Buyraklar funksiyasi, ayirish sistemasi kasalliklari va gigiyenasi Buyraklar


Download 1.57 Mb.
bet5/8
Sana07.05.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1438318
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bujrak

BUYRAK KASALLIGI: PIELONEFRIT

  • Pielonefrit — turli xil bakteriyalar tufayli rivojlanadigan buyrak infektsion kasalligidir. O’tkir va surunkali pielonefrit bilan og’rigan bemorlar urologik bemorlarning deyarli 2/3 qismini tashkil qiladi. Pielonefrit o’tkir yoki surunkali shaklda kechishi, bir yoki ikkala buyrakni zararlashi mumkin. Surunkali pielonefritda kasallikning alomatlarsiz yoki uncha sezilmaydigan belgilar bilan kechishi ko’p hollarda bemorlarni ushbu kasallika nisbatan befarq bo’lishiga olib keladi, ular kasallik jiddiyligini yetarlicha baholay olmaydilar va davolashga jiddiy yondashmaydilar. Pielonefritni tashxislash va uni davolash nefrolog shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Pielonefrit o’z vaqtida davolanmasa, u buyrak yetishmovchiligi, karbunkul yoki buyrak abstsessi, sepsis va bakterial shok kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

PIELONEFRITNI DAVOLASH

  • Asoratlanmagan o’tkir pielonefritlar shifoxona sharoitida urologiya bo’limida konservativ davolanadi. Antibakterial terapiya olib boriladi. Preparatlar siydikdagi bakteriyalarning sezgirligini hisobga olgan holda tanlanadi. Yallig’lanish jarayonlarini tezda bartaraf etish va pielonefritni yiringli-destruktiv shaklga o’tishiga yo’l qo’ymaslik uchun davolash eng samarali dori bilan boshlanadi.
  • Dezintoksikatsiya terapiyasi, immunitetni mustahkamlash amalga oshiriladi. Isitma kuzatilganda past oqsilli tarkibiga ega bo’lgan parhez buyuriladi, harorat me’yorga kelgach bemor o’zida ko’p suyuqlik saqlagan to’laqonli oziq-ovqat ratsioniga qaytadi. Ikkinchi darajali o’tkir pielonefritni davolashning birinchi bosqichida normal siydik chiqarishga to’sqinlik qiluvchi to’siqlar bartaraf etilishi kerak. Siydik chiqarish buzilgan hollarda antibakterial dori-darmonlarni tayinlash istalgan samarani bermaydi va jiddiy asoratlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

GLOMERULONEFRIT KASALLIKgi:

  • Glomerulonefrit (yun. glomerulo — buyrak koptokchasi, nephritis — buyrak yalligʻlanishi, koptokchaviy nefrit) — bu immunoyallig’lanishli buyraklar kasalligi, asosan buyrak koptokchalarining shikastlanishi bilan kechadi. Ba’zan jarayonga interstitsial to’qima va buyrak naychalari jalb qilinadi. Glomerulonefrit mustaqil kasallik shaklida kechishi yoki muayyan tizimli kasalliklarda (infektsiyali endokardit, gemorragik vaskulit, tizimli qizil eritematoz) rivojlanishi mumkin. Glomerulonefritning klinik tasviri siydik, shish va gipertonik sindromlardan iborat. Glomerulonefritda siydik tahlili, Zimnitskiy va Reberg namunalari, buyrak ultratovush tekshiruvi va buyrak tomirlarining ultratovushli dopplerografiyasi diagnostik qiymatga ega.
  • Ko’p hollarda glomerulonefritning rivojlanishi organizmning infektsion tabiatli antigenlarga nisbatan ortiqcha immun reaktsiyasi bilan bog’liq. Bundan tashqari, buyrakning shikastlanishi autoantitanalarning vayronkor ta’siri natijasida yuzaga keladigan glomeruloronefritning autoimmun shakli ham mavjud.
  • Glomerulonefritda antigen-antitana komplekslari buyrak koptokchalarining kapillyarlarida to’planib boradi, natijada birlamchi siydik ishlab chiqarish jarayoni buziladi, organizmda suv, tuzlar va modda almashinuvi mahsulotlari ushlanib qoladi, antigipertenziv omillar darajasi kamayadi. Bularning barchasi arterial gipertenziya va buyrak yetishmovchiligi  rivojlanishiga olib keladi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling