O’zbekiston Davlat madhiyasi yangraydi.
2-Boshlovchi:Assalomu alaykum Kelajagi buyuk davlatimizning ertangi kuni egasibo’lgan ѐshlarni tarbiya qilѐtgan hurmatli ustozlar va bolajonlar!
Elimizda bugun ramzimiz kuni
Ilmu ziѐni ulug’lang ѐshlar
Kelajagi buyuk O’zbekistonni
Xakchil farzandi bo’lingiz ѐshlar.
1-Boshlovchi: Aziz ѐshlar, hurmatli ustoz -u murabbiylar biz sizlar bilan
shunday ajoyib kunlarda ko’rishib turganimizdan behad xursandmiz va shu
fursatdan foydalanib, barchangizni mana shu qutluq ayѐm bilan muborakbod
etishga ijozat bergaysizlar.
2-Boshlovchi: Bugun esa ozod va obod diѐrimizni har bir bilim maskanlarida, mahallayu-qishloqlarida, so’lim go’shalarida
O’zbekiston Respublikasining gerbi tasdiqlangan kuni nishonlanmoqda.
1-Boshlovchi: Shu munosabat bilan mana shu ulug’ sanaga bag’ishlangan bog’chamizdagi bayram tadbirini ochib berish uchun so’zni bog’cha rahbari, hurmatli ustozimizgaberamiz! Marhamat!
So’z bog’cha mudirasiga beriladi.
Bolalar Vatanimizni madh etuvchi raqslar ijro etib beradilar.
2-Boshlovchi: Yaratganga beadad shukurlar bo’lsinkim, Al -Farg’oniy, Ibn Sino,Naqshbandiy kabi olimu ulamo farzandlarni yetkazib bergan xalqimiz boshidaistiqlol quѐshi porlab, 28 yil fursat ichida Respublikamizda tarixzarvaraqlariga zarhal harflar bilan ѐzishga arzigo’lik ko’plab ishlar,
isloxatlar amalga oshirildi.
1-Boshlovchi:1992 yil 2 iyul. Bu sana tanti va mard, ochiq ko’ngil va
mehmondo’st, halol va mehnatkash o’zbek xalqi haѐtida ѐrqin iz qoldirdi.
Xalqimizning , ota - bobolarimizning, ajdodlarimizning azaliy orzulari
ro’ѐbga chiqdi.
2-Boshlovchi:Shu kundan boshlab xalqimiz , millatimiz solnomalarida yangisahifa ochildi va bu kitobga O’zbekiston Respublikasining gerbi 1992 yil 2 iyul kuni qabul qilingan degan sarlavha qo’yildi.
1-Boshlovchi:Davlat gerbi O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Bola:O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko’rinishga ega: tog’lar, daryolar va so’l tomoni bug’doy boshoqlaridan, o’ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g’o’za shoxlaridan iborat chambarga o’ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |