Chittigul. O`zbek xalq qo`shig`i
Dupur-dupur ot keldi,
Chiqib qarang kim keldi,
Aravada un keldi,
Childirmada gul keldi,
Ha-yu chittigul
Ha-yu chittigul
Gul yaxshi-yu, gul yaxshi,
Gulning popugi yaxshi
O`rtada o`ynagan qizlarning
Haydar ko`kili yaxshi
Ha-yu chittigul
Ha-yu chittigul
“Chamanda gul ochilibdi” qo`shig`i
Endi navbat musiqa, ashula va o`yinlarga
“Gullar va Qushlar” bayrami
Gul… Uning go`zalligidan, insonga quvonch ato etuvchi xush iforidan bahra olmaydiganlar topilmasa kerak. Ayniqsa, bizning xalqimiz gul shaydosi, shu bois Vatanimizda qishin, yozin turli xil gullar yetishtiriladi. Namanganda esa har yili “Gullar va Qushlar”ni o`tkazish an`anaga aylangan. Bizning 21-umumiy o`rta ta`lim maktabida ham har yili “Gullar va Qushlar” bayrami o`tkaziladi. Shu tadbirni senariysi bilan tanishamiz.
Maktab sahnasi o`ziga xos bayramona usulda chiroyli gullar va qushlar bilan bezatilgan ohista musiqa yangraydi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.
1-boshlovchi: (Gullarga qarab) – Do`stim, qarang, bu qadar go`zal manzara. Bu qadar go`zalgullar. Bular tabiatning chin mo`jizasi emasmi?
2-boshlovchi: - Ha, to`g`ri aytdingiz, gullar haqiqiy go`zallik timsolidir. Bugungi bayramimiz ham anashu tabiatning nodir mo`jizasi-gullar nomi bilan ataladi. Qarang, bayramga qancha mehmonlar yig`ilishgan. Keling, ular bilan salomlashaylik.
1-boshlovchi: - Assalom deganda ochilgay gullar
Assalom deganda sayrar bulbullar
Assalom deganda quyosh kuladi,
Dillarga ezgulik nuri inadi.
2-boshlovchi: - Assalom, davramizning siz aziz mehmonlari,
Assalom, ilmu fanning sohibi davronlari!
Mo`tabar otaxonu onaxonlar assalom!
Yuzlarga kulgu balqqan bolajonlar, assalom!
(Boshlovchilar ta`zim ila sahnadan chiqishadi ohista musiqa yangraydi. Boshlariga gulchambar taqqan qizlar raqsga tushadilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |