Buyruqlarni xotiraga adreslash usullari Registrli adreslash. Vositali adreslash


Download 25.4 Kb.
bet2/4
Sana18.10.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1708159
1   2   3   4
Bog'liq
vositali adreslash. usuli

Ayon bo’lmagan adreslash usuli. Ayon bo’lmagan adreslash usuli bir baytli buyruqdan tashkil topgan bo’lib 2 - mikrosiklda bajariladi. Birinchi mikrosiklda amallar kodi tanlanadi, ikkinchi mikrosiklda esa u bajariladi. Ayon bo’lmagan adreslash usuli asosan akkumulyatordagi qiymat ustida amalga oshiriladi.
Ayon bo’lmagan adreslash usuliga misollar:
SMA – Akkumulyatorning qiymatini teskarisiga aylantirish, ya’ni (A) < (A).
KAK, KAX – Akkumulyatorning qiymatini o’ng va chap tamonlarga bitta qadamga surish.
Bevosita adreslash usuli. Bu adreslash usulida buyruq amallar kodining (AMK) birinchi baytiga bevosita joylashtirladi. Amallar kodidan keyin esa darhol bitta yoki ikkita baytga ega bo’lgan qiymatlar yoziladi (joylashtiriladi). Bu qiymatlar xotiradan olinmaydi, ularning buyruqlarini mashinaga programmistning o’zi kiritadi. Bunday buyruqni registrni bevosita yuklash deyiladi. Albatta, bu joyda AMK va qiymatlar ikkilik kodi bo’yicha ma’lumotga ega bo’ladilar. Bevosita adreslash usulining tuzilishi quyidagicha (2 -rasm):

Amallar kodi

1 bayt

Qiymatlar

2 yoki 3 bayt

2-rasm. Bevosita adreslash buyrug’ining tuzilishi.

Bevosita adreslash usuliga misollar:
LXI N , qiymatlar NL registirlari qiymatlar bilan yuklan sin. (L) <- (2 bayt); (N)<- (3 bayt). Bu yerda, L registriga amallar kodining (AMK) ikkinchi baytida turgan qiymat yuklanadi. N – registriga esa AMK ning uchinchi baytidagi qiymati yuklanadi (qiymatni operatorning o’zi kiritadi).
MVI A, qiymatlar akkumulyator (A) AMK ning ikkinchi baytida turgan qiymat bilan yuklansin (A) <- (2 bayt).
LXI SR, qiymatlar SP registri qiymatlar bilan yuklansin (SR) <- (2 bayt+3 bayt).
ANI, qiymat akkumulyatorni qiymati va AMK ning ikkinchi baytida turgan qiymat ustida razryad bo’yicha mantiqiy I amali bajarilsin (A) <-(A)*(2 qiymat).
Mikroprotsessorda bevosita adreslash ikkita mikrosiklda amalga oshiriladi. Birinchi mikrosikl davomida buyruqni tanlash o’tkaziladi, ikkinchi mikrosiklda esa buyruq bajariladi.

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling