Buyrak va siydik ayirish kasalliklari bor bemorlarni parvarish qilish


Download 1.18 Mb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1276662
1   2   3   4
Bog'liq
ZOOLOGIYA PPT X.G\'

Traxeyalilarning ayirish organi - malpigi naychalarining tuzilishi ham suvni tejab sarflash uchun xizmat qiladi. Chunki malpigi naychalari tashqi muhitga emas, balki ichakning orqa qismiga ochiladi. Siydigi bilan ajralgan ortiqcha suyuqlik ichak devori orqali yana qaytadan so’rib olinadi. Traxeyalilar organizmida sodir bo’ladigan biokimyoviy reaksiyalar ham suvni tejashga qaratilgan. Shu sababdan ular organizmida oqsillar parchalanishi natijasida mochevina emas, balki siydik kislotasi hosil bo’ladi. Bu modda osonlikcha kristall holatga o’tadi; uni organizmdan yuvib chiqarish uchun ko’p suv zarur bo’lmaydi. Bundan tashqari traxeyalilarning tana bo’shlig’idagi yog’ moddasi parchalanganida organizm uchun zarur suv hosil bo’ladi. Shunday qilib, traxeyalilar hamma organlarining tuzilishi suvni tejab sarflashga moslashgan. Ana shu tufayli ko’pchilik traxeyalilar tuproqdan quruqlikka chiqishgan. Ko’pgina turlari havo muhitini ham egallashgan.

Quruqlikka chiqish tufayli traxeyalilarda ichki urug’lanish paydo bo’lgan. Deyarli hamma traxeyalilar ayrim jinsli bo’ladi. Traxeyalilar orasida ko’poyoqlilar halqali chuvalchanglarga о ‘xshash tuzilish belgilariga ega. Lekin og’iz organlarining tuzilishiga ko’ra traxeyаli qisqichbaqasimonlarga o'xshab ketadi. Shu sababdan traxeyalilar qisqichbaqasimonlar va trilobitasimonlar bilan birga halqali chuvalchanglarning uch xil guruhidan kelib chiqqan bo’lishi ehtimoldan holi emas. Traxeyalilar kenja tipi ko’poyoqlilar va hasharotlar sinflariga bo ‘linadi. Ko’poyoqlilar tanasi chuvalchangsimon bo’lib, yaxlit bosh, bo’g’imlarga bo’lingan gavdadan iborat. Tana bo’g’imlari soni har xil bo’ladi. Tuban ko’poyoqlilar gavda bo’g’imlari gomonom bo’ladi. Ko’poyoqlilar oyoqlari ham bir xil tuzilgan bo’g’imlarga bo’lingan. Yurish oyoqlari uchki qismi tirnoqqa aylangan. Laboyoqlilarning birinchi juft oyoqlari yirik, asosiy bo’g’imi yo’g’on, uchki bo’g’imi ilmoqqa o’xshash bo’ladi. Jag’oyoqlar, ya’ni laboyoqlar deb ataladigan bu oyoqlar asosida zahar bezi bo’ladi. Bu oyoqlar yordamida hayvon o’z o’ljasini tutadi va zaharlaydi. Ko’poyoqlilar kutikulasida himoya vazifasini bajaruvchi juda ko’p teri bezlari bo’ladi.

  • Quruqlikka chiqish tufayli traxeyalilarda ichki urug’lanish paydo bo’lgan. Deyarli hamma traxeyalilar ayrim jinsli bo’ladi. Traxeyalilar orasida ko’poyoqlilar halqali chuvalchanglarga о ‘xshash tuzilish belgilariga ega. Lekin og’iz organlarining tuzilishiga ko’ra traxeyаli qisqichbaqasimonlarga o'xshab ketadi. Shu sababdan traxeyalilar qisqichbaqasimonlar va trilobitasimonlar bilan birga halqali chuvalchanglarning uch xil guruhidan kelib chiqqan bo’lishi ehtimoldan holi emas. Traxeyalilar kenja tipi ko’poyoqlilar va hasharotlar sinflariga bo ‘linadi. Ko’poyoqlilar tanasi chuvalchangsimon bo’lib, yaxlit bosh, bo’g’imlarga bo’lingan gavdadan iborat. Tana bo’g’imlari soni har xil bo’ladi. Tuban ko’poyoqlilar gavda bo’g’imlari gomonom bo’ladi. Ko’poyoqlilar oyoqlari ham bir xil tuzilgan bo’g’imlarga bo’lingan. Yurish oyoqlari uchki qismi tirnoqqa aylangan. Laboyoqlilarning birinchi juft oyoqlari yirik, asosiy bo’g’imi yo’g’on, uchki bo’g’imi ilmoqqa o’xshash bo’ladi. Jag’oyoqlar, ya’ni laboyoqlar deb ataladigan bu oyoqlar asosida zahar bezi bo’ladi. Bu oyoqlar yordamida hayvon o’z o’ljasini tutadi va zaharlaydi. Ko’poyoqlilar kutikulasida himoya vazifasini bajaruvchi juda ko’p teri bezlari bo’ladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling