Buyruqlarni xotiraga adreslash usullari Registrli adreslash. Vositali adreslash
Download 25.4 Kb.
|
vositali adreslash. usuli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stekli adreslash.
Vositali adreslash.
Vositali adreslash bitta so’z uzunligiga ega bo’lgan buyruq orqali amalga oshiriladi. Bunday adreslash vositali yoki ayrim paytda vositali registrli adreslash deyiladi. Bu yerda buyruqning qiymati, amallar kodidan tashqari berilgan qiymatlar joylashgan xotiraning adresini ham ko’rsatadi. 8-razryadli MP da vositali adreslash usulidan foydalanilganda, tegishli buyruq shuni ko’rsatadiki, qaysiyam bir juft registrga yozilgan adreslar, ishlatilishi kerak bo’lgan, xotiraga joylashgan qiymatning adresini ko’rsatadi. Vositali adreslash tez-tez foydalanib turiladigan xotira massiviga murojaat qilganida, hamda asosan qiymatlar fayl yoki ro’yxat ko’rinishida tashkil etilganda qulaydir. Vositali adreslash usuli quyidagi ko’rinishda yoziladi (4-rasm);
4- rasm. Vositali adreslash usuli. Vositali registrli adreslash usuliga misollar: SUB M –Akkumulyatorda saklanayotgan qiymatdan xotira massividagi qiymat ayirib tashlansin, (A)<-(A) – ((N)(L)). Xotira massividagi qiymatlarning adreslari NL juft registrlarida saqlansin. SRM M – Akkumulyatorning qiymati xotira massivining qiymati bilan taqqoslansin, (A) – ((N)(L)). ADD M – Akkumulyatorning qiymati xotira massividagi qiymat bilan qo’shilsin (A)<-(A)+((N)(L)). Stekli adreslash. Stekli adreslashda operandning adresi stekning ko’rsatkichini registrida ko’rsatiladi, bu yerda operandga murojaat qilganda stek ko’rsatkichining qiymati avtomatik ravishda ikkitaga yo ko’payadi, yo kamayadi.. RUN buyrug’i bajarilganda stekli ko’rsatkichning SR – 1 adresli xotirasiga juft registrning katta razryadini qiymati yoziladi, SR–2 adresli xotirasiga esa juft registrning kichkina razryadini qiymati yoziladi. SR stek ko’rsatkichining qiymati ikkitaga kamayadi. ROR buyrug’i (qiymatlarni stekdan chiqarish) bajarilayotganda stek cho’qqisining qiymati juft registrning kichkinasiga uzatiladi, stek cho’qqisining qiymatidan bitta katta bo’lgan adresdagi qiymat esa juft registrning kattasiga uzatiladi. Shundan keyin ZR registrining (stekni ko’rsatkichning) qiymati ikkitaga ko’payadi. Stekning to’g’ri ishlashi uchun RUSH va ROR buyruqlari birgalikda ishlashlari kerak. Ayrim paytlarda bu buyruqlarning o’rnida ularga ekvivalent bo’lgan SALL (qism programmasini chaqirish) va RETURN (asosiy programmaga qaytish) buyruqlari ishlatiladi, ya’ni SALL –PUSH; RETURN - ROR. Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling