Buxoro xonligi va amirligining ijtimoiy siyosiy tizimi Reja
Download 28.5 Kb.
|
Buxoro xonligi va amirligining ijtimoiy siyosiy tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro xonligining tashkil topishi
Buxoro xonligi va amirligining ijtimoiy siyosiy tizimi Reja: 1. Buxoro xonligining tashkil topishi. 2. Buxoro xonligining ijtimoiy tuzumi. 3. Buxoro xonligi davrida markaziy va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlari. 4. Buxoro xonligi huquqining asosiy belgilari. Buxoro xonligining tashkil topishi XVIII asrning birinchi yarmida davom etgan o'zaro feodal urushlar va qo'zg'olonlar Buxoro xonligini talon-toroj qilib qolmasdan, balki fnamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudratini ham pasaytirdi. Bu davrda xonlik boshqaruvi tizimida ashtarxoniy hukmdorlarining ^avqeyi pasayib, mang'it urug'larining siyosiy faolligi kuchayib oorayotgan edi. So'nggi ashtarxoniylar Abulfayzxon Buxoroda 1711-1747-yillarda nomigagina xon edi. Uning davrida mamlakat asosan mang'it urug'idan chiqqan otaliq Muhammad Hakimbiy tomonidan boshqarilardi. 1747-yilda Abulfayzxon bir guruh fitnachilar tomonidan o'ldirildi Muhammad Hakimbiy ham tez orada vafot etdi. Davlat ishlari Muhammad ■ Hakimbiyning o'g'li Muhammad Rahimbiy qo'liga o'tdi Muhammad Rahimbiy Buxoroda cheklanmagan hokimiyatga ega bo'ldi. Lekin u Chingiz urug'idan bo'lmaganligi sababli o'zini xon deb atashga jur'at etmadi. O'z hukmronligini qonunlashtirish uchun Muhammad Rahimbiy Abulfayzxonning kichik o'g'li Abdulmo'minga o'z qizini berdi va uni taxtga o'tqazdi. Oradan bir yil o'tgach Muhammad Rahimbiy Abdulmo'minni qatl ettirdi va uning o'rniga juda yosh bo'lgan Ubaydulla Sultonni Buxoro taxtiga chiqardi. Oradan oz vaqt o'tmay Muhammad Rahimbiy uni ham yo'q qilib Buxoroda yakka va mustaqil hukmronga aylandi. Muhammad Rahimbiy hukmronligi davridan boshlab Buxoro xonligi amirlik deb atala boshlandi. Shunday qilib, Muhammad Rahimbiy 1753-yilda Buxoro taxtini egalladi. U o'ziga qarshi isyon ko'targan Shahrisabz, Urgut, Jizzax, O'ratepa, Xo'jand, Toshkent va boshqa bekliklarda mavqeyini mustahkamlab olgach, o'zini amir deb e'lon qildi. Shu tariqa, Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligi (1753-1920) qaror topdi. Shundan e'tiboran poytaxti Buxoro bo'lgan davlat Buxoro amirligi deb atala boshlandi. 1756-yil 17-dekabrda 4 o'zbek urug'i (mang'itlar, bahrinlar, xitoy-qipchoqlar, saroylar) amirlari Muhammad Rahimbiyni oq kigizda ko'tardilar. Mang'itlar sulolasidan chiqqan oliy hokim Muhammad Rahimbiy amirlik unvonini olgach, Buxoro amirligini yakka hokimlik asosida boshqardi va yirik zodagonlarning davlatni boshqarish ishlariga aralashishlariga imkon bermadi. Download 28.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling