Registrlar haqida umumiy tushuncha - Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar
- ko‘rinishida saqlanadi.
- Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi.
- Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi.
- Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
Trigerlar - xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi.
- U 2 ta turg‘un holatga ega bo‘lgan elektron qurilmadir.
- Hisoblash texnikasida trigerlar xotira quril- masi sifatida qo‘llaniladi.
- Trigerlar asosida EHM larni registrlari, hisoblagichlari va jamlagichlari yig‘iladi.
Trigerlar axborotni saqlash usuliga ko‘ra asinxron va sinxron trigerlarga bo‘linadi. Registr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: - Xotira qurilmasi - elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd kilish, saqlash va operator izlaganda "qaytarib berish" uchun mo’ljallangan qismi. Asosan integral mikrosxemalardan iborat.
- Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish, magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar)ning magnit xossasini o’zgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni to’plash, tovush va ultratovush tebranishlaridan foydalanish, o’ta o’tkazuvchanlik hodisasini qo’llash va boshqa amallar bajariladi.
- Xotira qurilmasi аxborotlarni izlash usuliga ko’ra, adresli (har bir xotira uyasiga zarur raqam qo’yiladi va axborot aniq bir adres bo’yicha izlanadi) hamda assotsiativ (axborotlar alomatlar yigindisi bo’yicha izlanadi) Xotira qurilmasi farqlanadi.
- Xotira qurilmasining asosiy ish ko’rsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da o’lchanadigan sig’im, ya’ni bir vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin bo’lgan belgilar soni.
- Kompyuterning "miyasi" — mikroprotsessor ma’lumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter diskdan ma’lumotlarni "o’qib", maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida undan bevosita foydalanib turadi. Ana shu maxsus kiyem operativ xotira deb ataladi.
- Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sig’imiga bog’liq. Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kichik bo’lsa, u faqat MS DOS OT muhitida, agar 4 Mbayt bo’lsa, MS DOS OT, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan katta bo’lsa, lokal tarmoqdar (internet, elektron pochta — Email) da ishlashi mumkin.
- Ko’pchilik kompyuterlarda operativ xotira orasiga qo’shimcha KEShxotira o’rnatiladi.
- Ko’p ishlatiladigan ma’lumotlar ana shu xotiraga kayd kilinadi.
- IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS (doimiy xotira) va CMOS (yarim doimiy xotira) turlari mavjud.
- Ularda kompyuter qurilmalarini tekshirish dasturlari, operatsion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat ko’rsatish vazifalarini bajarish dasturlari saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |