Buyuk Britaniyaning iqtisodiy siyosati Reja; Buyuk Britaniya urushdab keyingi iqtisodiy siyosati


Download 39.92 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi39.92 Kb.
#1393822
  1   2   3
Bog'liq
Buyuk Britaniya iqtisodiy siyosati


Buyuk Britaniyaning iqtisodiy siyosati
Reja;

  1. Buyuk Britaniya urushdab keyingi iqtisodiy siyosati

  2. Buyuk Britaniya iqtisodiy siyosati rivojlanish tarixi

  3. O’zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy sohalarni jadal rivojlantirish bo’yicha ishlari

1.Buyuk Britaniya urushdan keyingi iqtisodiy siyosati


Buyuk Britaniyaning urushdan keyingi iqtisodiyoti. 1945-yil iyulda britaniyalik saylovchilar U.Cherchill boshchiligidagi konservator-iarni rad etib, leyboristlar partiyasi uchun ovoz berishdi. Bosh vazir U.Cherchill o’rnini Klement Ettli egalladi.
Leyboristlar hukumati iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tub islohotlar olib bordi va "farovonlik jamiyati"ni barpo etish uchun shart-sharoitlar yaratdi: ko’mir sanoati, energetika, transport, fuqarolik aviatsiyasi, ingliz banki va po’lat quyish sanoati natsionalizatsiya qilindi. Hukumat millionlab inglizlarni arzon kvartiralar bilan ta'minlash uchun uy-joy dasturini qabul qildi.
Ijtimoiy ta'minot dasturi yangi hukumatning eng ommabop tashabbusi bo’ldi u ishsizlarga yordam ko’rsa-tishni oshirish, keksalik bo’yicha nafaqa to’lash, bepul maktab tushliklari va qisman bepul tibbiy xizmatni ko’zda tutdi. Biroq dastur yetarli moddiy asosga ega emas edi, shu bois 1948-yildan uni amalga osbirish to’xtatib qo’yildi.
Angliyaning Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy ahvoli izdan chiqqan edi. Bundan tashqari, harbiy xarajatlar uning moliyaviy ahvolini og’irlashtirdi. AQSH ingliz iqtisodiyotiga katta zarba berdi, bu bilan Angliyani Yevropa qitasidagi o’z izmidan chiqmaydigan satellitet davlatga aylantirish va bir yo’la Uzoq Sharqdagi mus-tamlakalaridan siqib chiqarishni mo’ljalladi. 1945-yil avgustda AQSH mutlaqo kutilmaganda lend-liz bo’yicha mahsulotlar yetkazib berishni to’xtatishini ma'lum qildi. Endilikda Angliya AQSH yetkazib beradigan barcha tovarlar uchun naqd pul bilan hisoblashishi lozim edi, bunday pul mamlakatda topilmadi. Mamlakatning moliyaviy ishlari fojeaviy ahvolga keldi. AQSH sobiq itti-foqchisini saqlab qolish uchun unga 1945-yili yirik zayom berdi. Buning evaziga Angliya Britan imperiyasi bozorining bojxona ta'riflarini kamaytirishi lozim edi. Amerika korporatsiyalari o’zi uchun ingliz mustam-lakalari va dominionlarida katta bozorga ega bo’ldi. Bu, ingliz mustamlaka imperiyasining tugashini tezlashtirdi, Angliya "Trumen doktrinasi"ni amalga oshirish munosabati bilan Bolqonda va Sharqiy o’rtayer dengizi-da o’z mavqeini yo’qotdi. U o’sha yili Hindistonga ozodlik berishga majbur bo’ldi. Bularning hammasi iqti-sodiyot inqirozga yuz tutgan paytda yuz berdi. Mamlakat eksportdan yetarli mablag’ ololmagani uchun import tovarlari uchun to’lay olmay qoldi. Bir paytlar eng bar-qaror hisoblangan ingliz valyutasi endilikda amerika dol-lariga tenglashishga majbur bo’ldi. 1949-yilda fiint ster-lingning qadrsizlanganligi e'lon qilindi. Ilgari 4 dollar bo’lgan uning kursi 2,80 dollarga tushib ketdi.
"Marshall rejasi"ni amalga oshirish Angliyaga yangi zayom olish imkonini berdi. Leyboristiar hukumati buni hayotga tatbiq etishga kirishdi. Angliya AQSH bilan "alohida munosabatlar"ga tayanib, Yevropa va Amerika o’rtasida xuddi bir vositachidek bo’lib qoldi.
"Marshall rejasi" bo’yicha 1948-1950-yillarda Angliya mahsulotlar va zayomlar hamda 3 milliard dol-larga yaqin yordam oldi. Biroq bu uning iqtisodiy ahvoli-ni yaxshilamadi. Bundan tashqari, mazkur reja Angliyani AQSHga tobeligini kuchaytirdi, amerika kapitalini mus-tamlaka mulklariga kirib kelishini yengillashtirdi, ameri-ka konsernlari bilan raqobatdosh bo’lgan ingliz iqti-sodiyoti tarmoqlariga zarar yetkazdi. "Marshall rejasi" surunkali davom etayotgan chuqur moliyaviy inqirozga olib keldi. Bu rejadan bir yil o’tgach, 1949-yildayoq Angliya moliyaviy bankrotlik, ya'ni sinish xavfi ostida qoldi.
1951-yili konservatorlar partiyasi hokimiyatga keldi va 1964-yilga qadar uni ushlab turdi. Bu paytda IL Cherchill (1951-1955), A.Iden (1955-1957) va C Makmillan (1957—1964) bosh vazir lavozimida ish-ladilar. Uinston Cherchill (1874—1965) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1940-1945, 1951-1955). U gitlerchilarga qarashli koalitsiyani tashkil etish tashabbuskorlaridan biri bo’lgan, yangi urushning oldini olish maqsadida BMTni mustahkam-lashga chaqirgan.
Jahon siyosatiga Angliya ta'sirining tanassulga uchrashi 1964-yili hokimiyatga kelgan leyboristlar hukumatida ham davom etdi. Bosh vazir Garold Vilson mamlakatdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilay olmadi. Valyuta yana qadrsizlandi, Vilsonning Angliyani "Umumiy bozor"ga qabul qilinishiga urinishi barbod boidi, chunki Fransiya bunga qarshi chiqdi. 1970-yili konservator Edvard Xit bosh vazir bo’ldi. Uning eng yirik muvaffaqiyati Angliyaning 1973-yili "Umumiy bozor"ga qabul qilinishi bo’ldi. Biroq u tred-yunionlar bilan kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1973/74-yillar qishida tog’-kon sanoatida inqiroz boshlandi.
Garold Vilson (1916-yilda tug’ilgan) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1964—1970, 1974-1976). Uning boshqaravi chog’ida iqtisodiyot pasayishi va ishsizlik o’sishi qayd etilgan.
Edvard Xit (1916-yilda tug’ilgan) - Shimoliy Irlandiya bilan munosabatlar keskinlashgan 1970—1974-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo’lgan.
1974-yili leyboristlar partiyasi yana hokimiyatga keldi va Garold Vilson yana bosh vazir bo’ldi. U tred-yunion-lar bilan munosabatlami yaxshilashga va'da berdi. Bosh vazir oylik ish haqini bir qadar cheklash haqida bitimga erishishga muvaffaq bo’ldi, biroq 1976-yildagi ingliz pul birligi qadrining yana pasayishi bu urinishlarni puchga chiqardi. Vilson o’z ixtiyori bilan istefoga chiqdi va uning o’miga leyboristlar partiyasi yo’lboshchisi Jeyms Kellagan keldi. Millatning kelajagi va umuman iqtisodiy vaziyat noaniqligicha qoldi. Shotlandiya qirg’oqlaridan uncha uzoq bo’lmagan Shimoliy dengizda yirik neft konlari-ning topilishi bu borada umid uyg’otdi. Ayni paytda Shimoliy Irlandiyada yangi yirik siyosiy muammo yuza-ga keldi.
1921-yil shartnomasiga ko’ra, Olster grafligi Buyuk Britaniya tarkibida qolib, keng miqyosda o'z-o'zini boshqarishni saqlagandi. Biroq ko’pchilikdan iborat protestantlar kamchilikdan iborat katoliklarni kamsitish uchun o’z hokimiyatidan doimiy ravishda foydalanib keldi. 1968-yilda katoliklarning o’z fuqarolik huquqlari uchun harakati boshlandi. Irland respublikachilar qo’shini birlashmalari Olsterning Irlandiya respublikasi bilan birlashishi uchun faol kurashni boshlab yubordi. o’z navbatida protestant harbiy tashkilotlari ham qarab turmadi. Britaniya hukumati tartib o’rnatish uchun qo’shin yubordi. Biroq tez orada qo’shin birlashmalari jangovar irlandlarning ikkala guruhi uchun nishonga aylandi. Qaqshatqich to’qnashuvlarda yuzlab terroristlar va britan qo’shini askarlari halok bo’ldi.
Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli fojiali ravishda yomonlasha bordi. 1979-yili Angliyada ishsizlar soni 1935-yildan buyon ilk marta 2 million kishiga yetdi, keyin-gi yili esa 3 milliondan oshdi. Ulaming yarmi ish-sizlik bo’yicha nafaqa olmas edi. Tez o’sib borayotgan inflyatsiya tufayli 1979-yili so’nggi 20 yil ichida aholi turmush darajasi eng quyi nuqtaga yetdi.
Shu bois ham 1979-yilgi parlament saylovlarida kon-servatorlar g’alaba qozongani bejiz emas edi. Hukumat boshlig’i etib ilk bor ayol kishi konservatorlarning yangi yo’lboshchisi Margaret Tetcher saylan-di.
M Tetcher o’zini qatiyatli xarakter, mustahkam e'tiqod va aniq harakatlar dasturi egasi bo’lgan davlat arbobi sifatida namoyon etdi. Inglizlar uni "temir xonim" deb atashdi. U Angliya va dunyoda katta obro' qozondi va u boshchiligidagi konservatorlar partiyasi 1983-hamda 1987-yillar saylovlarida g’alaba qozondi. "Temir xonim" esa Angliya hukumatini ketma-ket o’n bir yil boshqardi. Bu paytni tarixchilar "Tetcher davri", uning dasturini esa "tetcherizm" deb atashdi. M Tetcher dasturi mamlakat hukmron doiralarining Angliyani dunyo miqyosida buyuk davlat sifatida tikla-nishiga intilishini o’zida aks ettirdi. Dasturning mohiyati Britaniya orollarida ham, Yevropa va Amerikaning bar-cha mamlakatlarida ham tez o’sib borayotgan neokon-servativ g’oyalarni ifoda etardi. Ichki siyosatda tetche-rizmning asosi xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik ruhi va "mulkchilar demokratiyasi"ni rivoj lantirishni o’z ichiga olardi. Dastur, shuningdek, davlat-ning iqtisodi; hayotga aralashuvini cheklash, ijtimoiy dasturlardan voz kechish yoki ulam eng kam darajaga tushirish; soliqlar va qatiy iqtisod qilish hisobiga hamdi xarajatlarni qisqartirish evaziga defitsitsiz byudjetga erishishni ko’zda tutdi.
Margaret Tetcher (1925-yili tug’ilgan) — Buyuk Britaniya bosh vaziri Uning rahbarlik yillarida iqtisodiyotda barqarorlik va Angliyaning jahonda ta'sir doirasining o’sishi ro’y berdi. U "Olster muammosi"ni hal eta olmadi. M Tetcher dasturi shundan kelib chiqdiki, Angliya kuchli qo’shin va flotga ega bo’lishi hamda o’z yadro qurolini takomillashtirishi lozim. Tashqi siyosatda u AQSH bilan "alohida" ittifoqchilik munosabatlari va NATO bilan shartnomalar bo’yicha majburiyatlarga rioya qilishni ustuvor deb hisobladi.
Tetcherga tashqi iqtisodiy maydonda dovruqli bir g’alaba zarur edi va u bunga erishdi. 1982-yil aprelda u Argentinaning Folklend orollarini bosib olishga urinishi-ga qatiy javob berdi. Bu joy ingliz orollaridan 13 ming km masofada bo’lsa ham tarixan argentinaliklar mulki hisoblangan. Lekin Angliya ham unga teng darajada davogar edi. Bu orollar Angliya uchun na siyosiy, na iqtisodiy, na strategik jihatdan hech bir ahamiyatga ega bo’lmasa-da, hukmron doiralar Argentinaga "kuch ishlatish" siyosatidan saboq berish va boy berilgan dunyo miqyosidagi dengiz davlati shon-shuhratini o’zlariga qaytarib olishga qaror qilishdi.
Sarf xarajatlar va kishilar hayoti bilan ham hisoblashmagan M Tetcher orolga harbiy kemalar, dengiz piyodalari va aviatsiyani yubordi. Natijada, uch oylik janglardan so’ng, Angliya bu orollardagi mavqeini tikladi. Konservatorlar partlyasi obro 'e'tiborining bir qadar o’sishiga erishdi.
Ichki siyosatda M Tetcher ishsizlik bo’yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy dasturlarni qisqartirdi. Angliya ishchi sinfi bunga stachka, ya'ni ish tashlash harakatini kuchaytirish bilan javob berdi. Biroq Tetcher orqaga chekinmadi, faqat qattiqqo'1 iqtisodiy choralar bilangina Angliyani "Yevropaning kasal odami" ahvoli-dan qutqarish mumkin, degan fikrni bildirdi.
Hukumat ilgari natsionalizatsiya qilingan yoki davlat loyihalari bo’yicha qurilgan davlat sekloridagi korxonalarni xususiylashtirdi. Ko’plab neft va aviakosmik sanoat, shuningdek, havo transporti korxonalari xususiy mulkdorlar qo’liga o’tdi. Davlat sektoridagi korxonalarning uchdan ikkisi xususiy mulkdorlar yoki xususiy-lashtirilgan korxonalar jamoalariga o’tdi. Ayni paytda, milliondan ortiq munitsipal kvartiralar sotildi va natijada mamlakat aholisining 60 foizdan ziyodrog’i o’z uy-joyiga ega bo’ldi. Bu hol mamlakatda mulkdorlarning ko’payishi va konservatorlar partiyasi ijtimoiy negizining kengayishiga olib keldi. M Tetcher dasturining muvaffaqiyatli amalga oshi-rilishida Shimoliy dengizda topilgan neft konlari asosidagi Angliya neft sanoatining rivojlanishi muhim bo’ldi. 1980-yilga kelib Angliya o’zining neft va gazga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirdi. 1981-yili neft qazib chiqarish 60 million tonnaga yetdi va Angliya uni jahon bozoriga olib chiqish imkoniga ham ega bo’ldi.
Neft sanoatining rivojlanishi ingliz hukumatiga ulkan valyula tushumlarini berdi, bu yirik kapital bilan sanoa-tini texnik qayta jihozlash, shuningdek, yangi sohalarni rivojlantirayotgan va mehnat samaradorligi o’sishini rag’batlantirayotgan tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga sarflandi. Dastlabki yillarda sekin odimlayotgan "tetcherizm" endi sezilarli natijalar bera boshladi. 1982—1987-yillarda Angliyaning iqtisodiy o’sish sur'at-lari g’arbiy Yevropada eng yuqori bo’ldi. Ishsizlar soni, inflyatsiya miqyoslari sekin qisqardi.
MTetcher Angliyaning Yevropadagi rahbarlik rolini qaytarishga urindi va YIHda qariyb barcha asosiy muammolar bo’yicha mustaqil pozitsiyada turdi. Xususan u Yevropada yagona pul birligini yaratishga keskin qarshi chiqdi. 1989-yili Strasburgdagi hamjamiyat mamlakatlari rahbarlari sammitida u mazkur mamlakat-lardagi ishchilar qonunchiligini unifikatsiyalash (bir xil-lashtirish)ga qarshi chiqdi va "Ishchilar asosiy huquqlari xartiyasi"ni qo’llab-quvvatlashdan bosh tortdi.
Ayni paytda Angliyaning jadal iqtisodiy o’sishi va nisbiy farovonligi davri uzoq davom etmadi. 90-yillar boshlaridanoq iqtisodiy kon'yuktura yomonlashdi, byudjet yetishmovchiligi, inflyatsiya va ishsizlik kabi "eski kasallik"!ar yana qayt-di. Mamlakatning 18 yosh-dan yuqori bo’lgan, daroma-didan qatiy nazar barcha aholisi to’laydigan yangi soliq ahvolni tuzatishga urinish boldi. Bu tadbir ommaviy norozilik namo-Jon Meyjor.yishlariga sabab bo’ldi. Olsterdagi ahvol keskinlashdi. Iqtisodiy rivojlanish sur'atlari sekinlashdi. "Tetcherizm davri" o’z imkoniyatlarini tugatgani ma'lum bo’ldi. Xususiylashtirish va neft sanoati bilan bog’liq barcha zaxiralar ham tugal holga keldi. 1990-yil noyabrda MTetcher o’z ixtiyoriga ko’ra istefoga chiqdi. U hukumatda kelgusi saylovgacha ishlab turishi mumkin edi. Biroq bu hol partiyani mag’lubiyatga olib kelardi. Estafetani konservatorlar par-tiyasining yangi yo’lboshchisi Jon Meyjor qabul qildi.

Download 39.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling