Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi 2-son mtmda o’tkazilgan “Jajji go’zal” tadbir ssenariysi Qorako’l-2019 y


Download 0.76 Mb.
bet58/77
Sana17.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1527153
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Bog'liq
Aralash ssenariylar

SUV BAYRAMI
Tadbir joyi bayramona bezatilgan. Suv havzasi atrofida doira shaklida joylashadilar.
(Suv havzalari yo’q MTM lar sun’iy basseynlardan foydalanishi tavsiya etiladi.)
Boshlovchi: Suvlarning o’z gashti bordir,
Chamanzor-u dashti bordir.
Suv sathiga qarang bir-bir,
Dilda aslo qolmas g’ubor.
Suv osti ham ajib olam,
Yo’llari bor, gullari bor.
Cho’milamiz yayrab yashnab,
Mazza qilib kalla tashlab.
Qadrli bolajonlar, aziz mehmonlar, ota-onalar mana bugun biz orziqib kutgan damlar ham yetib keldi. Bugun bog’chamizda “Neptun-Suv” bayrami ertaligiga to’planib turibmiz.
Bugungi o’tkazilayotgan ertak ko’rinishidagi“Neptun-Suv” bayramimizni ochiq deb elon qilamiz.
Bola: O’lkamizda kezmoqdadur oltin yoz,
Yo’llarida chamanzorlar poyondoz.
Yoshlik kuyi jaranglaydi sho’x ovoz,
O’lkamizda kezmoqdadur oltin yoz.
Bola: Salqin bog’cha bog’larida o’ynaymiz,
Do’stlarimiz zavqi bilan quvnaymiz.
Tiniq suvda cho’milamiz yayraymiz,
Salqin bog’cha bog’larida yashnaymiz.
Bolalar raqs ijro etib beradilar.
Boshlovchi: Aziz bolajonlar ertak tinglaysizlarmi? Xozir bo’lmasa men sizlarga dengiz saltanatida nima voqyelar bo’lganligi haqida aytib beraman.
Bor ekanda yo’q ekan, to’q ekanda och ekan qadim dengiz saltanatida Suv qiroli yashagan ekan.Suv qiroli butun okean, dengiz, suv havzalari hukumdori ekan.U hyech ham zerikmas ekan. Goh o’zining tilla tojini qum bilan ishqab tozalar , suvda ketayotgan kema va qayiqlarga tegajoqlik qilib suvni to’lqinlantirib o’tirar ekan. Lekin har yili bir marotaba “Suv” bayrami qilib berab, hammani bayramga taklif qilar ekan.Kelinglar bo’lmasa ushbu bayramni tamosha qilamiz.
Bola: Quyosh nuri bilan silar keng o’lkamiz husnini,
Qonib tomosha qiling “Neptun” bayram to’yini
1 Jarchi:Suv osti saltanati yashovchilari
Exe...xe..xeyey eshtmadim demanglar!
Bugun Suv osti saltanatida
Katta bayram bo’ladi.
Exe...xe..xeyey......
2 Jarchi:Dengizlar saltanatining hukumdori,
To’fonlar, shamollar, ko’llar shohi,
Uchqur yelkanli kemalar podshohi “Neptun”
Barchani “Suv” baramiga taklif etadi!
Exe...xe..xeyey...........!
1 Jarchi: Va shunday farmon beradi.
“Barcha o’ynasin-kulsin
Hyech kim g’amgin bo’lmasin
Barcha Yursin, yayrasin,
Hamma raqsga tushsin.”
Bolalar “Lambada” raqsini ijro etib beradildar.
Shunda Neptun qirolining Suv pari qizlari Laylo, Fotima, Zuxra,Zulfiya, Farida, Gulnor, Gitta, Zitta, Ariyettalar ushbu bayramga to’planib kulishib, chaqchaqlashib doira bo’lib turishib “100 o’rtoq” nomli o’yin o’ynaydilar.
Suv pariylari:Davrani keng oling
Boshlaymiz o’yin
O’ynaymiz quvnaymiz
Do’stlikning kuyin.
Do’st bo’lar suvda kemalar
Do’st bo’lar suvda baliqlar
Do’st bo’lar dengiz va okean
Do’stmiz biz suvpariylar ham.
1 Suv pariy:Davranikeng oling boshlaymiz o’yin
Menda bor 100 o’rtoq bu, bu, bu, bu.
Sevimli, sevimli, sevimli..........
Iye... Gulchatoy kenja singlimiz ko’rinmayaptimi.
Opa singillar musiqa ostida kenja singillari Gulchatoyni istab ketadilar.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling