2-Boshlovchi: Rosa charchagandirsana a?
Shum bola: Ha, O’zbekistonimiz juda ham bepayon ekan. Ayniqsa yoz faslida judayam chiroyli ko’rinar ekan. Sizlarning bolalaringiz bilimlimi?
1-Boshlovchi: Bilimli, ular juda ko’p narsalarni biladilar.
Shum bola: Bo’lmasam men ularga savollar berib ko’raman. O’zbekistonimizning poytaxti qaysi shahar?
Bolalar javobi:
Shum bola: To’g’ri Toshkent shahri. Qani O’zbekistonimizning ramzlarini aytib beringlarchi?
Bola:Bayroqchamizga qarang, yashil,oq va havo rang.
Mustaqillikni yoqlab, turibdi u hilpirab.
Yulduzlar va yangi oy, bayroqqa berib chiroy,
Osmon uzra yaltirar, uzoqlardan ko’rinar.
Bola: Tamg’amizga bir qarang tovlanadi rang-barang,
Unga beradi chiroy tepasida xilol oy.
Bir tomonda paxtazor quyosh nurin sochadi.
Amudaryo, Sirdaryo chanqog’imiz bosadi.
O’rtasida Xumo qush bizga omad tilaydi.
O’zbekiston nomini jahon uzra taraydi.
Bola:Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abadilmufan, ijod,
Shuhratingporlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar - jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Shum bola:Rahmat bolajonlar O’zbekistonimizning ramzlarini judayam yaxshi bilar ekansizlar sizlarga qoyil qoldim. Gerbimizdagi Xumo qushi nimani bildiradi?
Bola:Xumo qushi tinchlik, yaxshilik, baxt –saodat ramzidir.
Shum bola:Barakalla bolajonlar! Gerbimizda ifodalangan gullagan vodiy, quyosh, bug’doy boshoqlari, ochilgan paxta chanoqlari nimani bildiradi?
Bola:Gerbimizdagi ifodalangan gullagan vodiy, quyosh, bug’doy boshoqlari, ochilgan paxta chanoqlari yurtimizning boyliklarini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |