Buyruq turlari va formatlari
Download 176.33 Kb.
|
BUYRUQ TURLARI VA FORMATLARI
BUYRUQ TURLARI VA FORMATLARIBajardi : Isroilova ShirinREJA :
Buyruqlar tizimi arxitekturalarini tasniflash.Kompyuterning buyruqlar tizimi ma'lum bir HM bajarishga qodir bo'lgan buyruqlarning to'liq ro'yxati. O'z navbatida, buyruqlar tizimi arxitekturasi (BTA) ostida dasturchiga ko'rinadigan va foydalanishi mumkin bo'lgan kompyuter vositalarini aniqlash odatiy holdir. BTA ni dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchilar ehtiyojlarini kompyuter texnikasi yaratuvchilarning imkoniyatlariga moslashtirish liniyasi sifatida ko'rish mumkin . Natijada, ikkalasining maqsadi hisob-kitoblarni eng samarali tarzda, ya'ni minimal vaqt ichida amalga oshiradi va bu yerda buyruqlar tizimi arxitekturasini to'g'ri tanlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Soddalashtirilgan talqinda dasturning bajarilish vaqti (Thisob) dasturdagi buyruqlar soni (Nbuy), har bir buyruq bo'yicha protsessor aylanishlarining o'rtacha soni (CPI) va takt davrining davomiyligi τdav orqali aniqlanishi mumkin: Thisob = Nbuy × CPI × τdav. Ifodaning har bir komponenti buyruqlar tizimi arxitekturasining ayrim jihatlariga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida boshqalarga ham ta’sir qiladi , bu esa BTA ni tanlashga o‘ta mas’uliyatli yondashish zarurligini ko‘rsatadi. Buyruqlar tizimi arxitekturasi kassifikatsiyasi. Kompyuter texnikasining rivojlanish tarixi xuddi ko'zgudagidek, ishlab chiquvchilarning u yoki bu buruqlar tizimi arxitekturasi istiqbollari haqidagi qarashlarida sodir bo'lgan o'zgarishlarni aks ettiradi. Ko'pincha BTAning yangi turiga o'tishni oldindan belgilab beradigan sabablar orasida ikkita eng muhimiga to'xtalib o'tamiz. Birinchisi, kompyuter tomonidan bajariladigan operatsiyalarning tarkibi va ularning murakkabligi. Ikkinchisi, ma'lumotlarni qayta ishlash buyrqularining manzil qismida ko'rsatilgan manzillar soni va uzunligiga ta'sir qiluvchi operandlarni saqlash joyi. Aynan shu xususiyatlar buyruqlar tizimi arxitekturasini klassifikatsiyalash ko'rsatkichlari sifatida qabul qilinadi. Download 176.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling