Buxoro viloyat Kogon shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M. X


Download 7.46 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi7.46 Kb.
#1615303
Bog'liq
26.07.2022


Buxoro viloyat Kogon shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M.X.Karimova tomonidan 2021/22 o’quv yilining 2-yarim yilligida amalga oshirilgan pedagogik faoliyati haqida
MA’LUMOT
Karimova Munavvar Xayrullayevna 2021-2022- o’quv yilining II yarmida quyidagi ishlarni amalga oshirdi. Fevral oyida qator tadbirlar o’tkazishga harakat qildi.
Adabiyot dekadasida faol ishtirok etish maqsadida, 5-“G” sinfda 09.02.2022-yil Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida egrilik va to’g’rilik tushunchalari mavzusida ochiq dars o’tdi.
5-“B” sinf o’quvchilari bilan “Buyuklarga ehtirom” mavzusida adabiy-musiqiy tadbir tashkil qildi. Bu tadbir tomoshabinlarga manzur bo’ladigan darajada o’tkazildi. 5-6- sinflarda ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari bilan hamkorlikda ruboiyxonlik mushoirasini namoyish qildi. Bu mushoirdan lavhalar videorolik tarzida ham taqdim etildi. Videoroliklar ijtimoiy tarmoqlarda o’z aksini topdi. Respublika filologlari tomondan o’tkazilgan “Buyuk siymolarga ehtirom” tanlovida faol ishtirok etib, faxriy yorlig’- diplom bilan taqdirlandi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhmmad Bobur tavalludlariga bag’ishlab “Buxoro mintaqaviy temiryo’l uzeli” korxonasida o’tkazilgan ma’naviyat soatida “Yosh adabiyotshunoslar” to’garagi o’quvchilari bilan faol ishtirok etib tashakkurnoma va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
5-“B” sinfda ona tili fanidan “Puntuatsiya bo’limi haqida maa’lumot” mavzusida 2022-yil 26-aprel kuni namunali dars o’tkazdi. 7-“G” sinfda esa adabiyot fanidan 2022-yil 14-may kuni “Ernest Seton-Tompson”ning “Yovvoyi yo’rg’a” asari matni ustida ishlash “mavzusida ochiq dars tashkil qildi. Dars jarayonlarida ”Klaster”,”Kichik guruhlarda ishlash”,”Kim chaqqon,kim epchil”,”Muloqot”,”Venn diagrammasi”,”Zinama zina”,”Aqliy hujum”,”Zakovat”va AKT vositalaridan foydalandi Dars berayotgan 10-“B” va 10-“G” sinf o’quvchilari XTV tomonidan tashkil qilingsn insholar tanlovida faol ishtirok etib keldi. Bundan tashqari M.X.Karimova tashkil qilgan “Yosh kitobxonlik” klubi a’zolari “Zukko kitobxon” tanlovining sektor bosqichida shaharda I o’rinni egallashdi. 10-“B” sinf o’quvchisi Rasulova Ra’no va 7-“G” sinf o’quvchisi Azimova Mahliyobonu faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi. Bu tanlov 5 tashabbus olimpiadasi doirasida o’tkazildi. Kogon shahar 9-umumiy o’rta ta’lim maktabida tashkil etilgan o’quv mashg’ulotlarida doimo faol ishtirok etdi. “Eng yaxshi metodik tavsiya” tanlovining shahar bosqichida II o’rinni egallashga muvaffaq bo’ldi.
M.X.Karimova 2021-2022-o’quv yilida 9-maktabda o’tkazilgan “O’qish savodxonligi” o’quvlarida faol ishtirok etib 2ta dars ishlanmasi tayyorlab maktablarga yetkazdi.
M.X.Karimova “Yosh adabiyotshunoslar” va “Yosh tilshunoslar” to’garagi mashg’ulotlarini olib bordi. Respublikada o’tkazilgan “Fan to’garaklari” bo’yicha festival tanlovida “Yosh adabiyotshunoslar” to’garagi faoliyati bilan ishtirok etdi. 2022-yil 7-may kuni “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil qildi. Tadbirda Buxoro musiqali drama teatri oliy toifali aktyori, “Shuhrat” medali sohibi Anvar Mavlonov Buxoro musiqali drama teatri adabiy bo’lim mudiri, O’zbekiston yozuvchilar a’zosi Mohigul Nazarova, shoir Sulaymon Shodiyev, Kogon shahar deputati Nodira Mo’minova va bir guruh mehnat faxriylari tashrif buyurdilar.
M.X.Karimova 2021-2022-o’quv yilida dars bergan sinflarining o’quvchilari o’zlashtirishi ona tili fani 87%, adabiyot fani 85%, jami 86% ni tashkil etdi


Ona tili va adabiyot fani metod birlashma rahbari: U.M.Jo’rayeva
Download 7.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling