Buyuk Britaniya
Download 34.03 Kb.
|
1918 – 1939-YILLARDA BUYUK BRITANIYA
Tashqi siyosat
Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni о'уnаЬ keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa ahvol o'zgardi. Endi birinchilik AQSH ga o'tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o'rni alohida 3 yo'nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo'ldi. Birinchidan, u xalqaro maydonda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G'arbning yetakchi davlatlaridan biri bo'lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo'stlik mamlakatlari boshlig'i edi. Buyuk Britaniya birdaniga AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylanib qolgani yo'q. AQSH - SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o'matish AQSH uchun ham zarur edi. 1945-yilda ingliz-amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 rnlrd. dollar qarz beradigan bo'ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini kamaytiradi. Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqei kuchaydi. Buyuk Britaniyaga «Marshall rejasi» ga ko'ra ham katta miqdorda yordam ko'rsatildi. Mustamlakalarda boshlangan milliy-ozodlik harakati mamlakat hukmron doiralarini tashvishga solib qo'ydi. Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin-ketin mustaqillik berishga majbur bo'ldi. 1949-yilda NATO ni tashkil etishda fаоl qatnashdi. Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950-yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFR ni qurollantirish va uni NATO ga tortish to'g'risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuSkorlaridan biri bo'ldi. 1957-yilda o'z hududiga AQSH ning o'rta masofaga uchuvchi raketalarini joylashtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan o'tkazdi. 60-yillarning boshlariga kelib mustamlakachilik imperiyasi quladi. Bu hodisa Buyuk Britaniya oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini qo'ydi. Buyuk Britaniya ayni paytda 1963-yilda yadro qurollari sinoyini qisman taqiqlash to'g'risidagi shartnomani ishlab chiqishda qatnashdi. AQSH ning Vetnamga qarshi urushini qo'llab-quvvatladi. 1966- yilda Buyuk Britaniya Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya vа Singapur bilan birlashgan qurolli kuchlarni - ANZYUS (Osiyo -Tinch okean kengashi) ni tuzish to'g'risida bitim imzoladi. 1971-yilda «Umumiy bozor» ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi. 1973-yilda esa uning a'zoligiga qabul qilindi. Ayni paytda AQSH vа Hamdo'stlik mamlakatlari bilan yaxshi munosabatni saqlab qoldi. Jahon iqtisodi vа siyosatida ilgarigidan kattaroq rol o'ynay boshladi. Buyuk Britaniya quruqlikda, dengizda vа hayoda foydalanishga imkon beradigan strategik qurolga ega bo'lishga intildi vа bunga erishdi ham. М. Tetcher dayrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham katta e'tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sodiq qoldi. Buyuk Britaniya manfaatlariga tahdid soluychi daylatlararo muammolarda o'ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982-yilning mау oyida Argentina o'z qo'shinini Janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday qilindi. Bu orol asli Argentinaga qarashli bo'lib, bir vaqtlar Buyuk Britaniya uni o'z imperiyasi tarkibiga qo'shib olgan edi. Buyuk Britaniya orolga o'z qurolli kuchlarini yubordi уа u yerda bayrog'ini qayta tikladi. М. Tetcher Yevropada mamlakatning rahbarlik rolini tiklashga zo'r berib harakat qildi. «Umumiy bozor» da deyarli har bir masalada o'zining alohida fikriga ega bo'ldi. Chunonchi, Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik bildirdi. J. Meyjor hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo'llab-quvvatladi vа unda Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi. 1991-yilda Buyuk Britaniyaning Maastrix shartnomasiga qo'shilishi bu davlat tashqi siyosatida Yevropa muammolarini birgalikda hal etish tomon jiddiy o'zgarish yuz berganligining isboti bo'ldi. 2002-yildagi AQSH ning Afg'onistonga urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa o'z qo'shinlarini yubordi. Terrorizmga qarshi kurashdi. Bunga jayoban 2005- yil iyunda Buyuk Britaniyada qator portlashlar o'tkazildi. 60 dan ortiq kishi halok bo'ldi. Politsiya nazorati kuchaytirildi. Bugungi kunda ham Buyuk Britaniya buyuk daylatlardan biri sifatida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Download 34.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling