Mavzu; Hakim Sulaymon ota hikmatlar


Download 456.96 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi456.96 Kb.
#1032187
Bog'liq
Hakim Sulaymon ota hikmatlar

Mavzu; Hakim Sulaymon ota hikmatlar

.


121-guruh talabasi Abdiyeva Marjona
  • REJA;
  • 1. Beshigida avliyolar yotgan elim
  • 2. Boqirgʻoniy Sulaymon
  • 3. Sulaymon Boqirg'oniy - San'at sohasidagi mashxur shaxslar

 
  • .

Sulaymon Boqirg’oniy (XII asr –1126-1186)
  • Aksar ulamolar zikr qilingan tarixiy manbalarda, asosiy urg’u u zotlarning amalga oshirgan faoliyatiga berilib, bazi yoki nomalum sabablarga ko’ra onalari va ahli oilasining ismlari hamda ular haqidagi malumot juda kam kelib, yoki umuman aytilmagan ham bo’ladi. Shu bois, Sulaymon Boqirg’oniy volidasi va ahli oilasi - bolalari borasida ham bizda xabar mavjud emas. Afsuski Sulaymon Boqirg’oniyning bolalik va yoshlik yillari haqida ham manbalarda aniq malumotlar yo’q. Mashhur yurtdoshimiz Xoja Ahmad Yassaviyning zamondoshi, etuk shogirdi Qoraqalpog’istonda tug’ilgan Sulaymon Boqirg’oniy xalq orasida “Hakim ota” nomi bilan mashhur. Yassaviyga murid (shogird) bo’lgan, o’z iqtidori va sheriy istedodi bilan pirining etiborini qozongan. Uning sherlari jamlangan kitoblar inqilobdan avval ham bir necha bor nashr ettirilgan edi. Sho’rolar davrida esa, shoir Sulaymon Boqirg’oniyga ham, uning ijodiga ham noto’g’ri baholar (Hakim ota-diniy mistik shoir, jaholatni targ’ib qilgan, hukmron doiralar manfaatini ko’zlab ijod qilgan) berilgani sir emas. İstiqlol tufayli O’zbekiston va qo’shni mamlakatlarda Hakim otaning kitoblari nashr etila boshladi.
  • Shu narsa etiborliki Sulaymon Boqirg’oniyning besh tomdan iborat hikmatlar kitobi Qozog’istonda yaqin yillarda nashr ettirilgan. Kitob ham qozoq tilida, ham o’zbek tilida, ham arab imlosida nashr etilganligi etiborga molikdir. Sulaymon Boqirg’oniy ustozining tariqati qoidalarini yanada chuqurlashtirib keng xalq ommasiga etkazgan. Yassaviyona sodda, ravon uslubda ijod qilgan. O’z asarlarida islomni, shariat va tariqat qoidalarini targ’ib qilgan, kishilarni u dunyoni o’ylab yashashga, Allohning karamidan bahramand bo’lishga davat etgan. Sulaymon Boqirg’oniy marifatni Allohni tanish, uning nazariga tushish, deydi. Oliy muhabbatni Allohga bo’lgan muhabbat, deb tushuntiradi. U tariqat yo’lini komil insonni tarbiyalash yo’li, jannatga eltuvchi yo’l, deb biladi.
  • Sulaymon Boqirg’oniy o’z o’gitlarida davriga xos ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik va boshqa illatlar uchun javobgar shaxslarni u dunyo azoblari dahshatini eslatish bilan tarbiyalashga ham intiladi. İnsofsiz va iymonsiz amaldorlar, nopok ishlar bilan shug’ullanuvchi, xaromxo’r, nodon va johillar hamda bosqinchi, talonchilarni fosh etadi. Sulaymon Boqirg’oniy sherlari “Boqirg’on kitobi” nomi bilan mashhur. Uning “Bibi Maryam kitobi”, “Oxir zamon kitobi” kabi dostonlari ham bor. Bularda tasavvuf to’g’risida o’z fikrlarini bayon etadi. Sulaymon Boqirg’oniy turkiy sheriyatning boshlovchilaridandir. Sherlari tatar, boshqird va boshqa turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Sulaymon Boqirg’oniy kitobi XIX asr oxiri XX asr boshlarida Qozonda uch marotaba nashr etilgan. Uning yozgan asarlari, ustozi Xoja Ahmad Yassaviyning asarlari kabi o’lmas asarlar sirasiga kirib, ko’p asrlar davomida xalq orasida juda mashhur bo’lib kelgan, hamda biz va bizdan keyingi kelajak avlod uchun ham bebaho meros bo’lib qoladi.
  • Ustozi Xoja Ahmad Yassaviy o’zining istedodli shogirdi Hakim otani o’zga yurtlarga shayx qilib yuborishidagi asosiy oliy maqsadi ham “Yassaviya” talimotini yani tariqatini davom ettirib, shimoldagi cheksiz hududlarni egallab yotgan sahroyi turkiy qabilalari orasida islomni yanada keng yoyish va mustahkamlash edi. Bobomiz Hakim Sulaymon esa, ushbu vazifani ado etib, ustozining topshiriqlarini alo darajada bajarib, bu ishlarning uddasidan chiqadi va oltmish yoshida 1186-yili bu foniy dunyodan ko’z yumadi. “Manoqib” kitobida yozilishicha: “Hikoyatda andog’ kelib tururkim Hakim ota alayhir rahma kichiklikda maktabg’a borsalar, Quroni Sharifni boshlarig’a ko’tarib borur erdilar. Barcha o’g’lonlar bo’yunlarig’a ko’tarib osib borur erdilar. Va Hakim ota qaytarda yuzlarini ustozlari sari qilib, orqalarini uylari sari qilib kelur erdilar. Muborak odlari Sulaymon erdi. Kunlardan bir kun Xoja Ahmad Yassaviy rahmatullohi alayhir rahma eshiklarinda o’lturub erdilar ko’rsalar,bir bo’lak o’g’lon kelurlar va maktabga borur erdilar. Bularning orasinda bir o’g’lon Kalomullohni boshig’a ko’tarib borur erdi”. Buni ko’rib qolgan Xoja Ahmad Yassaviy rahmatullohi alayhi, Hakim Sulaymonni shogirdlikka qabul qilish maqsadida unga qarab aydilar: “Ustozing ijozat bersa, albatta, kelgil. Men sanga Quron o’rgatayin”. Bu so’zni eshitib, Sulaymon ustozig’a adab birla salom qildi va ijozat tiladi. Ustozlari ijozat berdi. Ondin so’ng ota-onasidin ijozat tiladi. Ota-onalari ham ijozat berdilar. O’zlari kelib, Xoja Ahmad Yassaviydin Quron o’granur erdilar. Sahl vaqtda barcha ilmlarni zabt qildilar. O’n besh yoshig’a etgandin so’ngra masum egach, tavba qilib Xoja Ahmad Yassaviyg’a murid bo’ldi. Barcha tariqi adablarni zabt qilib, o’grandi. Kechayu kunduz sharti adab birla xizmat qilur erdi” – deb yozilgan. (Sharqshunoslik institutida saqlana
  • Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan Jo’yboriyzoda qalamiga mansub,1330-hijriy (melodiy 1911-yil) da yozilgan avliyo Hakim ota to’g’risidagi “Manoqib” (tarjimai-hol) 2069/ V raqamli qo’lyozma kitobining 79-100-sahifalaridan nusxasi ko’chirib olinib, Hamidulloh Beruniy tomonidan 2006- yil 12-noyabr yakshanba kuni ushbu risola tabdil (tarjima) qilingan. Sulaymon Boqirg’oniyning shaxsiga va u zotning beqiyos manaviy merosiga Yurtimizda etibor yuksak darajaga ko’tarilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanidagi u zot oxir qo’nim topgan joylari obod qilingan. Allomaning asrlar davomida olimu fuzalolarga dastur bo’lib kelgan insof va adolat, insonparvarlikni targ’ib etuvchi g’oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko’plab axloqiy- manaviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan etiborga molikdir. Bobokalonimiz, Alloh taolo, u zotga ato qilgan muborak umrlaridan biror lahzasini ham behuda o’tkazmaganliklarini aqlan ilg’ab olsak bo’ladi.
  • __________________
  •  Manbalarda keltirilishicha, Sulaymon Bokirgʻoniy – yaʼni, Hakim ota Ahmad Yassaviyning eng iqtidorli va hakim shogirdi boʻlsa, buyuk mutafakkir, Zangi ota Hazratlarining ustozi boʻlganlar, — deydi “Mavluda-Qarligʻash” turistik agentligi rahbari Mavluda Yembergenova. — Sulaymon Bokirgʻoniy ustozi Ahmad Yassaviy tariqatini yurgizgan va sheʼriyatda izdoshlik qilgan iqtidorli va hakim shogirdidir. Uning hayoti va purmaʼno hikmatlari bugungi kunda butun dunyo tasavvuf ixlosmandlari tomonidan sevib oʻqiladi. 

Download 456.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling