Buyruqlarni xotiraga adreslash usullari Registrli adreslash. Vositali adreslash


Download 25.4 Kb.
bet1/4
Sana18.10.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1708159
  1   2   3   4
Bog'liq
vositali adreslash. usuli


Vositali adreslash usuli


Reja:

  1. Buyruqlarni xotiraga adreslash usullari

  2. Registrli adreslash. 

  3. Vositali adreslash

  4. Stekli adreslash usuli

Buyruqlarni xotiraga adreslash usullari

Adreslashning quyidagi usullari mavjuddir [1,8,10,21]:


— Registrli adreslash;
Bevosita adreslash;
— Tug’ri adreslash;
Vositali registrli adreslash;
— Stekli adreslash;
— Ayon bo’lmagan adreslash;
Registrli adreslash. Bu adreslash 8-razryadli MPda bitta baytli buyruq orqali amalga oshiriladi, 8 bit (bayt) mashina so’zini tashkil etadi va 256 ta har xil kombinasiyanig bittasidir.
Qanday qilib bir baytli buyruqdan qiymatlarga adreslash uchun foydalanish mumkin? Javob quyidagichadir:
Bitta baytli buyruqlarda xotiraga joylashgan qiymatlarga murojaat qilinmaydi. Ular registrlarga, juft registrlarga yuklangan qiymatlar bilan ishlaydi yoki bo’lmasa adresi juft registrlarda bo’lgan, o’zi xotirada saqlanayotgan qiymatlar bilan birga ishlaydi.
Masalan: A registridan V registriga qiymatlarni o’tkazadigan bir baytli buyruq: amallar kodidan, qiymatlar manbasining adresidan (A registri) va qiymatlarniqabullovchining adresidan (V registri) tashkil topgan bo’ladi. (1 -rasm).

D7

D6

D5

D4

D3

D2

D1

D0

0

1

0

0

0

1

1

1

MOV

V registrning adresi

A registrning adresi

1-rasm. A registrining qiymatlarini V registriga o’tkazadigan registrli adreslash usuli ishlatilgan buyruq.

Bu yerda, amallar kodi — 01 - MOV;
A registrining adresi — 111;
V registrining adresi — 000;
Buyruqda manbaning va qabullovchining adresi aniq ajratib (alohida) ko’rsatilmagan. Bu buyruq 2 - mikrosiklda bajariladi. Birinchi mikrosiklda amallar kodi tanlanadi, ikkinchi mikrosiklda esa u bajariladi. (A registring qiymati V registriga o’tkaziladi).
Registrli adreslash usuliga misollar:
MOV A,L – L registrining qiymati A registrga utkazilsin.
(A)<-(L).
SPHL – HL registrini qiymati SP registriga utkazilsin.
(SP)<-(HL).
ORAL – A ni qiymati bilan L registrini qiymati ustida razryad bo’yicha ILI amali bajarilsin (A)<-(A)+(L)

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling