Buyruq tartibida ish yuritish


Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar


Download 8.54 Kb.
bet2/3
Sana11.10.2023
Hajmi8.54 Kb.
#1698769
1   2   3
Bog'liq
Buyruq tartibida ish yuritish S.Abdullayev

Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar.

  • Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga:
  • 1) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
  • 2) huquqiy munosabatni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, agar bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • 3) talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
  • 4) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni

  • Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida beriladi. Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
  • 1) ariza berilayotgan sudning nomi;
  • 2) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari;
  • 3) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari;
  • 4) undiruvchining talabi va talabga asos bo‘lgan holatlar;
  • 5) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;
  • 51) to‘lanmagan to‘lovlar summasining hisob-kitobi va undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulkning tavsifi;
  • 6) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
  • Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizada undiruvchi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
  • Ko‘char mol-mulk talab qilingan taqdirda, arizada ushbu mol-mulkning qiymati ko‘rsatilishi lozim.
  • Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.

Download 8.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling