? J: O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo‘yicha sug’urta mukofotini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasining qaysi guruhi bo‘yicha rejalashtiriladi? J: II-guruh bo‘yicha
Davolash, bolalar muassasalari va boshqa ijtimoiy soha byudjet tashkilotlarida ovqatlanishga ketadigan xarajatlar qanday hisoblanadi? J: Byudjet tashkilotlarining har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish kunining natural me’yorlaridan va o‘rtacha yillik sonidan kelib chiqib
Vaqtinchalik xarajatlar smetalari qachongacha amalda bo‘ladi? J: Xarajatlar smetasi ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar
Byudjet tashkilotlarining qaysi byudjetdan tashqari mablag’lari bo‘yicha daromad va xarajatlar smetasi tuzilishi talab etilmaydi? J: Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni saqlab turilganligi uchun ota-onalardan undiriladigan to‘lovlar
Byudjet to‘g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotining va byudjet mablag’lari oluvchining so‘roviga ko‘ra xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar: J: Yilda ko‘pi bilan 4 marta kiritiladi
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni g’aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qaysi muddatda taqdim etadi ? J: Joriy moliya yilining 25 dekabridan kechiktirmay
Moliyaviy majburiyatlar qaysi organ tomonidan qabul qilinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi? J: Tegishli g’aznachilik bo‘linmalari tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat byudjetining ijrosi to‘g’risidagi yillik hisobotni qanday muddatda taqdim etadi? J: Hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha
Byudjet loyihasini ishlab chiqishga quyidagilar asos qilib olinadi: J: Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, davlat byudjeti daromadlari prognozi, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari
Erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadigan hujjat
Do'stlaringiz bilan baham: |