Buyuk Britaniya


Download 34.03 Kb.
bet1/3
Sana22.09.2023
Hajmi34.03 Kb.
#1684423
  1   2   3
Bog'liq
1918 – 1939-YILLARDA BUYUK BRITANIYA


MAVZU: 1918 – 1939-YILLARDA BUYUK BRITANIYA


REJA:


1. Buyuk Britaniyaning ichki siyosati
2. Mamlakatdagi keskin ichki yaziyat
3. Tashqi siyosat

Buyuk Britaniyaliklar ham fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga munosib hissa qo'shganlar. Ularning daylati ikkinchi jahon urushi g'oliblaridan biri bo'ldi.


Ayni paytda urush Buyuk Britaniyani ham iqtisodiy, ham siyosiy уа ham harbiy jihatdan zaiflashtirdi. Uning harbiy xarajatlari 25 mlrd. funt sterlingni tashkil etdi. Milliy boyligining to'rtdan bir qismini yo'qotdi. Oltin уа yaluta zaxiralari kamaydi. Tashqi qarz 3,3 mlrd. funt sterlingni tashkil etdi.
Faqat AQSH dangina emas, o'z dominionlaridan ham qarz bo'lib qoldi. Chet ellarga joylashtirgan sarmoyasining to'rtdan bir qismidan, saydo flotining 30 foizidan ajraldi. Import eksportdan oshib ketdi. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajaning 90 foizini tashkil etdi. Bundan tashqari, urush Buyuk Britaniyaning harbiy-strategik ahyolini ham yomonlashtirdi.
U jahon vа imperiya bozorlaridan AQSH tomonidan siqib chiqarila boshlandi. Endilikda Buyuk Britaniya Yevropada ilgari yuritgan «kuchlar barayarligi» siyosatini yurita olmay qoldi.
Dominion vа mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining kuchayishi Britaniya mustamlakachilik imperiyasini inqirozga yuz tuttirdi. AQSH ning yadro уа strategik qurollarga ega bo'lishi Buyuk Britaniyaning strategik mayqeiga jiddiy zarba berdi.
To'g'ri, Buyuk Britaniya baribir buyuk daylatlar qatorida qoldi. Biroq uning xalqaro mayqei zaif1ashgan edi. Endilikda Buyuk Britaniya dunyoning yetakchi daylati roliga da'yo qila olmas edi. Urush g'olibining Ьи ahyoliga U. Cherchill «Zafar уа fojia» deb baho bergan edi.
Buyuk Britaniyaning ichki siyosati
1945-yilning. 5-iyulida Buyuk Britaniyada parlament sayloyi о tkazlldl. Unda Buyuk Bntamya tarixida eng mashhur siyosiy arboblardan biri Buyuk Britaniya bosh yaziri U. Cherchill partiyasi (Konservatorlar partiyasi) mag'lubiyatga uchradi. Hokimiyat jiloyi Leyboristlar partiyasi qo'liga o'tdi. Ви partiya parlamentdagi o'rinlarning uchdan ikki qismini egalladi. Leyboristlar o'zlarining sayloy oldi dasturini «Kelajakka boqish» deb ataganlar. Dasturda leyboristlar demokratik sotsializmni qurish maqsadini ilgari surdilar. Ular bunday sotsializmni islohotlar yo'li bilan qurishlarini e'lon qildilar .
Dasturda sotsia1izm inqilobning natijasi bo'lishi kerak emasligi alohida uqtirilgan edi. Xo'sh, leyboristlar qanday jamiyatni demokratik sotsializm deb tushungan edilar? Ularning demokratik sotsializmi farog'at davlatining ауnаn o'zi edi. 27 -iyulda K. Ettli boshchiligida tuzilgan leyboristlar hukumati ( 1945-1951) saylov oldi dasturini amalga oshirishga kirishdi.
Hukumat jiddiy islohotlar o'tkazdi. Chunonchi, Buyuk Britaniya banki po'lat, ko'mir va gaz, elektroenergiya sanoatini, telegraf va radioaloqa, fuqaro aviatsiyasi, suv va temir yo'l transportini milliylashtirdi. Milliylashtirish sotib olish yo'li bilan amalga oshirildi. 1945-1948-yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sug'urta1ashning kompleks kafolatli tizimi yaratildi. Unga ko'ra, ishsizlik bo'yicha, mehnat qobiliyatini yo'qotganlik bo'yicha, kasb kasalligi, bevalik bo'yicha nafaqa, shuningdek, qarilik pensiyalari to'lanadigan bo'ldi.
10 mln. ishchining ish haqi oshirildi. 1948-yildan bosblab tekin meditsina xizmati joriy etildi. Arzon uy-joylar qurilishi boshlandi. 1927-yilda qabul qilingan reaksion ruhdagi kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonun bekor qilindi. Hukumat ba'zi bir siyosiy islohotlarga ham qo'l urdi. Chunonchi, 1949-yilda Buyuk Britaniya parlamentining yuqori palatasi - Lordlar palatasi huquqini qisman cheklash to'g'risida qonun qabul qilinishiga erishildi. Unga ko'ra, parlamentning quyi palatasi ma'qullagan qonun loyihasini Lordlar palatasi tasdiqlamay ushlab turish muddati 2 yildan 1 yilga tushirildi.
Hukumat «Marshall rejasi»ga ko'ra 1948-1950-yillar oralig'ida 3 mlrd. dollarlik yordam oldi. 1948-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajadan oshdi. Biroq, ayni paytda, moliyaviy inqirozga ham duch kelindi. Bunga AQSH ning «Lendliz» savdosini to'xtatgani, eksportdan keladigan foyda import tovarlari qiymatini ko'zlangan darajada qoplamasligi, 1949-yilda funt sterling qiymatini AQSH dollari qiymatiga nisbatan ka- maytirishga majbur bo'linganligi (1949-yilgacha 1 f. s. qiymati 4 dollarga teng edi. Endi uning qiymati 2,8 dollarga teng bo'lib qoldi), tashqi qarz uchun foiz to'lovlari sabab bo'ldi. Buning ustiga iqtisodiyotdagi davlat sektorini bir maromda ushlab turish ham katta mablag' talab etmoqda edi.
Oqibatda hukumat ijtimoiy sohada belgilangan tadbirlar uchun zarur mablag'ga ega bo'lа olmadi. Bu borada berilgan va'dalar to'la bajarilmadi. Bu hol 1951-yilning 25-oktabrida o'tkazilgan navbatdagi parlament saylovida konservatorlarning g'alabasini ta'minladi. U. Cherchill уаnа hukumat tuzdi. Hukumat 1945-yilgi parlament saylovidagi mag'lubiyat sabablarini hisobga oldi. Shu tufayli ijtimoiy himoya tizimini bekor qilmadi. Biroq «Mamla- katni moliyaviy sog'lomlashtirish dasturi»ga ko'ra, bu soha xarajatlarini bir muncha qisqartirdi.
Po'lat ishlab chiqarish sanoati va transport davlat tasarrufidan chiqarildi. Chetdan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari keltirish 350 mln. funt sterlingga
kamaytirildi. Natijada oziq-oyqat mahsulotlarining narxi ko'tarildi. Eksport hajmi qisqardi. 1952-yilda Buyuk Britaniya yadro quroliga ega bo'ldi. Biroq bu harbiy xarajatlar kamayishiga olib kelgani yo'q. Aksincha, bu mamlakatni oltin vа valuta zaxirasi kamayishiga olib keldi. Shu tariqa hukumatning iqtisodiyotni sog'lomlashtirish dasturi ko'zlangan natija bermadi.
Bundan tashqari, mustamlakachilik imperiyasining yemirilishi dayom etdi. Ichki уа tashqi siyosatdagi qiyinchiliklar U. Cherchillni 1955-yil aprelda iste'fo berishga majbur etdi. Konservatorlar hukumatni yana 9 yil bosh- qardilar. U. Cherchilldan so'ng А. Iden (1955-1957) уа G. Makmillan (1957-1963) lar hukumatni boshqardilar.
1957-1958-yillarda mamlakat ishlab chiqarishi 2 foizga kamaydi. Harbiy xarajatlar oshib bordi. Natijada asosiy sarmoyani yangilash jarayoni sekinlashdi. Oqibatda jahon bozorida mamlakat mayqei pasaydi. GFR uni 3-o'ringa surib qo'ydi. G. Makmillan hukumati yaziyatni o'nglashga harakat qildi.
Xususan, xususiy sanoat moliyayiy jihatdan qo'llab-quvvatladi. Milliy daromadda daylatning hissasi oshishiga erishdi. Mamlakat eksporti hajmi ko'tarila bordi. 1962-yilda iqtisodiy riyojlanish Milliy Kengashi tuzildi.Bu kengash 1961-1965-yillarga mo'ljallangan besh yillik rejani ishlab chiqdi уа hukumat uni tasdiqladi.
Biroq rejani hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo'linmadi. Ijtimoiy sohani mablag' bilan ta'minlash og'irlashdi. Natijada hukumat kvartira haqi ustidan nazoratni bekor qildi. Ish haqi muzlatildi.
Ayni paytda mUstamlakachilik imperiyasi yemirildi. Leyboristlar partiyasi hukumat siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi vа 1951-1964-yillar oralig'idagi yillami «bekor o'tgan 13 yi1» deb atadi. Sayloyda g'alaba qilsa, iqtisodiyotning qator mUhim sohalarini milliylashtirish уа iqtisodiyotni reja asosida riyojlantirish yo'li bilan mamlakatni yangilashga уа uning qudratini qayta tiklashga va'da berdi. 1964-yilgi parlament sayloyida leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. Partiya rahbari Т. Vilson boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Hukumat mamlakat ilmiy-texnika salohiyatini riyojlantirishga katta umid bog'ladi. Shu maqsadda 1965-yilda par1ament birinchi «Milliy besh yillik iqtisodiy dasturi»ni qabul qi1ishiga erishdi.
Ayni paytda, mamlakat moliyayiy ahyolini muqimlashtirish maqsadida, hukumat ish haqi уа narxning o'sishini «oqilona» cheklab qo'yish siyosatini yurita boshladi. Bu siyosat narx-navo vа daromadlar siyosati deb nот oldi.
Dastlab bu tadbir ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan bo'lsa, 1966- yildan boshlab hukumatning ish haqini muzlatishga oid qarori bilan amalga oshirildi. G. Vilson hukumati sanoat ishlab chiqarishi yi1iga 5 foiz o'sishini rejalashtirgan bo'lsa, amalda u 2,3 foizdan oshmadi. BinObarin, 1eyborist- lar mamlakat iqtisodiy ahyolini yaxshilay olmadilar. Buning ustiga funt sterling qiymatini dollarga nisbatan kamaytirish ham ko'zlangan natijani bermadi.
Bundan tashqari, G. Vilsonning Buyuk Britaniyani «Umumiy bozor» ga a'zolikka qabu1 qi1dirish yo'lidagi urinishlari behuda ketdi. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani AQSH bilan haddan tashqari bog'langanlikda ауblаb, uning «Umumiy bozor»ga qabul qilinishiga qarshilik ko'rsatdi. Bu omillar 1eyborist1ar hukumatining obro'siga ta'sir etmay qolmadi. 1970 - yilning 18-iyunida o'tkazilgan parlament sayloyida Konservator1ar partiyasi g'a1aba qozondi. Е. Xit boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi.
Е. Xit hukumati daylatning moliyayiy ahyolini yaxshilash maqsadida ijtimoiy sohalar harajatlarini kamaytirdi. Fermerlarga yordam puli berish to'xtatildi. «Narx-navo vа daromad1ar» siyosati bekor qilindi. Bu mamlakatda keskinlikni keltirib chiqardi. Hukumat ikki barayar fayqulodda holat joriy qilishga majbur bo'ldi.
1971-yilda «Mehnat munosabatlari islohoti to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Qonun tred-yunionlaming huquqini cheklab qo'ydi. Natijada hukumat bilan tred-yunionlar o'rtasida keskinlik yujudga keldi. Mamlakat yalpi ish tashlash yoqasiga kelib qoldi.
1973 - 1974-yillar qishida tog'-kon sanOatida inqiroz yuz berdi. Shunday sharoitda Е. Xit yangi parlament sayloyi belgilashga majbur bo'ldi. 1974- yilning 28-feyralida bo'lib o'tgan parlament sayloyida leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. G. Vilson уаnа bosh yazir layozimini egalladi. U «Narx- nаvо уа daromadlar siyosati»ning yangi variantini qo'lladi. Bu yariant «ijtimoiy shartnoma» deb nоm oldi. Bu hukumat bilan tred-yunionlar o'rtasidagi shartnoma edi. Shartnomaga ko'ra, tred-yunionlar ish haqini yiliga 5 foizgacha oshirish talabidan tiyilib turish, hukumat esa narx-navo o'sishini to'xtatib turish majburiyatini oldi.
Biroq 1976-yilda funt sterling qiymatining уаnа pasaytirilishi hukumat- ning harakatlarini amalda yo'qqa chiqardi. G. Vilson o'z ixtiyori bilan iste'fo berishga majbur bo'ldi. Uning o'rnini J. Kajlagen (1976-1979) egalladi. Biroq и ham mamlakat iqtisodiy ahyolini yaxshilay olmadi. 1979-yilda mamlakatda ishsizlar soni 1935-yildan keyin birinchi marta 2 mln. kishiga yetdi.
Buning ustiga J. Kallagen hukumati o'tkir ichki siyosiy muammo - Shimoliy Irlandiya muammosining keskinlashuyi hodisasiga duch keldi. 1921-yilda Buyuk Britaniya bilan Irlandiya o'rtasida imzolangan shartnomaga ko'ra, Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgandi. Uning aholisi asosan protestantlardan iborat bo'lib, katoliklar ozchilikni tashkil etadi. Protestantlar katoliklami har jihatdan kamsitib keldilar. 1968-yilda katoliklar o'z haq-huquqlari uchun kurash boshladilar. Natijada Shimoliy Irlandiyada tartibsizliklar boshlandi. Bunga jayoban Buyuk Britaniya hukumati и yerga harbiy qism kiritdi. Katoliklaming «Irlandiya Respublika armiyasi» deb ataluychi yashirin tenorchi tashkiloti ingliz soldatlariga qarshi terror o'tkaza boshladi.
Bu terrorchi tashkilot Olster shahrini Irlandiya Respublikasiga qo'shish uchun kurashdi. Bunga jayoban protestantlaming yashirin harbiy tashkiloti ham kurashga kirishdi. Har ikki tomon tartib o'matish uchun yuborilgan ingliz soldatlarini nishonga ola boshladi. Natijada uch tomondan ham ko'plab kishilar halok bo'ldi.
Mamlakatdagi keskin ichki yaziyat leyboristlar mayqeiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Oqibatda 1979-yilda o'tkazilgan parlament sayloyida bu partiya mag'lubiyatga uchradi. G'alaba qozongan Konservatorlar partiyasi o'z lideri М. Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzdi.
Konservatorlar surunkasiga 18 yil dayomida hokimiyat tepasida turdilar. 1979-1990-yillar oralig'idagi 11 yil Buyuk Britaniya tarixiga «Margaret Tetcher dayri» nomi bilan kirgan. U Buyuk Britaniya уа dunyoda katta obro' qozondi. Uning dasturi «tetcherizm» nomi bilan atalgan. Bu termin mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi:
а) iqtisodiyotning harakatlantiruychi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko'ra hokimiyat siyosiy yo'lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo'llab-quyyatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo'lishi kerak;
b) daylatning iqtisodiy hayotga aralashuyi eng kam darajada bo'lishi lozim. U xususiy tashabbuslami aslo bo'g'masligi kerak;
d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o'zini o'zi ta'minlasin. O'ziga bog'liq bo'lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa daylat уа xayriya tashkilotlari yordam ko'rsatadi;
е) kamomadsiz budjet bo'lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi;
f) kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy yositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar manfaatlariga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga zarar yetkazuychi ish tashlashlar cheklanishi darkor.
Xo'sh, М. Tetcher qanday qilib katta obro' qozona oldi?
Konservatorlar saylovgacha «To'g'ri yondashuv» deb atalgan dastur ishlab chiqdilar . Unda Buyuk Britaniyaning qudratini tiklash, iqtisodiy tanglik va inflatsiyani tugatish asosiy vazifa qilib qo'yildi. Bu dastumi amalga oshirish hukumatdan qat'iylik bilan harakat qilishni talab etar edi.
М. Tetcher shunday qildi ham. U daylat budjeti tanqisligiga уo'l qo'yib bo'lsa ham keng ijtimoiy tadbirlami zarur mablag' bilan ta'minlashdan yoz kechdi.
Muomalada ortiqcha naqd pulning bo'lishiga уo'l qo'ymaslik choralarini ko'rdi. Buning uchun budjet xarajatlari qisqartirildi. Shu tufayli inflatsiyaning pasayishi hamda iqtisodga ko'proq sarmoya sarflash uchun sharoit yaratildi. Natijada ishlab chiqarishni o'stirish borasida sakrash ro'y berishiga erishildi. Mehnat unumdorligi bo'yicha Yevropada birinchi o'ringa chiqildi.
Hukumat kam samarali уа zarar ko'rib ishloychi korxonalami saqlab turish uchun mablag' ajratishni to'xtatdi. Davlat mulkini xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu tadbir daylat budjetiga 28 mlrd. f. s. olib keldi.
Millionlab fuqarolar firma vа korxonalaming aksiyadorlariga aylandi. Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega bo'ldi. Daylat uy-joy fondi ham sotildi. Natijada 1,1 mln oila imtiyozli rayishda turar joy sotib olishga erishdi.
1990-yilga kelib 65 foiz oila o'zining shaxsiy uy-joyiga ega bo'ldi. Daylatning iqtisodiyotga aralashuyi keskin qisqartirildi. Soliqlami oshirish va tejamkorlik hisobiga kamomadsiz budjet shakllantirildi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o'rta tabaqaga aylandi. Ijtimoiy ta'minot unga haqiqatan ham muhtoj bo'lganlar uchun joriy etildi. 80-yillarda 2,5 mln. yangi ishchi o'mi yujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillaming barchasi, o'z naybatida, 1983, 1987 vа 1991-yillardagi parlament saylovlarida konservatorlar partiyasining g'alabasini vа ularning uzluksiz 18 yil dayomida hukumatni boshqarishlarini ta'minladi.
Biroq 90-yillarda vaziyat o'zgardi. Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turib bo'lmadi. Inflatsiya vа ishsizlik уаnа kuchaydi. Hukumat daromadidan qat'i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish yo'li bilan yaziyatdan chiqmoqchi bo'ldi. Bu esa ommayiy norozilikni keltirib chiqardi. Shunday sharoitda М. Tetcher o'z xohishi bilan iste'foga chiqdi. Yangi bosh yazir J. Meyjor bunday soliqni bekor qildi. U «Teng imkoniyatlar jamiyati» barpo etish dasturini ilgari surdi. Biroq bundan ko'zlangan maqsadga erishilmadi. 1997 -yilgi vа 2001-yilgi parlament saylovida Leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. Toni Bler boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Leyboristlar hukumati qiyin siyosiy muammolarga duch keldi. Shotlandiya vа Uels mahalliy millatchilari 1997-1998-yillarda o'z parlamentlarini tuzdilar vа muxtoriyat e'lon qildilar.
Irlandiya muammosi yana murakkablashdi. Katoliklar уа protestantlar- ning to'qnashuyi dayom etdi. 1998-yilda leyboristlar hukumati tomonlar o'rtasidagi munosabatni bir muncha bo'lsa-da kelishtirishga erishdi. Biroq 2001-yilda yaziyat yana keskinlashdi. 2005-yilgi sayloylarda Toni Bler уаnа g'alaba qildi.

Download 34.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling