Buxoro xonligi tarixnavisligi
Download 14.79 Kb.
|
Buxoro xonligi tarixnavisligi
Aim.uz Buxoro xonligi tarixnavisligi. O`zbek davlatchiligi tarixida Buxoro xonligi davri uchta sulola hukmronlik qilgan yillarni o`z ichiga qamrab oladi. Bu Shayboniylar (1500-1601 yy.), Ashtarxoniylar (1601-1756 yy.) va mang`itiylar sulolasi (1776-1920 yy.) hukmronligi bo`lib, har bir shajaraning taxtni egallab turgan yillari tarixini o`rganish tarixshunosligimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Sharq tarixining ulkan tadqiqotchisi akademik V.V.Bartol’d «O`rta Osiyoning ikkinchi quruvchisi» deb baho bergan hukmdor – bu XVI asrda hukm surgan askarboshi hamda buuyk davlat arbobi, shayboniylar sulolasidan Abdullaxon II dir. Agar Muhammad Shayboniyxon O`zbekiston va o`zbek xalqi tarixida shayboniylar davlatining asoschisi, Ubaydullaxon I uning mustahkamlovchisi sifatida tanilgan bo`lsa, Abdullaxoni soniy siyosiy tarqoqlikni tugatish va markazlashgan davlatning quruvchisi bo`lib kirdi. Yoki, Ahmad Donish ta`biri bilan aytganda: «Hijriyning har uyzinchi, minginchi yillarida davlat va jamiyatni yangilovchi hukmdorlar vujudga kelib turadi. Bir minginchi hijriyning boshlarida Buxoroda yangilovchi bo`lib Abdullaxon maydonga keldi». Bugungi kunda, yirik huquqshunos olim, professor Ziyodulla Muqimov ta`biri bilan yondoshilganda ham «U o`z hukmronlik yillari markazlashgan davlat timsolida farovonlik, Turkistonda tartib va madaniyatni ta`minlagan hakmdor sifatida shuhrat topib kelmoqda»1. Abdullaxon soniy zamonida tarixshunoslik sohasida ham ko`zga ko`rinarli asarlar yaratilib, bunga misol tariqasida Buxoroda yashab ijod qilgan Hasanhoji Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarini («Do`stlar yodnomasi») keltirib o`tish mumkin. Bu asarda XVI asrda Movarounnahrda, shuningdek, Afg`oniston, Hindiston, Eron, Turkiya va Qoshg`arda yashab o`tgan 228 nafar shoir haqidagi ma`lumotlar jamlangan. Ular orasida o`z asarlari bilan o`zbek va tojik adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo`shgan Bobur, Hiloliy, Majlisiy, Xoja, Shayboniy, Uvaysiy, Komron, Bayramxon, Mushfiqiy kabi yirik so`z san`atkorlari to`g`risida qimmatli ma`lumotlar bor. Abdullaxon Ikkinchiga ma`lumotlar bor. Abdullaxon Ikkinchiga bag`ishlab yozilgan bu asar Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat shuaro», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asarlaridan keyin «uchinchi tazkira» hisoblanadi va XVI asrda O`rta Osiyo, Eronu Hindistondagi adabiy muhitni va adabiy hayotning boshqa masalalarini yoritishda katta ahamiyat kasb etadi. Shayboniylar davrida tarixnavislik sohasidagi katta yutuqlardan biri, bu katta ilmiy qimmatga ega bo`lgan, xususan Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» asarlarini alohida ta`kidlab o`tish joizdir. Albatta tarix ilmining rivojini boshqa ilm-fanlar taraqqiyotisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu davrda Movarounnahrda musavvirlik, xattotlik, musiqa san`ati, fiqh hamda ko`pgina aniq fanlar: tibbiyot, mantiq, handasa (geometriya) va ilmi hay`at (astronomiya) sohalarida ham anchagina uytuqlar qo`lga kiritildi. «Muhammad amali shabaka» (1550), Bobokalon mufti Samarqandiyning «Risola dar ilmi hisob», «Vasiyat bar chahor qism», Muhammad Husayn Minajjim Buxoriyning «Ma`rifati samti qibla» va boshqa asarlar bu davrda aniq fanlardagi uyksalishdan dalolat beradi. Shayboniylar davrida Buxoro xonligida, tibbiyot sohasida yozilgan asarlar2, ayniqsa kuchaydi. Ularda ilgari surilgan davo usullari, tashxis qo`yish, dorilar tayyorlash o`rta asr musulmon sharq tibbiyotiga xos ilg`or an`analar XVI asrda ham davom etganidan dalolatdir. Xullas, Buxoro xonligda Shayboniylar sulolasi hukmronligi yillarida Turon zaminida azaldan mavjud bo`lgan madaniyatga homiylik qilib, uni yanada yangi bosqichga ko`tardi. 1 Ziyodullа Muqimоv. Аbdullахоn ikkinchi (1534-1598 yy.) // Zаrаfshоn, 1997 yil 1 nоyаbr, № 168 (19.766) 2 Zоkirоv Shаvkаt. Mаdаniyаt yuksаlgаn dаvr. // Mа`rifаt, 2000 yil, 1 iuyl. Download 14.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling