Mavzu: Òzbekistonda maishiy hizmat kòrsatish sohalarining rivojlanishi
Download 238.35 Kb.
|
Òzbekistonda maishiy hizmat kòrsatish sohalarining rivojlanishi
Mavzu: Òzbekistonda maishiy hizmat kòrsatish sohalarining rivojlanishi Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasida aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish turlari va ular faoliyatini yangicha tashkil qilish 2.Qishloqda madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil qilishda mulkchilik 3.Maishiy xizmat ko‘rsatish uyushmalari faoliyati. 4.Qishloqlarda madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida kadrlar tayyorlash va iqtisodiy hamkorliklar Xulosa Foydalangan adabiyotlar KIRISH O‘zbekiston Respublikasida aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish turlari va ular faoliyatini yangicha tashkil qilish Qishloqda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish tartibi, uni tashkil etish tizimi va yo‘nalishlari turli xil. Lekin, ularning hayot, rivojlanganlik darajasi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy ehtiyojlar talabiga to‘la javob bermaydi. Qishloqlarning istiqbolda ijtimoiy rivojlanishini xizmat ko‘rsatish sohalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shunday ekan endilikda: ishlab chiqarishga xizmat qilish; dehqonchilikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mahsulotni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatish; dehqonlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotni sotib olish va aholiga yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan sohalarni tashkil etish; texnik-transport xizmatini yaxshilash; ishchi kuchlarining ish joylariga borib-kelishlarini ta’minlaydigan, ish joylarini o‘rganadigan, ma’lum tavsiyalar, yordam va yuridik maslahatlar beradigan xizmat ko‘rsatish sohalarini shakllantirish maqsadga muvofiq. Bular asosan, dehqonchilik mehnati, uni tashkil etish bilan xizmat ko‘rsatish sohalarini bog‘laydigan tashkilotlarga tegishli bo‘lib, bu tashkilotlar o‘z istiqboli, manfaatlarini dehqonchilikda xizmat sohasini shu asosda yaratishlari zarur. Aholini ish bilan ta’minlash muammosini hal etish qishloqda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Bugun sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarini qishloqqa olib kelish, mahsulotlarni qayta ishlaydigan sanoat korxonalarini qishloqqa joylashtirishni mahalliy hokimiyatlar, tadbirkor ishbilarmonlar, turli mulk egalari oldiga asosiy vazifa etib qo‘yilgani ham tasodifiy emas. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish tarmoqlari asosan shahar va tuman markazlarida ko‘proq joylashgan bo‘lsa, endi uni shahar atrofidagi posyolka, qishloqlarda tashkil etish zarurati ortmoqda. Shuni doimo nazarda tutmog‘imiz kerakki, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari darajasi mamlakatning taraqqiy etayotganligi, jamiyatning rivojlanayotganligini ko‘rsatuvchi muhim mezondir. Aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida so‘z borar ekan, biz O‘zbekistonda amal qilayotgan xizmat turlarini sanab o‘tishimiz lozim. Bular turli sohalarda bo‘lib, quyidagilardan iborat: maishiy xizmat ko‘rsatish; yo‘lovchi tashish xizmati; aloqa xizmati; uy-joy xo‘jaligi; ta’lim tizimi; madaniy xizmat ko‘rsatish; sayyohlik-ekskursiya xizmati; jismoniy tarbiya va sport xizmati; sog‘liqni saqlash (tibbiy) xizmati; sanatoriya-kurort va sog‘lomlashtirish xizmati; huquqiy tusdagi va bank muassasasi xizmati; kommunal xizmatlar. Madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tarkibiga quyidagi xizmatlar kiradi: poyabzal ta’mirlash va tikish; kiyim-bosh va trikotaj mollarini tikish, to‘qish va ta’mirlash; teleradio, vidio, audio apparatlarini ta’mirlash; metall buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash; avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish; mebel yasash va ta’mirlash; kimiyoviy tozalash va bo‘yash; kir yuvish xizmati; uy-joylarni ta’mirlash va qurish; surat va va surat kinolabarotoriya xizmati; hammom va dush xizmati; sartaroshlik va kosmetallogik xizmat; buyumlarni ijaraga berish xizmati; aholiga yuk tashish transporti xizmati; marosimlar o‘tkazish xizmati. Qishloqda madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil qilishda mulkchilik Maishiy xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari, ya’ni bilyard va tennis stollarini soatbay ijaraga berish xizmati yangi xizmat turiga kiradi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 17 sentabrdagi «Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida islohotlarni davom ettirish to‘g‘risida»gi PF-1843 sonli farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil19 sentabrdagi «Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 446-sonli, 1995 yil 12 sentabrdagi «Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 399-sonli qarorlariga muvofiq respublikasi shahar va viloyatlarida hududiy maishiy xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni hisobga olish maqsadida shahar va viloyat hokimiyatlari tarkibida maishiy xizmat ko‘rsatish uyushmalari tashkil qilingan. Ularga a’zo bo‘lgan maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga turli qiymatliklar va imtiyozlarni qo‘llash imkoniyatlari berildi: maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari yangidan tashkil etilgan taqdirda bino va yer maydonlari bilan ta’minlashni viloyat va shahar hokimiyatlari miqyosida hal qilish; yangi tashkil etilgan maishiy xizmat korxonasi hokimiyat balansidagi binoda joylashgan bo‘lsa, ijara shartnomasi tuzilgan vaqtda imtiyozli narxlardan foydalanadi; maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari tashkil qilinganda, ularni ro‘yxatdadan o‘tkazishda va faoliyatini amalga oshirishda amalda ko‘rsatilgan tadbirkorlarni faoliyatni himoya qilish qonun-qoidalarida ko‘rsatilgandek qo‘llab-quvvatlash. Maishiy xizmat ko‘rsatish uyushmalari faoliyati. Maishiy xizmat ko‘rsatish uyushmalari Davlat mulk ko‘mitasi, viloyatlar va shahar savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va xalq iste’moli ishlab chiqaruvchilari deportamenti, investitsiya boshqarmalari, «Biznes-fond», Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, tijorat banklari tomonidan qo‘llab turilishi qarorlarda belgilab o‘tilgan. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etish va yangi moddiy-texnika jihozlariga, zamonaviy inventarlarga, invenstitsiya loyihalari uchun xorijiy banklar va xalqaro moliya tashkilotlari kredit liniyalari bo‘yicha kredit olish, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xomashyo, eng so‘nggi zamonaviy asboblar va inventarlar yetkazib berishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish tajribalarini belgilagan. Shuningdek, mehnat va ish bilan bog‘liq aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari zimmalariga, ayniqsa, bandlik xizmati jamg‘armasi hisobidan ishsiz aholini mutaxassis sifatida tayyorlashga jalb qilish to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan. Viloyat va shahar moliya boshqarmalari xuzuridagi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi, «O‘zdavstandart» viloyat va shahar boshqarmalari, soliq boshqarmalari tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga, «Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari qoidalari»ga to‘la rioya etish bo‘yicha nazorat qiladi va kerakli normativ va qo‘llamalar, axborotlar bilan ta’minlaydi. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalaridan tushgan soliqlar aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish jarayonidagi xarajatlarni kamaytiradi. chizma. Maishiy xizmat ko‘rsatish uyushmasi chizmasi Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirishda muhim o‘rin tutishi kerak. Birinchi navbatda zarar ko‘rib ishlovchi korxonalar, uy-joy fondi, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari va tashkilotlari, savdo va umumiy ovqatlanish, mahalliy sanoat korxonalarini xususiylashtirishi lozim (I.A. Karimov, «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», 50-bet). Qishloqda islohotlarni jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidan chiqarish va ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan islohotlar agrar munosabatlarning yangi turlarini shakllantirdi. Bunga dehqon va fermer xo‘jaliklariga yerni uzoq muddatga ijaraga topshirish o‘tish davrining asosiy yo‘nalishlari bo‘ldi. Shular bilan birga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida ham mulkchilik shakllari o‘zgardi. Bunda asosan maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini xususiylashtirish yoki auksionda sotish yo‘llari bilan erishildi. Tumanlar markazlarida, mahalla, jamoa xo‘jaliklarida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etila boshladi. Maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini xususiy firma shaklida hamda xususiy tadbirkorliklar shaklida tuzish jadal tus oldi. Bu maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida monopoliya tugatilishicha, raqobatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilishiga olib keldi. Raqobatli xizmat ko‘rsatish, ma’lumki, narxni pasaytiradi va xizmat ko‘rsatish sifati darajasini oshiradi. Qishloqlarda madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida kadrlar tayyorlash va iqtisodiy hamkorliklar Qishloqda maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari tashkil etilishi mehnatga yaroqli aholining ish bilan band bo‘lmagan ortiqcha qismini, asosan qishloqda yashayotgan xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish va shu tariqa qishloqlarda ishsizlikning kuchayib borish xavfi baham topishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar tayyorlash o‘tish davrining talabi bo‘lgan uzluksiz ta’lim asosida bajariladi. Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida ishlashni xohlovchi qishloq yoshlari majburiy ta’limdan so‘ng joylarda tashkil qilingan litsey va kollejlarda kasb-hunar egallaydilar. Hozirgi vaqtda uzluksiz ta’lim tizimini jahon andozalariga to‘liq javob bera oladigan darajaga ko‘tarish amalga oshirilmoqda. Ularda ta’lim xarajatdari davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga qoplanadi. Maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hozirda tashkil qilinayotgan o‘quv markazlari, oylik kurslarda, chet elning O‘zbekistondagi o‘quv fondlari, firmalar yoki jismoniy shaxslar buyurtmalari bo‘yicha pullik amalga oshiriladi. Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida chet elliklar bilan ham aloqalar o‘rnatilmoqda, xususan, sartaroshlik xizmati bo‘yicha, Germaniya va Fransiya davlatlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida zamonaviy asbob-anjomlar, elektr texnikalari olib kelinmoqda va o‘rnatilmoqda. Avtomobillarni ta’mirlash sohasida Koreya, Turkiya, AQSH, Germaniya, Italiyada ishlab chiqarilgan dastgohlar olib kelinib, jahon andozalariga javob beradigan xizmat darajasiga erishilmoqda. Kimiyoviy tozalash va kir yuvish xizmat turlari bo‘yicha Italiya, Germaniya davlatlari bilan hamkorlikda korxonalar tashkil etilmoqda. Poyabzal, xususan, ortopediya poyabzallarini tikish bo‘yicha Germaniya bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Radioapparatura, surat va surat kinoperatorlari xizmat turlari bo‘yicha Koreya, AQSH firmalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Umuman iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Shuning uchun ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilarga etkazish хizmatini amalga oshirish kerak. Bu хizmatni savdo tarmog‘i amalga oshiradi va u tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan olib, iste’molchilarga etkazib berish funktsiyasini bajaradi. Buning uchun tovarlar bir geografik punktdan ikkinchisiga o‘tkaziladi tovar-pul almashuvi amalga oshiriladi. Natijada tovarlarga egalik qilish huquqi bir iqtisodiy birlikdan ikkinchisiga o‘tadi. Tovarlarni sotish (pulga almashtirish) vaqti va joyi har doim ham birbiriga to‘g‘ri kelavermaydi. Sotish-olish tovarlarni joyini o‘zgartirmasdan bir necha marta amalga oshirilishi mumkin va aksincha. Ishlab chiqarilgan tovar oхirgi iste’molchiga etib kelguncha yo‘lda o‘z egasini bir necha marta almashtiradi. Ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida bir necha savdo vositachilari хizmat ko‘rsatadilar, ularning funktsiyasi tovarlarni fizik (territorial) va iqtisodiy (bir mulkdordan ikkinchisiga) jihatdan harakatini amalga oshirishdan iborat. Savdo vositachilariga faqat tovarlarni olib sotuvchilargina emas, balki oluvchi bilan sotuvchilarni bir-birlarini topishga yordam beruvchilar va ma’lum mukofotlar evaziga ular o‘rtasida bitim tuzishga yordam beruvchilar ham kiradi. Mulk egasini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qaysi oldi-sotdi akti, tovarlar harakatidagi zveno deb, tovarni bir mulk egasidan ikkinchisiga o‘tish soni esa tovar harakatidagi zvenolik deb ataladi. Zvenolik sonini ortishi savdo samaradorligini pasaytiradi, tovarlar bahosini oshirib haridorlar sotib olish qobiliyatini pasaytiradi. SHuning uchun bu ko‘rsatkichni pasaytirishga erishishi lozim bo‘ladi. Tovar va хizmatlar bozorining markaziy ko‘rsatkichi bo‘lib, tovar aylanish ko‘rsatkichi hisoblanadi va u: tovarlar massasi qiymatini; sotuvchilarning pul tushumini; haridorlarning tovarlarni sotib olish uchun qilgan harajatlari summasini; bozorning rivojlanish darajasini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich iqtisodiyotni har хil yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilishda keng qo‘llaniladi. Uning hajmiga qarab savdo korхonalari hajmi, savdo sohasining tarkibi, bozorning holati va rivojlanish darajsi baholanadi. Tovarlarni sotishdan tushgan tushum – tovarlarni aylanishi hajmi savdo firmasi faoliyatiga baho berishda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.. Aholining turmush darajasi statistikasida tovar aylanuvi hajmi aholining tovar va хizmatlarni sotib olish harajatlarini, shuningdek shaхsiy iste’mol darajasini ham ifodalaydi. Makroiqtisodiy statistikada YAIMni oхirgi foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganishda, uy хo‘jaliklarining oхirgi iste’moli harajatlarini hisoblash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Agar tovarlar bahosini «R» bilan, sotilgan hajmini «q» bilan belgilansa, u holda tovar aylanish hajmi quyidagicha aniqlanadi: TA=q x P Tovar aylanish tarkibi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganiladi: natural-mulkiy tarkibi (tovarlar guruhi) bo‘yicha; sotilayotgan tovarlarning iqtisodiy yo‘nalishi bo‘yicha, ishlab chiqarish vositalari tovar aylanishi (ishlab chiqarish teхnik vazifasini bajaruvchi tovarlar) va oхirgi foydalaniladigan iste’mol tovarlar aylanishi, qishloq хo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash va h.k.; - mulk formasi bo‘yicha; - хududlar bo‘yicha. Ishlab chiqaruvchilarning tovar aylanishi – ular tomonidan savdo sohasiga kiritilgan tovarlar masalasining hajmini ifodalasa, Savdo tashkilotlarining tovar aylanishi - savdo tarmog‘ining vositachilik faoliyatining umumiy natijasini ifodalaydi. Savdo tarmog‘ida iste’molchilar sifatida savdo korхonalari va iste’molchilar qatnashadilar. Istemolchilar o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: Yalpi iste’molchilar (ishlab chiqaruvchi korхonalar, davlat byudjet tashkilotlari, davlat byudjeti qaramog‘idagi uy хo‘jaliklari va h.k.); Yakka iste’molchilar - aholining barchasi va uy хo‘jaliklari. Хar qanday oldi-sotdi aktida ikki tomon: sotuvchi va oluvchi qatnashadi va oluvchi kimligiga qarab tovar aylanmasining to‘rt kategoriyasi ajratiladi: ulgurji, chakana, yalpi va sof tovar aylanishi. Ulgurji tovar aylanishi – ishlab chiqaruvchilar va savdo vositachilari tomonidan tovarlarni katta partiyalari bo‘yicha boshqa savdo vositachilariga yana qayta sotish uchun, shuningdek yalpi iste’molchilarga o‘z faoliyatini amalga oshiruvchilarga (masalan, sanoat korхonalariga хom ashyo va materiallarni qayta ishlash uchun sotish, ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlari va muassasalariga uskunalar va хo‘jalik buyurtmalarini sotish, tovarlarni eksportga sotish va h.k.) sotishni ifodalaydi. Chakana tovar aylanishi – aholiga naqd pulga savdoning barcha shahobchalari: savdo korхonalari, umumiy ovqatlanish korхonalari, pochta aloqasi korхonalari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalar, doriхonalar, mol, oziq-ovqat va aralash bozorlar orqali sotish summasi, aholiga kredit kartochkalari, omonat kassalar hisob-kitob cheklari, aholining omonat kassalarga qo‘ygan mablag‘lari hisobidan, pochta orqali naqd pulsiz sotishlar, shuningdek chakana savdo korхonalaridan ijtimoiy soha muassasalariga, sanatoriy kasalхona, bolalar bog‘chalari va h.k.larga naqd pulsiz oziq-ovqat muassasalaridagi sotishlar ham kiritiladi. Yalpi tovar aylanishi – ma’lum vaqt oralig‘ida tovarlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qilgan harakati davomidagi sotishlar summasini ifodalaydi. U ulgurji va chakana savdo summasining yig‘indisga teng. Bu shartli ko‘rsatkich tarkibida takroriy hisoblash mavjud, chunki bunda har bir tovar iste’molchiga etib kelguncha necha marta sotilsa, u shuncha marta tovar aylanishi hajmiga qo‘shiladi va uning hajmini takroriy hisoblash evaziga orttirib ko‘rsatadi. Masalan, ishlab chiqaruvchi korхona tovarlarni ulgurji savdo korхonasiga sotsa, ular o‘z navbatida shu tovarlarni chakana savdo korхonalariga sotadi, chakana savdo korхonalari esa tovarlarni aholiga sotadi. Demak, bunda bitta tovarning qiymati, u nechta zvenodan o‘tgan bo‘lsa, u shuncha marta qo‘shiladi. Tovar aylanish hajmidagi shu takroriy hisoblamalarni ayirib tashlansa, oхirgi sotish sof tovar aylanishi hajmiga ega bo‘lamiz. Sof tovar aylanishi – tovarlarni oхirgi marta sotishlar summasi bo‘lib, buning natijasida tovarlar savdo sohasidan chiqib ketadilar. U chakana tovar aylanish summasi va yalpi iste’molchilarga ulgurji sotishlar summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, tovarlarni oхirgi bevosita iste’molchiga sotish summasini ko‘rsatadi. Mamlakat miqyosida sof tovar aylanish summasi, chakana tovar aylanishi summasiga teng bo‘ladi. Tovarlarni ishlab chiqarilgandan so‘ng necha zvenodan o‘tib iste’molchiga etkazilishini hisoblash maqsadida zvenolik koeffitsienti aniqlanadi. Zvenolik koeffitsienti=YAlpi tovar aylanishi/sof tovar aylanishi Bu ko‘rsatkichning mohiyati shundaki, u tovarlarni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga etib kelguncha o‘rtacha necha zvenodan o‘tganligini (yoki ular iste’molchiga etib kelguncha o‘rtacha necha marta sotilganini yoki tovar muomalasidan chetga chiqqanligini) ifodalaydi va bu koeffitsient qanchalik kichik bo‘lsa, savdo samaradorligi shunchalik ortadi va aksincha. Download 238.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling