Buyrug‘i korxona (tashkilotlar)ning chorak va yillik moliyaviy hisobot shakllari hajmini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 381.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/19
Sana02.12.2023
Hajmi381.71 Kb.
#1779390
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
338-сон 06.05.1997

7. TUShUNTIRISh XATI
7.1. Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xati, korxonaning hisob siyosatini yoritishi, uning
mulkiy va moliyaviy holatini haqqoniy baholash uchun, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan hisobot
foydalanuvchilarni ta’minlashi kerak.
7.2. Tushuntirish xatida korxonaning moliyaviy hisoboti buxgalteriya hisobini yuritish
qoidalaridan kelib chiqqan holda tuzilganligi ko‘rsatilishi kerak, ayrim qoidadan chetga chiqish
hollari bo‘lmaganda. Har bir qoidadan chetga chiqishlarning sababi va natijasi tushuntirish xatida
ko‘rsatilishi kerak.
7.3. Tushuntirish xatida quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar yoritilishi kerak:
— korxonaning huquqiy manzilgohi;
— korxonaning asosiy faoliyat turi;
— hisobot davrida ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni, shu jumladan asosiy toifadagilarning
ham.
— korxonaning ijro va nazorat organlari a’zolariga hisobot davrida to‘langan mukofotlarning
umumiy miqdori va shu bilan birgalikda korxona tomonidan to‘langan boshqa imtiyozlar;
— ayrim tur nomoddiy aktivlar eskirishini ko‘rsatgan holda, ularning hisobot davri boshi va
oxiriga nisbatan soni va hisobot davridagi harakati to‘g‘risida ma’lumot;
— ayrim tur moliyaviy qo‘yilmalarning hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan miqdori va
hisobot davridagi harakati to‘g‘risida ma’lumot;
— Faoliyat turi va jug‘rofiy savdo bozorlari bo‘yicha mahsulot, tovar, ish, xizmatlarning sotilish
hajmi to‘g‘risida ma’lumot;
— ishlab chiqarish xarajatlari (muomala xarajatlari) tarkibi to‘g‘risida ma’lumot;


— davr xarajatlarining tarkibi to‘g‘risida ma’lumot;
— har qanday ta’minlangan majburiyatlarning berilishi va olinishi, korxona to‘lovlari to‘g‘risida
ma’lumot.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va
uslubiyot boshqarmasi boshlig‘i B. K. Qudratov

Download 381.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling