Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi 2-son mtmda o’tkazilgan “Jajji go’zal” tadbir ssenariysi Qorako’l-2019 y
-shart bo’yicha qizlarning raqs mahoratlari namoyish etiladi va hakamlar tomonidan baholanadi Shart
Download 0.76 Mb.
|
Aralash ssenariylar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. shart.
- «Balli qizlar» tanlov ertaligi.
3-shart bo’yicha qizlarning raqs mahoratlari namoyish etiladi va hakamlar tomonidan baholanadi
Shart -She’riyat qadim buyuk so’qmoq ekan….. degan ekan bir shoir. Darhaqiqat she’riyat ummoni keng, sarhadlari cheksiz. Bizning qizlar she’riyatga juda qiziqishadi. Sizlarga hozir Muhammad Yusufning “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor.” She’rini aytib bermoqchimiz. Marhamat tinglang 5. shart Dasturxon tuzash-ushbu shartda qizlarning qanday mehmon kutishlari, yoki qanday dasturxon ustini bezashlari sinovdan o’tkaziladi. Bunda har bir narsaning qayerda va qanday joylashtirilganiga hakamlar hay’ati qat’iy e’tibor berishlari zarur. 6. shart. Sahna ko’rinishida mavzudan kelib chiqqan holda qizlarning aktiyorlik mahorati kuzatiladi. 7. shart Tort bezashda sharoitdan kelib chiqib, qizlar buni og’zaki tushuntirsalar ham bo’ladi 8. shart Ovqat pishirish shartida qizlarga maxsus konvertlar beriladi. Konvertlar ichida ma’lum bir yoki ikkita ovqatning nomi yozilgan bo’ladi. Qizlar shu ovqatlarning qanday tayyorlanishi haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Hakamlar hay’ati ushbu shartni baholashda mahsulotlar ketma-ketligi va necha kishiga mo’ljallanganligiga e’tibor beradilar. «Balli qizlar» tanlov ertaligi. Boshlovchilar: Assalomu alaykum aziz mehmonlar! Tabriklar sizni shu dam, shirinso’z bolajonlar! Biri gul, biri bulbul onajonlar assalom. Assalomu alaykum nuroniy buvijonlar, mehribon onajonlar, hurmatli tarbiyachi opajonlar. Sizlarni bahor bayrami, xotin-qizlar kuni 8-mart bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Sizlarga sog’lik, omonlik va baxt tilaymiz. Aziz mehmonlar, sizlarni katta guruh bolajonlari bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaydi. «Muqaddas ayol» musiqasi ostida bolalar zalga kirishadi. Boshlovchi: Keldi bahor, gul bahor Erib bitdi oppoq qor Uchib keldi qushlarjon Daraxtlar taqdi marjon Chuchmomalar yayrashar, Sho’x bulbullar sayrashar, Bizga shodlik keltirgan Salom senga gulbahor. Assalomu alaykum aziz mehmonlar! Bugungi bayram bilan barchangizni chin dildan tabriklayman! Va barchangizni bugungi lobar, dilbar, epchil, chaqqon qizlarimizning bellashuviga taklif etaman. «Balli qizlar» tanlovini ochiq deb e’lon qilaman. Marhamat tomosha qiling. Davraga tanlov ishtirokchilarini taklif etaman. Marhamat kutib oling! Mfna qizlarimiz ham joylarini egallashdi. Endi bugungi shartlar bilan tanishtiraman. Bugun qizlarimiz 4 ta shart bo’yicha bellashishadi: I - shart: tanishtituv ( 3 daqiqa ) II - shart: paypaslab topish ( 3 daqiqa ) III - shart: salat tayyorlash ( 10 daqiqa ) IV - shart: raqs «Xorazm lazgisi» Mana azizlar, qizlarimiz shu shartlar bo’yicha bellashishadi. Endi hay’at a’zolari bilan tanishtiraman.
Boshlovchi: Mana azizlar Hay’at a’zolari bilan ham tanishib oldik. Qizlarimiz I shartga tayyorgarlik ko’rgunlariga qadar «O’zbekiston yoshlari» deb nomlangan juftlik raqsini tomosha qilamiz. Raqs: «Juftlik» Boshlovchi: I shart: 1-raqamdagi qizimiz Moxiraxon 1-raqamdagi qizimiz Muqaddasxon 1-raqamdagi qizimiz Xanifaxon 1-raqamdagi qizimiz Zamiraxon 1-raqamdagi qizimiz Diyoraxon marhamat davraga. Hay’at a’zolari I shartni baholagunlariga qadar bahor haqida she’rlarga navbatni beramiz.
Qo’llarda sozi bilan Gul-g’uncha parvoz bilan Uchib turna g’oz bilan O’lkamga bahor keldi. Boshlovchi: I shart bo’yicha ballarni e’lon qilish uchun navbatni hay’at a’zolariga beramiz. Marhamat. Endi qizlarimiz II shartga tayyorlangunlariga qadar navbatni ashulaga beramiz. Ashula: «Onajonlar assalom» Boshlovchi: II shart bo’yicha qizlarimizni davraga taklif qilaman. Marhamat qizlar. II shart. «Paypaslab topish» Hay’at a’zolari II shartni baholagunlariga qadar o’g’il bolalar ijrosida «O’zbekiston o’glonlari» raqsini tomosha qilamiz. Raqs: «O’zbegim o’glonlari» Boshlovchi: II shart bo’yicha qizlarimizni olgan baholarini e’lon qilish uchun hay’at a’zolariga so’z navbatini beramiz. Boshlovchi: Endi davraga qizlarimizni onalari bilan davraga taklif qilaman, III shart onajonlari bilan birgalikda bajariladi. Qani onajonlar va qizlar. III shart «Salat» tayyorlash Qizlarimiz III shartni bajarishguncha navbatni onalarimiz haqidagi she’rlarga beramiz.
Boshlovchi: III shartni baholashguncha navbatni «Bahorjon»ashulasiga beramiz. Ashula: «Bahorjon» Boshlovchi: III shart bo’yicha qizlarimizni olgan ballarini e’lon qilish uchun navbatni hay’at a’zolariga beramiz. Marhamat. Boshlovchi: Endi qizlarimiz IV shartga tayyorgarlik ko’rishguncha navbatni kichik bir reklamaga beramiz. Reklama: «Taylol hot» Onam bugun meni o’pib qo’ymadilar, mendan xafamikinlar? Oyisi aksa uradi. Ha, bildim, onam shamollab qolgan ekanlar, shuning uchun o’pib qo’ymabdilar. Onajon mana sizga «Taylol hot»ichib oling, tuzalasiz. (Oyisi dorini ichin tuzaladi) Bolalarini o’pib qo’ydi. IV shart: «Xorazmcha raqs» Boshlovchi: IV shartni hay’at a’zolari baholagunga qadar navbatni she’rlarga beramiz.
Boshlovchi: IV shart bo’yicha qizlarimizni olgan ballarini e’lon qilish uchun Hay’at a’zolariga so’z navbatini beraman. Ashula: «Onajonim» Boshlovchi: Endi navbatni MTM mudirasi D.M.Isxakovaga beramiz. Umumiy qizlarimiz to’plagan ballarni e’lon qiladilar. Marhamat. Boshlovchi: Ona bosh qo’ygan yostig’iga Farishtalar sajda qilarkan. Onam qadam qo’ygan dargohga Avliyolar chiroq yoqarkan. Ona aytgan munis alladan Shoir ahli she’rlar to’qirkan. Ona uchun oy tunda yog’du, Quyosh kunduz nurin to’karkan. Mana aziz mehmonlar! Nuroniy onaxonlar, hamkasabalar, bahorning erka bayramiga atalgan «Balli qizlar» ko’rik-tanlovi o’z nihoyasiga yetdi. 5 ta bilimdon, chaqqon hamda zukko qizlarimiz bellashishdi. Kelajakda dunyodagi barcha qizlarga, onalariga, jamiki ayol zotiga sog’lik, omonlik, sabr-toqat, matonat tilab, bugungi tadbirimizga yakun yasaymiz, e’tiboringiz uchun rahmat. «Bolalarning onalari»musiqasi ostida zalni aylanib chiqib ketishadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling