Buyrug‘i korxona (tashkilotlar)ning chorak va yillik moliyaviy hisobot shakllari hajmini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 381.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana02.12.2023
Hajmi381.71 Kb.
#1779390
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
338-сон 06.05.1997

Ko‘rsatkichlar
Pokazateli
Satr
raqami
№ str.
Ustav
kapitali
Ustavniy kapital
Qo‘shilgan
kapital
Dobavlenniy
kapital
Rezerv
kapit
ali
Rezerv
niy
kapital
Taqsim
lanmagan
foyda
Neraspre
delennaya
pribil
Xususiy
kapital
bilan
qoplanmagan
zarar
Ubitki,
ne pokri
tie sobstvennim
kapitalom
JAMI
ITOGO
1
2
3
4
5
6
7
8
Yil boshiga qoldiq
Ostatok na nachalo goda
010
Xususiy (hissador) kapitalning o‘sishi
Prirost sobstvennogo (aksionernogo) kapitala
020
Qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi
Emissiya tsennix bumag
030
Asosiy vositalarning qayta baholanishi
Pereotsenka osnovnix fondov
040
x
x
x
x
Rezerv uchun ajratma
Otchisleniya v rezerv
050
x
x
x
Joriy yil foyda/zarari
Pribil/ubitok tekuщego goda
060
Dividendlar
Dividendi
070
x
x
x
x
x
Hisobot davri oxiriga qoldiq
Ostatok na konets otchetnogo perioda
080
MA’LUMOT UChUN:
Hisobot davri oxirida ustav kalitaliga kiritilgan
badalliklar
SPRAVOChNO: Vneseno na konets otchetnogo
perioda vznosov v ustavniy kapital
090
x
x
x
x
x
Chiqarilgan aksiyalarning soni, dona
Kolichestvo vipuщennix aksiy, sht.
100
x
x
x
x
x
Shu jumladan:
imtiyozlilari
v tom chisle:
privilegirovannix
101
x
x
x
x
x
oddiylari
obiknovennix
102
x
x
x
x
x
Aksiya qiymati
Stoimost aksiy
110
x
x
x
x
x
Shu jumladan:
imtiyozlilari
v tom chisle:
privilegirovannix
111
x
x
x
x
x
oddiylari
obiknovennix
112
x
x
x
x
x
Muomaladagi aksiyalar miqdori, dona
Kolichesvo aksiy v obraщenii, sht.
120
x
x
x
��x
x
shu jumladan:
imtiyozlilari
v tom chisle:
privilegirovannix
121
x
x
x
x
x
oddiylari
obiknovennix
122
x
x
x
x
x
Rahbar
Rukovoditel ___________________
Bosh buxgalter
Glavniy buxgalter _______________


hisobot topshiradilar. Chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil topgan korxonalar faqat yillik
moliyaviy hisobot topshiradilar.
1.2. Choraklik va yillik moliyaviy hisobot shakllarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
1.3. Yillik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 
1- shakl
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 
2- shakl
v) asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot — 
3- shakl
g) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — 
4- shakl
d) xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 
5- shakl
e) 
Balansga ilova 
— debitorlik va kreditorlik qarzlar haqidagi ma’lumotnoma (2a- shakl).
Keyingi
 tahrirga qarang.
Yillik moliyaviy hisobotga, korxona faoliyatining hisobot yilidagi yakuniy natijalariga ta’sir
etuvchi asosiy omillar, korxonaning yillik moliyaviy hisoboti va sof foydani taqsimlash natijalari
bo‘yicha ko‘rilgan muhokama qarorlari, buxgalteriya hujjatlarining tekshirilganligi to‘g‘risidagi
auditorlik xulosalari bayon etilgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Agar kirish balansi yil boshiga o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda hisobotga ilova qilingan
tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari tushuntiriladi. Shuningdek, unda qabul qilingan va keyingi
yilga qabul qilinishi kerak bo‘lgan hisob siyosati (agar u hisobot yilidagi qabul qilingandan farq
qilsa) keltiriladi.
1.4. Moliyaviy hisobot shakllarida ko‘zda tutilgan hamma ko‘rsatkichlar keltiriladi. U yoki bu
modda (satr, ustun) to‘ldirilmagan hollarda, ya’ni korxonaning kerakli aktivlari, passivlari, jarayonlari
bo‘lmaganda, o‘sha moddalar (satrlar, ustunlar) chizib qo‘yiladi.
1.5. Shaklning muqova kismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
Zaruriy qism “Korxona”da — korxonaning (belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan ta’sis
hujjatlariga binoan) to‘liq nomi va uning kodi OKPOga muvofiq ko‘rsatiladi;
Zaruriy qism “Tarmoq (faoliyat turi)”da — tarmoq (faoliyat turi) va uning kodi OKONXga
muvofiq ko‘rsatiladi;
Zaruriy qism “Davlat mulkini boshqarish organida — davlat yoki hududiy (agar shunday
korxona mavjud bo‘lsa) korxona ustidan boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan va moliyaviy hisobot
yuboriladigan organning nomi ko‘rsatiladi;
Zaruriy qism “Manzilgoh”da — korxonaning aloqa uchun to‘liq manzilgohi ko‘rsatiladi;
Zaruriy qism “Nazoratdagi miqdor” — korxona tomonidan to‘lg‘azilmaydi.
1.6. Yil (chorak)lik hisobot tuzishda korxona egasi va davlat manfaatlariga rioya etish,
investorlar, kreditorlar, aksionerlar, soliq nozirliklari, ta’sischilar, bank muassasalari, xalqaro
standartlar talablarini hisobga olish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi
farmonlaridan, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunidan,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirliginining 1995-yil 4-apreldagi 17-02/28 - sonli xatidan,
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidan, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot
tuzishga taa’lluqli barcha amaldagi yo‘riqnomalardan qo‘llanish zarur.
1.7. Korxona, ishlab chiqarish birlashmasi va tashkilot o‘zining barcha bo‘linmalarining faoliyat
ko‘rsatkichlarini hisobot shakli ma’lumotlariga kiritishi shart.
1.8. Moliyaviy hisobot tuzishda hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni hisobot tuzish kuni
hisoblanadi.
Tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, mulkchilikning davlat shaklini jamoa shakliga
o‘zgartirgan korxona hisobot davrida yil boshlanganidan to tugatilgan (qayta tashkil qilingan)
davrigacha hisobot berishning amaldagi shakllari bo‘yicha hisobot topshiradi.
Yangidan tashkil etilgan korxonalar o‘z mablag‘lari va ularning manbalarini (sotib olish, qabul
qilish qiymatida) hisobotda, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan oyning 1 kunidan boshlab


hisobot yilining 31-dekabriga, hisobot yilining 1-oktabridan keyin tashkil qilingan korxonalar esa,
davlat tomonidan ro‘yxatga olingan kunidan boshlab hisobot yilidan keyingi yilning 31-dekabriga
ko‘rsatadilar (Tugatilgan (qayta tashkil qilingan) korxonalar bazasida tashkil qilingan korxonalar,
ularning filiallari va tarkibiy qismlari uchun ushbu tartib joriy qilinmaydi).
1.9. Korxona balansining moddalari to‘liq o‘tkazilgan aktivlar va passivlar inventarizatsiya
(yo‘qlama)si ma’lumotlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun, yillik hisobotni taqdim
etishga qadar, amaldagi doimiy inventarizatsiya hay’ati a’zolari tomonidan inventarizatsiya
natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning haqiqiy miqdori bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
o‘rtasidagi farqlar to‘g‘rilanishi kerak. Shuningdek, debitor va kreditor qarzlari ham taqqoslash
dalolatnomasi yoki o‘zaro tasdiqlangan hisob-kitob qoldiqlari rasmiylashtirilgan xatlar asosida
inventarizatsiya o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida,
o‘tkazilgan inventarizatsiya soni va natijalari shuningdek, inventarizatsiya o‘tkazilmagan bo‘lsa,
uning sabablari aks ettirilishi shart.
1.10. Balans moddalarining miqdori moliya, soliq organlari va bank muassasalari hisob-kitobi
bilan kelishilgan va aynan bir xil bo‘lishi shart. Ushbu hisob-kitoblar bo‘yicha noaniq miqdorlarni
balansda qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1.11. Moliyaviy hisobot va buxgalteriya balansida birorta o‘chirish yoki buzib to‘g‘rilash
bo‘lmasligi kerak. Agar shunday hollarga yo‘l qo‘yilsa, xato tuzatilgan sana ko‘rsatilgan holda
hisobot va balansga imzo chekib tasdiklangan shaxslarning tegishli izohlari bo‘lishi shart.
1.12. O‘tgan yil hisoboti (u tasdiqlangandan so‘ng) ma’lumotlarining ham, joriy hisobot
ma’lumotlarining ham noto‘g‘riligi e’tirof etilsa, bu narsa joriy hisobotda (xatoga qaysi davrda yo‘l
qo‘yilgan bo‘lsa o‘sha davr hisobiga, chorak, yil boshidan) to‘g‘rilanadi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida ishlab chiqarish xarajatlariga, unga bog‘liq
bo‘lmagan xarajatlarni qo‘shish natijasida daromadni yashirilganligi yoki moliyaviy natijani
kamaytirilganligi aniqlangan hollarda, o‘tgan yilgi buxgalteriya hisobi va hisobotiga o‘zgartirish
kiritilmasdan, balki hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi ko‘rinishida joriy hisobotda aks
ettiriladi.

Download 381.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling