritilgan. Ogahiyning tarixlar sarasi yoki tarixlar qaymog‘i nomini olgan “Zubdat ut-tavorix” asari Xiva xoni Rahimqulixon saltanati voqealarini(1843 – 1846) tasvirlaydi. Ushbu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism Rahimqulixonning tug‘ilishidan boshlanib, diniy, dunyoviy va harbiy ilmlarni egallashi, Hazorasp hokimi sifatidagi faoliyati, hamda xonlik taxtiga chiqquniga qadar bo‘lgan voqealar, ikkinchi qismda xonning taxtga chiqqandan vafotigacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Ushbu asar 2009 yilda Rashid Zoxid muharrirligida nashr qilindi.Tadqiqotchi Nurboy Jabborov uni nashrga tayyorlab, asarni so‘z boshi, lug‘at,izoh va ko‘rsatkichlar bilan ta’minlagan. Bu esa, tabdilning ilmiy ahamiyatini oshiradi. Ogahiyning “Jome' ul-voqeoti sultoniy” (“Sulton voqaealarining majmuasi») asarida 1846 – 1854 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Aminxon davri voqealari o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, asarning oxirida Xiva xonlari Abdullaxon (1854) va Qutlug‘murodxon (1855) davridagi voqealarni bayon etuvchi qism ham bor29. Xiva xoni Sayyid Muhammadxon zamoniga doir Ogahiyning “Gulshani Davlat” (“Davlat gulshani”) asari esa, xonlikning 1856-1865 yillari voqealarini o‘z ichiga oladi.Hozirda ushbu manbalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda.Biroq, Ogahiyning “Shohid ul-iqbol” asarining muallif dastxati hisoblangan yagona nusxasi hozirda Rossiya Fanlar akademiyasi Sankt-Peterburg Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanmoqda. Manbaning O‘zbekistonda emasligi esa, uning kam o‘rganilganligiga sabab bo‘la oladi. Ushbu manbaning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida fotonusxasi saqlanib, shu asosda 2009 yil N. Shodmonov tomonidan to‘liq shaklda nashr qilindi. “Shohid ul-iqbol” asari 1865 – 1872 yillarda Xiva xonligida sodir bo‘lgan voqealarni bayon etadi va Muhammad Rahimxon II ning hukmronlik yillarini yoritadi. Biroq, 22“Xiva xonligi tarixini yorituvchi va fanda “Xiva solnomalari” nomini olgan ushbu asarlar mazmuni hanuzgacha kompleks ravishda tadqiq qilinmaganligi tarixnavislik fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Tadqiq qilinmaganiga sabab esa,sovet davrida ushbu asarlarning mazmun-mohiyati o‘sha davrdagi hukmron mafkura siyosatiga zid edi, chunki ularda Qo‘ng‘irotlar sulolasiga mansub Xiva xonlari johil emas, balki yuksak fazilatlarga boy, ma'rifatparvar,xalqparvar, odil hukmdorlar sifatida baholangan”. Ogahiydan so‘ng, Xorazm tarixini yozish ishini Muhammad Yusuf Bayoniy davom ettirdi.Bayoniy “Shajarayi Xorazmshohiy” va “Xorazm Tarixi” asarlarini yaratib31, tarixnavislik fani rivojiga o‘zining munosib xissasini qo‘shdi. Bayoniyning Xiva xoni Asfandiyorxon topshirig‘iga binoan yozilgan 23“Shajarayi Xorazmshohiy” asari qadim zamonlardan boshlab, 1913 – 1914 yillargacha Xorazmda sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni qamrab olgan. O‘zining xarakteri bilan bu asar Munis va Ogahiy tomonidan yozilgan tarixiy asarlarning xulosasi va davomi hisoblanadi. Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, Murodiy kabi shoirlaming ijodi rivoj topdi. XVII-XVIII asrlarda «Go‘ro‘g‘li» majmuasi, «Tohir va Zuhra», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Sayyod va Hamro», «Sanobar», «Yusufbek va Ahmadbek», «Bahrom va Dilorom» kabi dostonlarning folklor va xalq og‘zaki ijodidagi ko‘rinishlari taraqqiy etdi. Bu davrda tarixnavislikdagi ilgarigi an’analar saqlanib qoldi. XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxonnning buyrug‘i bilan Shermuhammad Munis (1778-1829) «Firdavs ul-iqbol» («Baxt-u saodat jannati») asarini yaratdi. Xiva xonligining XVIII-XIX asrlar tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi bu asarni keyin- roq Olloqulixon topshirig‘i bilan Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi va 1872-yilgacha boigan voqealar bilan boyitdi. Shuning- dek, Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar orasida Bayoniy (1859--l923-yy.) ning «Shajarai Xorazmshohiy» asari ham qimmatli hisoblanadi. Xorazm O‘rta Osiyoda o‘ziga xos uslublarga boy boigan me’morchilik maktabiga ega vohadir. Bu hududda paydo boigan me’moriy inshootlar nafis bezaklari, jimjimador naqshlari bilan Xorazm me’morchilik maktabining o‘ziga xosligini ko‘rsatib turadi. XVIII-XIX asrlarda Xiva xonligida ko‘plab inshootlar bunyod etildi. Ayniqsa, xonlikning poytaxtlari Urganch va Xiva shaharlarida ko‘plab saroylar, masjid va madrasalar, xonaqolar, karvonsaroylar, yopiq bozorlar qurilgan. Xivadagi me’moriy yodgorliklar asosan Ichan (ichki) qal’ada bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi bo’lgan Dishan (tashqi) qal’a ham nodir me’morchilik namunasi hisoblanadi. Xonlikdagi boshqa shaharlar - Yangi Urganch, Hazorasp, Toshhovuz, Yangi Vazir, Shohabboz, Gurlan, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot kabilar mu- dofaa devorlari bilan o‘rab olinib, ularda ham ko‘plab me’moriy insho- otlar bunyod etilgan. Mavzuga xulosa tarzida ta’kidlash joizki, 24“XVI-XX asrning boshlarida mavjud bo‘lgan Xiva xonligi - 0‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixida, iqtisodiy va madaniy hayotda o‘z o‘miga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa hududlaridagi o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi”. Uning tarixi mamlakatimiz tarixining ajralmas va uzviy bo‘lagidir. chan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorliklardan biri. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva rabotidan (Dishan qalʼadan) baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvozadan (Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Toshdarvoza, Ota darvozadan) kirilgan. Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qalʼada joylashgan. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qadimgi davridan to moʻgʻullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Koʻhna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining shimoli-sharqiy burchagidagi qadimgi davrga mansub burj va qalʼa devori qoldiqlari saqlanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220-yildagi moʻgʻullar istilosidan keyingi tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqalar mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri XVI—XVII asrlarga toʻgʻri keladi. Shu paytda (Abulgʻozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davrida) Ichan qalʼada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xoʻjamberdibiy madrasasi (1688) kabilar bunyod etildi. Koʻhna ark istehkomlari mustaqkamlandi, koʻrinishxona (xonning qabulxonasi) qurildi (1686—1688). Buxoro bilan Eron oʻrtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (XVIII asrning 1-yarmi) Ichan qalʼa va, umuman, Xiva shahri qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat boʻlib turdi). Toʻrtinchi davri XVIII—XX asrlarni oʻz ichiga oladi. Bu davrda Oʻrta Osiyo mahalliy meʼmorligi anʼanalari asosida masjid, madrasa, tim va toqilar qurildi. Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yoʻl oʻtkazildi. XVIII-asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad koʻtardi. Ichan qalʼaning haroba devorlari tiklandi, bir qancha imoratlar taʼmirlandi. 1840—1842-yillarda ikki qavatli Qutlugʻmurod inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. 25“Muhammad Rahimxon I (1806—1825), Olloqulixon (1825—1842), Muhammad Aminxon (1845—1855) hukmronligi davrida Ichan qalʼada qurilish avj oldi. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etildi: Koʻhna arkda saroy qurilishi tugallandi”. Yangi va katta Toshhovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qoʻrgʻon devorining bir qismi buzilib, oʻrniga Olloqulixon karvon saroyi, madrasasi va timi qurildi, xalq ijodining ajoyib namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi qad koʻtardi. Arab Muhammadxon va Musa toʻra madrasasi ham shu davrda yaratildi. Muhammad Aminxon Ichan qalʼaning gʻarbiy qismiga — Koʻhna ark yoniga Kaltaminor nomi bilan mashhur boʻlgan minora qurdirdi. Bu minora garchi bitkazilmay qolgan boʻlsada, Ichan qalʼa mujassamotida katta oʻrin tutadi. Ichan qalʼa qurilishida Xiva meʼmorlari Oʻrta Osiyoda qadimdan qoʻllanib kelgan uslub — inshootlarni roʻparama-roʻpara qurish uslubidan (qoʻshdan) foydalanishgan. Masalan, Olloqulixon madrasasi bilan Qutlugʻ Murod inoq madrasasi, Shergʻozixon madrasasi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi shu uslubda qurilgan. Ichan qalʼa meʼmorligining yana bir oʻziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi. Masalan, Juma masjid yonidagi ikkita kichik madrasa, Muhammad Amin inoq va Matpanoboy madrasasi hamda Matniyoz devonbegi madrasasi ancha yirik ansambldir. Polvon darvoza oldidagi bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi oʻziga xos ansamblni tashkil etadi. Qutlugʻ Murod inoq bilan Olloqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid oʻrtasidagi maydoncha shu ansamblning mujassamot markazidir. Ichan qalʼa meʼmoriy yodgorliklari yogʻoch oʻymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqalar rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan.26“Ichan qalʼa ansambli meʼmoriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan (1961). 1990-yildan Ichan qalʼa UNESCOning Butun jahon yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan”. 1997 yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan asosiy yoʻnalishlarda joylashgan yodgorliklarni muntazam ravishda taʼmirlash, tiklash ishlari olib borildi. Xulosa Garchi, bu davrda tarixiy voqealarga xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yer egaligi, dehqonchiligi va irrigatsiyasi, me'moriy yodgorliklari va amaliy san'ati masalalari keng yoritilganini aytish joiz. Biroq, Xiva xonligidagi madaniyat, savdo, shaharsozlik masalalari yetarli darajada tadqiq etilmagan. XIX asrda mahalliy muarrixlar tomonidan yozilgan asarlarda Xiva xonligining geografik joylashishi, siyosiy ahvoli, harbiy salohiyati masalalariga katta e'tibor qaratilgan, madaniyat, xalqning turmush tarzi masalalari esa nisbatan kam o‘rganilganligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga xorij tadqiqotlarining deyarli barchasida Rossiya O‘rta Osiyoni, jumladan Xiva xonligini qurol kuchi bilan zabt etganligi qayd qilingan. Mustaqillik yillarida Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini yoritishda birlamchi manbalarga, arxiv hujjatlari ma'lumotlariga asoslanib, ilmiy adabiyotlar, risola va maqolalar nashr qilindi, nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Tadqiqotlarda xonlikda kechgan siyosiy jarayonlar, mamlakatda olib borilgan islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, Xiva xonligining xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma'lumotlarni qamrab olgan. Mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan xonlida kechgan siyosiy jarayonlar va islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, xonlikning xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Ushbu masalalar yuzasidan risola va maqolalar nashr etildi, nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.Muhammad Rahimxonning Xiva xonligida tutgan o’rni beqiyos. Chunki u bor kuch qudrati bilan davlatni rivojlantirishga harakat qildi va turli sohada islohotlar o’tkazdi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan Xiva xonligi tarixining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid keng ma'lumotlar taqdim qilingan bo‘lib, ularni o‘rganish va tahlil qilish tarixshunoslar oldiga katta vazifa qo‘yadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Azamat Ziyo. 0‘zbek davlatchiligi tarixi. - Toshkent: «Sharq», 2000. 2. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. . - Toshkent: « 0 ‘qituvchi», 1993. 3. Bayoniy. Shajarai Xorazmshohiy. - Toshkent: G‘.G‘ulom riashriyoti, 1994. 4. Vohidov Sh., Xoliqova R. Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan (XIX - XX asr boshlari). - Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2006. 5. Mutalov О. Xiva xonligi Olloqulixon davrida. - Toshkent, 2009. 6. Muhammad Rizo Emiyozbek o‘g‘li Ogahiy. Zubdat ut-tavorix. - Toshkent: «O'zbekiston», 2009. 7. Xudoyberganov К. Yozuvlarga yashiringan tarix. - Xiva, 1996. 8. G‘ulomov Ya. Xorazmning sug‘orilishi tarixi. - Toshkent: «Fan», 1959. 9. Hasanov S. Xorazm ma’rifati - olam ko‘zgusi. - Toshkent: «O'qituvchi», 1996. 10. Erqo‘ziyev A. 0 ‘rta Osiyo va G‘arbiy Yevropa o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va savdo yoilari tarixi. - Toshkent: «Yangi nashr», 2014. 11. Eshov B.J., Odilov A.A. 0 ‘zbekiston tarixi. I jild. - Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2014. Download 50.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling