Буюк Британия 1871-1918 йилларда
Download 59.04 Kb.
|
Birinchi jahon urushining sabablari va oqibatlari
Reja:
Birinchi jaxon urushining sabablari. Buyuk Britaniyaning ichki va tashqi siyosati, mustamlakachilik siyosati. Jaxon urushiga tayyorgarlik. Fransiya siyosiy ziddiyatlari. Mustamlakachilik urushlari, ichki va tashqi siyosati. Italiyaning 1-jaxon urushidagi pozitsiyasi. XX-asr boshida Germaniya ichki va tashqi reaksiyaning kuchayishi va jaxon urushiga tayyorgarlik. AQShning 1-jaxon urushidagi pozitsiyasi. Avstriya – Vengriya Dualistik boshqaruvining rivoji. Germaniya bilan yaqinlashuv va urushga tayyorgarlik. Xulosа. Birinchi jaxon urushiga olib kelgan narsa imperializmning rivojlanishi, birinchi navbatda imperialistlar o`rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi, Yevropa davlatlarining ikki harbiy siyosiy blokka –Antanta bilan Uchlar ittifoqi o`rtasida dunyoni yanayam aniqrog`i bo`lingan dunyoni qaytadan bo`lib olish uchun kurash bo`ldi. 1914 yilga kelib, imperialistik davlatlar o`rtasidagi kurash g`oyat keskinlashib, so`nggi chegaraga yetdi. Germaniya va Angliya ziddiyatlari asosiy ziddiyatlar edi. Germaniya Angliya va Fransiya xisobiga yangi mustamlakalarni bosib olishni, Rossiyani kuchsizlantirishni Yevropada o`z gegemonligini o`rnatishni maqsad qilib qo`yishgan edilar. Germaniyaning maqsadlari: a) birinchidan Fransiyani mag`lub etish va undan katta miqdorda kontributsiya olish, shuningdek Fransiya qirg`oqlarida Germaniyaning okean yo`lini va Angliga qarshi mustaxkam mudofaa va strategik nuqtaga ega bo`lish; b) Rossiyaga yaqin yerlarda Germaniya qishloq xo`jaligi uchun qulay hududga ega bo`lish; v) dengizda mutlaq hukumronlik o`rnatish (“Mustamlakachilikni ta`minlash uchun dengizlar mutlaq erkin bo`lishi lozim” urushning maqsadlari to`g`risidagi Gitlerning maxfiy dokladidan; ) Mazkur urushda ishtirok etgan har bir davlat o`z manfa`tlaridan kelib chiqqan holda turli maqsad va rejalarni o`z oldiga qo`yishgan edilar. Shu nuqtaii nazardan 1-jaxon urushidagi yirik imperialistik davlatlarning xsusan Germaniyaning manfa`tlari xsusida to`xtalib o`tsak: Ingliz imperialistlari urush yo`li bilan Germaniyani kuchsizlantirishga, uning mustamlakalarini bir qismini bosib olishga, Usmoniylar imperiyasini bo`lib yuborishga umid qilgan edilar. Shu o`rinda Buyuk Britaniyaning 1-jaxon urushigacha bo`lgan ichki va tashqi siyosatiga qisqacha e`tibor qaratib o`tsak: Ma`lumki XIX -asrning 70-yillarida Buyuk Britaniya dunyodagi eng qudratli va yirik mustamlakachi davlat xisoblanib sanoat, ilm-fan rivojlanishi jixatidan AQSH va Fransiyadan ham ustun turardi. Boshqa industrial davlatlarda bo`lgani kabi bu yerda ham yovvoyi kapitalizmning salbiy oqibatlari tufayli 1879, 1882, 1890 yillarda qishloq ho`jaligi va sanoatda iqtisodiy inqirozlar bo`lib o`tdi. Tabiiyki, bunday inqirozlar Angliyaning sanoat sohasidagi hukmronligiga chek qo`ydi. Qirolicha Viktoriya (1837-1901) va primyer-minstr liberallar lideri Gdastonlar ilgari surgan «ajoyib yakkalik» tamoyiliga ham putur yetadi. XIX -asr 90 yillarga kelib Buyuk Britaniya ko`mir qazib chiqarish,po`lat eritish,cho`yan ishlab chiqarish, paxta yetishtirish sohalarida AQShdan ortda qoldi. Okendagi va mustamlakalardagi bozorlarda raqobada yangi tashkil topgan Germaniya asosiy raqibga aylandi. Agrar soxadagi inqirozlar tufayli qishloq xo`jaligi maxsulotlari ikki barobar kamaydi. Sanoat va qishloq xo`jaligidagi inqirozlar ishsizlar o`sishga olib keldi. Shunga qaramasdan sanoat qishloq xo`jaligi va moliyaviy sohalarda yirik manapoliyalar soni ko`payib, ularning ichki va tashqi siyosatga ta`siri yanada kuchaydi. 1870-1885 yillarda xukumatni boshqargan Gladstonning lebirallar xukumati va Dizrayelinning kanservatorlar xukumati aynan mana shu manapoliyalar va yuqori doiralar manfaati yo`lida siyosat yuritdi.Bu davrda qirollik xazinasiga katta daromad keltiruvchi yana bir manba sudxo`rlik moliyasi edi.1880-yillarda Angliyaning chetga chiqargan sudxo`rlik moliyasi106 mln funtsterlingga yetdi. XIX -asr oxiriga kelib ingliz ishchilarinnig o`z haq huquqlari uchun kurashish tajribasi ancha o`sgan edi. Ishchilar harakatiga tred-yunion sotsial demokratik federatsiya 1890 yilda tashkil topgan mustaqil ishchilar partiyasi boshchilk qildi. Faqatgina I-jaxon Mustamlakachilik urushlari asosiy mablag`ning armiyaga va sudxo`rlikka sarflanishi natijasida iqtisodiy turg`unlik yanada mustaxkamlandi. XX-asr boshida Angliyaning ilgargi siyosiy,iqtisodiy mavqeini yo`qotishi, ommaviy ishchilar harakatlari hukumatni yangicha siyosat olib borishga majubur etdi. 1895-1902 yillarda hukumatni boshqargan Solsberining konservatorlar xukumati ichki bozorni ximoya qilish uchun proteksionizmni joriy etdi. Shunga qaramasdan xalqning axvoli yaxshilanmadi. Jaxon urushi arafasida Angliya ichki xavfsizlikni ta`minlash maqsadida ishchilar namoyishlari va harakatlarini ta`qiqlab,butun e`tiborni Uchlar ittifoqiga qarshi urush olib borishga qaratdi. Buyuk Britaniya tashqi siyosatdagi mustamlakachilik iqtisodiy – siyosiy g`oyaviy ekspansiya, hukmron doiralarning manfaatlaridan kelajakdagi rejalar va extiyojlardan kelib chiqdi. XIX-asrning 2-choragida inglizlar O`rta Osiyo masalasida Chor Rossiyasi bilan keskin raqobat olib bordi, biroq O`rta Osiyoni egallashda Rossiyaga nisbatan Angliyaning imkoniyatlari cheklanganligi tufayli ta`sir doiralar Afg`onistondan nariga o`tmadi. O`rta Osiyo masalasida ruslardan mag`lubiyatga uchratgan inglizlar Rossiyaga qarshi urushlarni faol qo`llab quvvatladi. 1877-1878 yillardagi rus-turk urushida Angliya Turkiyani qo`llab quvvatladi. XIX-asr oxirida Germaniya Italiya kabi yosh imperiyalar paydo bo`lib, dunyoni bo`lib olish avjiga chiqqan davrida Angliya ham o`z hududlarini kengaytirish uchun Osiyo va Afrikada katta urushlarni olib bordi. 1877 yil Transvoal va Oranj respublikalarini anneksiya qilindi. 1878 yil konservatorlar xukumati Afg`onistoga qarshi mustamlakachilik urushini boshlab 1879 yil bahorda asoratli Gandamak shartnomasini imzolashi bilan yakunlandi. 1879-1880 yillarda Dizrayeli hukumati zuluslarning kuchli qarshiligi tufayli ularning aksariyatini shafqatsiz qirib tashladi. 1882 yilda Gladston hukumati Misrni bosib olib, Suvaysh kanali ustidan o`z nazoratini o`rnatib shimoliy Afrikaga ta`sir ko`rsatish uchun qulay tayanch nuqtaga ega bo`ldi. Oltin, olmos va boshqa xom ashyolarga boy markazlarni egallash uchun harakatlar kuchayib bordi.1886 yil Nigeriya va Somali to`liq zabt etilib, qoramol va yung yetkazib berish majburiyatini oldi. 1889 yil Keniya, Tanganika, 1890 yilda Uganda zabt etildi. Inglizlarning asosiy maqsadi Keyptaundan Misrgacha, Misrdan Xindistongacha bo`lgan hududlarda ulkan ta`sir doirasini vujudga keltirishdir. Shu maqsadda Kap kaloniyasining ministri S.Rods 1890 yilda Keyptaun-Qoxira-Kalkutta temir yo`l loyihasini ishlab chiqdi. Lekin bu imperialistik zidiyatlar sharoitida amalga oshmadi. 1896 yil Sudan, 1898 yil Xitoyning Veyxavey porti va Quvayt inglizlar tomonidan bosib olindi. 1884 yildan 1900 yilgacha Britaniya imperiyasi 3700 ming kvadrat mil.ga kengaydi. Milliy ozodlik harakatlarining ashaddiy dushmani bo`lgan Angliya XX-asr boshida Xitoy va Xindistondagi mustaqillik uchun kurashlarni shafqatsizlarcha jazoladi. XIX-asr oxiri XX- asr boshida inglizlar uchun janubiy Afrikanig oltin olmosga boy hududlarini bosib olish,u yerdagi burlar xukmronligiga zarba berish asosiy maqsad bo`lib qoldi. 1899-1902 yilllarda Transvoal, Oranj, Kap va Natalda xukmronlik qilish uchun ingliz-bur urushi bo`lib, 1902 yil 1 iyunda Angliyaning g`alabsi bilan yakunlandi. Shu tariqa Angliya janubiy Afrikanig ho`jayiniga aylandi. Bu davrda Angliyannig mustamlakalaridagi eng havfli raqibi yosh Germaniya impreriyasi bo`lgani uchun eski raqiblar Fransiya va Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash va Germaniyaga qarshi ittifoq tuzish strategiyasi amalga oshirildi. Misr va Marokash yuzasidan Fransiya bilan, Eron yuzasidan Rossiya bilan munosabatlarni mo`tadillashtirgan Angliya 1907 yil 31 avgustda Fransiya va Rossiya bilan Germaniyaga qarshi harbiy siyosiy ittifoq- Antantaga asos soldi. Angliya mustamlakalarni ayovsiz talash hisobiga jaxon urushiga tayyorgarlik ko`rdi. Fransuz imperialistlari xam, xuddi shunday maqsadga, ya`ni, urush yo`li bilan Germaniyani kuchsizlantirishga, uning mustamlakalarini bir qismini bosib olishga, Usmoniylar imperiyasini bo`lib yuborishga, bundan tashqari E`lzas va Sharqiy Lotaringiyani qaytarib olishni, Germaniyaning Saar va Reyn viloyatlarini bosib olishni istar edilar. Fransiyaning 1-jaxon urushigacha bo`lgan ichki va tashqi siyosatiga qisqacha e`tibor qaratadigan bo`lsak: Birinchi jaxon urushi arafasida Fransiyada uchinchi respublikaning ichki va tashqi siyosati, mazkur davrdagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli va Fransiyaning xalqaro ahvoliga e`tibor qaratadigan bo`lsak, vaziyatning birmuncha murakkabligini ko`rishimiz mumkin. Fransiya-Prussiya urushi, kommunaning tor-mor etilishi, mustamlakachilik uchun urushlar Fransiya iqtisodiy taraqqiyotida turg`unlikning boshlanishiga, ishlab chiqarishning turg`unlashuviga olib keldi. XIX-asrning 80-90 yillarida yirik Fransuz monopoliyalari, banklarning asosiy kapitallari Avstriya-Vengriya , Bolqon, Janubiy Amerika mamlakatlariga qo`yila boshladi. Sudxo`rlik kapitali ishlab chiqarishnig intensiv o`sishiga halaqit berdi. Shu davrda mamlakat prezidenti Adolf Tyer hukumati egri soliqlarni oshirib, ijtimoiy-siyosiy huquqlarni bekor qildi 1875 yil qabul qilinan konstitutsiya Fransiyada uchinchi respublika–parlamentar respublikani tasdiqladi. Uchinchi respublika davrida ham mustamlakachilik urushlarii olib borildi. 1881 yil 12 mayda Tunis bosib olindi.Tunisning bosib olinishi Italiya bilan munosabatlarni yomonlashtirdi. Fransiyaning Germaniya, Italiya, Avstriya-Vengriya,Angiya bilan munosabatlarinig yomonlashuvi halqaro maydonda yakkalanishga olib keldi. 1883 yil shimoliy Vetnam, 1891 yil Gvineya, 1892 yil Dagoliya, 1896 yil Madagaskar bosib olindi. Tashqi siyosatda manfaatlarning umumiyligi, iqtisodiy ehtiyojlar Rossiya bilan yaqinlashishni zaruratga aylantirdi. Mustamlakachilik urushlari xalq ahvolini yanada og`irlashtirdi. J.Ged, P.Lafarg rahbarligidagi blankchilar, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi partiyalar radikallar faoliyati jonlandi. XIX-asrning 90-yillari o`rtalarida sanoat asta-sekin yuksala boshladi. Canoat ishchilarining soni 2,5 barobar ko`paydi. Fransiya avtomobil ishlab chiqarish, aviatsiya bo`yicha Yevropada yetakchi o`ringa chiqdi. XX -asr boshida siyosiy hayotda mo`tadil respublikachilar va radikallar partiyasi o`rtasida shiddatli raqobat kuchayib, bu raqobat radikallar foydasiga bo`ldi. Birinchi jahon urushi arafasida mamlakat prezidenti radikallar lideri R.Puankare bo`lib, moliya-sanoat gigantlarining ichki va tashqi siyosatda qattiq qo`l siyosat yuritadigan rahbarga bo`lgan extiyojidan kelib chiqib siyosat yuritdi va butun e`tiborni jahon urushiga tayyorgarlikka qaratdi. XIX -asr oxirida Fransiya xalqaro maydonda izolyatsiyada qolgan bo`lsa, XX -asr boshida Uchlar ittifoqi tomonidan bo`layotgan tahdidlar Rossiya va Angliya bilan yaqinlashishiga majbur etdi. 1-jaxon urushidan oldingi Italiya pozitsiyasini bilib olish uchun, XIX -asr oxiri, XX-asr boshlariida Italiyaning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ahvoli, ichki va tashqi siyosati xsusida so`z borar ekan, iqtisodiy taraqqiyotdagi muammolar, monopoliyalarning paydo bo`lishi, ish tashlashlar, ijtimoiy harakatlar, mustamlakachilik urushlari, Uchlar ittifoqiga a`zolik, jamiyatning ichki va tashqi siyosatiga e`tibor qaratish lozim. Italiyaning mustaqil davlat sifatida qaror topishi zamonaviy bozor munosabatlari, yengil va og`ir sanoat, qishloq ho`jaligi, ichki va tashqi savdoning rivjlanishiga imkon yaratdi. Mamlakatda eski agarar munosabatlar saqlanib qolganligi tufayli, kapitalizm qarama-qarshiliklar girdobida rivojlandi. Italiya agar mamlakatligicha qolaverdi. Natijada o`rtacha sanoat maxsuloti qiymati XIX -asr oxiri, XX-asr boshlariida 1 milliard lirani tashkil etsa, qishloq ho`jaligi maxsulotlari qiymati 3 miliard lirani tashkil etdi. Eski tuzumdan moliyaviy muammolar ham meros bo`lib qolgan bo`lib, Italiyaning tashqi qarzi 8300 mln. liraga yetdi. Hukumatning qarzlaridan qutulish uchun banklar kompaniyalar va tashqi dunyodan qarz olishga majbur bo`lishi natijasida Italiyaning ichki va tashqi qaramligi kuchaydi. Ichki va tashqi kapitallar yordamida turli sohalar rivojlantirildi. Temir yo`llar qurish jadallashdi. Milliy sanoat, valyuta va maxsulotlarni raqobatdan xonavayron bo`lishga yo`l qo`ymaslik uchun proteksionizm siyosati olib borildi. Yengil va og`ir sanoat, qishloq xo`jaligida g`alla yetishtirish suratlari oshib bordi. Sanoat qishloq ho`jaligi, tovar pul munosabatlarining rivojlanish natijasida mazkur sohalarni boshqaruvchi yirik kompaniyalar, banklar paydo bo`ldi. 1887 yil Tern po`lat zavodi, 1889 yil «Montekatini» kon sanoati korxonalari va boshqa ishlab chiqarish komplekslari paydo bo`ldi. Aksionerlik jamiyatlari ko`payib 1890 yilda ularning soni 574 taga yetib, ularning kapitali 1935 milion liraga yetdi. Bulardan tashqari yirik banklar ham paydo bo`ldi. Kommersiya banki (1874 yil), Vatikan foydasiga xizmat qiluvchi Rim banki (1880), Italiya kredit banki (1895 yil) eng yirik moliya monopoliyalari bo`lib, ularning sanoatga solgan kapitali 1mln795 ming lirani tashkil etdi. XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida Italiya iqtisodiy taraqiiyotida talaygina muammolar mavjud bo`lib, bu mamlakatning agrar taraqqiyot bosqichidan, industrial taraqqiyot bosqichiga o`tishni qiyinlashtirdi. Bu qishloq ho`jaligining rivojlanishida qoloq agrar munosabatlarning saqlanib qolishi ichki bozorning torligi, ishchilar va dexqonlarning ahvolini og`irlashtirdi. Mustaqillikning dastlabki davridayoq ko`zga tashlangan asosiy iqtisodiy ijtimoiy muammo janub muammosi edi. Qoloq janub erkin savdo–sotiq natijasidagi raqobatga dosh berolmay, shimolga qaram bo`lib qoldi. Janubdagi aholining yaxshi yashashi uchun Fransiyaga va boshqa davlatlarga chiqib ketish taraqqiyot uchun zarur imkoniyatlarni zaiflashtirdi. Janubdagi qoloqlik, qoloq agarar munosabatlar, noo`rin soliqlar siyosati, noo`rin mehnat taqsimoti zamirida ishchilar, dexqonlarning barcha huquq va erkinliklaridan maxrum etish va turmush darajasini pasayishiga olib keldi. Franchesko Krispi (1887-1896) hukumati tom ma`nodagi moliya sanoat korchalonlarining hukumati bo`lgani uchun tashqi siyosatda mustamlakachilik urushlariga alohida e`tibor berdi. Italiyada qo`shni davlatlardagi italiyanlar yashaydigan xududlarni qo`shib olishni talab qilgan shovinistik muxolifatning targ`iboti tufayli Fransiya, Avstriya-Vengriya bilan munosabatlarni keskinlashtirdi. Asosiy raqib, Fransiyaning Italiya qiziqish doirasida bo`lgan Tunisni bosib olishi (1881 yil) Italiyani Fransiyaga qarshi Germaniya bilan 1882 yilda «Uchlar ittifoqi» harbiy siyosiy blokiga birlashishga olib keldi. Italiya asosiy e`tiborni Afrikaga qaratdi. 1889 yilda Somali, 1890 yilda Eritreya bosib olindi. Biroq 1896 yilda italyan armiyasining Abbisseniyadan mag`lubiyati Krispi xukumatining inqiroziga olib keldi. Tabiiyki bu yangicha ichki va tashqi siyosat yuritishni talab qildi. XIX-asr oxirida ichki siyosatda faqatgina yuqori doiralar manfaatini ko`zlab ish yuritish va halqqa qarshi siyosat, ommaviy ish tashlashlar va Krispi hukumatining inqirozi XX-asr boshida inqirozdan chiqish uchun yangicha siyosat-liberal siyosat olib borishni kun tartibiga qo`ydi. Natijada XX-asr boshida o`ziga xos liberal isloxotlar erasi boshlandi. Bu isloxotlar Javani Jolliti nomi bilan bog`liq bo`lib, 1903-1914 yillarda bosh vazir va turli vazirliklar rahbari sifatida faoliyat yuritdi. Jolliti isloxotlari barcha jabxalarning rivojlanishida xizmat qildi. To`qimachilik va boshqa yengil va og`ir sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga davlat xomiylik qildi. Proteksionizm siyosati sanoat uchun foydali bo`lsada, Janubga, qishloq ho`jaligi maxsulotlari eksportiga salbiy ta`sir ko`rsatdi, ichki va tashqi savdo erkinlashtirildi. Germaniya, Avstriya-Vengriya , Shveytsariya, Braziliya bilan savdo bitimlari tuzilib, chet el sarmoyasining kirib kelishiga imkoniyat yaratildi. Malakali ishchilar ish haqi oshirildi. Jamiyatning ichki siyosatdagi liberal islohatlari sanoat, savdo-sotiqning rivojlanishiga, ijtimoiy ahvolning qisman yaxshilanishiga turtki bo`ldi. XX-asr boshida yirik imperiyalar o`rtasida ta`sir doiralar uchun kurash avjiga chiqqan bir paytda Jolliti hukumati yirik davlatlar bilan munosabatlarni ta`sir doiralar borasida o`ziga xos bitimlarni imzoladi. 1902 yilda Italiya bilan Fransiya o`rtasidagi keskin munosabatlarni bartaraf qilish uchun bitim imzolandi. Bitimga ko`ra tomonlar biror davlatning hujumiga uchraydigan bo`lsa, qat`iy betaraf bo`lish majburiyatini oldilar. 1909 yilda Italiya Rossiya bilan Avstriya Vengriyaning Bolqondagi ta`siri kuchayishiga qarshi shartnoma imzolandi. Italiya Rossiyani «Bosfor va Daranell masalasi» da quvvatlashga, Rossiya esa Tripolitaniya va Kirenaikada Italiya tarafida ekanligini bildirdi. Natijada Italiya Afrikada o`zi qiziqayotgan hududlarda erkin harakatlanish imkoniyatiniga ega bo`ldi. 1911 yil 29 sentabrda Kirenaika va Tripotaniya kabi harbiy-strategik ahamiyatga ega nuqtalarni qo`lga kiritish uchun Italiya Turkiyaga –qarshi urush boshladi. Urushda g`alaba qozonish uchun 1,5 mln. lira sarflandi. Urushda Italiya g`olib chiqib Kirenika va Triapolitaniya qo`shib olindi. Tashqi siyosatdagi g`alabalar Italiyada o`ng shovinistlar faollashuvini ta`minladi. Ularga liberal isloxatlar tufayli iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni ta`minlagan Jolliti ish bermay qo`ydi. Endi ularga mamlakatda temir intizom o`rnatuvchi, g`olibona urushlar olib boradigan rahbariyat zarur edi. O`ng shovinistlar tazyiqi ostida 1914 yil 14 martda Jolliti iste`foga chiqdi. Jollitining liberal isloxatlari Italiyada iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlab, xalqaro maydondagi mavqeini mustaxkamlashga xizmat qilgan bo`lsa, Jaxon urushi arafasida shovinistik va o`ng oqimnig kuchayishi natijasida liberalizm davri tugab, xokimiyat Salandra boshchiligidagi o`ng oqimga o`tishiga va Italiya butun e`tiborini urush olib borishga qaratishiga olib keldi. Germaniyada markazlashgan davlatning tashkil topishi, iqtisodiy to`siqlarnig bartaraf etilishi, Fransiyadan tortib olingan Elzas va Lotaringiyadagi xom–ashyo resurslarining ishga tushirilishi, fransuzlardan undirilgan kontributsiya va liberal isloxotlar sanoat inqilobini boshlab berdi. Drezden, Darmitad, Diskonto-Gazelshaft kabi monopoliya banklar Reyn Vestfal ko`mir sindikati, Umumiy elektr jamiyati va Krupp kompaniyalari paydo bo`lib, ular ingliz, fransuz moliya-sanoat oligarxlariga jiddiy raqib sifatida faoliyat yuritdi. Tashqi siyosatdagi asosiy jixatlardan biri Fransiyani yanada zaiflashtirish shu orqali Yevropada gegemon bo`lish, o`ziga mos harbiy siyosiy bloklarni yaratish, raqiblarni uzil kesil bartaraflashtirish edi. Fransiyani izolyatsiyada qoldirish uchun Bismark tashabbusi bilan tarkibida Avstriya-Vengriya va Rossiya bo`lgan Germaniya raxbarligidagi 1873 yil 23 oktabrda «Uch imperator itifoqqi»ga asos solindi. 1877-1878 yillardagi rus-turk urushida Germaniyaning Turkiyani qo`llab quvvatlashi ittifoqning tarqalishiga olib keldi. Fransiya va Rossiya bilan, shuningdek Afrika borasida Angliya bilan ziddiyatlar ularga qarshi ittifoqchilarni izlashga majbur qildi. Shu maqsadda 1882 yil Italiya va Avstriya-Vengriya bilan «Uchlar ittifoqi»ga asos solindi. Kuchli ittifoqchilarga ega bo`lgan Germaniya zarur hayotiy makonlarni qo`lga kiritish uchun bosqinchilikni kuchaytirdi. 1884 yil Kamerun, Togo, Gvineya, 1885 yil Marshal orollari va Zanzibar bosib olindi. Bismarknig ichki va tashqi siyosati Germaniyaning bundan keyingi davrda mustamlakachi davlat sifatida dunyoda gegamonlikka intilishini ta`minladi. 1888 yil kansler Kaprivi davrida ichki siyosatda ijtimoiy hayot barqarorlashdi. XX asr boshiga kelib Germaniya sanoat taraqqiyoti jixatidan AQShdan keyingi ikkinchi o`ringa chiqdi. Buning asosiy sababi sarmoyaning aksariyati sudxo`rlikka emas, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga sarflanganligidir. 1900 yil kansler bo`lgan Berngard fon Byulovnnig yangi bojxona ta`rifi, ya`ni soliqlar siyosati va pruslashtirish siyosati ijtimoiy ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarga sabab bo`ldi. XIX-asr 90 yillarining o`rtalarida Tinch okeanidagi Karolina, Mariana, Samao orollari zabt etildi. 1900 yil Xitoydagi milliy ozodlik harakti bostirildi. Yaqin sharqdagi neft zaxiralarini qo`lga kiritish uchun Bag`doddan Berlingacha temir yo`l qurish loyihasi Angliyaning Quvaytda o`z protektoratini o`rnatishi tufayli amalga oshmadi. Xukmron doiralar xarbiylashtirishga alohida e`tibor bergan. Birinchi jaxon urushi arafasida kansler Betman Golveg xukumati so`l xarakatlar va ishchilar g`alayonlarini shafqatsiz bostirdilar. Ichki inqirozni bartaraf etish uchun nemis yunkerlari, moliya-sanoat doiralari, harbiylar jaxon urushiga zo`r berib tayorlandilar. Bu esa ularnig inqirozini yanada tezlashtirdi. Germaniyaning ittifoqdoshi Avstriya–Vengriya XIX-asrning oxirida ijtimoiy,siyosiy, iqtisodiy jixatdan dualistik monarxiyasi imperiyadagi milliy ozodlik harakatlarini bostirish va imperiyani saqlab qolish maqsadidagi ikki xalq avstriyalik va vengriyaliklarning siyosiy ittifoqi edi. Iqtisodiy hayotida feodal an`analar saqlanib qolgan, sanoati zaif, Avstriya-Vengriyada chet el kapitalining ta`siri saqlanib qoldi. Bu davrda Avstriya–Vengriya hukmron doiralarining o`ziga bo`ysunuvchi xalqlarga nisbatan yuritilgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy–ma`naviy jabhalardagi zulmkor siyosatlari imperiyada milliy ozodlik harakatlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Ichki siyosati shovinizmga asoslangan Gabsburglar tashqi siyosatda Germaniya bilan yaqinlashish, Janubiy- Sharqiy Yevropada o`z gegemonligini o`rnatish, bu boradagi raqiblarni zaiflashtirish yo`lidan borishdi. Fransiya va Turkiyaga qarshi 1873 yilda Avstriya-Vengriya, Germaniya, Rossiya «Uch imperator ittifoqi»ni tuzdi. Biroq 1878 yilgi rus-turk urushidan so`ng Berlin kongressiga ko`ra Rossiyaning qiziqishidagi Bosniya Gersogovinaning qo`shib olinishi Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashib Uch imperator ittifoqining tarqalishiga olib keldi. Qolaversa Berlin kongressida Bolgariyaning chegaralari kengayishiga yo`l qo`yilmadi. Bolqon yarim oroli uchun Angliya, Fransiya, Rossiya, Turkiya bilan siyosiy-iqtisodiy raqobat va ziddiyatlar Gabsburglarni ularning dushmanlari bilan yaqinlashishga majbur etdi. Natijada 1882 yil Germaniya va Italiya bilan harbiy siyosiy blok «Uchlar ittifoqi» tuzildi. Milliy diniy zidiyatlar ichida qolgan Avstriya–Vengriya XX-asr boshiga kelib, eng qoloq imperiyalardan biri bo`lib qoldi. Iqtisodiy moliyaviy xayotda Fransiya, Germaniya, Belgiya kapitallari hamon kuchli ta`sirga ega edi. Nemis kapitali elektrotexnika, tog`-kon sanoati, qishloq ho`jaligiga ham faol kirib bordi. Sanoat, qishloq ho`jaligi, moliyaviy hayotda chet el monopoliyalari va banklarining nazorati o`rnatilishi natijasida aholi turmush darajasi yanada pasayib ketdi. Shu davrda siyosiy iqtisodiy hayotni boshqarishda teng huquqlilikni ta`minlash borasida Avstriya-Vengriya o`rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Chunki imperiyani boshqarishda avstriyalik hukmron kuchlar teng huquqiy asosda boshqaruv tamoyillarini buzib, hokimiyatning katta qismini o`z nazoratiga olib Vengriyaning huquqlarini poymol etdilar. Vengriya Seymining mustaqillik partiyasi reyxstagdan alohida bojxona va armiya tuzishga ruxsat berishni talab qildi. Faqatgina kuchli politsiya rejimi muxolifatning rivojlanishiga yo`l qo`ymadi. Milliy kurashlar, Galitsiyadagi polyaklar va ukrainlar o`rtasidagi ziddiyatlar, Tiroldagi italyanlar qo`zg`oloni va Chexiyadagi chiqishlar bilan yanada keskinlashdi. 1905 yil 4 noyabrda Gauch hkumati milliy isyonlar tazyiqi ostida umumiy saylov huquqini joriy etishga majbur bo`ldi. Biroq slavyanlarga nemis aholisiga qaraganda kam o`rin ajratildi. Asosiy maqsadi Bolqonni bosib olish bo`lgan taxt vorisi Frans Ferdinand va uning harbiy partiyasi 1908 yil 5 noyabrda Bosniya va Gersogovinani bosib oldi. Birinchi jaxon urushiga tayyorgarlik ko`rayotgan Gabsburglar temir intizom o`rnatish uchun milliy kurashlarni bostirish yo`liga o`tdi. 1912 yilda Xorvatiyadagi isyonlarni sindirish uchun uning seymi tarqatib yuborildi. Karpatorti Ukrainasi, Galitsiyadagi polyaklar qo`zg`olonlari shafqatsiz bostirildi. Shovinizm, jaxon urushi ishchilar harakatida og`machi revizionistlarni vujudga keltirdi. Ularning liderlari Bauye, Adner, Renerlar madaniy milliy avtonomiya g`oyasini targ`ib etdi. Buning aksi bo`lgan so`l sotsial-demokratik partiyalarning chiqishlari shafqatsiz jazolandi. Jaxon urushi arafasida imperiyaning parchalanib ketishiga yo`l qo`ymaslik uchun Frans Ferdinand va uning doirasi Vengriya va Slavyan yerlarini teng huquqli asosda Avstriya qo`l ostidagi federatsiyaga birlashtirishni ilgari surgan «Trializm» loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyixani amalga oshirib bo`lmasada, milliy nizolarni kurashlarni chalg`itib jaxon urushiga kirib borish uchun o`ziga xos siyosiy nayrang bo`lib xizmat qildi. 1- jaxon urushidan xar tomonlama foydalangan AQSH hisoblanadi desak adashmagan bo`lamiz. XIX-asr oxirida AQSH tashqi siyosatida avvalgidek Monro Doktrinasining panamerikanizm tamoyili amal qilardi. Iqtisodiy o`sish, xom-ashyo, bozorlar, arzon ishchi kuchiga extiyoj va boshqa iqtisodiy siyosiy manfaatlar har tomonlama qudratli bo`lgan AQShni faol ekspansiyaga chorladi. AQSH uchun Uzoq Sharq va Lotin Amerikasida o`z hukumronligini o`rnatish alohida ahamiyat kasb etdi. Xitoy, Yaponiya va Koreya bozorlariga kirib borishda qulay tayanch bo`lgan Gavay oroli 1898 yilda bosib olindi. 1871 yil AQSH Koreyaga asoratli shartnomani qabul qildirdi. Lotin Amerikasidan Fransiya kapitalini siqib chiqarish uchun 1889 yil Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi bo`lib o`tdi. Unda AQSH raxbarligida Panama, Nikaragua, Kuba, Puyerto-Riko davlatlarini birlashtirgan yagona bojxona tizimini joriy etish masalasi ko`rib chiqildi. Shakarqamishga boy Kuba, Osiyodagi Filippinni Ispaniyadan tortib olish uchun 1898 yil aprelda AQSH Ispaniyaga qarshi urush e`lon qildi va uch oyda mag`lubiyatga uchratdi. 1898 yilning oxirida Parijda imzolangan sulxga ko`ra Kuba, Puyerto-Riko, Guam, Filippin (20 mln dollar evaziga) AQShga o`tdi. Dunyoning eng boy mustamlakasi Xitoyda AQSH erkin harakatlanish, tovarlar olib kirish va xom-ashyo olib chiqishda Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Angliyaga qaraganda kam imtiyozlarga ega edi. Bu boradagi imkoniyatlarni tenglashtirish uchun 1889 yil oktabrda davlat kotibi Xeysning «Ochiq eshiklar doktrinasi» qabul qilindi. Qudratli moliya, sanoat oligarxlarining yanada kuchayishi, XX-asr boshida iqtisodiy taraqqiyoti jixatidan birinchi o`ringa chiqqan AQSH dunyoga xokimlik qiladigan davlatga aylandi. 1901 yil 14 sentabrda prezident bo`lgan T.Ruzvelt tashqi siyosati «katta tayoq siyosati» nomi bilan yuritildi. Bu kuch ishlatish yo`li bilan zaif davlatlarga o`z so`zini o`tkazishdir. Bu Xitoydagi qo`zg`olonlarni bostirishda, 1907 yilda San-Domingo boj, moliyasi ustidan AQSH nazoratinig o`rnatilganligini tasdiqlovchi shartnomani imzolatishda yaqqol namoyon bo`ldi. Tashqi siyosatdagi eng katta yutuq Panama orqali Markaziy Amerika ustidan nazoratning o`rnatilishi bo`ldi. 1903 yil 3 noyabrda Panamada metropoliya Kolumbiyaga qarshi isyon boshlandi. Fransuz kapitali Panamadan chiqib ketdi. AQShnig yordami bilan Panama Kolumbiyani mag`lubiyatga uchratdi va mustaqillikni e`lon qildi. Biroq bu nomigagina edi. 1904 yil AQSH hukumati Panama hukumati bilan kanal qazish va temir yo`l qurishga kelishdi va shu tariqa Panama AQSH ta`siriga tushib qoldi. Panama kanali 1914 yilda qurib bitkazildi. Birinchi jaxon urushi arafasida dastlab betaraf siyosat olib borib, urushayotgan davlatlarga harbiy buyurtmalarni sotish va keyinchalik Antanta tomonidan urushda ishtirok etib g`olib chiqqan AQSH dunyoning eng qudratli davlati bo`lib qoldi. Barcha imperialistik davlatlarda urush va unga tayyorgarlik amvjud ekani holda faqatgina sabab yetishmayotgandi. 1914 yil 28 iyunda Avstriya-Vengriya taxtlari vorisi ersgersog Frans-Ferdinandning o`ldirilishidan Berlin hukumati foydalanib qoldi va Serbiyaga ultimatum yubordi va unga qarshi urush e`lon qildi. Serbiyani qo`llab quvvatlagani uchun 1 avgustda Rossiyaga, 3 avgustda uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e`lon qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Bir vaqtning o`zida Germaniyaning Bel`giyaga bostirib kirishi 4 avgustda Bel`giyani ximoya qilish baxonasida Angliyani ham urushga kirishiga sabab bo`ldi. Bir tarafda Germaniya va Avstriya-Vengriya ikkinchi tomondan Angliya, Fransiya, Rossiya o`rtasidagi urush shu tariqa boshlandi. Urush jaxon urushiga aylandi, chunki dunyo ning katta qismini o`z nazoratida ushlab turgan davlatlar urushga kirdilar. Shuningdek ushbu urushga boshqa imperialistik davlatlar ham o`z manfaatlari doirasida yoki yuqoridagi davlatlarning siyosiy ta`siri ostida qo`shildilar. Masalan Yaponiya vaziyatdan foydalanib Germaniyaga qarshi urush e`lon qildi, ya`ni Germaniyaning Tinch okeanidagi mulklarini bosib olishga va Xitoyni bo`ysundirishga kirishdi. Usmoniylar imperiyasi Germaniya tomonidan Antanta davlatlariga qarshi urushga kirdi. Ushbu urushda dunyoning turli hududlaridan 36 davlat ishtirok etdi. Ushbu urush harakatlari nafaqat harbiy strategik, balki diplomatik urush ham edi. Sababi urush harakatlari davomida muvozanatlar o`zgarishi ham sodir bo`ladi, masalan 1915 yilning kuzida Germaniyaning amaldagi ittifoqchisi Italiya Antanta tomonidan Germaniyaning o`ziga va Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e`lon qildi. Germaniya va Avstriya-Vengriya esa Bolgariya va Usmoniylar imperiyasi bilan birgalikda to`rtlar ittifoqini tuzishdi. Gurmaniya bu urush orqali bo`lingan dunyoni qaytadan bo`lib olish, Yevropada va dunyoda gegemonligini o`rnatish, o`zining asosiy raqiblari bo`lgan Angliya, Fransiya, Rossiya, AQShni, shuningdek hattoki o`zining ittifoqdoshlari bo`lgan Italiya, Avstriya-Vengriya, Bolgariya va Usmoniylar imperiyasini ham zaiflashtirish va bo`ysundirishni maqsad qilib olgan bo`lsa, Antanta davlatlari o`z oldilariga quyidagi maqsadlarni qo`yishgan edilar. Germaniyaning kuchini va uning harbiy siyosiy hukumronlik to`g`risidagi da`vosini sindirish; Hududiy o`zgarishlarni millatlar prinsiplari asosida belgilash; Rossiya Nemanning quyi oqimini va Galitsiyaning sharqini qo`shib oladi. Polshaga esa Sileziya va Galitsiyaning g`arbi qo`shib beriladi; Fransiya El`zas va Lotaringiyani qaytarib oladi; Bel`giya hududi Germaniya hisobiga kengaytiriladi; Shlezvig-Golshtiniya Daniyaga qaytariladi; Gretsiya Albaniyaning janubiy qismini o`ziga qo`shib oladi; Angliya, Fransiya, Yaponiya Germaniya mustamlakalarini bo`lib oladi; Germaniya va uning ittifoqdoshlari Avstriya-Vengriya, Bolgariya va Usmoniylar imperiyasi katta kontributsiyalar to`lashadilar va hokazo. Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki 1-jaxon urushida har bir davlat o`z oldiga qandaydir maqsadni yoki boshqacha aytganda manfaatni qo`ygan. 1-jahon urushi o`zaro manfaatlar urushi, imperialistik davlatlarning dunyoni qaytadan bo`lib olish uchun kurashidan kelib чиқди. Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati: 1.S D. Skazkin . Germanskaya istoriya v novoye i noveysheye vremya. M.Nauka.10I1070. 2.Xolliyev A G. «Jahon tarixi». T. 2002. 3.I.S.Galkin. N.YE.Zastenker. Yangi tarix 3-tom. T: O`qituvchi 1969. 4. Vsemirnaya istoriya v 12-ti tomax M., Politizdat. 1960. 5. Istoriya diplomatii v 5-ti tomax. M., Nauka. 1959-1960; 6. Germaniya. Fakti. Berlin. 2005; 7. Aleksandrov V. Noveyshaya istoriya stran Yevropi i Ameriki. Uchebi.posobiye.M., 1988; 8. www.e-tarix.uz 9. www.ziyonet.uz Download 59.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling