Buxoro viloyati yuridik kolleji III bosqich 38-guruh talabasi sobirov javohirning
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
SOBIROV JAVOHIR
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
- 2-MAVZU O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining CHEKLANGAN
- 4-MAVZU Davlat xizmatlari agentligini tashkil etishdagi dastlabki harakatlar
- 5-MAVZU O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 4-apreldagi yig’ilishida so’zlagan nutqi
- 6-MAVZU 7-MAVZU Davlat xizmatlari agentligi xizmatidan foydalanishdagi muammolar
- 8-MAVZU DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH MILLIY TIZIMINI JADAL RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
- 9-MAVZU Davlat xizmatlari ko‘rsatishda qo‘llaniladigan elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun
- 20-MAVZU 21-MAVZU
- 28-MAVZU Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi
- 29-MAVZU Davlat xizmatlari agentligini tashkil etish uchun zaruratlar
BUXORO VILOYATI YURIDIK KOLLEJI III BOSQICH 38-GURUH TALABASI SOBIROV JAVOHIRNING DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGIDA AMALIYOT O’TASH BO’YICHA YOZGAN MAVZULARI.
DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5278-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida: 1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Agentlik hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlar soni 2 va 2a-ilovalarga muvofiq; Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarining (keyingi o‘rinlarda Markazlar deb yuritiladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oldingi tahrirga qarang. 2. Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni kuyidagi miqdorlarda belgilansin:
Agentlikning markaziy apparati 58 birlik; Agentlikning hududiy boshqarmalari 216 birlik. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda: Agentlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish; Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, Markazlar, FHDY arxivlari va filiallar uchun qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish; mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikda ishga jalb etish huquqi berilsin. Agentlik direktori maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosariga, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga tenglashtirilsin. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son) 3. Agentlikka kuyidagi huquqlar berilsin: davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirish; davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonunbuzilishlar, ularga imkon beruvchi sabablar va shartsharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo ko‘llash; Markazlar orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish. 4. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Oldingi tahrirga qarang. tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda Markazlar va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigandavlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar; ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar; (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31- yanvardagi PF-5930-sonli Farmoniga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son) adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari; qonun hujjatlariga muvofiq pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar; mansabdor shaxslar davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganligi uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarima summalari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Oldingi tahrirga qarang. 5. Agentlik Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 17-uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11- iyuldagi PF-5475-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalari joylashtirilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki hafta muddatda Agentlik to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin; bir oy
muddatda davlat xizmatlari ko‘rsatish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. 2-MAVZU O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 13 — 17 birlikni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 216 birlikni tashkil etadi. (2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga 2a-ILOVA
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarining NAMUNAVIY TUZILMASI Shtat birliklari umumiy soni — 3 — 17 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 3 — 14 birlik Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari xodimlarining umumiy soni — 1 550 birlik * Izoh: shu’balarda Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan kelishiladigan miqdorda vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan xizmat safariga yuboriladigan xodimlar faoliyat ko‘rsatadi. (3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi PQ-4461-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 07/17/3430/0406-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son; 01.02.2 3-
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi ma’ruzasidan Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar quyidagilarni ta’minlasin: davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, qog‘oz shaklda saqlanayotgan ma’lumotlarni, elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutgan holda, bosqichma-bosqich raqamli ko‘rinishga keltirish; ortiqcha tartibotlarni yo‘qotish va byurokratik unsurlarni kamaytirishni nazarda tutgan holda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini maqbullashtirish, natijalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda ularni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqish; o‘zlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini “Elektron hukumat” va Agentlik axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda choratadbirlarning qisqa muddatlarda ijro etilishini nazarda tutgan holda, mazkur band ijrosini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilsin. 4-MAVZU Davlat xizmatlari agentligini tashkil etishdagi dastlabki harakatlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-dekabrdagi "Aholiga davlat xizmatlari ko'rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. 2018- yil 1-yanvardan "yagona darcha" markazlari Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi. Bugungi kunda mazkur markazlar tomonidan bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha ariza berish, fuqaroni jamg'arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo'yish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, loyiha hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga, yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilish uchun ruxsat berish kabi xizmatlar ko'rsatish yo'lga qo'yilgan. Prezidentimiz markazlar orqali ko'rsatiladigan davlat xizmatlari turini yanada ko'paytirish bo'yicha topshiriqlar berdi.
Davlat xizmatlarining har bir turi "Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi" tamoyiliga ko'ra, vakolatli davlat organlari, tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtiriladi. Albatta, odamlarning mushkulini oson qiladigan, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bu tizim xalqimizga katta qulaylik yaratmoqda. Lekin hali joylarda ayrim kamchiliklar borligi tezkor va sifatli xizmatlar ko'rsatishda qiyinchilik tug'dirmoqda. Masalan, ayrim vakolatli organlarda davlat xizmati ko'rsatish bo'yicha elektron axborot tizimi to'liq joriy etilmagan, idoralararo elektron axborot almashuvi yo'lga qo'yilmagan. Ayrim Davlat xizmatlari markazlari optik tolali internet tarmog'iga ulanmagan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-aprel kuni aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatish borasidagi ishlar tahlili va galdagi eng muhim vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda bu muammolar tanqidiy tahlil qilinib, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga 50 ta davlat xizmatlari bo'yicha elektron axborot tizimi va
elektron ma'lumotlar bazasini yaratish, barcha davlat xizmatlari markazlarini optik tolali internetga ulash bo'yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, barcha markazlarda elektron navbat tizimini ishga tushirish, uyali telefonlar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradigan dasturlar yaratish zarurligi ta'kidlandi. Davlat xizmatlari markazlari binosining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va davlat- xususiy sheriklik asosida zamonaviy qilib qurish, bu borada investorlarga imtiyozlar berish vazifasi qo'yildi. Ma'lumki, tadbirkorlikka doir 35 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar hukumat tomonidan beriladi. Bunday o'ta markazlashish tadbirkorlik rivojiga to'sqinlik qiladi. Shu bois, "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llabquvvatlash yili" Davlat dasturiga muvofiq, litsenziyalar va ruxsat berish tartibqoidalarini keskin qisqartirish va soddalashtirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Kadastr va qurilish sohalarida davlat xizmatlari ko'rsatish qoniqarsiz ahvolda ekani jiddiy tanqid qilindi. "Ergeodezkadastr" qo'mitasiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr hujjatlarini elektron tartibda yuritish, kadastr guvohnomalarini qog'ozda emas, balki elektron reyestrdan ko'chirma shaklida berish amaliyotini joriy etish vazifasi topshirildi. Shuningdek, barcha ruxsatnoma va litsenziyalarni elektron tizim orqali taqdim etish imkonini beradigan "Litsenziya" axborot kompleksini joriy yil may oyiga qadar to'liq ishga tushirish zarurligi ta'kidlandi. Yig'ilishda ta'kidlanganidek, 2021-yilgacha 5 milliondan ziyod haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish zarur. Biroq bu bo'yicha har bir viloyatda 3-4 ta, mamlakatimizda jami 49 ta tuzilma bor, xolos. Endilikda haydovchilik guvohnomalarini almashtirib berishni ham Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish, buning uchun ushbu markazlarga yo'l harakati xavfsizligi vakili biriktirish rejalashtirilgan. Sayyor qabullarda bildirilgan takliflarni inobatga olib, Adliya vazirligiga Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavr bosqichiga hujjatlarni joylardagi davlat xizmatlari markazlari orqali topshirishni tajriba tariqasida joriy qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Yig'ilishda sohaga mas'ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini takomillashtirish bo'yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
(Prezident ma’ruzasi) Mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha keng miqyosda boshlangan ishlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik). Hozirgi vaqtda nafaqat tadbirkorlarga, balki aholiga ham eng zarur va talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatish maqsadida respublikaning har bir tuman va shaharlarini qamrab olgan Xalq qabulxonalari huzuridagi davlat xizmatlari markazlarining yagona tarmog‘i yaratildi. Shu bilan birgalikda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlarga qaramasdan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida foydalanilmagan imkoniyatlar va hal etilmagan muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan: birinchidan, bir qator tashkilotlarda bazaviy axborot tizimlarini joriy etish masalalari va ularning idoralararo integratsiya qilinishi past darajada ekanligi davlat xizmatlarini qulay va o‘z vaqtida ko‘rsatishni ta’minlamayapti. Ko‘rsatib o‘tilgan
kamchiliklar, ayniqsa, Mudofaa vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ va barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqlidir; ikkinchidan, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ko‘chmas mulk ob’ektlari va boshqa hujjatlar reyestrlari alohida qog‘oz ko‘rinishida yuritilishi, elektron arxivlarning mavjud emasligi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Bu kabi salbiy amaliyot, ayniqsa, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davergeodezkadastr) va “O‘zarxiv” agentligiga tegishlidir; uchinchidan, ko‘pchilik davlat xizmatlari markazlari hanuzgacha yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanmaganligi idoralararo elektron hamkorlikning zarur darajada yo‘lga qo‘yilmasligiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu jiddiy muammolarni bartaraf etish uchun Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zbektelekom” AJ rahbarlari ta’sirchan choralar ko‘rmayapti; to‘rtinchidan, davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar va davlat xizmatlari markazlari lozim darajada zamonaviy kompyuter texnikasi va texnik vositalar bilan jihozlanmaganligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ilg‘or va innovatsion metodlarini joriy qilishga to‘siq bo‘lmoqda; beshinchidan, davlat xizmatlari markazlari zarur bino va xonalar bilan ta’minlanmaganligi talab yuqori bo‘lgan ko‘plab xizmatlarni ko‘rsatish uchun tashrif buyuruvchilarni to‘liq va bir vaqtda qamrab olishga imkon bermaydi; oltinchidan, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlaridan o‘tish hamon murakkab va ortiqcha tartibga solinganligicha qolmoqda, davlat xizmatlarini olish jarayonida ortiqcha talablar va to‘siqlarning mavjudligi shaffoflikning yo‘qolishiga, huquqni turlicha qo‘llash amaliyotiga va oqibatda suiiste’molchiliklar tez-tez sodir etilishiga va boshqa qoidabuzarliklarga olib kelmoqda; yettinchidan, axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning bilim darajasi va malakasi pastligicha qolmoqda, ularga hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish va olishni o‘rgatish bo‘yicha tashkillashtirilgan tizim mavjud emas.
8-MAVZU DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH MILLIY TIZIMINI JADAL RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil va tizimli isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilmoqda. Har bir tumanda (shaharda) Davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi va 2019- yil davomida ular tomonidan 13 mln.ga yaqin xizmatlar ko‘rsatildi. Bugungi kunda ayrim hududlarda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni 130 taga yetdi, mijozlar soni esa kuniga 300 dan 1,5 minggacha odamni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi aholi va tadbirkorlik subyektlarining soni doimiy ravishda o‘sib borishi mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishini talab etmoqda. Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davom ettirilishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF5278-son Farmoniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) zimmasiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini Agentlikka o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. Agentlikka Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini yuritish va texnik qo‘llab-quvvatlash hamda uni Yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va idoralararo elektron hamkorlikni bepul ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin. 4. Quyidagilar:
2020-yil 1-apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; Davlat xizmatlari ko‘rsatishda qo‘llaniladigan elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun mashinada o‘qiladigan formatda raqamlashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Mazkur Farmonning 2-ilovasida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish hamda ma’lumotlarni raqamlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda (keyingi o‘rinlarda — mahallalar) yuridik
shaxs tashkil etmagan holda Davlat xizmatlari markazlari filiallarini (keyingi o‘rinlarda — Filiallar) bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. Quyidagilar Filiallarning asosiy vazifalari etib belgilansin: jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish; fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlang‘ich ko‘nikmalari bo‘yicha maslahatlar berish; tegishli hudud aholisini ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borish.
18-MAVZU
20-MAVZU 21-MAVZU
28-MAVZU Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak»degan g‘oya va uning ro‘yobi xalqimizga juda ma’qul keldi. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidan qanoatlanish darajasini yanada oshirishda «Elektron hukumat»tizimi muhim o‘rin tutmoqda. O‘z navbatida, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining izchillik bilan takomillashtirilishi va modernizatsiya qilinishi aholimizning hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash hamda biznesni yanada rivojlantirish imkonini bermoqda. Bu davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Davlat xizmatlarini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni muhim o‘rin tutadi. Qonunga muvofiq, davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, jumladan, statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziya, ruxsatnoma, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek, davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o‘tkazish kabilar belgilangan. Tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, internet orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek, kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish masalalari ham ko‘zda tutilgan. Ushbu vazifalarning ijrosi ustidan parlament nazoratini ta’minlash maqsadida parlament quyi palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan «Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunning tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini «bir darcha»tamoyili asosida ko‘rsatilishi bilan bog‘liq talablarining ijro etilishi holati tanlov asosida Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrining bir nechta tumanida o‘rganildi. 29-MAVZU Davlat xizmatlari agentligini tashkil etish uchun zaruratlar O‘rganishlar chog‘ida «yagona darcha»markazlari faoliyatida amalga oshirilgan ishlar bilan birga, yechimini kutayotgan qator masalalarning mavjudligi aniqlandi. Mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul xodimlarining axboroti eshitilib, qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, Adliya vazirligiga tuman va shaharlarda faoliyat yuritib kelayotgan «yagona darcha»markazlarining moddiy-texnika ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish, Vazirlar Mahkamasiga tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga tayyor holda ulash tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish, ortiqcha ma’muriy tartibtaomillarni bartaraf etish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha»markazlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha yagona reglament ishlab chiqish va boshqa vazifalar yuklatildi. Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini «Litsenziya»kompleks axborot tizimiga integratsiya qilish, litsenziyani elektron shaklda berish tartibini joriy qilish, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi idoralar bilan hamkorlikda davlat xizmatlarini olish uchun taqdim qilinadigan arizalarni avtomatlashtirilgan tarzda to‘ldirish funksiyalarini takomillashtirish tavsiya etildi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling