Buyraklar funksiyasi, ayirish sistemasi kasalliklari va gigiyenasi Buyraklar


Download 1.57 Mb.
bet6/8
Sana07.05.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1438318
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bujrak

GLOMERULONEFRITNI DAVOLASH:

  • O’tkir glomerulonefritni davolash kasalxonada amalga oshiriladi.Parhez, yotoq tartibi buyuriladi. Bemorlarga antibakterial terapiya (ampitsillin + oksatsillin, penitsillin, eritromitsin), immunitetni to’g’rilash uchun gormonal bo’lmagan (siklofosfamid, azatioprin) va gormonal (prednizolon) preparatlar buyuriladi. Davolash choralari kompleksi yallig’lanishni davolash (diklofenak) va shishni hamda qon bosimining kamytirish uchun simptomatik terapiyani ham o’z ichiga oladi.
  • Keyinchalik sanatoriya-kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. O’tkir glomerulonefritdan keyin bemorlar ikki yil nefrologning nazorati ostida bo’ladi. Surunkali glomerulonefritni davolashda kasallik xuruji davrida o’tkir glomerulonefritga o’xshash davolash tadbirlari majmuasi amalga oshiriladi. Remissiyda davrida davolash sxemasi alomatlar mavjudligi va kuchliligi asosida aniqlanadi.

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI:

  • Buyrak yetishmovchiligi — turli kasalliklarda yuzaga keladigan patologik holatdir va buyrakning barcha funktsiyalari buzilishi bilan tavsiflanadi. Bunda suv, elektrolit, azot va boshqa almashinuv turlari izdan chiqadi. O’tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi farqlanadi.

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI SABABLARI:

  • Prerenal. Buning sababi buyrak qon oqimining buzilishi. Buyrakka yetarli miqdorda qon kelmaydi. Natijada siydik shakllanishi jarayoni buziladi, buyrak to’qimasida patologik o’zgarishlar yuz beradi. Bemorlarning qariyb yarmida (55%) uchraydi.
  • Renal. Buyrak to’qimalarining patologiyasi bilan bog’liq. Buyrak qon bilan yetarlicha ta’minlanadi, ammo siydik hosil qila olmaydi. Bemorlarning 40 foizida uchraydi.
  • Postrenal. Buyrakdagi siydik hosil bo’ladi, lekin siydik chiqarish nayidagi to’siq tufayli chiqa olmaydi. Agar to’siq faqat siydik yo’lida bo’lsa, shikastlangan buyrakning funktsiyasini sog’lom buyrak o’ziga oladi — buyrak yetishmovchiligi sodir bo’lmaydi. Bu holat bemorlarning 5 foizida uchraydi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling