Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi 2-son mtmda o’tkazilgan “Jajji go’zal” tadbir ssenariysi Qorako’l-2019 y


Download 0.76 Mb.
bet41/77
Sana17.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1527153
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
Aralash ssenariylar

«ATIRGUL» RAQSI IJRO ETILADI.


Yoz: Kelinglar bo’lmasa bolajonlar, sehrli so’zni hammamiz birgalikda aytaylik.
Hamma: Gul, gul, gul!
Tilagimni
Bajo qil.
Yoz: Biz quvnoqlar davrasiga tushib qolaylik.
ShE’R, QO’ShIQ VA RAQSLAR IJRO ETILADI.
Yoz: Bolajonlar kelinglar endi topishmoqlar mamlakatiga sayohat qilamiz.
Hamma: Gul, gul, gul!
Tilagimni
Bajo qil.
Yoz: U tushganda dala qir
Kuladi qiqir-qiqir (yomg’ir).
Qo’lsiz oyoksiz eshik ochar (shamol).
O’yib oldim yuzi yuq (suv).
Ko’zga ko’rinmas qo’lga ilinmas
Usiz xech joyda hayot ham bo’lmas (havo).
(bolalar topishmoq javoblarini o’ylab aytib beradilar)
Yoz: Qani bolalar sehrli so’zimizni aytishda davom etamiz.
Hamma: Gul, gul, gul!
Tilagimni
Bajo qil.
Yoz: Biz Bilmasvoy huzurida bo’lib qolaylik.
(Bilmasvoy tomog’i bog’langan issiq kiyimlar kiygan holda chiqadi)
Bilmasvoy: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, xush kelibsizlar.
Yoz: Ha Bilmasvoy, senga nima bo’ldi?
Bilmasvoy: Kasal bo’lib tomog’im og’riyapti suvga tushishim bilan tomog’im shishib istimam ko’tarilib ketyapti.
Yoz: Ha juda yomon bo’libdiku. Sen chiniqishing kerak. Sen noto’g’ri davolanayotgan bo’lsang kerak.
Bilmasvoy: Davolanishmi ey qo’ysangizchi dorilarni ko’rgim yuq. Oq halatli doktorlarni ko’rsam, oyoqlarim titrab, ko’rqib ketaman.
Yoz: Qo’rqma Bilmasvoy biz senga yordam beramiz. Hozir huzurimizga Doktor Voy jonimni chaqiramiz.
(Yoz yonidan telefon olib doktorni chaqiradi)
Yoz: Allo bu doktor Voyjonimmi.
Doktor: Ha to’g’ri terdingiz
Yoz: № nomerli bolalar bog’chasiga yetib kelsangiz, bizda bitta kasal bor uning oti Bilmasvoy.
Doktor: Ho’p hozir yetib boraman.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling