Buyuk Britaniyaning iqtisodiy siyosati Reja; Buyuk Britaniya urushdab keyingi iqtisodiy siyosati


O’zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy sohalarni jadal rivojlantirish bo’yicha ishlari


Download 39.92 Kb.
bet3/3
Sana24.04.2023
Hajmi39.92 Kb.
#1393822
1   2   3
Bog'liq
Buyuk Britaniya iqtisodiy siyosati

3.O’zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy sohalarni jadal rivojlantirish bo’yicha ishlari
Joriy yilning 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida London (Buyuk Britaniya)dagi PRISM tahlil markazi katta tahlilchisi T.Folmer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, mamlakatning jahon sahnasida yangilangan tashqi siyosati, hamkorlikni yanada rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari borasida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
O‘z navbatida, Britaniya tomoni O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan so‘nggi o‘zgarishlar va islohotlar juda muhim va o‘z vaqtida amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O. Xakimov mehmonlarga Markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berdi. Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) va jahon savdo tashkiloti (JST) doirasidagi integratsiya jarayonlarining ta’sirini va batafsil tahlilini baholash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
T. Vollmer ushbu tadqiqotlarga alohida qiziqish bildirdi. Jumladan, britaniyalik tahlilchi YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini so‘radi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbarining qayd etishicha, bugungi kunda markaz mutaxassislari O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholash, shuningdek, savdo siyosatidagi o‘zgarishlarning O‘zbekiston va alohida tarmoqlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganmoqda.
"O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi o‘zbek mahsulotlarining Ittifoq mamlakatlari bozorlariga chiqishidagi to‘siqlarni va eksport bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. YeOIIni kengaytirish, ushbu tashkilotning boshqa davlatlar bilan erkin savdo zonalarini yaratish O‘zbekiston eksportini ushbu mamlakatlar bozoriga chiqishiga ko‘maklashishi mumkin", - deydi O. Xakimov.
Shu bilan birga, u YeOIIga a’zo bo‘lish ichki bozorning yanada ochiqligini talab qiladi, bu yerda mahalliy ishlab chiqaruvchilar Ittifoq doirasidagi mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlashadi. Shu bois, asosiy masala ichki biznesning raqobatbardoshligini mustahkamlashdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari o‘z tadqiqotlarida raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan omillar, jumladan, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni ham hisobga olishadi. Xususan, tegishli vazirlik va idoralari bilan ko‘plab sohalarda tahlillar olib borilmoqda.
Muzokaralar yakunida 2020 yilda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqot dasturi asosida tomonlar o‘rtasida yanada yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O'zbekiston bilan hamkorlik bo'yicha umumpartiyaviy parlament guruhi (APPG) va “Conservative Friends of Eurasia” (CFI) hamkorligida tashkil etilgan tadbirda parlament ikkala palatasi, hukumat, Buyuk Britaniyaning akademik va jamoatchilik doiralarining 50 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.
Forumda O'zbekistonda islohotlarning borishi, respublikaning kelgusi yillarga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasi hamda tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishlari haqida ma'lumot berildi. Buyuk Britaniya bilan har tomonlama va konstruktiv aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
O'z navbatida, Buyuk Britaniya parlamenti a'zolari O'zbekistondagi keng ko'lamli islohotlarga yuqori baho berib, respublikada demokratik islohotlarning borishini qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti va farovonligini ta'minlashda O'zbekistonning asosiy o'rni alohida qayd etildi. Turli sohalarda, jumladan, parlamentlararo yo'nalish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasida ishga solinmagan salmoqli salohiyat mavjudligi ta'kidlandi.
CFI prezidenti lord Piter Lilli O'zbekistonda chuqur va ijobiy o'zgarishlar, siyosiy va iqtisodiy erkinlashtirish jarayoni dadil olib borilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O'zbek xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklab, O'zbekiston davlatchiligi tarixi o'zining chuqur ildizlariga ega ekanini ta'kidladi.
1992 yilda ikki davlat o'rtasida diplomatik munosabatlar rasman o'rnatilganiga qaramasdan, aslida ikki xalq o'rtasidagi madaniy aloqalar 600 yildan ortiq davom etmoqda hamda Amir Temur va Angliya qiroli Genrix IV o'rtasidagi yozishmalarga borib taqaladi.
APPG raisi endryu Bridgen Buyuk Britaniyaning ishonchli do'sti va istiqbolli savdo hamkori hisoblangan O'zbekiston bilan har tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini aytib o'tdi.
Lordlar palatasining a'zosi baronessa Alison Satti ikki mamlakat qonunchilik organlari hamkorligiga, xususan, O'zbekistonda parlamentarizm tizimini takomillashtirish sohasidagi hamkorlikka yuqori baho berdi. Shu bilan birga, u o'zaro anglashuv va o'zaro hurmat asosida faol parlamentlararo hamkorlikni davom ettirish, haqiqiy sheriklik munosabatlarini shakllantirish zarurligini ta'kidladi.
Lord Muhammad Shayxning ta'kidlaganidek, turli sohalarda, masalan, investitsiyalarni jalb qilish, yashil energetika, ta'lim, sog'liqni saqlash, moliya va turizm sohasida O'zbekiston-Britaniya hamkorligini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Parlament a'zosi O'zbekistonning buyuk madaniy merosiga ham e'tibor qaratib, uni xalqaro maydonda faol targ'ib qilish muhimligini ta'kidladi.
EXHT PA faxriy prezidenti lord Piter Bouness O'zbekistonning mazkur tashkilot ishidagi faol ishtirokini olqishladi. O'zbekistonning saylov sohasidagi ijobiy yutuqlarini qayd etib, EXHT PA vakillari missiyasining bo'lajak Prezident saylovini kuzatish uchun mamlakatga tashrifi haqida xabardor qildi.
Konservativ partiyasidan deputat B.Blekman O'zbekiston Buyuk Britaniya bilan hamkorlik va sheriklik bitimini imzolagan mintaqadagi birinchi mamlakat ekanini va bu har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashning mustahkam huquqiy asosini yaratganini ta'kidladi. Shu bilan birga, ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va inson salohiyatini mustahkamlash muhimligini ta'kidlab o'tdi.
Sobiq sport vaziri lord K.Moynixan O'zbekistonning sportni rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. Tokioda bo'lib o'tgan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilarning ajoyib natijalari buning yaqqol dalili ekanini qayd etdi. Sport bo'yicha parlamentlararo qo'mita raisi o'rinbosari sifatida u O'zbekistonning tegishli idoralari bilan amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Xalqaro savdo sobiq vaziri lord Frensis Moud O'zbekistondagi islohotlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratayotganini qayd etar ekan, Britaniya biznesi "O'zbekiston bozorida mustahkam o'rin egallash imkoniyatini qo'ldan boy bermasligi zarurligini ta'kidladi".
Umuman olganda, Buyuk Britaniyaga tashrif ikki tomonlama siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga bo'lgan o'zaro qiziqishni namoyish etdi. Bo'lib o'tgan uchrashuvlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik asosiy masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini ham berdi.

Foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati:
1.Kabirov.A.Jahon tarixi(eng qadimgi davrlardan milodning asrigacha).T.:”O’qituvchi”.2001.
2.Salimov.T.U.,Maxkamov S.Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.
3.Farmonov.R.Sodiqov.O. Jahon tarixi T.: ”O’qituvchi”.2001.
4.Lafasov.M.Xoliqov.E.Qodirova.D. Jahon tarixi . T.: ”O’qituvchi”.2001.
5.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.
6. Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 2001
7.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:”Turon-Iqbol” 2005. 139-156 bet
Download 39.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling