Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va huquqiy tizimi


Buxoro xonligi huquqining asosiy belgilari


Download 29.62 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi29.62 Kb.
#1383326
1   2   3   4   5
Bog'liq
BUXORO XONLIGINING IJTIMOIY

Buxoro xonligi huquqining asosiy belgilari
Buxoro amirligining huquq manbalarini islom huquqi (shariat), dunyoviy huquq (amirlarning farmonlari, yorliqlari) va odat huquqi tashkil etgan. Bu davrda huquq manbalarining xilma-xilligidan qat'i nazar, shariat ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda markaziy o'rinda turgan.
Boshqa manbalar shariatga zid kelmasagina qo'llanilardi. Shuning uchun bu daviiarda ham, xuddi avvalgi davrlardagidek, islom huquqining to'rt manbayi: Qur'on, Sunna-hadislar, ijmo, qiyos asosiy manbalar hisoblangan. Ular asosida yaratilgan Burxoniddin al-Marg'inoniyning «Hidoya» asari Ubaydulla bin Mahbubiy tomonidan unga yozilgan «Muxtasar» kabi fiqhiy qo'llanmalar avvalgidek o'z ahamiyatini saqlab qoldi va keng qo'llanildi. Bulardan tashqari, jinoyat huquqi borasida hatto shariatga zid bo'lgan mezonlar va jazo choralari (masalan, «empale») bo'lgan. Ular aniq bir huquqiy holatga nisbatan hukmdor tomonidan belgilangan. Shuning uchun shu davr huquqini o'rganishda sayyohlar va boshqa kishilar tomonidan yozib qoldirilgan esdaliklar ham ma'lum darajada huquqni o'rganish manbayi bo'lib xizmat qiladi. XVIII asrda yozilgan tarixiy-huquqiy manbalardan bo'lgan «Majma' al-arqam» («Raqamlar va ruqum (siyoqat)lar haqidagi») rasmiy qoidalar to'plami1 huquqni o'rganish manbayi sifatida kam tadqiq qilingan.
Bu asar O'zbekiston davlati va huquqi tarixidan bizgacha ham yetib kelgan va o'xshashi yo'q manbalardandir. Unda moliya, yer, soliq, hisob-kitoblarni yuritish bo'yicha rasmiy qoidalar va tavsiyalar berilgan bo'lib, amir devonidagi amaldorlar uchun ish yuritishga oid rasmiy qo'llanma hisoblanadi. Bulardan tashqari, soliqlar va boshqa tushumlar ro'yxati, xarajat qaydnomalari, yer mulklarini ehson, sovg'a qilish hujjatlarining mazmuni va shakli XVIII asrda Buxoro amirligidagi davlat mansablari, ularning vazifalari va suv taqsimotiga oid qimmatli ma'lumotlarni olish mumkin. Risola ma'lum ma'noda amir Shohmurod topshirig'iga binoan 1789-yilda yozilgan.
Besh bob va mansablar haqidagi ilovadan iborat bu qo'llanmada davlat devonida xizmatni qanday o'tash, kirim-chiqim daftarlari, davlatning ma'muriy xo'jalik bo'linishi tamoyillari yoritilgan. Movarounnahr va Sharq davlatlarida davlat kirim-chiqimlari, xazina boyliklari miqdorini sir tutish va uni o'zgartirish, soxtalashtirishning oldini olish maqsadida faqat katta mirzolargagina ma'lum bo'lgan devon daftari ruqumlar va siyoqat (alohida raqamlar) bilan yozilgan. Kitobning ikkinchi, uchinchi boblari ana shunday yozuv va uning sirlariga, to'rtinchi bobi - arifmetika, geometriya, algebra hisob-kitoblari va qoidalariga bag'ishlangan. Beshinchi bob - falakiyot, arifmetik harakatlar jadvalidan iborat. Mansablar haqidagi ilovada XVIII asrda Buxoro amirligida mavjud bo'lgan 135 dan ortiq katta va kichik mansablar, vazifalar va ularning vakolatlari keltirilgan.
Risolada shu davrdagi Buxoroda mulk egaligining shakllariga oid ma'lumotlar ham uchraydi. Jumladan, davlat yerlariga dehqonlar egalik qilib, soliq to'laganlar. Qizig'i shundaki, mo'g'ullar, Temur va temuriylar davridagi yer egaligi, suyurg'ol mang'itlar sulolasi davrida ham mavjud bo'lgan va uning egasi XVIII asrda ham ma'muriy daxlsizlikdan foydalangan. Bu yer mulkiga egalik xizmat evaziga berilib, merosiy hisoblangan, ammo asta-sekinlik bilan daxlsizlik huquqini yo'qota borgan. XVIII asrga kelib xizmat qiluvchi tabaqalarga amir oldidagi xizmatlari uchun beriladigan muvaqqat yer egaligi -tanho rivojlana boshlaydi. Yer egasi bunday yerlarda yashovchi dehqonlardan olinadigan soliqlarni qisman yoki to'la undirib olish huquqiga ega bo'lgan. Mamlakatning barcha pul va mablag' vositalari kitobda to'it xazina - baytul molga bo'lingan. Ya'ni, keladigan manbayiga qarab, pul vositalari to'rtga bo'lingan deyish joizdir. Buni shartli ravishda Buxoro amirligi davlat budjeti daromad va xarajatlarining to'rt moddasi deb ham atash mumkin. Birinchisi - zakot, ushr va xums' soliqlaridan keladigan mablag'lar to'plangan. Nazariy jihatdan olganda, bu mablag' kambag'al fuqaro va miskinlar uchun sarflanishi lozim bo'lgan. Ikkinchisi (yer solig'i sifatida to'lanadigan asosiy davlat solig'i) - jiz'ya va musulmon bo'lmagan savdogarlardan olinadigan soliqlardan tushadigan mablag'lar. Bu vositalar jangchilarga, amaldor va ruhoniylarga maosh to'lash hamda mamlakat obodonchiligi uchun sarflangan. Uchinchisi - xazinaga kirgan egasiz mulklar ularning ILhiag'lari kambag'allar, yetimlar, bemorlarga sarflangan, unga boshqa „„. kimning haqi boimagan. To'rtinchidan - xazinani topib olingan [ulklar tashkil etib, zakotdan foydalanuvchilarga berilgan.
Kitobning XVIII asr Buxoro amirligining ma'muriy bo'linishini yoritib leradigan ma'lumotlari ham qimmatlidir. Unga ker-'Ta, Buxoro davlati viloyatlar, tumanlar, hazora, yarim hazora, obikor, qoria, marzalardan iborat bo'lgan.
Viloyat katta ma'muriy birlik bo'lib, u davlat boshlig'i tayiniaydigan hokimlar tomonidan boshqarilgan. «Buxoro mamlakatida shunday odat va qonun qaror topganki, agar biror viloyatda katta e'tiborga loyiq unvonli amaldor bo'lsa, uni islom podshosi (amir. - Z.M.) shu viloyatning o'ziga hokim qilib tayinlagan. Hokim va qo'shinrarinmg xizmat haqlari ham o'sha hokimlikdan tushadi».'
Demak, o'rta asrda Buxoroda ham xuddi Rossiyadagr singari «kormleniye» — boqimanda boshqarish tizimi mavjud bo'lganligini ko'rish mumkin. Qolgan ma'muriy hududiy birliklar asosiga sug'oriladigan yer miqdori qo'yilgan bo'lib, bunday boshqarish sug'orish bilan bog'liq dehqonchilik davlatiga xosdir. Yevropa mamlakatlarida biz bunday holni ko'rmaymiz. Jumladan, bir qator ariq (kanal) bilan sug'oriladigan 100 ming tanob2 yer bir tumanni tashkil qilgan. Albatta, Buxoro amirligida tumanlar soni ko'p bo'lgan. «Majma' al-arqam»ning suvni taqsimlashga old qismida Zarafshondan Qorako'lgacha. bo'lgan o'n ikki tuman nomi keltirilgan. Bir katta ariq bilan sug'oriladigan 50 ming tanob yer hazora, 25 ming tanob yer yarim (nim) hazora, 10,15 ming tanob sug'oriladigan yer esa biror daryoning obikori,. 400' tanob yerga ega aholi yashaydigan qishloq qoria, 300 tanob va undan kam yeri bo'lgan joy, aholi yashashi yoki yashamasligidan qat'i nazar, marza deb atalgan.
Buxoro amirligida ma'muriy-doiraviy bo'linish asosida aholi soni, jo'g'rofiy nomi quyilmay sug'oriladigan yer miqdori - tanob bilan belgilanganligi o'ziga xos xususiyatdir.
«Majma' al-arqam»ning «Mansablar va unga aloqador bo'lgan shaxslar» haqidagi ilovasi faqat Buxoro amirligida emas, balki o'zbek xonliklarining hammasida ham mansablar tizimi, ularning vazifalari, bo'ysunish va maosh olish tartiblari haqida birinchi manba sifatida qimmatli ma'lumot beradi.
Buxoro islom davlati bo'lganligi uchun jinoyat va jazo masalasi islom huquqi asosida hal etilardi. Ammo Buxoro amirligiga turli yillarda elchi, josus yoki sayyoh bo'lib kelgan kishilarning xabar berishlaricha, bu sohada o'ziga xos xususiyatlar, jazoni ijro etish usullari ham bo'lgan. Bular tarixiy-huquqiy jihatdan ma'lum qiziqish uyg'otadi. Ma'lumki, Qur'onda sodir qilingan o'g'rilik uchun dastlab tan jazosi berish nazarda tutilgan. Sayyoh Filipp Yefremovning xabar berishicha, XVIII asrning 20-yillarida Buxoro amirligida o'g'rilik uchun erkak kishi osib o'ldirilgan, ayol kishi esa ko'kragigacha ko'milib, toshbo'ron qilib qatl etilgan. Agar odam o'ldirish yoki tanga jarohat yetkazish jinoyati sodir etilgan bo'lsa, otaliq aybdorni tutib, o'ldirgan yoki uni yarador qilgan odamning qarindoshlariga ushlab bergan. Ular esa aybdorni islom huquqidagi «tishga-tish», «ko'zga-ko'z» qoidasiga ko'ra jazolaganlar, yarador qilgan bo'lsa, yarador qilishgan, o'ldirgan bo'lsa, qatl etishgan. Bu dalillardan o'sha davrlarda o'ldirilgan odam uchun qon bahosi - 
Download 29.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling