Buxoro xalq sovet respublikasining tashkil topishi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasida maishiy hayot
Download 78.23 Kb.
|
BXSR
3. Buxoro Xalq Sovet Respublikasida maishiy hayot
Ma`lumki, 1920-yilning 6-8-oktyabrida e`lon qilingan Buxoro Xalq Respublikasi 1420 kun yashadi. Sovet davrida respublikadagi siyosiy, iqtisodiyagrar, madaniy-marifiy, ijtimoiy hayotga bag`ishlab o`nlab asarlar yozildi, nomzodlik va doktorlik disertatsiyalari himoya qilindi. Xotira parchalari, hujjatlar to`plamlari chop etildi. Lekin tadqiqotlar va asarlar hukmron sovetcha mafkurada bo`lib, masalaga sinfiylik, partiyaviylik prinsiplari asosida yondashildi. BXSR tarixi mavzusida sovet davrida yaratilgan tadqiqotlarning umumiy tahlili shuni ko`rsatadiki, ular bugungi kun talablariga javob bermay qoldi. Buning ustiga ko`pgina muammolar u davr tadqiqotlari doirasidan chetda qolgan1. Tarixshunos olim F.H. Qosimov ta’kidlaganlaridek: “Bu yo`l ravon emasdi. Uning asosiy bosqichlari qanday kechdi? Sharqdagi yangi sovet davlati haqidagi ilmiy tasavvur, tarixiy bilim qanday shakllandi va rivojlandi? O`zbekiston mustaqilligi davrida muammo tarixshunosligidagi yangilik va burilishning mohiyati nimada?” kabi savollarga javob toppish payti keldi. F.H. Qosimov ayni paytda Buxoro Xalq Respublikasining tarixiy tadqiqotchisi, hamda tarixshunosi sifatida qalam tebratish kabi xayrli ishni bajardi. Q. Rajabov va U. Rashidov hamda SH. Hayitov va K. Rahmonovlarning maqola va kitoblari BXSR ijtimoiy hayotini yoritishda muhim ahamiyatga ega. M. Ochilov boy arxiv hujjatlari va o`sha davrdavriy matbuot materiallariga tayangan holda Respublikadagi iqtisodiy rivojlanish tamoyillarini ko`rsata olgan2. Buxoroda amal qilib kelgan feodal monarxistik xo`jalik o`rniga erkin iqtisodiyotini vujudga keltirish, uning omillari ko`rsatilgan. BXSR hukumat rahbarlari tomonidan ijtimoiy-maishiy islohotlar olib borilgan edi. Buxoro Xalq Respublikasi hukumatiga amirlik tartibidan nafaqat iqtisodiy, balki madaniy-maishiy qoloqlik ham meros bo`lib qoldi. Bundan tashqari, qizil askarlar Buxoroni zabt etganlarida qadimiy tarixiy obidalar, aholi uy-joylari, bino va inshootlar katta zarar ko`rgan edi. Sobiq amirlikning poytaxti yarim vayrona holatga kelgan, ekologik muhit, ichimlik suvi muammosi, bezgak (varaja), rishta kabi kasalliklardan aholi qattiq azob chekardi. BXSR hukumati tomonidan aholining maishiy hayotini yaxshilash, sog`liqni saqlash masalalariga katta ahamiyat berila boshlangan. Xususan, Fayzulla Xo`jayevning III tomlik asarlarining I tomida shunday ma’lumotlar keltiriladi: “Buxoroda yangi usul maktablari ochish, gazeta va jurnallar nashr etish, Buxoro xalqining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy saviyasini yoppasiga ko`tarish maqsadida yosh buxoroliklarni Yevropaga o`qishga yuborishga, ayrim qabilalar o`rtasida shu vaqtgacha davom qilib kelayotgan dushmanlik munosabatlarini tugatish va ularning tarqoq kuchlarini bir markazda to`plashga, Buxoroda hokimiyatni demokratiya asosida tashkil etish uchun Eski Buxoroda inqilobiy fikrdagi kishilar komiteti 1908-yildan buyon intilmoqda” deb ta’kidlaydi Fayzulla Xo`jayev. BXSRdaaholi sonimasalasida ham tarixchi olimlar asarlarida ma’lumotlar mavjud. Jumladan, mustaqillik yillarida nashrdan chiqqan professor Shodmon Hayitov va dotsent Kamol Rahmonovlarning “Buxoro Xalq Respublikasi va Germaniya: hamkorlikning tarixiy lavhalari (1920-1924-yillar)” risolalarida shunday ma’lumotlar mavjud: BXSR yillarida amirlik davrida mavjud bo`lgan mamlakat ma’muriy bo`linishidagi 27 ta bekliklar tartibi o`rniga viloyatlar, tumanlar, kentlar, qishloqlar singari ma’muriy boshqaruv tartibi joriy qilindi. “Ozod Buxoro” gazetasining 1923-yil noyabr oyida nashr etilgan sonlaridan birida qayd etilishicha, BXSR 10 ta viloyat, 41 tuman, 132 kentga bo`linib viloyatlardagi aholi soni quyidagicha edi: Buxoro viloyati - 420 000 kishi, Karmana viloyati - 180 000 kishi, Behbudiy (avvalgi Qarshi) viloyati - 220 000 kishi, Karki viloyati - 160 000 kishi, Chorjo`y viloyatida - 250 000 kishi, Shahrisabz viloyatida - 250 000 kishi, Sherobod viloyatida 220 000 kishi, Hisor viloyatida - 140 000 kishi, Ko`lob viloyatida - 140 000 kishi, G`arm viloyatida - 8000 kishi. Bundan tashqari, risolada keltirilishicha, Respublika viloyatlarida istiqomat qilayotgan aholini turmush tarzini ko`tarish, mamlakatda zamonaviy iqtisodiyot asoslarini yaratish, xo`jalikning o`rta asr darajasida qolgan texnikadan xolos qilish kabi dolzarb muammolar yechimi rivojlangan davlatlar bilan o`zaro hamkorlik aloqalariga ko`p jihatdan bog`liq edi. Buxoro Xalq Respublikasi hukumati amirlikdan meros bo`lib qolgan qashshoqlik va notenglikni bartaraf qilish maqsadida o`z fuqarolaridan ikki yil, ya’ni, 1920-1922 yillar davomida soliq ham olmadi. Davlat va hukumat xarajatlari respublika xazinasi zaxiralari hisobidan qoplangan. X.M.Muhamedov, O.T.Husanov, B.M.Muhamedovlarning hammualliflikda 2008-yil nashrdan chiqargan “O`zbekiston davlati va huquqi tarixi” kitobida aytilishicha: “1920-yilning 23-sentabrida Buxoro sovetlarning Qurultoyida BXSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda mehnatkashlarning mavjud huquq va erkinliklari kengaytirildi. Mulkdorlarning, ruhoniylarning, aksilinqilobiy kuchlarning saylov huqulari bekor qilindi”. Aholining ijtimoiy-moddiy ahvoli masalasi turli tarixchi olimlar, hattoki, BXSR hukumat a’zolari tomonidan ham yozib qoldirilgan. Fikrimizni yana Fayzulla Xo`jayevning I tom asarlaridagi ma’lumotlar bilan davom ettiramiz. BXSR Xalq Nozirlar Sho`rosi raisi o`z asarlarida shunday yozib qoldiradi: “Bizning dasturimizda Konstitutsiyamizda yozilgan gaplar bilan amalda bo`layotgan ishlar o`rtasida farq yo`q: bizda odamlarning irqi, tanasining tusi va milliy belgilaridan qat’iy nazar ishchilar sinfining hukmronligi o`rnatilgan, har bir ishchi, har bir jonkuyar mehnatchi mamlakatning xo`jayini, mamlakat taqdirini hal qiluvchi. Buxoro grajdanlari qonuniy yo`l bilan o`zlari orttirgan mol-mulkni to`la tasavvur qilishga va undan foydalanishga haqli ekanliklarini tantanali ravishda (e’lon qiladi) ta’kidlaydi. Grajdanlar qo`lidagi kapitalning miqdoriga nisbatan har qanday siquvlar shu kundan boshlab bekor qilinadi”. Fayzulla Xo`jayev o`z asarida yana ta`kidlaydi: “aloqa yo`llari qurish va shunday ot-arava transporti bo`yicha topshiriqlarnig ko`p qismi bajarilmay qoldi, ya’ni budjetdan berilgan mablag`lar yetmadi, ish aparati zaiflik qildi”. Buxoro Xalq Respublikasi xukumatiga amirlik tartibidan nafaqat iqtisodiy, balki madaniy-maishiy qolokdik ham meros bо‘lib qoldi. Bundan tashqari qizil askarlar Buxoroni zabt etganlarida qadimiy tarixiy obidalar, axoli uy-joylari, bino va inshootlar katta zarar kо‘rgan edi. Sobiq amirlikning poytaxti yarim vayrona holatga kelgan, ekologik muhit, ichimlik suvi muammosi, bezgak (varaja), rishta kabi kasalliklardan aholi qattiq azob chekaodi. Xalqning salomatligini saqlash, xavfli kasalliklar oldini olish yangi xukumat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri edi1. Buxoro Respublikasi xavzolsihat nazorati (sog‘liqni saqlash nozirligi) xorijdan dori-darmonlar, kasalxona jihozlari sotib olish, poliklinika va ambulatoriyalar ochish, tibbiyot sohasidagi mutaxassislarni Buxoroga taklif etish kabi chora-tadbirlarni kо‘radi. Usha davrda Respublikaga dori-darmonlar, shprits va ignalar asosan RSFSR va olis Germaniya davlatidan olib kelingan. 1923 yil fevral-noyabr oylari oralig‘ida Germaniyadan Buxoro Respublikaksiga 4 vagon kasalxona asbob-uskunalari, 200000 sо‘mlik dori-darmonlar keltirilgan.87 87 "Ozod Buxoro" 16 (229)-son 1923 yil 26 noyabr, (Buxoro xabarlari rukni: "Dori va kasalxona asboblari"). 88 "Buxoro axbori", 65-son 1922 yil 15 yanvar: 18 fevral 71 -son. Yuqorida ta’kidlanganidek Respublikaning chekka shaxdr va qishloqlariga xorijdan keltirilgan dori-darmonlar tekin tarqatilgan. Tibbiyot punktlarida rus vrachlari faoliyat olib borardi. Mahalliy aholi orasida esa, malakali mutaxassislar va hamshiralar tayyorlash muammoligicha qolgandi. 1922 yil yanvarda Buxoro shahrida ayollar kasalligi va ichki kasalliklarni davolaydigan ambulatoriya ochilib, unda qorin og‘rig‘i, kо‘z, bosh og‘rig‘i kabi kasalliklar ham davolangan. Ushbu ambulatoriyada Borisov, Kargalinskiy kabi rus vrachlari ishlaganligi, lekin mahalliy aholi (ayniqsa ayollar) hamma vaqt ham ularga murojaag qilolmasligi bunga sharqona odatlar yо‘l bermasligi qayd qilinadi. 1922 yil Vobkent, Yangi Buxoroda, Chorjо‘y shaharlarida kasalxonalar ochilgan.88 Ushbu kasalxonalar 5-10 о‘rinli bо‘lib, ularda barcha bemorlarni yotqizib davolash imkoni yо‘q edi. Kasalxonalarga dori-darmonlar Buxoroda ochilgan maxsus dorixona omboridan yuborib turilgan.89 89 О‘sha gazeta: 1922 yil; 10 dekabr. "Buxoro axbori" 204-son 1922 yil. "Buxoro axbori" 41-son.1921 yil, 41-son. "Buxoro axbori", 99-son. 1922 yil 14 sentabr. (Buxoro xabarlari rukni; "Buxoroda yangi kiroatxona"). 1924 yil Respublikada tropik kasalliklar instituti, 5 ta kasalxona, 2 ta ambulatoriya hamda о‘ndaya ortiq kо‘chma davolanish punkglari xizmat kо‘rsatardi. Tо‘la bо‘lmasada, aholining sog‘lig‘ini tiklash va saqlashda ushbu tibbiyot muassasalarining roli katta bо‘lgan. Respublikada aholi ma’naviyatini oshirish, madaniy saviyasini kо‘tarish maqsadida klub, choyxona, kutubxona, muzeylar ochish ishlariga ham e’tibor qaratilgan. 1921 yil BXSR maorif nozirligi amirning yozgi qarorgohi bо‘lgan Sitorai Moxi Xossani xalq muzeyiga aylantirish uchun tо‘plangan barcha osori-atiqalar bilan boyitishda shaxsan maorif noziri Qori Yо‘ldosh Pо‘latovning о‘zi kо‘p kuch-qudrat sarflagan. Muzey xalqning eng gavjum tomoshaxonasiga aylanganligi manbalarda yoziladi. Respublika hukumati 1920 yil oxiridan maorif nazorati qaramog‘ida ham rusiyzabon adabiyotlar mavjud bо‘lgan davlat kutubxonasini tashkil qilish choralarini kо‘rgandi. Kutubxona Minorai Kalon qoshida 1922 yilda sо‘nggi g‘arb uslubida barpo etildi.” BXSR hukumati binosida 1922 yilda hukumat qiroatxonasi ham ochildi. Buxoro kutubxonalari ertalab soat 9.00 dan kech soat 21.00 gacha ishlab, ularda nafaqat dorulmuallimin talaba va о‘quvchilari, balki xalq vakillari xam shug‘ullangan. Kutubxonalarda Turkistonda chop etiladigan gazeta va jurnallarning gaxlamlari ham saqlangan. "Avval har oyda 350 kishi о‘kir edi. Hozir ularning soni kо‘paygan. Kо‘p sо‘ralaturg‘on narsalar yangi kitob, gazeta, jurnallar bо‘lib, ular juda ozdur"-deyiladi xabarlardan birida. Buxoro Respublikasining boshqa shaxarlarida istirohat bog‘lari ochish, botqoqliklar quritish va qamishzorlarni yо‘qatish kabi masalalar ham xukumat diqqat-e’tiborida bо‘lgan. Sog’liqni saqlash nozirligi bilan "Mehnat shо‘rosi" hamkorlikda obodonlashtirish sohasida salmoqli ishlarni bajardi. "Buxoro tevaragidan mollariya (tif, varaja) botqoqliklarini qurtchalardan tozalash uchun oltin oqcha hisobi bilan 1922-1923 yillar davomida 6535 sо‘m mikdorida harajat qilingan. 1922 yil bahorida Buxoroda maktab о‘quvchilari yozgi kanikullar davrida dam olishlari uchun "bolalar bog‘i" tashkil etilgan. Bog‘ unchalik katta bо‘lmasada, lekin kechqurunlari va dam olish kunlari bolalar hamda ularning ota-onalari bilan gavjum bо‘lgan. 1923 yilda Labi Hovuzda va Devonbegi madrasasida davlat xazinasi hisobidan ta’mirlash ishlari olib borilib, Buxoro viloyat ijroqо‘mi va xukumatning iqtisodiy shо‘rosi bu yerda yongan aholi uy-joylari va imoratlari о‘rnida chiroyli chorbog‘ qilish rejasini amalga oshirishga kirishgan. "Yerlari chorbog‘ uchun olingan kambag‘al kishilarg‘a pul yoxud boshqa joylardan yer berish masalasi kasabalar uyushmasi vakilining ishtiroki bilan tuzilgan maxsus komissiya qaramog‘iga topshiriladur" deyiladi xabarlardan birida. "Buxoro axbori" 65-son 192 yil 15 yanvar (Buxoro xabarlari rukni; Qiroatxonana kutubxonalarda.) 94 "Buxoro axbori", 178-son 1923 yil, 27 iyun. (Labi Hovuz Devonbegida ta’mirot ishlari). 95 "Ozod Buxoro”, 25-son 1923 yil 16 dekabr; («Buxoro kо‘chalari»). Hukumat Buxoro kо‘chalariga tosh yotqizish, transport yо‘llarini tartibga keltirish haqida ham anchagina ish olib borgan. Ma’lumotlarda shahar kо‘chalarining torligi, kechqurunlari ba’zi kо‘chalardan qorong‘uligi va kо‘lmak suv tufayli о‘tish mumkin emasligi yoziladi. Bu esa, transport halokatini tez-tez sodir bо‘lishiga olib kelgan. "Ozod Buxoro"da: "Dohiliya nazoratidan (ichki ishlar nozirligi)oling‘on ma’lumoglarg‘a kо‘ra, Buxoro kо‘chalarida tez yurgan avtomobil va foytunlar orqasidan, foytun, ot yoki avtomobil ostig‘a qolib о‘luvchilar, oyoqsiz, qо‘lsiz qoluvchilar juda kо‘pdur ikkinchi noyabrda (1923 yil) shunday tez yurgan bir avtomobil Sharif Ismoil soatsozni bosib о‘ldirg‘on"95-deb yoziladi. Shahar kо‘chalarini yoritish aholini elektr chiroklari bilan ta’minlash uchun Buxoroning Registon maydonida 1923 yil kuzida bor elektrik stansiyasi о‘rnatildi. Xabarlarda elektr chiroqlari bilan shaharni yoritish 1923 yil 15 oktabrdan boshlanadi, deb qayd qilinsada, aslida buxoroliklar xonadonida elektr lampochkalari о‘sha yilning 12 dekabridan porlay boshlagan.96 96 "Buxoro axbori" 108-son, 1923 yil, 30 sentabr. ("Shaharda elektrik"; "Ozod Buxoro" 25-son 1923 yil 16 dekabr.) ("Elektrik stansiyasi"). "Buxoro axbori" 127-son 1923 yil 18 yanvar, («Yangi radio stansiyasi»)1. "Buxoro axbori" 1921 yil 27-son, 33-son; 46-son; "Buxoro telegraf agenturasi", "Telegraf agenturasi", "Bux ROSTA bitirildi". Buxoro shaxridan keyin elektr chiroqlari Chorjо‘y shahrida yonib, avvalo, harbiylar joylashgan binolar elektr toki bilan ta’minlangan. 1922-1923 yillarda Buxoro Respublikasida ilk bor telefon stansiyalari qurildi va radioeshittirishlar joriy qilindi. 1923 yilda Moskvadan uskunalari bilan radiostansiya keltirilib, Minorai Kalon ostida о‘rnatilgan. "Ushbu radiostansiya shu qadar kuchli bо‘lg‘ondurki, ya’ni hech bir vositasiz tо‘gridan-tо‘g‘ri Hindiston, Germaniya hamda Fransiyadan butun xabarlarni olib turg‘usidur"97-deb yozgandi "Buxoro axbori". 1923 yil fevral oyi oxirlaridan boshlab, Buxoro xalqi radioeshittirishlardan bahramand bо‘ldi. Respublikada pochta va telegraf ishlari ham 1922 yilda yо‘lga qо‘ylgan edi. 1921 yilda hukumat nashriyoti oldida BuxROSTA ("Rusiya telegraf agentligi Buxoro shо‘basi") о‘rniga BuxTAni ("Buxoro telegraf agentligi") tuzish masalasi qо‘yilgan. Buxoro telegraf agentligini tuzish uchun Buxoro Davlat nashriyoti direktori Mahmud Said Ahroriy, "Buxoro axbori"ning bosh muharriri, shoir Abdulhamid Sulaymon CHо‘lpon va Golpirin?lar kirgan uch kishidan iborat komissiya ham tuzilgan. Komissiya faoliyati samarali bо‘lib, BuxTA tashkil etilib, uning mudirligiga Ismoilzoda Abdulrahmon saylangan2. Respublikada pochta va telegraf tarmoqlari rivojiga ham e’tibor qaratilib, 1921-1922 yillarda dohiliya (ichki ishlar) nazorati huzurida maxsus "pochta-telegraf maktabi" ochilgan. Maktabni bitirganlarga shahodatnoma berilib, ular respublika viloyatlari bо‘ylab xizmatga yuborilgan. XIX asrning 2-yarmida О‘rta Osiyodagi xonliklar harbiy jihatdan zaif bо‘lib, ulardagi qо‘shin ta’limi va qurol-yarog‘lar о‘z zamonasidan orqada qolgan edi. Shuning uchun xonliklar Rossiya ta’siri doirasiga tushib qoldi. Uch davlatdan yirigi hisoblangan Buxoro amirligida qо‘shin tuzilishi «Tо‘pchilar» (Artilleriya), «Kuban kazaklari», «Shefskiy», «Terskiy», «Arabbachalar», «Turkman favji», «Sarbozlar», «G‘ulombachchalar», «Elunavkarlar», «Nizomiy» kabi guruxdardan iborat bо‘lib, ularga xizmat haqi uchun pul va turli in’omlar berilgai. Tо‘plar ikki turda bо‘lib, dahanapur (og‘zidan о‘qlanadigan) va dumbulapur (orqasidan о‘qlanadigan) kabi nomlar bilan atalgan. О‘zR MDA. 2-jamg‘arma, 1-rо‘yxat, 11-ish,4-varaq; 5-ish, 3-varaq; 181-ish, 15-varaqlarda. Chor Rossiyasi bosqini davrida ham amirlik armiyasida jiddiy islohotlar о‘tkazilmadi. Buxoroning sо‘nggi amiri Said Olimxon (1881-1944; 1910-1920 yillar) zamonida Buxoro harbiy garnizonidagi qо‘shinlar soni 12 ming kishidan oshmas, armiyada bronetranspartyor, aeroplan (aviatsiya), zamonaviy artilleriya qurollari yо‘q edi. Shuning uchun Turkfront qо‘mondoni M.V.Frunze boshchiligidagi qizil askarlar 1920 yil sentabrida amir ustidan osongina g‘alabaga erishdilar. BXSR tashkil topganidan sо‘ng, yangi xukumag a’zolari F.Xо‘jayev boshchiligida mamlakat mustaqilligining asoslaridan biri sifatida milliy armiya tuzishga e’tibor karatdilar. «Millatning saodati uchun ikki narsa, birinchisi, ilmu-maorif, ikkinchisi, yaxshi va intizomli askar tashkil kilmoq zarur» deb yozgandi. о‘sha davr matbuoti. Muntazam milliy armiya tuzish, uni mahalliy mutaxassislar bilan ta’minlash tо‘g‘risidagi taklif va mulohazalar davriy matbuotda yoritila boshlandi. Xalq maorifi noziri Qori Yо‘ldosh Pо‘latov (1890-1965 yillar) mamlakat mudofaasi uchun «oqcha, ozuqa va mol»ni ayamaslik, Buxoro Respublikasining jug‘rofiy xaritasini tuzib, chegaralarni mustahkamlash, xarbiy mahorat va harbiy texnikani о‘rganish uchun iqgidorli yoshlarni xorijga о‘qish uchun yubormoq, xalqimizda askarlikka muxabbat uyg‘otmoq, harbiy yо‘nalishda nashrlar ochish kabi takliflar bilan chiqdi. 1922 yildayoq 1-Buxoro harbiy qо‘mondonlar kursi ochilib, unda о‘zbek, turkman, tojik, qirg‘izlardan iborat kursantlar ta’lim ola boshladi. 70 «Buxoro axbori». 1922 yil 11 aprel. 78-son. («Istiqlol askari tashkil qilmoq kerak» maqolasi). 71 «Buxoro axbori» 107-son. 1922 yil.2noyabr. (Q.Pо‘latov. «Mustaqil bir mamlakat qanday bо‘lur?»). «Buxoro axbori». 34-son. 1921 yil 1 may (S.Ahroriy. «Harbiy ishlarimiz ham almashsun»). «Buxoro axbori» gazetasining birinchi muharriri, keyinchalik Buxoro Respublikasining Ozarbayjondagi elchisi Mahmud Said Ahroriy (1895-1931 yillar) harbiy qismlarni tо‘la milliylashtirish (ya’ni mahalliy millat vakillaridan jalb qilish) masalasini kun tartibiga qо‘yadi. U «askarlarimizning barchasi rus askarlaridan iboratligi»ni ta’kidlab, «endigi vazifa rasmiy hujjatlar yuritishdagi, komanda berishdagi ruscha muomala о‘rniga, о‘zbekcha muloqotni joriy qilishdur. Askar va zobitlarga beriladigan dars, ta’lim va komandalarni о‘zbekcha yuritmakni mumkin qadar kо‘proq о‘ylaylik» deb yozgandi Ahroriy. 1920-1922 yillarda Buxoro Respublikasidagi 30 minglik armiyaning atigi 400 tasi mahalliy millat vakillari bо‘lgan. Xukumat rahbarlaridan F.Xо‘jayev, Usmonxо‘ja, Atoulla Xо‘ja, Abdulhamid Oripovlar «qizil armiya qismlari Buxoro xududida turar ekan, respublika mustakilligi faqat quruq sо‘zdan iborat bо‘ladi», deb qisoblashardi. BXSR Markaziy Ijroiya Qо‘mitasining birinchi raisi Usmonxо‘ja Pо‘latxо‘jayev (1890-1968 yillar)’ 1922 yilda Afg‘onistonga borib, ingliz konsuli bilan uchrashishga harakat qilgan. Maqsad, oltin barobarida inglizlardan kelgusida tuzilajak Buxoro milliy armiyasi uchun zamonaviy qurol-yarog‘lar sotib olish bо‘lgan. Lekin Usmon Xо‘janing orzu-umidlari rо‘yobga chiqmay, bir umr muhojirlikda, g‘urbatda yashashga majbur bо‘lgandi. Usmonxо‘janing tavalludi bilan bog‘liq 1878, 1893, 1894 yillar sanasi ham mavjud. «Munosabat» gazetasi. 1990 yil. 30 noyabr. 75 N.Naimov. «Markazga jо‘natilgan maktublar».|| «Buxoro xaqikati». 1997 yil. 20 dekabr. 76 «Buxoro axbori». 4 aprel sonlari. 1922 yil 19 yanvar, 4 aprel sonlari. 1923 yil Buxoroda F.Xо‘jayev Moskvaga Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qо‘mitasi (BMIK) raislaridan biri sifatida о‘z vazifasini bajarish uchun ketadi. Uning о‘rnida qolgan Atoulla Xо‘ja va siyosiy maslakdoshlari Buxorodagi rus vakili oldiga: «bosmachilar»dan musodara qilingan qurollarni milliy armiya ixtiyorida qoldirish, «bosmachi» sifatida asir olinganlarga respublikaning о‘z sudida jazo berish kabi keskin talablarni qо‘yadilar. Chunki asosan Yevropa vakillaridan iborat harbiy xukm (tribunal) muhokamasi arzimagan gunoh uchun ham otuv, о‘lim jazosini qо‘llar edi. Natijada bolsheveklashtirish siyosatidan norozi bо‘lgan mahalliy hukumat a’zolari va ba’zi askarlar о‘z qurol-yarog‘larini «bosmachi»larga sotgan yoki hadya qilgan. Jumladan: «Chorjо‘y viloyatining sobiq muxtor vakili 11 miltiq bilan tutilib Buxoroga yuborildi» deyiladi xabarlardan birida. 1923 yil fevral oyi boshlarida Ostonqul Qiyomov, Hoji Ziyodullo, Otaboy Sobirlar a’zoligidagi harbiy tribunal bosmachilikda ayblangan Chori Nazar о‘g‘li, Erali Mо‘min о‘g‘li, Saidqul Qoravulbegi, Jо‘ra Kurbon, Haydarqul Jо‘ralar ustidan sud xukmini chiqarishgan. Chori Nazar о‘g‘li «bir yillik qamoq va xalq foydasiga ishlab berish» jazosiga tortilgan. Erali Mо‘min о‘g‘li aybsiz topilib okdangan1. Saidqul Qorovulbegi Anvar posho (1881-1922) kо‘mondonligida Boysun va Dushanbe (Tojikis gon) uchun bо‘lgan janglarda qatnashgan. Avval qizillar tomonidan о‘limga mahkum etilgan. Mahalliy tribunal unga, «о‘z aybiga» iqror bо‘lganligi uchun 6 oy qamoq, 5 yil xalq foydasiga ishlab berish jazosini belgiladi. Jо‘ra Qurbon va Haydarqul Jо‘ralar «ashaddiy bosmachilar» bо‘lsada 3 yil qamoq, xalq foydasiga ishlab berish jazosini olishdi. Yuqoridagi holatdan kо‘rinib turibdiki, millatdoshlarimizdan iborat harbiy tribunal vatandoshlariga nisbatan mumkin qadar shafqat kо‘rsatib adolatli yо‘l tutishga harakat qilgan. «Buxoro axbori». 133-son.1923 yil 11 fevral. («Harbiy hukm» maqolasi). «Buxoro axbori». 90-son. 1922 yil 15 iyul («Buxoro xabarlari» rukni). «Buxoro axbori». 181-son. 1923 yil 12 iyul. («Hukumat askar va militsiyani unutmaydur»). 80 «Buxoro axbori». 192-son. 1923 yil 22 avgust. («Buxoro xabarlari» rukni). Respublikada harbiy an’analarni vujudga keltirish, askar va militsiya ma’naviyatini kо‘tarish uchun bir qator tadbirlar о‘tkazilgan. 1921 yildan boshlab 5 fevral Respublikada «Umumiy safarbarlik kuni» sifatida nishonlanadigan bо‘ldi. 1923 yil 20 avgustdan 20 sentabrga qadar Buxoro Respublikasida milliy armiyani mustahkamlash oyi о‘tkazilgan. Mardlik va jasurlik kо‘rsatgan askarlarni takdirlash uchun 1922 yilning iyulida Buxoro Inqilobiy Markaziy Ijroiya qо‘mitasi ikki turdagi nishonlar ta’sis etdi. «Birinchi nishon: tilladan bо‘lib, sakkiz qirrali yulduz, uning ichida ikkita xukumat bayrog‘i, ustida esa respublika shiori yozilgan. Ikkinchi nishon ham xuddi shu tartibda yasalib, faqat nuqradan qilingan». Hukumat qizil askarlar va militsiya moddiy ahvolini yaxshilash choralarini kо‘rgan. «Buxoro axbori»da: «Nozirlar shо‘rosi harbiya va dohiliya (ichki) ishlar nazorati ixtiyoriga yetti pud oltin (4000 sо‘m) berdi. Bu oltin askarlar va militsiyaga keragicha sarf etilgusidur». «Qizil askarlar joylashgan kazarmalarni ta’mir qilish uchun Iqtisodiyot shо‘rosi tarafidan 183 ming tanga ajratildi. Ta’minot ishlari ikki oy ichida qilinmoqqa tegishlidur», kabi kо‘plab ma’lumotlar keltiriladi. Harbiy isloxotlardan maqsad, respublika xududlarini qо‘riqlay oladigan, mahalliy millat vakillaridan tashkil topgan zamonaviy armiya tuzish edi. Ayni paytda qurolli kuchlarni о‘zimizda ishlab chiqariladigan qurol-yarog‘lar bilan qurollantirish istagi ham yо‘k emasdi, ya’ni zamonaviy harbiy texnikani ishlab chiqarish ham istiqbolda rejalashtirilgan edi. Inqilobiy qо‘mita raisi A.Oripov harbiy nozir vazifasini bajarib turgan vaqtda (1922 yil) amir zamonidan qolgan miltiq va tо‘plarni ta’mirlashga kо‘rsatma bergandi. Lekii kо‘p rejapar qog‘ozda qolib ketdi yoki sarob bо‘lib chiqdi. Respublikaning tо‘rtinchi yilida askarlar ta’minoti biroz о‘nglangan, savodxonligi, harbiy tajribasi ortgan bо‘lsada, armiyada juda katta kamchiliklar bor edi. Avvalo, harbiy xizmatchilarning asosiy qismi (zobit va askarlar) yevropaliklardan iboratligicha qolgandi. Said Ahroriyning yozishicha, 1924 yilga kelib: «Yerli Buxoro qizil askari 2 polk (2000 kishi) bо‘lgan», «Buxoro axbori». 206-son.1923 yil 26 sentabr. 206-son. «Buxoro axbori». 134-son. 1923 yil 15 fevral. (Bekboy. «Militsiyani о‘qitmoq kerak»), «Buxoro axbori». 188-son. 1923 yil 11 avgust. («Buxoro xabarlari» rukni). Respublikaning birinchi yilida 30 mingdan 400 kishi, tо‘rtinchi yiliga kelib esa, butun boshli bir armiyada 2000 jangchi mahalliy aholi vakili bо‘lganligi quvonarli hol emasdi. Xalq militsiyasi va armiyada savodxonlik past darajada bо‘lib, ayniqsa, mahalliy millat vakillari orasida bu kо‘proq kо‘zga tashlangan. Buxoro guzarlaridagi militsiya xodimlari aksariyat hollarda о‘zlari tо‘xtatgan odamlarning hujjatlaridagi yozuvlarni о‘qiy olmas, yо‘lovchilardan «afandim, buni о‘qib bering, nima yozilgan ekan? Tushuntirib bersangiz!» kabi murojaatlarni qilishgan. «Bu butun ilm Buxoro shaharlaridagi madrasalarda berilib, xalqdagi maorifga ehtiyoj ahamiyatsiz qoldirilg‘onligi asoratidur» deb yozadi о‘sha davr gazeta muxbiri Bekboy. Armiya va militsiyada ma’naviy, axloqiy tarbiya ishlarida ham ayrim kamchiliklar kо‘zga tashlanadi. Usha davr matbuoti bilan tanishar ekanmiz: «Chorjо‘y shо‘basi militsioneri Rо‘zimurod Rahmat о‘g‘li mast bо‘lib, о‘ziga berilgan miltiqni yо‘qotgan. U miltig‘ini yо‘qotigan uchun jumhuriyat umumiy hibsxonasiga 1 yilga qamoqqa hukm kilindi». «Askariy kazarma imoratlari qilg‘usi tashkilot tarafidan imorat qilish uchun kо‘p mikdorda berilg‘on pullar о‘zlashtirilg‘oni sababli qish sovug‘i yaqinlashib, askarlar kazarmasiz qolg‘onlar», kabi ma’lumotlarni о‘qiymiz. 84«Buxoro axbori». 209-son. 1923 yil 3 oktabr. «Buxoro axbori», 166-son. 1923 yil. 5 may. («Buxoro xabarlari» rukni). «Buxoro axbori», 169-son. 1923 yil. 12 may. («Qizil askar turmushidan lavxa»). Armiyada askar va zobitlarning sog‘lig‘i masalasida xam yetarli g‘amxо‘rlik kilinmagan. Chunki yuqori malakali xarbiy shifokorlar yetishmasligi, ayni о‘sha 1922-1923 yillarda Buxoroda «mollariya» («tan varaja», «Buxoro varajasi») kasali tarqalganligi bunga sabab bо‘ldi. «Jangchilarimiz orasida mollariya kasali tarqalishi tufayli ularni davolash uchun 36 ming oltin oqcha ajratildi. Ular italyan usulida davolanadurlar» deyiladi bir xabarda. Respublikada 1922 yil oxiridan iktisodiy ahvol og‘irlashgan. Bu xolatni 2 yil xalqqa soliq solinmay, soliq tizimi joriy qilinganidan, maorif nozirligiga ajratilgan mablag‘lar kamaytirilganligidan, davlat apparatini ikki barobargacha qisqargirish tomon yо‘l tutilishi kabi omillardan bilish mumkin. Ayni paytda xarbiy kurslarda taxsil olayotgan kursantlar va armiyadagi askarlarning oilasi ham iqgisodiy jihatdan qiynalgan. F.Xо‘jayev xukumati esa mahalliy millat vakillarini armiyada saqlab qolish uchun mumkin qadar choralar kо‘rgan. «Harbiy kurs talabalari qaynotalaridan, agar yaqin fursatda qaytib kelmasang, xotiningni kutmagil, man uni о‘z uyimga qaytarib olaman. Chunki ozuqasi yо‘q, о‘tini yо‘q, kiyimi yо‘q mazmunida xat olyaptilar. Mana shu mazmunda yozilg‘on maktublardan stol usti tо‘lib qoladur. Kursantlar esa besh kunlik, bir haftalik javob sо‘rab arizalarni kalashtirib tashlamushlar deb yozadi «Buxoro axbori». Yuqoridagilardan tashkari harbiy kooperatsiyani tashkil etish, 1-Buxoro tо‘pchilar diviziyasini tuzish kabilarda bir qator tо‘siklar vujudga kelib va kamchiliklarga yо‘l qо‘yildi. Nima bо‘lishidan qag’iy nazar BXSR о‘zining tо‘rt yillik tarixi davrida milliy qurolli kuchlarni shakllantirishga harakat qildi. Respublika rahbariyati tomonidan intizomli milliy armiya mustaqillikning asosiy omili va garovi deb hisoblandi. Xulosa Buxoroning yigirma besh asrlik tarixining 1920-1924-yillarini o`z ichiga oladigan qisqa, lekin siyosiy-ijtimoiy voqealarga boy davr - Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davri o`ziga xos alohida o`rin tutadi. Tarixdan ma’lumki, Buxoro amirligi 1920-yil 2-sentabrda Buxoroga Qizil armiyaning bostirib kirishi oqibatida sovetlar tomonidan ag`darib tashlandi. Ushbu voqealargacha, ya’ni 1920-yil 10- avgustda Kogonda Ahmadjon Abdusaidov rahbarligida Butun Buxoro Inqilobiy Qo`mitasi va Fayzulla Xo`jayev raisligida Xalq Nozirlar Kengashi tashkil etildi. 1920-yil 6-8-oktabrda amirning yozgi saroyi Sitorai Moxi Xosada chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining birinchi qurultoyida joylardan saylangan 1950 delegat ishtirok etdi. 8-oktabrda Qurultoyning oxirgi yig`ilishida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Ushbu Respublika tuzilgan kundan boshlab, milliy mustaqillik sari intildi. Lekin bu mustaqillik uzoq davrni taqozzo etganini anglab olish qiyin emas. Zeroki, Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov qayd etganlaridek: “TarixO`zbekistondagi tub demokratik islohotlarni oziqlantiruvchi hayotbaxsh chashmaga aylanib bormoqda. Buxoro, Xiva va Samarqandning ko`hna madaniyati, ajdodlarimiz qoldirgan ulkanmeros tarixi xotiramizni uyg`otmoqda, yangicha fuqarolik ongini shakllantirmoqda”. O`zbek milliy davlatchiligi tarixida garchi qisqa davr yashagan bo`lsada, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920-1924-yillar) muhim bosqich bo`lganligini qayd etish o`rinlidir. BXSRda F.Xo`jayev boshchiligida milliy hukumatning shakllanishi, milliy mustaqil rivojlanish sari amaliy qadamlar qo`ydi. BXSR hukumati mustaqil davlat sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy islohotlar olib bordi. Yangicha va demokratik, zamonaviy davlat qurishg`oyalarini baland ko`tarib chiqdi va sho`ro mustamlakachiligi tahdid solib turgan bir davrda milliy mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o`rnatdi. Mustaqillik yillarida Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tarixini, o`sha davrlarda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayyonlarni, iqtisodiy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini yangicha tafakkur nuqtayi-nazaridan yoritgan talaygina asar va maqolalar yaratildi. Ushbu asar va maqolalarni o`rganish davomida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi o`zining 4 yillik tarixi davomida Turkiya, Afg`oniston, Germaniya kabi davlatlar bilan xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida munosabatlar o`rnatganiga, BXSR hukumati tomonidan harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy islohotlar va tadbirlar amalga oshirilganligiga guvoh bo`lindi. Xususan, istiqlol yillarida mamlakatimizda yaratilgan turli kitob, monografiya, risola, maqolalarni tahlil qilib chiqdim. Ushbu mavzuni yoritishda, tarix fanlari doktorlari F. Qosimov, Q. Rajabov, Sh. Hayitovlarning asarlaridan, tarix fanlari nomzodlari U. Rashidov, K. Rahmonovlarning asar va kitoblaridan, maqolalaridan foydalanildi. Bundan tashqari, S. Badriddinov, X. Muhammedov, T. Qayumovlarning, O`. Rashidov, B. Mirzoqulovlarning kitob va maqollalarida keltirilgan materiallardan foydalanildi. Bundan tashqari, Buxoro amiri bo`lgan Said Olimxonning xotiralari va BXSR hukumat rahbari bo`lgan Fayzulla Xo`jayevning asarlaridan foydalanildi. Ushbu tarixchi olimlarning kitoblarida BXSR davri harbiy va ijtimoiy sohalaridagi tub o`zgarishlari atroflicha o`rganilib tahlil qilingan. Tarixiy kitoblarni va maqolalarni tahlil qilganimizda bevosita BXSR hukumati tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarga guvoh bo`ldik. Kitoblarda keltirilishicha, BXSR hukumati yosh Respublika bo`lishiga qaramay harbiy islohotlar olib bordi, milliy armiya tuzib, unga mahalliy millat vakillarini jalb qilishga harakat qildi. Bundan tashqari, xalqni ahvolini va turmush sharoitini yaxshilashga intilib qator iqtisodiy-maishiy islohotlar olib bordi. Respublika o`z fuqarolari huquqlarini himoya qilishga, xotinqizlarni ahvolini yaxshilashga, ularga ham teng huquq berishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirganligi aniqlandi, tegishli xulosalarga kelindi. Download 78.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling