Buyrug‘i oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.6 Mb.
bet6/7
Sana15.08.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1667362
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
baholash 3069

5-BOB. YAKUNIY QOIDA
  • Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan
    • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
    • 824 son QARORI
    • OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH BILAN BOG‘LIQ TIZIMNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
    • 6-bob. Baholash, baholarni konvertatsiya qilish
    • 1. Talabalar ta’lim dasturi doirasida o‘qitish shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
    • 2. Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
    • 3. Baholash usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni ta’lim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi shart.
    • 4. Kreditlarni ko‘chirish oliy ta’lim muassasasida baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa oliy ta’lim muassasasida tuzilgan shunga o‘xshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
    1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling