Buxoro viloyati Romitan tumani


Download 194.5 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi194.5 Kb.
#1070082
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5197499912421381380





Buxoro viloyati Romitan tumani
35-umumiy o`rta ta’lim maktabida
tarix fani o`qituvchisi Achilova Madina
hamda 9-B sinf o`quvchilari tomonidan
OITS – asr vabosi
mavzusida tashkil etilgan
tadbir senariysi

1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, aziz ustozlar, davramizga tashrif buyurgan aziz mehmonlar! Sizlarni davramizning eng aziz mehmoni sifatida ko’rib turganimizdan g’oyatda xursandmiz.
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum maktabdosh do’stlar-u, qadrli opa-singillar, aka-ukalar!
Boshlovchi: - Mamlakatimizning kelajagi biz yosh avlodni qanday tarbiyalamog’imizga, ularning dunyoqarashiga, ruhiy, jismoniy salomatligiga bog’liqdir. Sog’lom avlodni tarbiyalash birinchi darajali vazifa hisoblanadi va u davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2003-2005 yillarga mo’ljallangan OIV-OITS ga qarshi kurash bo’yicha strategik dastur ham ishlab chiqildi.
O’quvchilar bugungi tadbirimiz shiori: “Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’ladi”
Boshlovchi: Turli lillatlar yotdir bizlarga,
Dillar sarboni, ravon yo’llarimiz.
Hayot to’kisligi bizlarga yordir,
Farovon hayot ilm-u najotdir.
Boshlovchi: Yurtimizda fevral oyi –yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurash oyligi deb e’lon qilindi.
Boshlovchi: OITS va giyohvandlik nima?
1-o’quvchi: -Dunyodagi kasalliklarning eng xavflisi, XXI asr vabosi deb atalayotgan OITS dir. Bu odam organizmida immunitet yetishmay qolishi oqibatida har xil kasalliklar paydo bo’lishi, xatarli o’smalar rivojlanishi bilan ta’riflanadigan o’ta xavfli kasallik.
2-o’quvchi:- Giyohvandlik - og’ir dard. Bu dardni botqoqlikka botayotgan odamga o’xshataman. Chunki botqoqlikka botayotgan odamga tashqi kuch yordam bermasa, u cho’kib halok bo’ladi. Giyohvand kishini ham oila, ham mahalla, ham jamoat kuchi bilan darddan olib chiqish mumkin. Bo’lmasa giyohvandlik kasalligining oxiri o’lim bilan tugaydi.
3-o’quvchi:-Giyohvandlik-yomon illat. Giyohvandlar narkotik moddalarga o’rganib qolish tufayli kasallik singdiromiga chalinadilar. Turli zaharli kuchga ega bo’lgan giyohvand moddalarni qon tomirlariga yuborishlari oqibatida inson tanasi zaiflashib borishi bilan birga ular turli jinoiy ishlarga ham qo’l uradilar. Ular o’z organizmlarini doimiy zaharlashlari tufayli ayrim hollarda bu illat o’limga ham olib kelishi mumkin.
4-o’quvchi:- Men giyohvandlikni qurt tushgan olmaga o’xshataman. Mevaga qurt tushdimi daraxtda turmaydi, uzilib tushadi. Hamma narsadan - oiladan, jamiyatdan ajralib qoladi.


Boshlovchi:-Mana, bugungi tadbirimizda “Giyohvandlik va OITS –XXI asr vabosi” ekanligini bilib oldingiz. Kasal bo’lgandan ko’ra, uning oldini olish afzalligini anglab yetdingiz.



Giyohvandlik-bir illat
Yurtga keltirar kulfat.
Adashtirar yo’lingdan,
Ota-ona, elingdan.
Simirar u qoningni,
Kemiradi joningni.
Zarar qilar naslingga,
Qaytolmaysan aslingga.


O’g’irlar xush-aqlingni,
Jarohatlar qalbingni.
Ayiradi hammadan-
Urug’-aymoq-ommadan.
O’g’il-qizim, sol quloq,
Undan doim yur yiroq.
O’qib-izlab, bilim ol,
O’sgin sog’ va barkamol!





Download 194.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling